Skip to main content

O‘zbekistonliklarning yangi odatlari: RGCA respublikada elektron tijoratga tobora ko‘pchilik o‘tayotganini kuzatishda davom etmoqda.

Aleksey Xoxlov, Research Group Central Asia sifatli tadqiqotlar yo‘nalishi rahbar

Yaqinda qiziq jumlani eshitib qoldim: “Tongda, hattoki o‘rningizdan turmasdan birinchi va uyqu oldidan oxirgi ko‘radigan narsangiz, bu – mobil telefon ekrani”. Buning yomon odatligi va tobelikning birinchi alomati ekanligi haqida qanchalik ko‘p gapirmaylik, raqamli yordamchilar hayotimizdan butkul joy oldi va uni jiddiy o‘zgartirib yubordi.

Kommunal xizmatlar to‘lovi, taomlarga buyurtma berish, boshqa shaharlardagi yaqinlarga sovg‘alar jo‘natish (aytgandek, O‘zbekistonda endi shakllanayotgan trend) – bularning bari onlayn tus olmoqda. Shu tariqa, millionlab o‘zbekistonliklarda yangi – raqamli odatlar paydo bo‘lmoqda.

Butun O‘zbekistonni raqamlashtirish

Raqamlashtirish internetdan foydalanuvchilar soni o‘sishi bilan birga taraqqiy etib borayotgan mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga doir global trendlardan biriga aylandi. KPMG tadqiqotlari ma’lumotlariga ko‘ra, har yili respublikada internetdan foydalanuvchilar soni 5 foizga oshmoqda. Qizig‘i shundaki, ilovalar bilan parallel ravishda O‘zbekiston uchun noyob yo‘nalish – raqamli xizmatlardan hattoki internetsiz ham foydalanish imkonini beradigan USSD-topshiriqlar yordamida to‘lovni amalga oshirishdan iborat to‘lov xizmatlari raqamlashtirish sohasining ilk qadamlaridan biri bo‘ldi. Shunday qilib, o‘zbekistonliklar hayotida “kliklash” – ya’ni Click milliy to‘lov tashkiloti orqali pullarni o‘tkazish, nimadir uchun to‘lash tushunchasi paydo bo‘ldi.

Bundan tashqari, to‘lov xizmatlari bank sektori uchun yanada yuqori marralarni belgilab berdi. Zero, birgina klik yordamida pul o‘tkazish hamda tovar va xizmatlar uchun to‘lash mumkin bo‘lsa, bank bo‘linmasiga borishning nima hojati bor? Shu tariqa, qulay, tezkor va ishonchli mobil ilovaning mavjudligi barcha banklar uchun standartga aylandi.

Iyul oyida RGCA tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda o‘zbekistonliklar kundalik va doimiy to‘lovlar uchun qaysi ilovalardan foydalanishini bilib oldik.

Yetakchilar qatorida – interfeys qulayligi va mobil ilovaning ish sifatiga alohida e’tibor qaratgan to‘lov tashkilotlari va banklar. Aksariyat o‘zbekistonliklarning fikriga ko‘ra, mobil ilovalar bank xizmat ko‘rsatish servisining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ehtimol, bank hali texnologik innovatsiyalar bo‘yicha yetakchi bo‘lmasligi mumkin (ammo bu eng muhim ko‘rsatkichlardan biri), lekin raqamli xizmatlarga ega bo‘lishi shart. Keskin zamonaviy raqobat sharoitlarida raqamli bo‘lmasang, demak sen o‘liksan.

Eng yaqin besh yillik uchun prognozga ko‘ra, raqamli operatsiyalar hajmining yanada ortishi hamda raqamli bank ilovalari funksionalining kengayishi kutilmoqda. Bu holat hozirda banklar uchun raqamlashtirilgan bo‘lish o‘ta muhimligi bilan bog‘liq. Raqamli banking mijozlarni jalb qilish va saqlab qolish, xizmatlarni istalgan vaqtda va dunyoning istalgan burchagida taqdim etish, shuningdek mijozlarga xizmat ko‘rsatish xarajatlarini qisqartirish imkonini beradi.

Bank borasidagi ana’anaviy tasavvur endilikda to‘laqonli mavjud bo‘la olmaydi, chunki mijozlarning ehtiyojlari muntazam ravishda o‘zgarib bormoqda. Ular xizmatlarni uydan chiqmay turib tez, qulay va xavfsiz olishni istaydilar. Raqamli banking banklarga ushbu talablarga javob berish hamda bozorda raqobatbardosh bo‘lib qolish imkonini beradi, – deya o‘z fikrini bildirdi Spartak Tetrashvili, CEO TBC Bank Uzbekistan.

Endilikda - raqamlashgan

Kutilmagan joyda omad kuldi

Yashirmayman, kamina qulingiz, koronavirus karantini davrida och qolishdan qo‘rqib, mahsulotlarni butun boshli qadoqlarda tashish uchun supermarketlarga uyushtirilgan “katta yurishlar” ishtirokchisi bo‘lganman.

Karantin voqeasi raqamli xizmatlar ommalashuviga yaxshigina hissa qo‘shdi: hattoki, “o‘zi bozor qiluvchi” eng konservativ iste’molchi ham yangiliklarni sinab ko‘rish zarur bo‘lgan sharoitga to‘qnash keldi.

Aynan shu davrda tayyor taomlarni yetkazib berish xizmatlari faol rivojlana boshladi – aynan shu holat restoran va kafelarning omon qolishiga yordam berdi. Oldindan tayyorlangan poydevorga ildam qadam bilan onlayn-xaridlar xizmatlari ham kirib keldi. Albatta, gaplarimga rozi bo‘lmasligingiz mumkin, lekin ishonchim komilki, aynan pandemiya, keyinroq esa oqilona marketing O‘zbekistonda haqiqatda e-commerce yangi reteyl tarmog‘ining shakllanishiga zamin yaratdi.

Xususan, KPMG ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatimizda onlayn-savdo bozori Markaziy Osiyo davlatlari orasida o‘sish sur’atlari bo‘yicha yetakchilik qilmoqda.

Endilikda - raqamlashgan

To‘g‘ri, TBC Bank, Korzinka Go kabi boshqa o‘yinchilar ham bozor rivojiga o‘z hissasini qo‘shdi. Bozor xususiyatlari, iste’molchi ehtiyojlarini chuqur tushunish, shuningdek mijozning istagini oldingan bilish qobiliyati, sifatli servis va qulay mobil ilova ularga o‘zbekistonliklarning ishonchini qozonish hamda ularning “sevimlilariga” aylanish imkonini berdi. Shu o‘rinda, mobil operatorlardan birining aynan shu davrga mos shiori yodga tushadi: “shunchaki keldik va qoidalarni o‘zgartirdik”.

Kechagina savdolashish, oxirgi yangiliklardan xabardor bo‘lish va mazkur qadimiy “netvorking”ning bir qismiga aylanish mumkin bo‘lgan bozorga borish turmushning muhim bo‘lagi degan fikrda bo‘lgan o‘zbekistonliklar, endilikda marketpleyslarda jozibador va manfaatli takliflarni izlash bilan ovora, muloqot esa Telegram-chatlarda olib borilmoqda.

2022-yilning dekabr oyida RGCA tomonidan iste’molchilarning marketpleyslar va umuman onlayn-xaridlar uchun mo‘ljallangan ilovalarga bo‘lgan munosabatini o‘rganish yuzasidan tadqiqot o‘tkazildi. Unda 18 yoshdan 54 yoshgacha bo‘lgan o‘zbekistonliklar ishtirok etdi – shu tariqa shakllantirilgan tanlov mamlakatning butun aholisini taqdim etadi. O‘zgarishlar va asosiy trendlarni kuzatib bilish uchun biz muntazam ravishda – har uch oyda bir marta tadqiqot o‘tkazamiz va uning natijalari bo‘yicha, fikrimcha, juda o‘ziga xos ko‘rsatkichlarga ega bo‘lamiz.

Endilikda - raqamlashgan

Avvallari o‘zbekistonliklar xaridlarni asosan messenjer va ijtimoiy tarmoq (tabiiyki, bular Telegram va Instagram) orqali amalga oshirgan bo‘lsa, bugunga kelib, tadqiqotlar bo‘yicha direktorimiz aytganidek, hammasi o‘z o‘rnini topdi: Uzum Market – xaridlar uchun ilova, Telegram – muloqot qilish, yangiliklar o‘qish makoni, Instagram esa – o‘zini ko‘rsatish, boshqalarni tomosha qilish, ba’zida barbershop yoki go‘zallik saloniga yozilish uchun mos keladi.

— Biz uchun butun mamlakat bo‘ylab juda qulay va sifatli xizmatni yetkazish shu qadar muhimki, hattoki birinchi onlayn-xaridlarini amalga oshirayotgan o‘zbekistonliklar ham onlayn-shoping – kuch, vaqt va oilaviy budjet tejamkorligini anglatishiga ishonch hosil qilsinlar, – deydi Uzum Market bosh direktori Ilshat Xametov. – Shu bois o‘zimizga nisbatan asosiy talablarimiz – butun mamlakat bo‘ylab bir kunda yetkazish hamda xaridorlarga yil oxiriga borib 800 mingta noyob tovar pozitsiyasini tashkil qiladigan keng ko‘lamli tanlovni taqdim etishdan iborat. Har qanday bozordagidan ko‘proq.

Qisqa vaqt ichida asosiy afzalliklar ham kuchli o‘zgarishga uchradi: o‘zbekistonliklar ancha talabchan bo‘la boshlamoqda, ular uchun xariddan keladigan foyda, sifatli servis, keng tanlov va tezkor yetkazib berish kabi jihatlar juda muhim. Yaqin paydo bo‘lgan Uzum Market e-commerce toifasida muhim bo‘lgan barcha jihatlar bo‘yicha yetakchiga aylandi.

Endilikda - raqamlashgan

Biroq, eng asosiysi, butun bozor dinamikasini shakllantirgan holda raqobatchilarni tezlashishga, qulay xizmatlarni ishlab chiqishga majbur qilmoqda. Biz kabi oddiy iste’molchilarga esa aynan shu kerak.

Qayd etish joizki, yaxshi raqamli servisning mavjudligi (qulay, sifatli, o‘ylangan), iste’molchilar uchun ataylab shakllantirilgan takliflarga ega qiziq, yorqin reklama kampaniyalari “gigiyenik norma”ga aylanmoqda. Va aksincha: bunday jihatlarga e’tiborsizlik biznes uchun juda katta talafotlarni yuzaga keltirishi mumkin.

U holda reteyl nima bo‘ladi?

Reteyl umuman zerikayotgani yo‘q.

Hozir bozorlar bilan raqobatlashishni o‘rganib, sodiqlik dasturlari va raqamli kommunikatsiyalarni ishlab chiqdik. Endi esa yangi da’vat kutmoqda.

Shu o‘rinda o‘zgaruvchan dunyoga faol tarzda moslashib kelayotgan kompaniyani alohida qayd etish zarur. Men Korzinka Go ilovasi haqida aytayapman. Avvallari erkak xaridorga uning rafiqasi yozib bergan mahsulotlar ro‘yxati oldida har qanday marketolok ojiz ekanligiga oid qat’iy tushuncha bo‘lsa, hozir erkaklar ko‘proq o‘z “kartasi” uchun xavotirda qolgan, chunki uni hech kim bezovta qilmaydi, ammo kartaga ko‘p va har qanday narsani xarid qilish mumkin. Shu bilan birga, barcha narsa tez va belgilangan muddatda kvartiraga yetkaziladi, hattoki yuqori qavatgacha.

Biroq, shu yerda ham “Korzinka”ning raqamli raqobatchilari paydo bo‘lmoqda: Uzum Tezkor xizmati buyurtmalarni nafaqat restoran va kafelardan, balki Toshkent supermarketlaridan ham yetkazishni boshladi. Nima ham derdik, raqobat doir xaridor foydasiga ishlaydi. Kuzatishda hamda do‘konga tashriflar uchun vaqtni tejashda davom etamiz – asosiysi, vaqtni Instagram lentalarini tomosha qilishga sarflamaslik.

Endilikda - raqamlashgan

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlashni istardimki, raqamlashtirish trendi – shunchaki uzoq vaqtga emas, balki har doimgadir. O‘zbekistonliklarning raqamli afzalliklariga bugun moslasha olmasangiz, ertaga kech bo‘lishi mumkin. Bu ishni sifatli bajarish uchun esa bozorni, undagi o‘zgarishlari va albatta, iste’molchini juda yaxshi tushunish lozim, chunki u ham bozor bilan bir xil jadallikda o‘sib, o‘zgarmoqda. Muhimi, shunchaki odatlar va so‘rovlardagi o‘zgarishlarni kuzatish emas, balki ularni oldindan bilish, trendsetter va sevimli ilovaga aylanishdir. Bugun bozorga bostirib kirgan kompaniyalar aynan shuni isbotlamoqda. Jiddiy va uzoq vaqtga.