Skip to main content

Google kompaniyasi 2023-yilda butun dunyo bo‘ylab izlangan eng keng tarqalgan so‘rovlar bo‘yicha “Izlanishdagi bir yil” (Year In Search – 2023) ro‘yxatini e’lon qildi.

Yangiliklar bo‘limida Isroil va XAMAS o‘rtasidagi nizo xalqaro izlash so‘rovlari ro‘yxatiga boshchilik qilgan. Undan keyin Turkiya va Suriyada yuz bergan fevral oyidagi zilzila hamda “Titanik” tomon yo‘l olgan “Titan” batiskafining halokati o‘rin olgan.

Madaniy fenomenlar haqida gapiradigan bo‘lsak, ikki kinokartina – “Barbengeymer” deya nomlangan “Oppengeymer” va “Barbi” o‘rtasidagi jang eng ommalashgan so‘rovga aylandi.

2023-yilda Google’da izlangan eng ko‘p so‘rovlar

Manba: pluggedin.ru

Google’da mashhur yulduz bilan bog‘liq eng ko‘p sonli so‘rovlar yanvar oyida qor tozalovchi mashina ostida qolib, og‘ir jarohatlarga olgan Jeremi Renner bilan bog‘liq bo‘lgan.

Aktyor Mettyu Perri va xonanda Tina Tyorner joriy yilda vafot etgan eng mashhur yulduzlar ro‘yxatida yetakchilik qilmoqda.

2023-yildagi eng mashhur seriallar uchtaliga “Omon qolganlar” (The last of us), “Uensdey” hamda “Djinni va Djordjiya” kiritildi.

2023-yilda Google’da izlangan eng ko‘p so‘rovlar

“Uensdey” serialidan lavha. Manba: playground.ru

Shakiraning argentinalik prodyuser Bizarrap birgalikda yaratgan “Bzrp Music Sessions, Vol. 53” diss-treki Google qidiruvlarida eng mashhur qo‘shiqqa aylandi.

Yevropa saytlari global qidiruvchilardagi so‘rovlar ro‘yxatiga yetakchilik qilmoqda

Yevropa muzeylar, hiyobonlar va sport stadionlariga doir qidiruv so‘rovlari orasida ommalashgan.

Birinchi o‘rinni Barselonadagi Guel hiyoboni egalladi, undan keyin Nyu-York Markaziy hiyoboni, Londondagi Gayd-park, Madriddagi El-Retiro hiyoboni va Rimdagi Villa Borgeze ko‘rsatilgan.

2023-yilda Google’da izlangan eng ko‘p so‘rovlar

Nyu-Yorkdagi markaziy hiyobon. Manba: bangkokbook.ru

Odamlar tomonidan Google orqali eng ko‘p izlangan muzeylar ro‘yxatiga Parijdagi Luvr va Muzey d’Orse, shuningdek Londondagi Britaniya muzeyi va Milliy tarixiy muzey kiritildi.

Sun’iy ong ham joriy yildagi asosiy jahon trendlaridan biriga aylangan: bu mavzuga bo‘lgan qiziqish qidiruv tizimlari, yangilik saytlari va Vikipediyani ishg‘ol qildi.

ChatGPT bu yil Avstriya, Belgiya, Latviya, Litva, Ispaniya, Shveysariya va Germaniyada eng keng ommalashgan texnologik atamaga aylandi.

Biroq bularning bari shunchaki aysbergning cho‘qqisi – yanada ko‘proq ma’lumotlarni Google “Izlanishdagi bir yil” arxivida topishingiz mumkin.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, 2023-yil uchun qidiruv natijalarini joriy yilning 1-yanvaridan to‘play boshlagan.