Skip to main content

Nega mamlakatdagi barcha to‘lov tizimlari aksiyadorlik jamiyatiga aylanishi kerak va bu kompaniya ichida qanday o‘zgarishlarga olib keladi

Shakl va tarkib

Karen Srapionov – Avesta Investment Group boshqaruvchi hamkor

Dekabr oyining muhim yangiliklaridan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.11.2023 dagi PQ-381-son Farmoni bo‘ldi, unda boshqa chora-tadbirlar qatorida barcha to‘lov tashkilotlari va to‘lov tizimi operatorlari zimmasiga aksiyadorlik jamiyati shakliga o‘tish majburiyatini yukladi, shuningdek, 2025-yilning 1-iyuliga qadar operatorlar uchun kapitalni 50 mlrd so‘mgacha, to‘lov tashkilotlari uchun esa 10 mlrd so‘mgacha (keyinchalik 2025-yil 1-iyulga qadar 20 mlrd so‘mgacha oshirish bilan) oshirish belgilab qo‘yildi. 

Elektron savdo-sotiqni tartibga solish va rivojlantirish sohasidagi vazifalar, funksiyalar va vakolatlar Istiqbolli loyihalar Milliy agentligiga (ILMA) o‘tkazildi, bu mantiqan to‘g‘ri, chunki ILMA sentabr oyidan boshlab aksiyadorlik jamiyatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini amalga oshirish doirasida kapital bozorini tartibga solib kelmoqda.

Bunday o‘zgarishlarning sabablari nimada? Aniq javob yo‘q, lekin shuni ta’kidlaymizki, o‘zgarishlar turli ilovalar va to‘lov servislari orqali firibgarlikka urinishlar va faktlar haqidagi so‘nggi yangiliklar bilan mos keldi. Ehtimol, keyingi muhokama va tahlillar ichki nazorat ishonchliligining yetarli darajada emasligini, korporativ boshqaruv tizimida bo‘shliq mavjudligini va h.k.larni ko‘rsatdi. Bunday vaziyatda mantiqiy yechim – operatsiyalarning o‘zini tartibga solish mexanizmalrini joriy etishdan tashqari, qo‘shimcha nazorat bosqichi va shaffoflikni ko‘zda tutadigan tashkiliy-huquqiy shakllarga o‘zgartirish kiritish bo‘lishi mumkin.

Umuman olganda, O‘zbekistondagi, butun dunyoda va har qanday sohadagi tartibga soluvchi organlarning maqsadi doimo bozorni birlashtirishga yo‘naltirilgan – biz buni ichki bank va sug‘urta bozorlarida ko‘ramiz. Endi navbat to‘lov tashkilotlariga yetib keldi. Kapitalni oshirish zarurati va kompaniya qonunlariga rioya qilish bo‘yicha qo‘shimcha majburiyatlar ulardan jamoani kengaytirish va xarajatlarni ko‘paytirishni talab qiladi, bu esa kompaniyalarni birlashishga, tashqi investitsiyalarni jalb qilishga, muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda esa, hatto yopilishiga olib kelishi mumkin.

Aksiyadorlik jamiyati shakliga o‘tishda kompaniyalarni nima kutib turibdi? agar bittasini oladigan bo‘lsak, asosiy jihat – bu shubhasiz, ma’lumotlarning ochiqlanishi. Aynan ulkan shaffoflik qaror qabul qilishda munozaraga sabab bo‘lishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyatlari har chorakda moliyaviy hisobotlarni, shuningdek, o‘z faoliyati to‘g‘risida qirqdan ortiq muhim ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni oshkor etishga majbur.

Hech bo‘lmaganda, tartibga soluvchi organ va mijozlar qaysi kompaniyalarda yetarli resurslarga ega ekanligini, qaysilarida muammolar paydo bo‘layotganini va vaziyat qaysi nuqtada hatto buxgalterlik balansida “yashirish” ning imkoni bo‘lmay qolarli darajada bunday hajmga yetganini ko‘rishlari mumkin. Misol  uchun, Markaziy bank tomonidan banklarning muammoli kreditlari (NPL) to‘g‘risidagi ma’lumotlarning har oy nashr etilishi ko‘plab ehtiyotkor foydalanuvchilarga keyinchalik litsenziyadan mahrum bo‘ladigan alohida kredit tashkilotlari muammolarini oldindan bilishga yordam berdi.

Biroq ko‘pchilik mulkdorlar uchun moliyaviy ma’lumotlarni oshkor etishni “qizil latta” deb nomlash mumkin – hamma bunday ma’lumotning tanqidiy va tijoriy sirini tilga olib o‘tadi. Bu bilan bahslashish mushkul. Biroq men ikkita qiziqarli faktni ta’kidlab o‘tgan bo‘lardim.

Birinchidan. Moliyaviy va boshqa ma’lumotlarning oshkor etilishi kreditorlar va investorlar bilan uzoq muddatli munosabatlarda kompaniyaning qiymatini oshiradi. Agar kelajakda kompaniya minimal sarmoya yetishmovchiligi yoki aksincha, jadal sur’atlarda o‘sib borayotganligi va shiddat bilan rivojlanish zarurati tufayli tashqi investitsiyalarni jalb qilishga qaror qilsa, unda ochiqlangan ma’lumotlarning ulkan va sifatli ma’lumotlar bazasi sarmoyadorlar ishonchini sezilarli darajada oshiradi. Ular kerakli ma’lumotlarni o‘z vaqtida olishlari va huquqlari himoya qilinishiga amin bo‘ladilar.

Ikkinchidan. Ochiqlash Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS) ga muvofiq tuzilgan har choraklik hisobotlar doirasida amalga oshirilayotganligi va hech qanday izohlarsiz raqamlardan iborat faqat ikkita shaklni o‘z ichiga olganligi sababli – kompaniyaning taraqqiyot sur’ati  juda keng ko‘lamli o‘zgarishlar yoki bozorning boshqa ishtirokchilariga nisbatan pozitsiyasidan boshqa nimanidir tushunish juda mushkul.

Oshkor qilishning boshqa shakllari muhim, ammo unchalik keskin emas va aksariyat kompaniyalar ularni oshkor qilish zaruratiga duch kelmasligi mumkin. Misol uchun, agar kompaniya tashkilotning yangi darajasiga o‘tmasdan barqaror rivojlanib borayotgan bo‘lsa, unda filiallar ochish, yangi litsenziyalar olish va hatto joylashuvni o‘zgartirishning hojati yo‘q. Jiddiy va muhim bo‘lganlar qatorida qarshi sherik tomonlarni ko‘rsatish zarur va avvalboshda rahbariyatning noroziligiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yirik bitimlar va kreditlar olish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor qilish zaruriyatini ta’kidlab o‘tgan bo‘lardim.

Yana bir muhim omil qaror qabul qilish tizimini o‘zgartirish bo‘ladi: kompaniyalarda boshqaruvning qo‘shimcha darajasi – Kuzatuv kengashi yuzaga keladi.  Ommaviy kompaniyalarda bu organ menejment va aksiyadorlar o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘in hisoblanadi hamda menejmentni boshqarib, nazorat qilgan holda kompaniyaning umumiy o‘sishi uchun nazoratni amalga oshiradi.

Kuzatuv kengashiga aksiyadorlarning o‘zlari tayinlanishi va uning tarkibi umumiy yig‘ilish tarkibi bilan bir xil bo‘lishi mumkin. Ammo u qaror qabul qilishning yanada tezkorligi bilan ajralib turadi: Kengash istalgan vaqtda yig‘ilishi mumkin, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish uni tashkil etish va tomonlarni xabardor qilish uchun vaqt talab qiladi. Aksiyador bevosita boshqaruv   funksiyalarini ham bajaradigan kompaniyalar uchun qiyinroq bo‘ladi: bunday  kompaniyalar aksiyador, boshqaruv kengashi va rahbariyat o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik uchun boshqaruv tuzilmasini o‘zgartirish haqida o‘ylashlari kerak.

Muhim omillar qatorida shuni ta’kidlaymizki, endi kapitalning 15% dan ortiq miqdoridagi operatsiyalar (sof aktivlar miqdori, balansning passiv qismining birinchi bo‘limi) alohida maqomga ega bo‘ladi – ularning qabul qilinishi Kuzatuv kengashining alohida vakolatiga aylanadi, 50% dan ortiq miqdoridagi kapitalga ega bitimlar butunlay aksiyadorlar yig‘ilishining mutlaq vakolatiga aylanadi.

Shu tariqa kompaniya rahbariyati o‘z vakolatlarida biroz cheklanadi va muayyan operatsiyalarni amalga oshirishda (shu jumladan, kreditlar,  zayomlar, mulk oldi-sotdisi va boshqalar) advokatlar bilan yaxshiroq rejalashtirish va tartibli ishlarni talab qiladi. Bitimni imzolash tartib-qoidalariga e’tiborsizlik uning keyinchalik bekor qilinishiga va yetkazilgan zarar uchun shaxsiy javobgarlikka olib keladi.

MCHJda qarorlar tezroq qabul qilinishiga qaramay (nihoyat, shartnoma ba’zan o‘tgan sana bilan imzolanishi yoki barcha hujjatlar bir kechada tayyorlanishi mumkin), Kuzatuv kengashining qarorlar qabul qilish zanjiriga kiritilishi kompaniya faoliyati sifatini oshirish uchun ulkan afzalliklarga ega. Muqarrar ijobiy jihatlari – tezkor ko‘rsatkichlarning bajarilishi ustidan qo‘shimcha nazorat (Kengash rahbariyatdan biznes-reja maqsadlarini amalga oshirishni talab qilishi mumkin va kerak, og‘ishlar sabablarini tushuntirish va h.k.), boshqaruvdagi  mavjud vakolatlarning bu yerda to‘planishi tufayli xavflarni kamaytirish va qarorlar qabul qilishda maslahat organining mavjudligi va hokazo. Unchalik muqarrar bo‘lmagan afzalligi – bu Kengash tarkibini to‘g‘ri tuzish orqali    kompaniyaga qo‘shimcha vakolatlarni jalb qilish imkoniyatining paydo bo‘lishi.

Shakl va tarkib

Kengash vakolatlari matritsasi tushunchasi mavjud – ideal nuqtai nazardan olib   qaraganda, u yerda kompaniya rivoji uchun muhim hisoblanuvchi turli sohalarda chuqur ekspertizaga va bilimga ega professionallar jamlanadi. Masalan, men hozir to‘lov tashkilotlariga operatsion faoliyatlarni amalga oshirish uchun bank-moliya sohasidan xabari bo‘lgan kishilar, IT-infratuzilma rivojini nazorat qiluvchi texnik mutaxassislar kerak, boshqaruv tizimi rivoji kompaniya hisobotining yuritilishini nazorat qiluvchi va unga ko‘maklashuvchi korporativ boshqaruvdagi huquqshunos va mutaxassislar,  MHXS (moliyaviy hisobotning xalqaro standarti) va BHMS (buxgalterlik hisobining milliy standarti)ga muvofiq, hisobot yuritishni joriy etish uchun tajribali auditorlar standarti kerak deb o‘ylayman.

Operatsion qiyinchiliklar masalasiga qaytadigan bo‘lsak, shuni ta’kidlash kerak: agar ma’lumotni oshkor qilish mutaxassisni yollash orqali hal qilinishi mumkin   bo‘lsa, muvofiq tashkil etilgan Kuzatuv kengashi boshqaruv sifatini yaxshilasa, u holda aksiyadorlarning jamiyatining shakllarining MCHJ larga qaraganda yetarlicha jiddiy kamchiligi – aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tashkil etish  jarayoni bo‘lib qoladi.

Bu jarayon taxminan 25 kuncha vaqt oladi, chunki uni chaqirish to‘g‘risida yig‘ilishdan kamida 21 kun oldin e’lon qilinishi kerak va bundan oldin Kuzatuv  kengashi uni o‘tkazish, kun tartibi va byulleten shaklini tasdiqlashi, shuningdek,  yig‘ilish haqida xabar berish va uni o‘tkazish uchun reyestrning (ya’ni, aksiyadorlar ro‘yxati) yopilish sanasi to‘g‘risida qaror qabul qilishi lozim.

Aksiyadorlar bilan majburiy kelishuvni talab qilishi mumkin bo‘lgan barcha qarorlar oldindan rejalashtirilgan, tayyorlanishi va to‘g‘ri tashkil etilishi uchun kompaniyaning barcha xizmatlari, shu jumladan operatsion menejerlar, xarid va moliya bo‘limlari, buxgalteriya, yuridik xizmatlar va h.k. larni muvofiqlashtirilgan bo‘lishi kerak.

Shuni ta’kidlash kerakki, bitta aksiyadorga ega bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari uchun (bir shaxs, yuridik yoki jismoniy, rezident yoki norezident bo‘lishidan qat’i nazar, barcha aksiyalarning 100% iga egalik qilganda) vaziyat o‘zgarmaydi, biroq e’lon qilish shart emas va yig‘ilishni istalgan vaqtda o‘tkazish mumkin. To‘lov tashkilotlarining umumiy ro‘yxatidan yigirmadan ortig‘i hozirda faqat bitta ta’sischiga ega.

Transformatsiya jarayonining o‘ziga kelsak, bu juda murakkab narsa emasdek tuyuladi, lekin, albatta, u o‘ziga xos jihatlari mavjud va tajriba yig‘ishni talab  qiladi. Men kompaniyalarga butun jarayon uchun taxminan ikki oy rejalashtirishni tavsiya qilgan bo‘lardim. Endi asosiy aloqa vositasi Yagona darcha xizmati emas, balki Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) vakili bo‘lmish bozorni tartibga soluvchi bo‘ladi, bunda kompaniyalar aksiyalarni chiqarish bo‘yicha qarorlar va bayonlarni ro‘yxatdan o‘tkazishi, so‘ngra ularni Markaziy depozitariyga va investitsiya vositachilariga aksiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun topshirishi kerak bo‘ladi.

Umuman olganda, birja infratuzilmasi bilan ishlash jarayoni aksiyadorlar uchun ko‘plab imkoniyat va qulayliklar ochib beradi: aksiyalarni oldi-sotdisi qo‘shimcha qayta ro‘yxatdan o‘tishni, bir qator shartnomalarni talab qilmaydi va telefon tugmachasini bosish orqali amalga oshirilishi mumkin, shu bilan birga hisob-kitoblarning to‘liqligi va kelishuvning bajarilishi kafolatlanadi. Qimmatli qog‘ozlar bozorida aksiyalarni sotish daromad solig‘iga tortilmaydi, ya’ni investorlar yig‘ilgan daromaddan foydalanish va kapitalni shakllantirish manbalarining shaffof va ishonchli tasdig‘ini olishning ajoyib imkoniyatiga ega.

Bu o‘rinda davlat mantig‘i ham mutlaqo ravshan: birjada aksiyalarni yaxshi narxda sotish uchun kompaniya iloji boricha muvaffaqiyatli va samarali bo‘lishi, shuningdek, ko‘p tavakkalga qo‘l urmasligi lozim. Demak, daromadlar, soliq to‘lovlari, ish haqi to‘lash, taraqqiyot rejalarini ma’lum qilish va tushuntirish, biznes-rejaning borishi va bajarilishi haqida hisobot va h.k larni imkon qadar shaffof tarzda e’lon qilish zarur. Bunday vaziyatda davlat korporativ soliqlar va xodimlarning daromadlaridan olinadigan soliqlar nuqtai nazaridan ko‘proq imtiyozlarga ega bo‘ladi, YaIM va mamlakatda ishbilarmonlik muhitining jadal o‘sishi haqida gapirmasa ham bo‘ladi.

Ko‘plab kompaniyalar hozirda minoritar yoki strategik investorlarni topish, boshqa o‘yinchilar bilan birlashish yoki mablag‘  yetishmovchiligi yoki kapitalni oshirish sababli biznesni sotish haqida bosh qotirishmoqda. Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registriga muvofiq, ellikka yaqin kompaniyaning to‘rtdan uch qismi bugungi kunda yetarli hajmdagi ustav fondiga ega emas. Markaziy bank tomonidan offshor kompaniyalarning naqd pul mablag‘lari hisobidan kapitalni oshirish manbalari va shakllarini cheklashi mumkin bo‘lgan sohani tartibga solish ko‘rinishidagi qo‘shimcha omillarni hisobga olgan holda, investorlarni topish va ommaviy bozorga chiqish muhim imkoniyat bo‘lishi mumkin.

Istiqboldagi o‘zgarishlar haqida o‘ylaydigan bo‘lsak, kapital jalb qilish, boshqaruv va hisobot tizimini yo‘lga qo‘yish, shaffoflik va rivojlanish istiqbollari bilan kapitalni jalb qiluvchi kompaniyalar onlayn bank litsenziyalarini olish va mazkur sohada raqobatni kuchaytirish haqida o‘ylashlari mumkin. Chetdan investorlarni jalb qilmasdan ham buni amalga oshirishga qodir bo‘lgan kompaniyalarning tartibga soluvchi organdan aksiyadorlik jamiyatlarining davlat va nodavlat maqomi bo‘yicha qonun hujjatlari talablarini tabaqalashtirishni talab qiladigan xususiy aksiyadorlik jamiyatlari guruhiga qo‘shilishi muqarrar.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, aksiyadorlik jamiyati shakliga o‘tishning hech qanday yomon joyi yo‘q hamda bu jarayon to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, barcha ichki jarayonlar, tartib-qoidalar va o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va qayta tekshirish orqali undan ko‘p foyda chiqarib olish mumkin. Dastlabki bosqichda tajriba yetishmasligi maslahatchilar va mutaxassislarni topish orqali qoplanishi mumkin, davlat investitsiyalarini jalb qilish yoki aksiyalarni sotishda moslashuvchanlik nuqtai nazaridan mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida uzoq muddatli foydani saqlab turish qiyin masala.