Skip to main content

Jo Loves parfyumeriya brendi asoschisi Jo Malon O‘zbekistonga tashrif buyurib, talabalar bilan uchrashdi

29-mart kuni CAEx Uzbekistan Ko‘rgazma markazida Central Asian University talabalari tomonidan tashkil etilgan “Emansipatsiya amalda. Ayollarning muvaffaqiyat tarixlari” rukniga mansub tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirning bosh mehmonlaridan biri Jo Loves parfyumeriya brendining asoschisi va kreativ direktori Djo Malon bo‘lib, u o‘z kvartirasidagi kichik biznesni jahon brendi darajasiga yetkazishgacha bo‘lgan yo‘li haqida so‘zlab berdi.

Parfyumeriya brendi asoschisi Jo Malon O‘zbekistonda talabalar bilan uchrashdi

Jo Loves jahon brendi asoschisi Djo Malon Central Asian University talabalari tomonidan tashkil etilgan “Emansipatsiya amalda” nomli anjumaniga tashrif buyurdi

“Men hech qachon oliy o‘quv yurtida ta’lim olmaganman, biron malakaga ham ega emasman, ammo men dunyoni o‘zgartirgan ikkita brendni barpo qildim. Hammasiga birgina qizaloqning orzulari sabab bo‘lgan”, – deydi sahnadan turib Jo Loves parfyumeriya brendiga asos solgan Djo Malon. Xususan, bu brend Xitoy va Singapurdan tortib Avstraliya va Yangi Zelandiyagacha butun dunyoda nom qozongan.

Djo Malonda iforlarga ishtiyoq bolalikdan namoyon bo‘lgan. U Londondagi o‘rta sinfga mansub oilada katta bo‘lgan, ota-onasi ijod vakillari edi. Djon bozorda suratlar sotgan, dam olish kunlari ko‘zboylog‘ich otasiga qarashgan va hattoki unga pokerda g‘olib bo‘lishga yordam bergan. Bolaligi qiyin kechgan bo‘lishiga qaramay, hozir Malon o‘z o‘tmishiga boshqacha nigoh bilan qaraydi.

“Suratlar savdosi orqali sotishni o‘rganganman. Ko‘zboylog‘ichga yordamlashib, taqdimot sirlarini kashf qilganman. Poker o‘ynashni o‘rganish yordamida esa bir zumda yo‘qotish mumkin bo‘lgan narsalar bilan hazil qilish mumkin emasligini bilganman. Onam go‘zallik sohasida ishlagan, shu bois men kremlardan foydalanishni o‘rganganman. Bironta ham ishim bekor bo‘lmagan”.

Djo 15 yoshligida unda tadbirkorlikka intilish paydo bo‘lgan. o‘shanda u oliy ta’limga erisha olmasligini tushungan. Gul do‘konida ishlayotgan vaqtida Malon o‘tkir hid bilish qobiliyatiga ega ekanligini tushungan.

“Birinchi biznesni turmush o‘rtog‘im Garri bilan birga o‘z kvartiramizda yo‘lga qo‘yganmiz. Bir uyum qutilar ustida uxlardik, oshxonada esa ishlab chiqarish tashkil qilingan edi. Men o‘zi qo‘lim bilan iforlar yaratardim, flakonlarimni mashhur insonlar, qirollik oilasi a’zolariga bag‘ishlardim. Bir oy ichida mahsulotimga 86 mingta odam qiziqish bildirgan”.

Biznes kengayib borgan va 1999-yilda Estée Lauder uning kompaniyasini xarid qilgan, Malon esa u yerda kreativ direktor sifatida ishlashda davom etgan. Biroq, bir necha yildan keyin unga saratonning salbiy hosilasi tashxisi qo‘yilgan va kimyoviy davolanish jarayonida u eng asosiy narsa – hid bilish qobiliyatini yo‘qotgan. Tushkunlikka tushgan Djo ishlardan chetlashib, barcha huquqlar va kompaniyadagi qolgan ulushini sotib yuborgan. Va keyingi besh yil davomida sevimli ishi bilan shug‘ullanmagan. Biroq, kasallikni yenga olganidan so‘ng, unga ko‘tarinki ruhiyat qaytib kelgan.

“Biz qish kunlarining birida oilaviy dasturxon atrofida Jo Loves yangi brendini ochishga qaror qilganmiz. Unda hid bilish qobiliyatim qaytgandi va men orzumni hech kim mendan tortib ololmasligini bilardim. Hattoki eng og‘ir kunlarda ham ishonchni yo‘qotmaslik kerak. Bugun mening yangi iforlarim butun dunyoga mashhur bo‘lgan”.

Djo Malonning aytishicha, uning kompaniyasida ishlaydigan 24 nafar xodimdan atigi ikkitasi erkak ekan. Uning fikricha, asosiysi bu – iste’dod va har qanday odam unga ega bo‘lishi mumkin. Uning qayd etishicha, bir necha yildan keyin sun’iy ong parfyumeriyada o‘z o‘rnini egallaydi, ammo haqiqiy inson tasavvuri o‘rnini bosa olmaydi.

Jo Loves – iforlar, iforli shamlar, vanna uchun gellar va tanani parvarishlovchi vositalarni ishlab chiqaruvchi britaniya parfyumeriya brendi. Brendning oflayn do‘konlari Buyuk Britaniya, Avstraliya, Janubiy Koreya, Yangi Zelandiya, Malayziya, Indoneziya, Filippin orollari va boshqa mamlakatlarda joylashgan. Brend asoschisi Djon Malon Britaniya iqtisodiyoti va tadbirkorlikka qo‘shgan hissasi uchun Britaniya imperiyasi nishoniga (CBE) loyiq topilgan.

Parfyumeriya brendi asoschisi Jo Malon O‘zbekistonda talabalar bilan uchrashdi

“Emansipatsiya amalda” tadbirida, shuningdek, o‘zbekistonlik libos dizaynerlarining modalar shousi ham o‘tkazildi

Parfyumeriya brendi asoschisi Jo Malon O‘zbekistonda talabalar bilan uchrashdi

Parfyumeriya brendi asoschisi Jo Malon O‘zbekistonda talabalar bilan uchrashdi

Parfyumeriya brendi asoschisi Jo Malon O‘zbekistonda talabalar bilan uchrashdi

Текст:
Фото: ,