Skip to main content

Milliy raqamli ekotizim qanday yaratilgani va rivojlanayotgani haqida

Oktabr oyida servislari millionlab o‘zbekistonliklar kundalik turmushining ajralmas qismiga aylangan ekotizim bir yoshga kirdi. Uzum Market’da xaridlar, Uzum Nasiya qismlarga bo‘lib to‘lash xizmati, Uzum Bank qulay to‘lovlari va o‘tkazmalari, Uzum Tezkor bilan sevimli restoranlar va kafelardan taom yetkazib berish, “Kapitalbank” va Uzum Business’dan bank xizmatlari – bularning barchasi Uzum. Ekotizim tug‘ilgan kunida biz uning rahbarlaridan The Mag tahririyatining blits-savollariga javob berishni so‘radik

Aleksandr Filippovich

Uzum Bank boshqaruvi raisi

Uzum bilan bir yil

  • Xizmatingizdan poytaxtda va viloyatlarda foydalanishda farq bormi va agar mavjud bo‘lsa, qanday farqlar?

Raqamli bankning an’anaviy banklardan asosiy farqi shundaki, biz mijozlarning joylashgan manzilidan qat’iy nazar, ularga mutlaqo bir xil servis va sharoitlarni hamda buning uchun smartfon va internet kabi zarur hamma narsani taklif qilishimiz mumkin. O‘zbekiston fuqarolari Uzum Bank ilovasi orqali masofadan turib identifikatsiyadan o‘tishlari hamda bankning barcha xizmat va mahsulotlaridan foydalanishlari mumkin. Bu orada, xizmatlar soni kundan-kunga ortib bormoqda. Masalan, ekotizim mahsulotlari integratsiyalanganligi sababli Uzum Bank ilovasida qismlarga bo‘lib to‘lash opsiyasi paydo bo‘ldi, hozirda biz yangi bank xizmatlarini yo‘lga qo‘yish uchun zarur infratuzilmani rivojlantirish jarayonidamiz.

  • Uzum Bank’ning yaqin kelajak uchun rejalari qanday, xizmatingizda yana nimalar paydo bo‘lishi mumkin?

Albatta, biz mahsulotlar qatorini kengaytirishni rejalashtirganmiz va hozirning o‘zida buning uchun zarur bank infratuzilmasini qurish, jarayonlarni maqbullashtirish, jamoani takomillashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Bularning barchasi bizga yangi bank va raqamli xizmatlarni ishga tushirish imkonini beradi.

Jamol Dadajonov

Uzum Nasiya va Uzum ekotizimi hamasoschisi

Uzum bilan bir yil

  • Uzum Nasiya’ni yaratish bosqichida eng qiyini nima bo‘lgan?

Bizda sheriklarimiz bilan sotuvlar bo‘limi, moliyaviy, loyihaviy va texnik ma’murlashtirishni yo‘lga qo‘yish sohasida tajriba bor edi. Biroq, barcha jarayonlarni noldan boshlab qurishga va ko‘tarishga to‘g‘ri keldi. Skoring bilan onbording, sapport, merchantlarni ulash va ular bilan ishlash, debitorlar bilan ishlash, skoring uchun ma’lumot yetkazuvchilar bilan, onlayn-sotuvlar doirasida merchantlar bilan, tartibga soluvchilar bilan ko‘p sonli integratsiyalashuvlar (onlayn-kassalar, FMO, marketpleyslar, KATM, DSQ va h.k.) – bu aysbergning faqat cho‘qqisi. Biz o‘z bloklanishga qarshi tizim va protsessingni, skoring uchun mashinali o‘qitish modeli va mijozlarimizning hayotini ancha osonlashtiradigan ko‘plab tutash tizimlarni ishlab chiqdik.

Uzum Nasiya jamoasidagi xodimlar soni mingdan oshgan va ulardan ikki yuzdan ziyodi – IT-mutaxassislar. Biz mahalliy bozorda sotuvlar hajmi va xizmat ko‘rsatilayotgan mijozlar soni bo‘yicha yetakchilikni saqlab kelmoqdamiz.

  • Hozir sheriklaringiz soni qancha? O‘z oldingizga qanday maqsadlarni belgilagansiz?

Hozirda Uzum Nasiya bo‘yicha besh mingdan ortiq sherik mavjud bo‘lib, ulardan qariyb mingtasi 6 yoki 12 oyda qismlarga bo‘lib to‘lash xizmatidan tashqari, START 0-0-3 xizmatini ham taqdim etadi. Bunda, mijoz soddalashtirilgan ro‘yxatdan o‘tish tartib-taomilidan keyin mazkur sheriklik nuqtalaridan uch oyga qismlarga bo‘lib to‘lash sharti bilan ortiqcha va oldindan to‘lovlarsiz xarid qilishi mumkin. Biz bu mahsulotning katta salohiyatini kuzatmoqdamiz va uni taklif qiladigan sheriklar sonini butun mamlakat bo‘ylab o‘n mingtaga yetkazishni rejalashtirganmiz.

  • Siz uchun turli xizmatlarni birlashtiruvchi ekotizimning qadri nimada?

Iste’molchi sifatida shaxsan menga kundalik vazifalarni hal qilish uchun barcha xizmatlar bir yerga to‘plangan ekotizimning qulayligini ortiqcha baholash qiyin. Uloqsiz foydalanish, xizmatlarni o‘zaro to‘ldirish, ba’zida esa hattoki “ogohlantirishlar” yoki moliyaviy tejamkorlik (bunda bitta xizmat ekotizim doirasida foydalanish uchun promokodlar/chegirmalarni berishi mumkin) tajribasi qimmat turadi. Shuningdek, bu mijozlarimiz ehtiyojlarini qondirish orqali xizmat ko‘lamini kengaytirish uchun umumiy mijozlarning talablarini to‘g‘ri tahlil qilish uchun ulkan imkoniyatlarni taqdim etadi.

Uzum bilan bir yil

Ilshat Xametov

Uzum Market bosh direktori

Uzum bilan bir yil

  • Bir yil oldin marketpleysni qanday tasavvur qilgandingiz? Belgilangan maqsad va rejalarni qanchalik aniq amalga oshira oldingiz?

Biz butun respublika bo‘ylab 24 soat davomida yetkazib berish zarurligini bilardik. Biz faqat o‘z omborimiz ishlashimizni va xaridorlarimizga faqat haqiqatdan mavjud tovarlarni ko‘rsatishimizni tushunardik. Biz servis xaridorlar va sotuvchilar uchun ko‘rinishga ega bo‘lishini hamda butun logistika va IT-infratuzilmasini qanday barpo etishimizni anglagandik.

2024-yilning mart oyiga belgilangan rejalarni shu yili sentabrda bajarib bo‘ldik – Uzum Market bizning eng dadil rejalarimizdan o‘zgan holda o‘sib bormoqda. Va biz amaldagi tezlikni kamaytirmasdan xizmat sifatini saqlab qolish uchun infratuzilmani faol rivojlantirib, jarayonlarni o‘zgartiryapmiz va jamoani kengaytiryapmiz.

  • Loyihani ishga tushirishning qaysi qismi eng murakkabi bo‘lgan – omborlarni topishmi, logistikani tashkil qilish yoki sotuvchilar bilan tanishuvmi?

Eng muhimi hech qachon e-commerce bilan shug‘ullanmagan va bunga ishonchsiz munosabatda bo‘lgan o‘zbekistonliklarni o‘zining oflayn-do‘konidan tovarlarni bizning omborda joylashtirishga ko‘ndirish bo‘ldi. Eng murakkabi odamlarni bozorlarda sovuq va issiqda savdo qilmasdan, uyida o‘tirgan holda pul topishi mumkinligiga ishontirish bo‘ldi. Bugun biz bilan bir yil avval uchrashgan odamlar Uzum Market’da o‘zining muvaffaqiyatli biznesini yaratishga ulgurdi.

Biz butun mamlakat bo‘ylab ombor va transport infratuzilmasini noldan yaratdik, xaridorlar va tadbirkorlarning odatlarini o‘zgartirdik. Mubolag‘asiz aytish mumkinki, bu juda katta ish edi.

  • Hozir Uzum Market bilan qancha sotuvchi o‘z biznesini rivojlantirmoqda? Milliy platformada qancha tovar taqdim etilgan?

Hozirda marketpleysimizda 6500dan ortiq tadbirkor va kompaniyalar o‘z tovarlarini sotmoqda. Uzum Market assoritmentida 600 000dan ziyod noyob tovar nomlanishlari mavjud va keyingi yilda bu ko‘rsatkichni butun mamlakat bo‘ylab bir kunda yetkazib berish mumkin bo‘lgan bir milliongacha tovarlarga yetkazishni ko‘zlaganmiz.

Bugungi kunda logistikamiz respublika bo‘yicha 70ta aholi yashash maskanini qamrab olgan va viloyatlarda qanchalik faol o‘sib borganimiz sayin, xaridorlar va sotuvchilar orasida “og‘izdan-og‘izga” jarayoni ham shunchalik tez ishlamoqda. O‘ylashimcha, 2024-yilga kelib bizda qariyb 30 ming sotuvchi bo‘ladi va biz bu o‘sishni ta’minlash uchun mamlakatdagi eng yirik logistika majmuini qurmoqdamiz.

Dmitriy Benzoruk

Uzum Tezkor boshqaruv direktori

Uzum bilan bir yil

  • Uzum Tezkor – ekotizimning eng “yosh” xizmatlaridan biri. Rejalashtirish va ishga tushirish bosqichida mahsulotingizni qanday tasavvur qilgansiz va qanday rejalar amalga oshirildi?

Shaxsiy tajribam bo‘yicha, bir yil avval Toshkentda taomga buyurtma berganda uni senga qachon olib kelishlarini tushunmasding va bitta restoranga buyurtma berishingga qaramay, qaysidir kun 45 daqiqa, boshqa kuni esa – 1,5-2 soatgacha kutishing mumkin edi. Shuningdek, ko‘chalarda yetkazib berish xizmatlarining kuryerlari deyarli ko‘rinmasdi, vaholanki dunyoning boshqa ko‘plab yirik shaharlarida ular odatiy holga aylanib bo‘lgan.

Bunday vaziyatni ko‘rib, biz keng ko‘lamli va sifatli yetkazib berish xizmatini barpo etish hamda O‘zbekiston aholisiga kafolatlangan tezkor yetkazib berish va yuqori xizmat ko‘rsatish sifatiga ega buyurtmalar berish imkoniyatini yaratishni maqsad qildik.

Tezkor nomi hamda biz qurayotgan narsaning maqsadli ko‘rinishi ham aynan shu g‘oyadan kelib chiqqan. Ya’ni, “Foydalanuvchilar kundalik hayotda o‘zlariga kerak bo‘lgan hamma narsaga buyurtma bera oladigan va yetkazib berish tezligi, tovarlar va xizmat sifatiga ishonch bildiradigan servis” nazarda tutilgan.

Biz kuryerlarni o‘qitish, qo‘llab-quvvatlash xizmatining sifati ustida faol ish olib boramiz hamda restoranlar bilan hamkorlikda jarayonlarni foydalanuvchilar taomni imkon qadar tezroq olishi mumkin bo‘lgan shaklda yaratyapmiz. Bu hozirning o‘zidayoq xizmatimiz sifati bilan faxrlanish imkonini bermoqda: yetkazib berish vaqti o‘rtacha 30 daqiqadan sal oshadi va 90 foizdan ortiq buyurtmalarni belgilangan vaqtda yetkazamiz.

Uzum Tezkor bo‘yicha qanday rejalar mavjud?

Hozir biz 700dan ortiq restoran bilan hamkorlik qilamiz va Toshkentdagi 100mingdan ziyod aholi bizning xizmat orqali muntazam ravishda buyurtma beradi.

Yaqin kelajakdagi asosiy vazifamiz – assortimentni kengaytirishda davom etish. Bunda biz foydalanuvchilarimiz chindan ham “kundalik turmushda kerak bo‘lgan hamma narsaga tezkor yetkazib berish bilan buyurtma bera olishlari” uchun restoranlardan tashqari, do‘konlar va dorixonalarni qo‘shishni rejalashtirganmiz.

Uzum bilan bir yil

Shuningdek, yaqin fursat ichida katta e’tiborni jamoani rivojlantirishga qaratamiz. O‘sish sur’atlarini pasaytirmaslik uchun jamoaga ko‘proq kuchli, iqtidorli odamlar kerak. Shu bois ham mahalliy, ham xalqaro tajribaga ega bo‘lgan eng yaxshi mutaxassislarni izlashda davom etamiz. Zero, faqatgina kuchli va intiluvchan jamoa yordamida uzoq muddatli va muvaffaqiyatli biznesni qurish mumkin.

Kirill Mayevskiy

“Kapitalbank” boshqaruvi raisi

  • “Kapitalbank” ekotizimga salkam bir yil oldin qo‘shildi. Bu yil siz uchun qanday kechdi?

Hozirda bankni rivojlantirishga oid strategik yo‘nalishlardan biri xizmatlarimizni raqamlashtirish va modernizatsiya qilishdan iborat. Ekotizim bo‘yicha hamkasblarimiz bilan birgalikda shu yil davomida mijozlar uchun qator yangi xizmatlarni ishga tushirdik: bank ilovasida kartaga buyurtman berish imkoniyatidan tortib yuridik shaxs bo‘lgan mijozlarimizga masofadan xizmat ko‘rsatuvchi platforma hamda butun mamlakat bo‘ylab bankomatlar parkini keng ko‘lamli yangilashgacha. Biz ichki jarayonlarni o‘zgartirib, ishonchlilikni saqlab qolgan holda bank tizimlarini takomillashtirish ustida ishlayapmiz. Shu bilan birga, xizmat sifati bizning asosiy strategik maqsadimiz hisoblanadi.

  • Yaqinda “Kapitalbank” tadbirkorlar uchun Uzum Business xizmatini yo‘lga qo‘ydi. Bu yo‘nalishni qay tariqa rivojlantirish nazarda tutilgani haqida gapirib bersangiz.

Uzum Business masofadan bank xizmatlarini ko‘rsatish platformasi tadbirkor mijozlarimizga to‘lovlarni o‘tkazish, tranzaksiyalarni nazorat qilish, hisoblarni olish, valyuta sotib olish va ayirboshlash kabi ko‘plab imkoniyatlarni taqdim etadi. Istiqbolda xizmat tadbirkorlar uchun bank xizmatlari va Uzum ekotizimi xizmatlarini birlashtiradi.

Hozirning o‘zidayoq Uzum xizmatlaridan mamlakatdagi 55 mingdan ortiq kompaniya va tadbirkorlar foydalanmoqda. Biz ekotizim bo‘yicha hamkasblarimiz bilan hamkorlikda mamlakatda tadbirkorlik faolligi o‘sishi uchun jiddiy rag‘batlantiruvchi kuchni yaratmoqdamiz va, albatta, millionlab odamlarning hayotini osonlashtirmoqdamiz.