Skip to main content

Netflix hozirda serialning beshinchi va oxirgi mavsumlarini ishlab chiqish jarayonida.

Mett va Ross Dafferlar muxlislarning Netflix’ning mashhur seriali beshinchi va oltinchi mavsumlarini qanday yakunlashiga doir barqaror nazariyani rad qildilar. Nazariyaga ko‘ra, serialdagi voqealar bosh qahramonlar to‘qnash kelgan barcha vaziyatlar shunchaki ularning hayolida yuz berganini anglash bilan yakunlanadi.

“Bu to‘g‘ri. Mana sizga nihoya”, – deya hazillashdi Metro nomini tilga olgan Mett Daffer. Suhbatga serialning ikkinchi rejissyori Ross ham aralashib, qo‘shimcha qildi: “Yo‘q, ishontirib aytamanki, biz shouni bunday yakunlamaymiz. Unda qayerga qarab ketayotganimizni anchadan beri bilamiz. Va bu g‘oya biz uchun juda qulay. Umid qilamanki, yakun barchaga manzur bo‘ladi”.

Beshinchi mavsumning syujeti hamon sirligicha qolayotganiga qaramay, serialdagi asosiy aktyorlardan biri Devid Xarbor avgust oyida bu gaplarni Happy Sad Confused podkastida tasdiqlagan edi. Muxlislar bunday voqealar o‘zgarishidan chinadn mamnun bo‘ladilar. “Men qayerga yetib borishimizni bilaman va bu juda-juda ta’sirchan”, – degandi Xarbor.

Netflix “Juda g‘alati hodisalar”ning beshinchi mavsumi boshlanadigan sanani hali ma’lum qilmadi, biroq uning 2025-yil yozida chiqishi kutilmoqda.