Skip to main content

Haqiqiy startaplar korporatsiyalarga aylangani aks ettirilgan 8ta badiiy va hujjatli film

Gigantlarga qarshi (2022)

Spotify

Yirik studiyalar qaroqchilikdan zarar ko‘rgan bir paytda, asoschilari odamlarni qonuniy tarzda musiqa sotib olishga majbur qilgan Spotify kompaniyasi tarixi haqidagi shved hujjatli dramasi. Biroq kompaniya muvaffaqiyatiga aynan kim sababchi bo‘lgan? Kompaniya egalarining haqiqatdan ham oliyhimmat maqsadlari bormidi? Nima uchun Spotify Teylor Sviftning jahlini chiqargan? Har bir qismda kompaniya uchun muhim hisoblangan kishilar nuqtai nazari ko‘rsatib berilgan, yakunda esa boshqa qahramon shunday xitob qiladi: “Hammasi butunlay boshqacha bo‘lgan edi!” – va voqealarning o‘zgacha talqinini bayon qiladi.

1 против гигантов 1

Asoschi (2017)

McDonald’s

Yirik studiyalar qaroqchilikdan zarar ko‘rgan bir paytda, asoschilari odamlarni qonuniy tarzda musiqa sotib olishga majbur qilgan Spotify kompaniyasi tarixi haqidagi shved hujjatli dramasi. Biroq kompaniya muvaffaqiyatiga aynan kim sababchi bo‘lgan? Kompaniya egalarining haqiqatdan ham oliyhimmat maqsadlari bormidi? Nima uchun Spotify Teylor Sviftning jahlini chiqargan? Har bir qismda kompaniya uchun muhim hisoblangan kishilar nuqtai nazari ko‘rsatib berilgan, yakunda esa boshqa qahramon shunday xitob qiladi: “Hammasi butunlay boshqacha bo‘lgan edi!” – va voqealarning o‘zgacha talqinini bayon qiladi?

8 фильмов о том, как настоящие стартапы выросли в корпорации

Jangovar holatda: Uber uchun kurash (2022)

Uber

Uber ning 2017-yili boshqaruvdan chetlashtirilgan beqaror asoschisi Trevis Kalanik haqida hikoya qiladi. Investorlar taksi qidirishning qulay tizimidan mamnun edilar, biroq bu Kalanik muhim moliyaviy ma’lumotni yashirib, korporativ axloq qoidalariga amal qilmagani va o‘z obro‘-e’tibori haqida butunlay unutmaguniga qadar davom etadi. Serial xudbinlikning yuqori darajasi va axloqiy tamoyillarning yo‘qligi hatto o‘z novatorlik biznesiga ham zarar yetkazishi mumkinligini ishonarli tarzda ochib bergan.

2 на взводе

Momiq ko‘pik (2023)

Beanie Babies

1990-yillarni o ‘rtalarida Beanie Babies brendi o‘yinchoqlari Amerika xalqi orasida o‘ta ommalashib ketdi va o‘z asoschisi Taya Uornerni milliarderga aylantirdi. Beanie ayiqchalari, qurbaqalari va kuchukchalari boshqalardan nimasi bilan yaxshiroq edi? Uorner boshqalardan ajralib turishga umid bog‘ladi: ma’lum bir dizayndagi o‘yinchoqlarning har bir lineykasi qat’iy chegaralangan vaqt mobaynida sotildi, bu esa xaridorlarni kolleksion namunalar ortidan quvishga, ularni almashtirishga va yuqori narxlarda sotib olishga majbur qildi. Biroq “yumshoq ko‘pik” ertami-kechmi baribir yorilishi kerak edi… Bunda kim aybdor? Film shu haqida hikoya qiladi.

8 фильмов о том, как настоящие стартапы выросли в корпорации

Aberkrombi va Fitchning yuksalishi va qulashi (2022)

Abercrombie & Fitch

Film Amerikaning Abercrombie & Fitch kiyim-kechak brendiga 1992-yilda yangi rahbar – Mayk Jeffrisning kelishidan tortib 2000-yillarning boshida uning irqchilik va diskriminatsiyada ayblanishigacha bo‘lgan davr haqida hikoya qiladi. Jeffris A&Fni zararga kirgan kompaniyadan yillik daromadi 2 mlrd dollarni tashkil etuvchi bozor yetakchisiga aylantirishga muvaffaq bo‘ladi. Ammo hammayoqni A&Fning yarim-yalang‘och modellarining mukammal tanalari aks etgan reklamalari bosib ketgach, kompaniya o‘z xodimlarini terisining rangi, ortiqcha vazni, dredlar (o‘rama soch turmagi) va sallasi uchun osongina bo‘shatib yuborishi mumkin edi…

7

Billning miyasi ichra sayohat: Bill Geytsni anglash (2019)

Microsoft

Uch qismli Netflix seriali Microsoft asoschisi Bill Geytsning hayoti va uning rivojlanayotgan davlatlarda amalga oshirayotgan gumanitar loyihalari haqida hikoya qiladi. Ularning orasida, masalan, epidemiya xavfini kamaytiradigan Omni Processor, yoki chiqindilarni qayta ishlashning takomillashgan tizimi va innovatsion yadro reaktori TerraPower mavjud.

Har bir qismda Geytsning gumanitar faoliyati rivoji bilan uning IT sohasidagi karyerasi o‘zaro taqqoslanadi: biznes-hamkorlikdan boshlangan Microsoft ning ilk yillari yoki bozorni monopollashtirishda ayblovga qarshi kurash.

Bill gates interview january 29, 2019

Nolga tikilgan pul (2016)

Herbalife

Herbalife kasrtinasi jahon yuzini ko ‘rishi zahoti katta nizoga sabab bo ‘ldi: kompaniya vakillari mualiflarni bo ‘xton qilganlikda ayblab, qo‘llaridan kelgancha premyerani barbod qilishga harakat qilishdi. Nima uchun? Film ijodkorlari kompaniyani  moliyaviy piramida qurishda ochiqchasiga ayblab (bunday sxemalar qanday ishlashini oshkora ko‘rsatgan holda), Herbalife ning qanday qilib firibgarlikda ayblovdan bir necha marta quruq chiqib ketganligi, insofsizlarcha qilingan reklamalar va mijozlarni laqillatganligini tushuntirib bergan edilar.

6

WeWork: 47 mlrd dollarlik yakkashoxning tug‘ilishi va halokati (2021)

WeWork

Adam Neyman tomonidan 2010-yilda tashkil etilgan WeWork kovorking kompaniyasi bir vaqtlar 27 mlrd dollarga baholangan. Kompaniya yetakchilari – ularning maqsadi shunchaki mavjud arzon ofislar izlash bo‘yicha startap yaratish emas, balki yangi turdagi ishchilar jamiyatini qurish ekanligini ta’kidlagan edilar. Biroq oradan 9 yil o‘tgach, Neymanni ulkan kamomadda ayblab WeWork rahbarlik lavozimini tark etishga majbur qilishadi… Filmda Neymanning ko‘p qirrali shaxsiyati tadqiq etiladi: katta xarajat va giyohvand moddalarga ruju qo‘yishi, Marsga ko‘chib borib, u yerda abadiy hayot kechirish orzusi – shu bilan birgalikda shaksiz xarizmasi va badavlat investorlar kabi oddiy ishchilarni ishontira olish qobiliyati.

8

В журналистике я работаю больше пяти лет. Не совру, если скажу, что за это время провела не одну сотню интервью. Успела пообщаться со звёздами, политиками, бизнесменами, но ресторатор (как он теперь сам готов себя называть) Паша Георганов совершенно точно попал в мой личный топ собеседников. Открытый, честный, простой и весёлый. Смешить он начал ещё за день до встречи, чем задал тон и съёмке, и интервью.

Текст: