Skip to main content

Ish haqining eng qisqacha tarixi

Qadim zamonlardagi tovar ayirboshlash va oziq-ovqat sohasidan tortib XXI asrda mehnatga chuqur tabaqalashtirilgann to‘lovga qadar: mehnatga haq to‘lash tarixi iqtisodiy va ijtimoiy evolyutsiyaning in’ikosidir. U – yangi iqtisodiy realiyalar va ijtimoiy istaklarga moslashgan holda mehnat va uni mukofotlash shakli qanday o‘zgarganligini ko‘rsatadi. O‘zgarishlar qanday kechdi va u nimalarga olib keldi – maqolada shu borada so‘z yuritamiz.

ANTIK DUNYO

Ilk ish haqi sifatida tuz va pivo

Pul tushdi

Ibtidoiy jamiyatda ish haqi tushunchasi mavjud emas edi, resurslarni taqsimlashning asosiy mexanizmi hamkorlik va o‘zaro yordam bo‘lgan. Mehnatga haq to‘lashning turli shakllari ilk bor Misr, Yunoniston va Rim kabi qadimgi sivilizatsiyalarda vujudga kelgan.

Qadimgi Misrda, masalan, piramida quruvchilari qilgan ishlari evaziga haqni turar joy, ovqat, shuningdek, pivo ko‘rinishida olishgan. Mil.avv. I asrda esa rim askarlariga o‘sha vaqtlarda qimmatli sanalgan tuz bilan haq to‘langan. Hatto inglizchadan “maosh” ma’nosini anglatuvchi salary so‘zi ham lotincha “tuzli pul” ma’nosini bildiruvchi salarium so‘zidan olingan.

Pul tushdi

O‘RTA ASRLAR

Mehnat, mahsulot va xavfsizlik bilan to‘lash

O‘rta asrlarda jamoatchilik munosabatlari o‘sha davrlarda aksariyat davlatlarda hukm surgan feodal tartibga asoslangan. Ish haqi ko‘pincha mehnat majburiyatlari yoki natura shaklida bo‘lgan. Feodalning yeriga ishlov beradigan dehqonlarga haq to‘lanmagan, biroq hosilning bir qismini yoki o‘zlari ishlab bergan yerdan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanishlari mumkin bo‘lgan.

Pul tushdi

SAVDO-SOTIQ INQILOBI

Natura shaklida to‘lashdan pullarga

XV-XVI asrlarda buyuk geografik o‘zgarishlar tufayli savdo gurkiray boshladi va bu hodisa Savdo-sotiq inqilobi nomini oldi, shundan keyin vaziyat xorijda jiddiy tusda o‘zgara boshladi. Pullar natura shaklidagi ish haqini siqib chiqara boshladi, chunki yangi yerlarning kashf etilishi hamda bozorning jadallik bilan o‘sishi moliyaviy tizimlarni standartlashtirish va tijoriy munosabatlarni unifikatsiya qilishni talab etardi.

Pul tushdi

Bu davrda nafaqat zamonaviy bank kurtaklari paydo bo‘la boshladi, balki ish haqiga pul to‘lashning ilk shakllari, mahsuldorlik uchun mukofot, hatto savdogar va dallollar uchun komissiyaning dastlabki ko‘rinishlari yuzaga kela boshladi. Masalan, Ost-Indiya kompaniyasi savdogarlari birinchi bor to‘lovni butun kompaniyaning bir qismi shaklida ola boshladilar.

SANOAT INQILOBI

Zamonaviy ish haqining paydo bo‘lishi

XIX asrdagi dastlabki kapitalizm va mutlaq sanoatlashtirish davrida mehnat ko‘proq pulga baholanadigan bo‘ldi. Sanoatlashgan jamiyatga o‘tish ish vaqti va mehntaga haq to‘lashning standartlashuviga olib keldi. Ishchilar ishlagan soatidan kelib chiqib haq oladigan fabrikalar paydo bo‘ldi. O‘shanda u ish haqi to‘lashning asosiy shakliga aylandi, mehnat sharoitlari va to‘lov esa – jamiyatdagi asosiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan nisbatan faol ijtimoiy munozaralarning predmeti bo‘lib qoldi.

Pul tushdi

XX ASR

Mehnat va ish haqini qonun bilan tartibga solish

XX asr boshiga kelib kapitalizm rivoji nafaqat ish haqining pulda standartlashuviga, balki mehnatkashlarning ishga adolatli haq to‘lanishi uchun kurash olib borishiga ham olib keldi. Bu kurash yo‘lida aksariyat kapitalistik mamlakatlarda eng kam ish haqi, ish vaqti va mehnat sharoitlari to‘g‘risidagi qonunlar qabul qilindi. Iqtisodiyot va hayot darajasining yuksalishi badalning qo‘shimcha shakllari: ta’til, mukofot, sug‘urta va pensiya to‘lovlarida namoyon bo‘la boshladi. Mahorat, tajriba hamda mehnatning bozor qiymati turlanishiga qarab, mehnatga yarasha ish haqi to‘lash  shakllana bordi.

XXI ASR

Globallashuv va moslashuvchanlik

O‘tgan asrda belgilangan trendlar zamonaviy iqtisodiyotda ham taraqqiy eta boshladi. Bugungi kunda mehnatga haq to‘lash shakli va kompensatsiya nisbatan murakkab va farqli tus olmoqda, mehnatga haq to‘lashdagi ijtimoiy adolat masalasiga e’tibor yanada kuchaymoqda. Globallashuv  va texnologik yuksalish mehnat munosabatlarining turfa ko‘rinishlari, xususan, masofaviy ish, frilanserlik va ishchilarga ulkan moslashuvchan muhit yaratadigann gig iqtisodiyot kabilarning shakllanishiga olib keldi, biroq tartibga solish va ijtimoiy himoya sohasida yangi to‘siqlar hosil qilmoqda.

 

Pul tushdi

MHTEKM

Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHTEKM) tushunchasi, eng kamida maqbul hayot sharoitlarini ta’minlovchi daromadning asosiy bosqichini hisoblashni anglatish maqsadida paydo bo‘lgan. MHTEKM milliy darajada birinchi bo‘lib joriy etgan davlat – Yangi Zelandiya (1894).

AQShda MHTEKM bo‘yicha dastlabki federal qonun 1938-yilda qabul qilingan (Fair Labor Standards Act). Eng kam ish haqi darajasi Kongress tomonidan belgilanadi, biroq alohida shtatlar va hatto shaharlar ham o‘zlarining nisbatan yuqori maosh belgilay olgan. Hozirgi kunda eng kam soatbay to‘lanadigan ish haqi miqdorining umummilliy darajasi 7,25 dollarni tashkil etadi.

YI mamlakatlarida eng kam ish haqi darajasi turlicha belgilanadi. Germaniya va Fransiyada  MHTEKM qonun bilan belgilab qo ‘yilgan, Skandinaviyada esa uni kasaba uyushmalari yoki ish beruvchilar belgilaydi. 2022-yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi tarkibidagi barcha davlatlar ichida eng kam oylik MHTEKM Bolgariyada (€363), eng ko ‘pi esa Lyuksemburgda (€2 313) qayd etilgan.

Xitoyda MHTEKM ilk marotaba 1994-yilda joriy etilgan.  Shu bilan bir qatorda bu narsa provinsiyalardagi turlicha sharoit sabab biror marta ham milliy darajada yo‘lga qo‘yilmagan. 20203-yilda eng yuqori oylik MHTEKM Shanxayda ($370), shu vaqtning o‘zida Pekinda soatbay haq to ‘lashning enh yuqori minimal darajasi $3,7 ni tashkil etgan.

Eng kam ish haqi darajasi bo ‘yicha Osiyodagi yetakchi davlat – soatiga $7,8 bilan Janubiy Koreya sanaladi.

Arab dunyosidagi faqat 73% davlatdagina qonunan MHTEKM tushunchasi joriy etilgan. Ummonda MHTEKM oyiga $845 ni tashkil etadi, biroq uni faqat davlat fuqarolarigina olishi mumkin. Qatarda MHTEKM fuqarolikka bog‘liq va oyiga $230 ni tashkil qiladi. BAA va Saudiya Arabistonida eng kam ish haqi tushunchasi mavjud emas.

ISH HAQI HOZIRGI KUNDA

Bugungi kunda ish haqi nafaqat mehnat va pul almashunuvini harakatlantiruvchi kuchdir, balki motivatsiya, iqtidorlarni hamda, muayyan bosqichda ijtimoy harakatchanlikni ushlab turish quroli hamdir. Mehnatga haq to‘lash modelidan kelib chiqqan holda maosh turlicha shaklda bo‘lishi mumkin. Nisbatan keng tarqalganlari quyidagilar:

Tayinlangan ish haqi. Ishlangan soatlar va unumdorlikdan qat’i nazar doimiy (masalan, oylik) haq to‘lash.

Soatbay ish haqi. Har bir ishlangan soat uchun haq to‘lash (moslashuvchan grafikdagi sohalarda xos, masalan, chakana savdo yoki vaqtinchalik ish joylarida).

Komissiyali. Xodimga savdo qiymati yoki boshqa ko‘rsatkichlarga ko‘ra foiz to‘lash (ko‘pincha savdo, reklama va marketing sohalarida qo‘llaniladi).

Loyihaviy ish haqi. Muayyan loyiha yoki vazifa bajarilganligi uchun haq to‘lash (ko‘pincha ijod bilan bog‘liq bo‘lgan va IT kasblarida foydalaniladi).

TURLARI VA TUZILISHI

Zamonaviy dunyoda ish haqi turlari va ko‘rinishlari o‘zaro uyg‘unlashib, ish haqi tuzilmasining aralash elementlariga aylanib bormoqda. Ish haqining nsibatan keng tarqalgan tuzilishi quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi:

Moyana yoki oylik

Bu ish haqining “bazaviy” komponenti hisoblanadigan tayinlangan summa. Uning atrofida mukofot, bonuslar va qo ‘shimcha to‘lovlar shakllanadi. Moyana ish kuni standartlashtirilgan sanoatlashuv davrida keng tarqaldi.

Mukofotlar, bonuslar, badallar

Qo‘shimcha to‘lov tizimi XX asrda, ayniqsa Ikkinchi Jahon urushi davrida, kompaniyalar xodimlarni rag‘batlantirish va unumdorlikni oshirish yo‘llari izlagan vaqtlarda faol taraqqiy eta boshladi. Unga quyidagilar kiradi:

  • Mukofotlar. Unumdorlik, muayyan ko‘rsatkichlarga erishganlik yoki mavsumiy va bayram tadbirlari bilan aloqador to‘lovlar.
  • Bonuslar. Uzoq muddatli xizmat yoki sodiqlik uchun pul mukofotlari.
  • Xizmat vaqtidan tashqari bajarilgan ish uchun to‘lanadigan ish haqi va kompensatsiyalar. Odatdan tashqari ish kunlari yoki haftasi, shuningdek, bayramlar va dam olish kunlarida bajarilgan ish uchun to‘lanadigan haq. Odatda odatiy ish kunlaridan farqli o‘laroq, ko‘tarilib boradi. Ular XX asrda, ish kuni tushunchasi o‘rnatilgan paytlarda paydo bo‘lgan.

Ta’til, bemorlik va homiladorlik va tug‘ish ta’tili (dekret)

Bunday to‘lovlar XX asrda mehnat qonunchiligi shakllanishi bilan yuzaga kela boshladi. Rossiyada, masalan, bemorlik va otpusk ta’tillari 1927-yilgi Oktabr Inqilobidan so‘ng qonun bilan belgilab qo‘yildi, shu vaqt ichida AQSH va g‘arb mamlakatlarida esa XX asr o‘rtalarida, ishchilar huquqlari kengayishi va kasaba uyushmalarining kuchayishi bilan kiritildi.

Benefit va imtiyozlar

Bevosita haq to‘lashdan tashqari, ish beruvchi xodimlarning turli vaziyatlardagi chiqimlarini qoplashi yoki unga kompaniya aksiyalarini xarid qilish uchun ma’lum shartlar taklif qilishi mumkin. Bularning bari XX asrda paydo bo‘lgan va bugungi kunda unga quyidagilar kiradi:

  • Tibbiy sug‘urta. Ijtimoiy benefitlarning eng keng tarqalgan turlaridan biri.
  • Pensiya badallari. Xodim uchun pensiya fondiga pul to‘lash.
  • Aksiya opsionlari. Kompaniya aksiyalarini bozor narxidan arzonga sotib olish imkoniyati.
  • Taraqqiyot va ta’lim dasturlari. Xodimlarning kasbiy rivojiga sarmoyalar.

Pul tushdi

Текст: