Skip to main content

Shu yilning 17-20-sentabr kunlari Toshkentdagi CAEx ko‘rgazmalar majmuasida ICT Week Uzbekistan 2024 bo‘lib o‘tdi. Bu mamlakatning zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalar sohasida bilim almashish hamda so‘nggi yutuqlarni namoyish etish uchun mo‘ljallangan asosiy platformasi. Haftalik ishtirokchilari tomonidan qanday taqdimotlar o‘tkazilgani haqida hikoya qilamiz.

UZTELECOM’dan 5.5G 

UZTELECOM tomonidan e’lon qilingan 5.5G o‘ta tezkor internet AKT-Haftaligi birinchi kunidagi asosiy voqealardan biriga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov 5.5G tarmog‘ining hayratlanarli tezligini shaxsan namoyon etdi — 4942,24 Gbit/s.

Temur Mansurov, “O‘zbektelekom” AK “O‘zMobayl” filiali direktorining texnik masalalar bo‘yicha o‘rinbosari:

“O‘zbekistonda 5.5G texnologiyasining yo‘lga qo‘yilishi – kelajak sari qadamdir. Insonga qulay turmush uchun 5G yetarli, lekin texnologik biznesga bu quvvat ba’zan kamlik qiladi. 5.5G vizionerlar va kashfiyotchilarga dunyoni o‘zgartirish — innovatsiyalarni joriy qilish, aqqli shaharlarni yaratish, buyumlar Interneti sohasidagi loyihalarni rivojlantirish imkonini beradi. Bu shunchaki Internet tezligining ortishi emas, balki samaradorlikning yangi darajasidir”.

ICT Week Uzbekistan 2024 haftaligi qanday bo‘lib o‘tdi

ENG YAXSHI STARTAP-STEND

CAU talabalari ICT Week Uzbekistan 2024 doirasida eng yaxshi startap-stend uchun mukofotni qo‘lga kiritdilar. Ular taqdim etgan tibbiyot va IT sohasidagi innovatsion IT-mahsulotlar tarmoq ekspertlari va tadbir mehmonlarini e’tiborsiz qoldirmadi.

Birinchi mahsulot — bu Davo, odamlarga ehtimoliy kasalliklar bo‘yicha dastlabki tashhis qo‘yishda yordam berish uchun sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanuvchi alomatlarni tekshiruvchi noyob moslama. Foydalanuvchilarga 18 ta puxta ishlab chiqilgan savoldan iborat testdan o‘tish taklif qilinadi, so‘ngra tizim javoblarni tahlil qiladi va tegishli tavsiyalarni taqdim etadi.

Ikkinchi startap — EduPlus, ta’lim muassasalarida o‘qish jarayonlarini maqbullashtirish uchun mo‘ljallangan innovatsion platforma. Tizim talabalarga darslar jadvalidan qulay foydalanish, vazifalarni boshqarish va o‘qituvchilarning testlaridan o‘tish imkonini taqdim etadi. EduPlus platformasining o‘ziga xos jihati o‘yinbop yondashuvdan iborat. Talabalarga o‘qishdagi yutuqlari uchun ballar beriladi va ularni qimmatli sovg‘alarga almashtirish mumkin. Bunday tizim o‘qishga bo‘lgan qiziqishni rag‘batlantirib, o‘quvchilarning intilishini oshiradi.

“O‘ZMILLIYBANK” IBM BILAN HAMKORLIKKA OID BITIMNI IMZOLADI

“O‘zmilliybank” va IBM kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Memorandum doirasida IBM kompaniyasi sun’iy intellekt texnologiyalarini qurish va joriy qilish sohasidagi ilg‘or tajribasini “O‘zmilliybank” AJ ekspertizasi bilan birlashtirishni rejalashtirmoqda.

ICT Week Uzbekistan 2024 haftaligi qanday bo‘lib o‘tdi

Xususan, samaradorligi sun’iy intellekt va mashinaviy o‘qitish texnologiyalarini joriy qilish yordamida yaxshilanadigan vazifalar va xizmatlarni tahlil qilish uchun qo‘shma seminarlar turkumini o‘tkazish, shuningdek bank xizmatlarini ko‘rsatish xizmatlarini oshirish uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari va samaradorligini baholash maqsadida ilk loyihani amalga oshirish nazarda tutilmoqda.

“ENG TEZKOR INTERNET”

Ookla sotuvlar bo‘yicha direktori Viktor Zeng “Coscom” MChJga (Ucell savdo belgisi) internet unumdorligini sinash va o‘lchash bozoridagi Ookla xalqaro kompaniyasining oltin mukofotini topshirdi.

Speedtest Intelligence ma’lumotlariga ko‘ra, Ucell 2024-yilning birinchi yarmida “O‘zbekistonda tarmoqqa ulanish tezligi bo‘yicha eng yaxshi mobil operator” sifatida e’tirof etildi. “Ookla oltin mukofoti — Ucell kompaniyasidagi har bir xodim mehnatining natijasidir”, – deya qayd etdi Ucell bosh direktori Andrey Shishkovskiy.

“Kompaniya tomonidan qo‘llaniladigan metodologiya barcha mamlakatlarda standartlashtirilgan bo‘lib, mutlaqo shaffof hisoblanadi. Bizning ko‘p yillik kuzatishlarimizga binoan, Ucell keyingi yillarda mamlakatda mobil internet tezligi o‘sishining asosiy harakatga keltiruvchi kuchiga aylanmoqda”, – deya ta’kidladi Viktor Zeng.

ICT Week Uzbekistan 2024 haftaligi qanday bo‘lib o‘tdi

“YANDEX UZBEKISTAN”DAN PREMIAL XIZMAT

Yandex Uzbekistan tomonidan ICT Week doirasida yangi Ultima premial xizmati taqdim etildi. Uning yordamida Premier tarifi bo‘yicha yuqori toifa avtomobillarida safarga hamda shahardagi mualliflik restoranlaridan taomlarga buyurtma berish mumkin. Xizmat Yandex Go ilovasida Toshkent aholisi uchun yo‘lga qo‘yilgan.

Premier tarifida safarlar uchun Hongqi H5, BYD Han va Leapmotor C01 kabi shinam salonli qora sedanlar, shuningdek premial krossoverlar va boshqa yuqori toifa avtomobillaridan foydalanish mumkin. Ma’lum qilinishicha, safarlar sinchkov tanlov va qo‘shimcha tayyorgarlik, jumladan onlaynt-test va videoimtihondan o‘tgan 4,8 va undan yuqori reytingga ega haydovchilar tomonidan amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, haydovchilar doim dress-kodga amal qilib, yo‘lovchilarni mashina yonida qarshi oladi va eshiklarni ochib beradi, yuklar bilan yordamlashib, yog‘ingarchilikda avtomobilga kuzatib qo‘yadi. Avtomobillar salonida har bir yo‘lovchi uchun Android va iOS uchun quvvatlash moslamalari (jumladan Type-C), salqinlovchi ichimliklar va suv ta’minlangan.

Текст: