Skip to main content

Politsiya ikki sutka ichida ikkinchi gumonlanuvchini qo‘lga oldi.

Benksining Pekxem shahridagi “stop” yo‘l belgisida tasvirlangan 3ta jangovar drondan iborat yangi asari rassom uni yakunlaganidan so‘ng bir soat o‘tmasdan “o‘g‘irlandi”. Bu voqea graffiti-artist o‘z ishini ijtimoiy tarmoqlarida ma’lum qilgan zahoti yuz berdi, deb xabar qilmoqda Associated Press.

Hodisa 23-dekabr kuni yuz berdi, xususan rassom Instagramdagi sahifasida yangi ishini e’lon qilganidan 30-40 daqiqa o‘tgach ikki erkak tegishli manzilga yetib borib, belgini sug‘urib olishga urinib, uni bolt kesgich bilan arralab olganlar. E’tiborlisi, ular voqea joyidagi yagona odamlar bo‘lmagan – manzilda navbatdagi asarni jonli tarzda ko‘rish uchun kelgan bir necha odam kuppa-kunduzi sodir etilgan o‘g‘irlikka guvoh bo‘lgan. O‘g‘rilar kamida ikki kishi bo‘lgan, ulardan biri belgini uzish bilan band bo‘lsa, ikkinchisi u turgan velosipedni ushlab turgan.

Shanba kuni 20 yoshli gumonlanuvchi qo‘lga olinib, garov evaziga qo‘yib yuborilgan. Ikkinchi gumonlanuvchi esa kuni kecha hibsga olingan.