Skip to main content

Yangi versiyada robot 30 foizga tezroq yuradi, taktil sensorlar bilan jihozlangan va buyumlarga nozikroq munosabatda bo‘ladi.

Tesla kompaniyasi X ijtimoiy tarmog‘ida yangi Optimus odamsimon-robot modeli sinovdan o‘tkazilganiga doir videoni joylashtirdi.

Robot qanday yangi jihatlarga ega bo‘lgan:

  • Optimus 10 kiloga yengillashdi va ancha egiluvchan harakatlarga ega bo‘ldi.
  • Yurish mexanikasi ko‘proq odamlarga o‘xshaydi, robotning tezligi 30 foizga oshdi. Shuningdek, u umumiy tana nazorati va muvozanat bo‘yicha sinovlarni yaxshiroq bajara boshladi.
  • Ikkinchi avlod Optimus roboti barmoqlari uchida sensorlarga ega, shu tufayli buyumlarga nisbatan nozikroq munosabat ko‘rsatadi:
  • Maskning baholashicha, robotning narxi 20 ming dollardan kamroq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Ilon Mask Optimus robotining dastlabki prototipini 2022-yil oktabr oyida taqdim etgan.