Skip to main content

Qonunga binoan 2024-yil 24-maydan boshlab mamlakatda tamakisiz snyus aylanmasi butunlay taqiqlanadi

2023-yil 24-may kuni prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan yangi tahrirdagi “Alkogol va tamaki mahsulotlari tarqatilishini va iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga binoan 2024-yil 24-maydan boshlab mamlakatda tamakisiz snyus aylanmasi butunlay taqiqlanadi.


Snyus – chekilmaydigan tamaki mahsuloti turi bo‘lib, ustki lab va milk o‘rtasiga joylanadigan maydalangan namlangan tamakidan iborat. Nikotin shilliq qavat orqali odam qoni tarkibiga tushadi. Tamakini bunday iste’mol qilish usuli XVII asr o‘rtalarida Shvetsiyada paydo bo‘lgan.

 Nikotinli pek (nikpek) – ustki lab ostiga joylash orqali iste’mol uchun mo‘ljallangan chekilmaydigan tamakisiz mahsulot turi. Sintetik nikotin ekstrakti shimdirilgan o‘simlik tolalaridan tayyorlanadi. Oddiylik uchun snyus iste’molchilar orasida tamakisiz nikpeklar deb ham nomlanadi.

Ushbu choraga shak-shubhasiz epidemiologik tus berish mumkin: nikotinli peklarning ayniqsa yoshlar orasida ommalashuvi ular 2019-yilda paydo bo‘lgan vaqtidan boshlab so‘nggi besh yil davomida qo‘rqinchli sur’atlarda o‘sib bordi. Aytish joizki, snyus iste’molchisini aniqlash murakkab: undan, chekuvchidan farqli o‘laroq, hech qanday hid kelmaydi. Bunday nikotinni ko‘chada, samolyotda, muzeyda, poliklinikada, maktabda, uyda – hamma yerda iste’mol qilish mumkin.

Ijtimoiy cheklovlar, hid va qandaydir maxsus “taomillarning” yo‘qligi snyusni xavfli havasga aylantiradi va odamda, hattoki, eng ashshadiy chekuvchi o‘pkalarini ham larzaga solishi mumkin bo‘lgan nikotinga og‘ir moyillik shakllanadi.

Ovozsiz qotil: O‘zbekiston snyus epidemiyasiga qarshi qanday kurash olib borayotgani haqida

EHTIYOT BO‘LING, BOLALAR: SNYUS!

Nikotinli snyus iste’molchisi shimishning bir seansi davomida qattiq nikotin dozasini oladi. Taqqoslash uchun: bitta kuchli sigaretani chekishda nikotin “porsiyasi” ko‘pi bilan 1,0 mg bo‘ladi, va chekish jarayoni 3-5 daqiqadan oshmaydi, bu orada snyus iste’mol qilinganida bitta mahsulotdagi nikotin miqdori 20 mg.gacha yetadi. Ifodali qilib aytganda, bunday doza bilan nafaqat bitta otni, balki butun boshli otlar uyurini o‘ldirish mumkin.

Bitta snyus “shaybasida” (bu nom o‘ramning o‘xshash tashqi ko‘rinishidan kelib chiqqan) uchta qizil Marlboro bog‘lamiga teng nikotin mavjud. Va bu eng kamtarona taqqoslash. Alohida ishlab chiqaruvchilar nikotinga yuqori darajali chidamlilikka ega ashaddiy ixlosmandlar uchun kuchli qatorlarni taklif qiladilar. Tana vazni 46 dan 60 kilogrammgacha bo‘lgan odam uchun moddaning halokatli dozasi – 1 kg vaznga 1 mg. Shu bois og‘ziga birgina snyus xaltachisini olgan yosh bola yoki o‘smirning qayta jonlantirish bo‘limiga tushishi yoki vafot etishi ehtimoli katta.

Va bularning barchasi – qulupnay, vanil, shokolad, yalpiz, kola, tropik mevalar kabi ta’mlari bilan o‘ziga jalb qiluvchi kichkina zamonaviy o‘ramda. Ko‘zga ko‘rinmas iste’mol usuli va shubha tug‘dirmaydigan o‘rami sababli ota-onalar uzoq vaqt davomida bolaning moyilligi haqida bexabar qolishlari mumkin, hattoki “shaybani” aniqlaganlarida ham unga obaki yoki saqich o‘ramidan ko‘proq e’tibor bermaydilar.

Amalda sotuvchilar ko‘pincha 18 yoshdan kichik bo‘lgan shaxslarga sotishga nisbatan rasmiy taqiqqa rioya qilishni hattoki hayoliga ham keltirmaydi. Shu sababdan OAVda maktablarda peklardan zaharlanish to‘g‘risidagi xabarlar tobora ko‘proq paydo bo‘lmoqda.

KREDIT EVAZIGA HUZUR

Aslini aytganda, kattalar ham bundan sug‘urtalanmagan. Snyus koronavirus singari inson organizmidagi zaif nuqtalarga “zarba” yetkazishi – masalan, yurak-qon tomir xastaliklarini o‘tkirlashtirishi, oshqozon-ichak yo‘li muammolarini og‘irlashtirishi, yana – “shunchaki xotirjamlik” istagan odamni stomatolog va jag‘-yuz jarrohining doimiy mijoziga aylantirishi mumkin

 

Ovozsiz qotil: O‘zbekiston snyus epidemiyasiga qarshi qanday kurash olib borayotgani haqida

Shuxrat Shukurov, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining chekishga qarshi kurashish bo‘yicha bosh maslahatchisi

“Nikontindan zaharlanish ko‘ngil aynishi, qayt qilish, diareya, ortiqcha so‘lak ajralishi, nafas olish muammolari va tomir tortishiga olib kelishi mumkin. Nikotinning kuchli giyohvand ta’sirga egaligi hamda ruhiy va jismoniy moyillikni chaqirishi Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan isbotlangan. Bu xavf hattoki kokain, geroin, alkogol va kannabisga moyillikdan ham yuqoriroq”.


American Cancer Society tadqiqotiga ko‘ra, snyus iste’moli 100 foiz holatda og‘iz shilliq qavatida o‘smasiz shikastlanishlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Shilliq qavat muntazam ravishda zararlanadi va dag‘allashadi, hujayralar normal ishlash va rivojlanishdan to‘xtaydi. Bu shilliq qavatning sarator oldi holati hisoblanadi.

Snyusda 28tagacha kanserogen aniqlanishi mumkin bo‘lib, ularning eng xavflilari – nikel, nitrozaminlardir. Ular o‘ta xavfli bo‘lib, ayrim ma’lumotlarga ko‘ra yanoq, milk va lablar yuzasi saratoni yuzaga kelishi ehtimolini qirq karra (!) oshiradi.

Shimiladigan tamaki iste’molida so‘lak ajralishi kuchayadi hamda nikotin va kanserogenlar bilan aralashgan so‘lak yutilganidan keyin hajm qilish organlariga o‘tadi. Natijada, oshqozon va ichak shilliq qavatlari muntazam ravishda yallig‘lanadi va ulardan eroziya, yaralar hosil bo‘ladi. Kanserogenlarning hajm qilish organlariga tushishi oshqozon-ichak yo‘li organlari saratonining rivojlanish ehtimolini oshiradi.

Bu snyus iste’mol qiluvchilar his qiladigan bir necha daqiqalik xotirjamlik ta’sirining baxosiga aylanishi mumkin.


O‘zbekistonda nikontin peklarining yetakchi ta’minotchisi – British American Tobacco kompaniyasi bu fikrni yoqlamadi:

“BAT iste’molchilarga xavfsiz mahsulot taqdim etishga intiladi. Biz oddiy sigaretalar salomatlik uchun jiddiy xavf ekanligini bilamiz va chekuvchilarni butunlay tutunsiz muqobil moslamalarga o‘tishga da’vat etamiz».

Biz tamaki zararini kamaytirish bo‘yicha dastur turli mamlakatlar, masalan chekish darajasi 5,6 foizni tashkil qiluvchi Shvetsiyada muvaffaqiyatli amal qilayotganiga guvohmiz. Nikotinli o‘ramlar dunyoning turli davlatlarida sotiladi. Butun dunyo bo‘ylab tartibga soluvchi organlar nikotinli peklar tamaki mahsulotlariga qaraganda kamroq zarar keltirishini e’tirof etadilar.

Boshqa aksariyat kompaniyalar singari BAT tamaki zararini kamaytirish bo‘yicha tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi. Fikrimizcha, nikotinli o‘ramlar kabi muqobil mahsulotlarni taqiqlash chekish zarariga qarshi kurashning samarali usuli emas. Bizning ustuvor maqsadimiz – faktlar va ilmiy ma’lumotlar asosida muloqot qilishdan iborat. Nikotinli peklarni snyus sifatida talqin etish mumkin emas: ularda tamaki, yonuvchan mahsulotlar va yelim mavjud emas”.


AKSILTARG‘IBOT MUAMMOSI

Bu orada ko‘pchilik uchun snyus iste’moli uyalish kerak bo‘lgan zararli odat emas, balki maqtanish uchun sabab hisoblanadi. YouTube maydonida ko‘plab chet ellik blogerlarni topish mumkin: ular ommani qiziqtirish uchun bankadagi bor mahsulotni og‘ziga tiqib, turli “brendlar” bo‘yicha sharhlar yuritadi, ularning ijobiy va salbiy jihatlarini sanaydi – xullas chekishga muqobil narsa sifatida ularning iste’molini har qanaqasiga ommalashtiradi. Aksiltarg‘ibot hamda bunday holatga jamiyat tomonidan qarshilik bildirilmasligi bilan bog‘liq muammo g‘arb olamida ancha vaqtdan buyon mavjud.


Ovozsiz qotil: O‘zbekiston snyus epidemiyasiga qarshi qanday kurash olib borayotgani haqida

Isroil Madrimov, boks bo‘yicha jahon chempioni

“Men doim organizmga faqat zarar keltiradigan mahsulotlarga salbiy munosabatda bo‘lganman. Nikotinga moyillik muammosiga to‘qnash kelgan odamlarga irodasini to‘plab, zararli odatlardan voz kechishga erishishni tilayman. Bu qiyinligini tushunaman, ammo ruhiy jihatdan kuchli bo‘lish, atrofingda to‘g‘ri odamlarni to‘plash zarur – ana shunda hammasini uddalash mumkin.

Tabiiyki, men davlat tomonidan ko‘rilayotgan choralarni qo‘llab-quvvatlayman, zero bu millat salomatligiga qayg‘urish, yosh avlod uchun to‘g‘ri tanlovni shakllantirish bilan bog‘liq. Prezidentimiz bu masalaga katta e’tibor qaratadi, mamlakatda sport bilan shug‘ullanish uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Muntazam ravishda jismoniy madaniyat bilan shug‘ullanadigan odam intizomli bo‘ladi va qandaydir zararli narsaga vaqtini sarflashga shunchaki qiziqmaydi.

Shaxsiyat, ustuvorliklar va odatlar bolalikdan shakllanadi. Shu bois, men ota-onalarga o‘z farzandini e’tiborsiz qoldirmaslikni, u nimalar bilan bandligini, atrofida qanday odamlar borligini nazoratda ushlashni maslahat beraman. Bola bilan doim muloqot qilish, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish va to‘g‘ri maslahatlar berish zarur”.


Snyusdan voz kechish sigaretalarga qaraganda qiyinroq, chunki odam katta miqdordagi nikotin ta’siriga o‘rgangan bo‘ladi va moyillikning bu shakli og‘ir narkotik moddalar bilan bir qatorda eng yengish qiyinlaridan biri sanaladi. Faqatgina uzoq muddatli maxsus nikotin o‘rnini bosuvchi psixoterapiya moyillikni yengishga yordam berishi mumkin. Shubhasiz, insondagi iroda kuchi bu kurashda yordamchiga aylanadi, ushbu murakkab yo‘lda triggerlarning yo‘qligi esa faqat yaxshi natija beradi.

2024-yil 24-maydan kuchga kiradigan cheklovlar O‘zbekistonda snyus iste’moliga oid muammoni yengishga qaratilgan. Bozorning qo‘ldan ketishi aylanmasi o‘nlab million dollarni tashkil qiluvchi sotuvchi kompaniyalarning kayfiyatini ko‘tarmaydi, ammo davlat uchun eng ustuvor narsa, bu – millat salomatligi va genofondni asrashdir. Shu sababdan, bunday qonun zarurat taqozosi bilan yuzaga keldi, uning bajarilishi esa majburiy tus oladi.

Zararli odatni orttirgan fuqarolarning o‘zga tanlovi bo‘lmaydi – ularning bu odatdan voz kechishiga to‘g‘ri keladi. Va bunda sigaretalarga o‘tish eng noto‘g‘ri yo‘l hisoblanadi. Umid qilamizki, nikotinga moyil odamlar joriy yozni sog‘lom turmush tarzini tanlash hamda hushyor, sergak, ya’ni kuchli idrok yordamida tushkunlikni yengishni o‘rganishdan iborat yangi maqsad bilan boshlaydilar.

Ovozsiz qotil: O‘zbekiston snyus epidemiyasiga qarshi qanday kurash olib borayotgani haqida