Skip to main content

Dizayn bilan bog‘liq voqealar tarixini yoritib borish bilan shug‘ullanadigan taniqli looka.com portali 2023-yilda logotiplar yangilanishining eng yorqin misollari bilan tanishtirdi

Dizayn bilan bog‘liq voqealar tarixini yoritib borish bilan shug‘ullanadigan taniqli looka.com portali 2023-yilda logotiplar yangilanishining eng yorqin misollari bilan tanishtirdi. Umumiy hisobda dizaynerlar ko‘proq neon ranglardan foydalanadigan, minimalizmga e’tibor beradigan, shuningdek, logotipning alohida elementlari orqali qandaydir tarixni  ochib berishga harakat qiladigan bo‘lishdi.


Pepsi. “Limonad” giganti o‘z logotipini 15 yil ichida birinchi marta yangiladi. Kompaniya o‘zining dastlabki mohiyatiga qaytib ish ko‘rishga qaror qildi. Yangi logo kompaniyaning 70-yillardagi logotipidan ilhomlanib yaratildi. Shuning uchun, masalan, harflar yirikroq va qalinroq bo‘ldi – axir bu eng so‘nggi trendlardan biri.

2023-yilning 12 rebrendingi

Wise. Amerikaning moliyaviy texnologik kompaniyasi sokin ranglardan nisbatan yorqinroq ranglarga o‘tishga qaror qildi.

2023-yilning 12 rebrendingi

7Up. Logotip dizayni keskin o‘zgargani yo‘q, lekin ortiqcha elementlardan xalos bo‘lib, “kislotalilik”ni ustunlik bergan holda yanada zamonaviylashdi.

2023-yilning 12 rebrendingi

Channel 4. Britaniya telekanali asosiy elementlarni saqlab, klassik to‘rtlikni xiyol kengaytirgan holda bir xil rangga o‘tishga qaror qildi.

2023-yilning 12 rebrendingi

Sundance. Mustaqil kinolar festivali minimalizm va monoxrom tarafdori bo‘lishga ahd qildi.

2023-yilning 12 rebrendingi

Nokia. Fin kompaniyasi endilikda telefon ishlab chiqarihs bilan emas, balki telekommunikatsiya va B2B uchun bulutli biznes bilan shug‘ullanmoqda. Yangi logo nisbatan futuristik ko‘rinishga ega bo‘ldi.

2023-yilning 12 rebrendingi

Bolt.Onlayn buyurtmalarga ixtisoslashgan kompaniyaning yangi firma uslubi birmuncha yoshlarbop tusga kirdi. Harflari esa yiriklashdi.

2023-yilning 12 rebrendingi

Minute Maid. Sharbat ishlab chiqaruvchi kompaniya go‘yo kinofestivaldan ilhomlangandek, minimalizmning monoxrom dunyosini tanladi.

2023-yilning 12 rebrendingi

Fanta. Yana bir “limonad” brendi o‘z logotipidan to‘q sariq rangni olib tashlashga qaror qildi, bu bir tomondan g‘alati, ammo boshqa tomondan “Fanta”ni o‘zgartirishga ehtiyoj yo‘q. Rangi ham o‘zgardi: sokin tuslar yo‘qolib, endi e’tibor neon tuslarga qaratildi.

2023-yilning 12 rebrendingi

Johnson and Johnson. 130 yil davomida kompaniya deyarli o‘zgartirilmagan logotip bilan yashadi. Endi u davr talabiga yanada moslashtirildi.

2023-yilning 12 rebrendingi

Western Union. Yangi logotip belgisi monogramma uslubi va yangilangan shriftda ishlab chiqildi. Yangi logotip ramzi – W va U harflarini bitta oddiy va esda qolarli monogrammada ifodalashning ajoyib usulidir.

2023-yilning 12 rebrendingi

Android. Minimalistcha logotiplar yo‘nalishini inkor etishga qaror qilgan Google Android tumorini to‘liq 3D formatida gavdalantirdi. Yangi vizual elementlar OS’ni  uning soyabon brendi (Google) bilan yanada chambarchas bog‘lash uchun mo‘ljallangan.

2023-yilning 12 rebrendingi