Skip to main content

Bunga mualliflik huquqlariga rioya etilmaganlik sabab bo‘ldi.

New York Times gazetasi mualliflik huquqi buzilganligi sababli OpenAI i Microsoft** kompaniyalari ustidan sudga shikoyat qildi. Bunga javobgarlarning sun’iy ong texnologiyalarini o‘qitish uchun nashr qilingan materiallardan noqonuniy foydalanganligi sabab bo‘ldi.

Manxetten Federal okrug sudiga berilgan da’voda ko‘rsatilishicha, NYT nashrida chop etilgan millionlab maqolalar avtomatik chat-botlarni o‘qitishda foydalanilgan bo‘lib, ular endilikda ishonchli ma’lumot taqdim etadigan manba sifatida yangiliklar bilan raqobat qilmoqda, – deb yozmoqda The New York Times.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgust oyida New York Times nashri o‘z reglamentini yangilab, unda sun’iy ong tizimlarini o‘qitish uchun nashrdagi kontentdan foydalanishni taqiqlangan. Shuningdek, The New York Times bu Amerikadagi yirik OAV mualliflik huquqlari buzilganligi uchun sun’iy ong yaratuvchilari ustidan sudga shikoyat qilgan birinchi hodisa ekanligini qayd etgan.

**OpenAI — sun’iy ongga ega ChatGPT chat-bot yaratuvchisi, Microsoft — uning ishbilarmonlik hamkori.