Skip to main content

Bir yildan sal ko‘proq vaqt avval O‘zbekistonda digital va performance-marketing hamda zamonaviy reklama texnologiyalariga ixtisoslashgan VEON AdTech kompaniyasining bosh ofisi ochildi. Kompaniya Big Data, sun’iy intellekt va mashinaviy o‘qitish yordamida yuqori aniqlikdagi targenting xizmatlarini taklif qilib, bozor ehtiyojlarini o‘rganadi va xaridorlar faolligini tahlil qiladi. Uning xizmatlari istalgan ko‘lamdagi biznesga, shuningdek davlat sektoriga yo‘naltirilgan.

Sun’iy intellektga asoslangan reklama hamda nima sababdan jahon kelajagi A/B-test sinovlariga bog‘liq ekanligi haqida bizga kompaniyaning bosh direktori George Held tushuntirish berdi.


O‘n yil muqaddam tushlik tanaffusi chog‘ida tamaddixonada oddiy tanlov – choy yoki qahfa taklif qilinardi. Bu oddiylik reklama olamida ham o‘z aksini topgan. Ya’ni, reklama beruvchilar auditoriya xususiyatlarini inobatga olmasdan, aynan bir reklama xabarini turli maydonlarda (bilbord, gazeta, jurnal, televideniye va radio) taqdim qilgan.

Bugungi kafelar madaniyatiga qaytadigan bo‘lsak, menyuda xilma-xil ta’mlar aks ettirilganini ko‘rishimiz mumkin: ishbilarmon odamlar amerikanoni afzal ko‘radi, uy bekalari kapuchinodan bahramand bo‘ladi, xipsterlar mokkoni sevadi, bolalarga esa qaynoq shokolad mos keladi. Bunda gap faqat ichimlik emas, balki tajribaga ham bog‘liq: bu shinam kafedagi chinni finjon iliqligi, quyoshli ko‘cha skameykasidagi qog‘ozli stakancha qulayligi yoki ichimlikni o‘zing bilan ofisga olib ketish imkoniyati bo‘lishi mumkin.

Shaxsiy tanlovda paradigmaning bunday siljishi raqamli reklama sohasida o‘z parallellarini topadi. Eskirgan spray and pray (“tarqat va duo qil”, ing. — Tahr. izohi), ya’ni aynan bir e’lonni hamma yerda joylashtirish usuli – endilikda o‘tmish sarqitiga aylangan. Zamonaviy reklama beruvchilar aniqlikni ko‘zlagan holda, to‘rtta muhim mezonga asoslangan reklama kampaniyalarini yaratmoqda.

  1. To‘g‘ri tanlangan auditoriya: turli odamlar bilan o‘zaro aloqa ular uchun maxsus ishlab chiqilgan xabarlar yordamida amalga oshiriladi.
  2. Maqbul vaqt tanlovi: maksimal darajada oqilonalikka erishish uchun reklama xabari eng to‘g‘ri kelgan vaqtda yuboriladi.
  3. Предпочитаемые устройства: коммуникация происходит через наиболее часто используемые устройства.
  4. Mukammal shakl: reklama ilovalar va ijtimoiy tarmoqlar bilan integratsiya qilinadi.

Bundan tashqari, reklama beruvchilar o‘z to‘rlarini raqamli dengizga tashlashdan tashqari, sarmoyalari (reklama) sezilarli natija olib kelishiga ishonch hosil qilishni istaydilar. Ular foydalanuvchilar e’lonni nafaqat sezganini, balki aniq harakatlarni amalga oshirganini ko‘rishni xohlaydilar: xaridni amalga oshirish, kredit kartani olish uchun ro‘yxatdan o‘tish, ilovani o‘rnatish va boshqalar.

VEON AdTech sun’iy intellektning ilg‘or texnologiyalari, jumladan mashinali o‘qitish va neyron tarmoqlardan foydalangan holda, reklamadagi innovatsiyalar bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni egallagan. Bizning yondashuv quyidagilarni kafolatlaydi:

  • reklama mijoz profilining segmentlarga ajralishi va taksonomiyasini tahlil qilish asosida kerakli auditoriyani topadi;
  • reklama tegishli kommunikatsiya triggerlaridan foydalanish tufayli maqbul vaqtda paydo bo‘ladi;
  • reklama mobil devayslar turlarini o‘rganish orqali afzal ko‘rilgan qurilmalarga keladi;
  • reklama mahalliy mobil ilovalar, Instagram, YouTube, Facebook va veb-saytlar bilan integratsiyalashish orqali mukammal reklama shakliga joylashadi.

Biroq ishimiz faqat shu bilan tugamaydi. Biz kampaniyalar samaradorligini jiddiy o‘rganib, tovarlar xaridi, bank xizmatlariga buyurtmalar va ilovalar o‘rnatilishi kabi harakatlar shunchaki xohish bilan cheklanmagan holda, amalga oshirilishiga ishonch hosil qilamiz.

O‘zbekiston, Pokiston, Bangladesh, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda keng faollashgan VEON AdTech xizmatlari yordamida biz raqamli reklama landshaftini qayta anglamoqdamiz. Biz axborot shovqinidan xoli dunyoni quramiz.

Reklama huquqi asosida

[/vc_column_text][/vc_column][/vc_row]