Skip to main content

Nima uchun geomarketing haqida unutmaslik zarur va onlayn-xaritalar bizga qanday kelajakni hozirlamoqda.

An’anaga ko‘ra, xarita, bu – manzillar qidirish va yo‘nalishni belgilash uchun mo‘ljallangan vosita. Biroq, xaritalar asta-sekin bundan passiv roldan uzoqlashib, marketing uchun qiziqarli qurolga aylanmoqda. Endi ular shunchaki ko‘rsatmaydi, balki yangi auditoriyani jalb qilish uchun tavsiyalar beradi. Ulardan qanday foylanashi mumkinligi va zarurligi haqida hikoya qilamiz.

Immersiv xaritalar

Haqiqatdan farq qilmaydigan telefondagi xaritalar – navigatsiya tizimlari bizni aynan shunday kelajakka tayyorlamoqda. Google Maps 2022-yilda haqiqatga yaqin xaritalar paydo bo‘lishini e’lon qilgandi, hozir esa ularni butun dunyoda, jumladan Las-Vegas, London, Los-Anjeles, Parij kabi yirik shaharlarda tarqatmoqda.

Immersiv xaritalar AR-vositalar, sun’iy ong va kompyuter ko‘rish moslamasi yordamida yanada chuqur sho‘ng‘ish effekti bilan odatiy 3D-manzaralardan farq qiladi. Ular butun yo‘nalishni avvaldan ko‘rishga yordam beradi. Velosipedchilar uchun qayerda velosiped yo‘lakchalari borligini, avtomobil haydovchilari uchun esa – yo‘lda mashinani qayerda to‘xtatish mumkinligini bilish foydali bo‘ladi. Aqlli xaritalar hattoki ob-havo va kun vaqtini ham hisobga oladi va yo‘llardagi tirbandlik prognozlarini quradi.

Nima uchun geomarketing haqida unutmaslik zarur

Google brendlar va tashkilotlarga tayyor Google-xaritalar negizida o‘zlarining immersiv xaritalarini ishlab chiqish imkoniyatini beradi. Masalan, sayyohlik agentligi foydalanuvchilarni safarni sotib olishga undash uchun milliy hiyobonlarning haqiqiy reallikdagi xaritalarini yaratishi mumkin. Yoki shaharning interfaol xaritasini ishlab chiqib, unda asosiy tarixiy yodgorliklarni belgilash va shahar bo‘ylab virtual sayohat qilish taklifini berish mumkin. Yandeks kelajak xaritalarini batafsil ko‘rsatilgan yo‘llar, 3D-ko‘rinish va yo‘nalishning aqlli ko‘rsatkichlari bilan taqdim etmoqda.

Nima uchun geomarketing haqida unutmaslik zarur

2GIS ham ortda qolmagan holda, 2023-yilning iyulida Rossiyaning 11ta shahrida haqiqiy reallika xos 3D-xaritalarni ishga tushirdi. Ularda binolar va hiyobonlardagi detallarni, jumladan u yoki bu joyda qanday daraxtlar o‘sishigacha ko‘rish mumkin. Istiqbolda yo‘llar ham immersiv tus oladi: yo‘l yechimi darajalari, dolzarb belgilar bo‘yicha haqiqiy ko‘rinishlar paydo bo‘ladi.

Brendlar biznesi oflayn darajada qanday taqdim etilgani haqida o‘ylanishi kerak, zero tez orada ular onlayn shaklda namoyish etila boshlaydi. Shuningdek, xaritalarda kompaniya kartochkasini muntazam yangilab turish, imkon qadar barcha satrlarni to‘ldirish hamda salohiyatli mijozlar sizni aniq topa olishlari uchun ko‘proq suratlar qo‘shish muhim.

Geomediyaviy reklama

Geoxizmatlar ommalashib borgani sayin brendlar tashkilotlar, muassasalarni qidiradigan va raqamli xaritalarda ularga yo‘nalishni belgilaydigan xaridorlarga yetish uchun yangi imkoniyatlarni sinab ko‘rmoqda. Bunda brend tanilishini oshiradigan va manfaatdor auditoriyani jalb qiladigan geomediyaviy reklama yordam bermoqda. Xaritalar brendni ilgari surish uchun ajoyib tanlovga aylanishi mumkin. Xaritadan foydalanuvchilarning 75 foizi – to‘lov qobiliyatiga ega auditoriya bo‘lib, 75 foizi shaxsiy avtomobilida yuradi. Bu faol turmush tarziga amal qiladigan, premium darajadagi xizmatlardan foydalanadigan odamlar.

Auditoriyani quyidagi reklama shakllari yordamida qiziqtirish mumkin:

  • Yo‘nalishni belgilashdagi banner. U yo‘nalishni belgilash vaqtida surat, tavsif va maqsadli harakat tugmasi ko‘rinishida aks etadi.
  • Geoxizmatlardagi banner. Avvalgi shaklga o‘xshaydi, ammo avtomobil tezligi nolga teng bo‘lganida paydo bo‘ladi.
  • Yo‘nalish bo‘yicha brendga xos pinlar. Tashkilot yaqinida harakatlanganda brend nomi va logotipni ko‘rsatadi.
  • Yo‘nalish tavsiyalari. Yo‘l-yo‘lakay muassasaga kirib o‘tishni taklif qiladi.

Yangicha shakllar orasida yangilangan bilbordni qayd etish mumkin. Bunda kompaniya logotipi ko‘rsatilgan reklama belgisi hozircha “Yandeks Navigator”ning Rossiya versiyasiga aks ettiriladi. Belgilangan joyga yaqinlashganingiz sayin qisqa reklama xabari paydo bo‘ladi. Endi u kattaroq va ko‘rinarli shakl oldi, klik bosish imkoniyati (CTR) esa 0,14 foizga o‘sdi.

Georeklama ko‘proq mijozlarni jalb qilishga intiluvchi har qanday kompaniyalarga mos keladi. Biroq, u mahalliy va oflayn-biznes uchun ko‘proq samara keltiradi. Geoxizmatlar yordamida do‘konlarga tashriflar sonini oshirish, mijozlar yangi aksiyalar, chegirmalar, tadbirlar yoki ochilgan do‘konlar haqida xabar berish mumkin.

Foydalanuvchi kontenti (UGC)

Xaritalarda joylarning ro‘yxatlarini tuzish va barcha foydalanuvchilar bilan bo‘lishish mumkin. Jami bo‘lib ro‘yxatga 1000ta joyni qo‘shish mumkin, so‘ngra u haqida boshqalar bilishi uchun ijtimoiy tarmoqlarda unga havolani joylashtirish zarur. Foydalanuvchilar qiziq ro‘yxatlarga obuna bo‘lishlari mumkin: muallif yangi joyni qo‘shganida, ular yangilanishni ko‘radilar. Joylar ro‘yxatlarini mashhur blogerlar ham joylashtirishi mumkin.

Nima uchun geomarketing haqida unutmaslik zarur

Sizning muassasangiz mijozlar va inflyuyenserlar tomonidan o‘z ro‘yxatlariga kiritilishi, do‘stlari bilan bo‘lishishi va yangi firklar qoldirishi, bu muassasa haqida boshqalar xabar topishi va unga imkon qadar ko‘proq odamlar kelishni istashi uchun harakat qilish kerak.

Kompaniya kartochkasini maqbullashtirish

Foydalanuvchilarning deyarli 79 foizi qidirish ilovalari orqali tovarlar yoki xizmatlarga doir ma’lumotni izlaydi. Aynan shu ilovalarda “qiziqtiruvchi joylar” ko‘rsatilgan xaritalar birinchi o‘ringa chiqadi.

Odamlar ularga kerakli ma’lumotni izlaganda murojaat qiladi va xaritalar turli obyektlar bo‘yicha o‘ziga xos ma’lumotlar bazasiga aylanadi.

Har oy son-sanoqsiz odamlar internetda turli tashkilotlarni izlaydi. Ko‘pincha bular: mehmonxonalar, kafe, restoranlar, avtoxizmat ko‘rsatish joylari, dorixonalar, go‘zallik salonlari va do‘konlar bo‘ladi. Mazkur biznes shakllarining egalari aynan ularni izlayotganlarga o‘z xizmatlari haqida so‘zlab bera olishlari uchun geoaxborot texnologiyalari ish jadvali, saytga havola va aloqa ma’lumotlari ko‘rsatilgan kartochkalarni qo‘shish imkoniyatini beradi.

Xususan, mijozlarni boy bermaslik uchun ma’lumotlar yangilanishiga e’tiborli bo‘lish tavsiya etiladi: zero kompaniya raqami ko‘rsatilgan kartochkalar ko‘rilishining qariyb 30 foizi qo‘ng‘iroqlarga aylanadi. Bundan tashqari, hozir mahsulot yoki ob’ekt afzalliklarini ma’lum joylashuvdagi infratuzilma xususiyatlaridan kelib chiqib ilgari surish mumkin (masalan, metro, hiyobon, bolalar bog‘chasi yoki biron manzilga yaqinligi). Qayd etish kerakki, bu mahalliy biznes uchun eng samarali va maqbul usullardan biri, chunki maksimal darajada maqsadli auditoriyaga ega bo‘lish imkonini beradi.

Ayrim tashkilotlar xaridorlarga oflayn-nuqta shaharning qaysi burchagida joylashganini tez bilish imkonini bermaydigan shaklda manzillarni ko‘rsatadi. Bu orada tovarning yaxshi to‘ldirilgan va sifatli surati qo‘yilgan kartochkasi – o‘zingiz yaratishingiz mumkin bo‘lgan shunchaki bepul reklamadir. Google Maps haqida unutmang: bu geoxizmatda reklama hanuzgacha mavjud bo‘lmasa-da, foydalanuvchilarning bir qismi uning yordamidan foydalanishda davom etmoqda.

Kompaniya to‘g‘risidagi ma’lumotni yangilab boring: narx ko‘rsatkichlari, aloqa ma’lumotlari, ijtimoiy tarmoqlar va ish vaqti, yangi suratlar. Foydalanuvchi tashkilotlarni izlaganida xaritadagi algoritm avval eng maqbul natijalarni yuqorida ko‘rsatadi.

Algoritm saralash chog‘ida ko‘pincha quyidagilarga e’tibor qaratadi:

  • kartochkaning to‘liqligi va tez-tez yangilanishi;
  • muassasaning foydalanuvchiga yaqinligi;
  • bildirilgan fikrlar va sizning javoblaringiz;
  • reyting;
  • brendning mashhurligi va tarmoqda takrorlanishi.

Xaritalardagi so‘rovda qidiruv yuqorisidan o‘rin olish va ko‘proq mijozlarni jalb qilish imkoniyatlarini oshirish uchun bu omillarni kompleks yaxshilash ustida ishlab zarur. Foydalanuvchilarni turli maydonchalarda fikr qoldirishga undash kerak. Sizda alohida biznes bo‘lsa, bildirilgan fikrlarni buking platformalari bilan integratsiyalashni tavsiya qilamiz, shunda baholar va fikrlar xaritalardagi mehmonxonangiz kartochkasiga avtomat tarzda qo‘shiladi.

Buyurtmalarni topshirish shoxobchalari (BTSh) haqida gapiradigan bo‘lsak, buyurtmani olishning eng keng tarqalgan usuli – do‘kondan kelib olish yoki BTSh: xaridorlarning taxminan to‘rtdan uch qismi xaridlarini shu tariqa oladi. Shu bois riteyl va elektron tijorat sohasi uchun do‘konlar va BTSh joylashuviga doir to‘liq axborotni aks ettirish, shuningdek mijoz uchun buyurtmani rasmiylashtirishda manzilni kiritish jarayonini soddalashtirish juda muhim.

Nima uchun geomarketing haqida unutmaslik zarur

Shu bilan birga, yetkazib berilishini nazarda tutilgan tovarlarni xarid qiluvchi mijozlarni ham unutmang. Biznes geoaxborot xizmatlari yordamida o‘z ilovasiga yetkazib berish holati va kurer borayotgan joyga oid joriy ma’lumotlar ko‘rsatiladigan interfaol xaritani integratsiyalashi mumkin. Xususan, API Yandeks.Kartda interfaol xaritalarni saytlarda joylashtirish hamda shaharning tanlangan qismiga yetkazib berish narxini aks ettirgan holda hududlarni belgilash mumkin. Bu foydalanuvchiga tanlash huquqi va ofisga yoki uyga nisbatan arzonroq yetkazib berishni tanlagan holda, xaridlarni oqilona rejalashtirish imkonini beradi.