Skip to main content

Insoniyatning ko‘p asrlik tarixi davomida mahsulotlar saqlanadigan materiallar, ularning shakli va vazifasi qanday o‘zgargan

Loydan yasalgan idishlar – miloddan avvalgi 6000-y.

Sopol ko‘zalar ixtiro qilinishidan oldin dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari, ya’ni don, pishloq, sut, tvorog, teri bilan qoplangan yog‘och idishlarda saqlangan. Ammo ular unchalik amaliy bo‘lmagan, tez eskirgan va uzoqroq saqlanadigan loydan yasalgan idishlardan farqli o‘laroq, bugungi kungacha saqlanib qolmagan hamda ular tayyorlangan juda ko‘p materiallar – tom ma’noda oyoq ostida edi. Aytgancha, neolit davri idishlari o‘ziga xos xususiyatga ega: ular dumaloq tubli. Bu, yerga chuqur qazib, ko‘zani gulxanga qo‘yganda kerak bo‘lgan. Yassi tubli idishlar bronza davrida, pechlar paydo bo‘lishi bilan paydo bo‘lgan.

Paket kerakmi?

Shishadan yasalgan idishlar – miloddan avvalgi 2500-y.

Eng qadimgi shisha idishlarning aksariyati Misrda topilgan. Lekin ularning ba’zilari u yerga olib kelingan bo‘lishi mumkin. Arxeologlar Old Osiyoda (Yaqin Sharq va Janubiy Kavkazning hozirgi hududi) juda ko‘p shisha idishlar topdilar. Hatto yarim qimmatbaho toshlar bilan qoplangan idishlar ham uchraydi. Ammo ko‘pincha – kosmetika va tutatqi uchun mo‘ljallangan kichik shishachalar va flakonlar.

Paket kerakmi?

Yog‘ochdan yasalgan bochkalar – miloddan avvalgi 62-y.

Birinchi yog‘och bochka Gallida (hozirgi Belgiya hududi) yasalgan – va bu yutuq edi. Bochka tezda qimmat va tashish uchun noqulay bo‘lgan loy amforalarni siqib chiqardi. Tez orada eman daraxtidan suyuqlik, sharob va moy uchun bochkalar yasala boshlandi. Eman daraxti  uncha g‘ovak emas, bu bochkani yetarlicha suv o‘tkazmaydigan qildi va shu bilan birga uni osongina kerakli shaklga keltirish mumkin edi.

Paket kerakmi?

Bochkaning birinchi standarti – 1375-yil

11-asrda “bondar” kasbi paydo bo‘ldi – ya’ni, bochkalar yasaydigan odam.  Deyarli ikki asr o‘tgach esa, kasbga standartlashtirish kirib keldi. Bu yerda, Ganza uyushmasi – Britaniya orollaridan Novgorodgacha bo‘lgan shimoliy Yevropada tovarlar harakatini nazorat qilgan savdogarlar hamjamiyatiga rahmat aytish kerak. Aynan Ganza vakillari seld balig‘i solingan bochka 117,36 litr (ya’ni 31 gallon) bo‘lishi kerak degan fikrni o‘ylab topganlar).

Paket kerakmi?

XIX-asr

Kiyim xaltalari – XIX asr

Xaltalar birinchi marta 19-asrda sanoat inqilobi davrida keng qo‘llanila boshlandi. Ular mato, paxta yoki jundan qilingan. Material sumkada saqlanishi kerak bo‘lgan mahsulotga bog‘liq edi.

Paket kerakmi?

Konserva bankalar – 1810-yil

19-asrning boshlarida fransuz ustasi Nikolas Appert qaynoq suvli va tiqinli idishda ishlov berish yordamida shisha bankalarni yopish usulini ishlab chiqdi. Fransuz qo‘shini ehtiyojlari uchun davlat topshirig‘ini bajarganligi sababli, (harbiylar doimiy yurishlar sharoitida oziq-ovqatni saqlash muddatini uzaytirishni xohlashdi), Napoleonning o‘zi unga mukofotni topshirdi. Bir oz vaqt o‘tgach, texnologiya ingliz Piter Durand tomonidan takomillashtirildi. U shishadan emas, metall bankalardan foydalandi. Va buning uchun patent oldi.

Paket kerakmi?

Birinchi qog‘oz yorliq – 1820-yil

 O‘n yil o‘tgach, agar banka mavjud bo‘lsa, unda yuqori sifatli yorliq  ham bo‘lishi kerak,degan fikr paydo bo‘ldi. Albatta, bundan oldin ham odamlar hamma narsani konservalarga yopishtirishgan. Ammo Germaniyada Teodor Brass litografiya yordamida qog‘oz yorliqlarini qanday chop etishni aniqladi. Bu zamonaviy va amaliy bo‘lib chiqdi.

Paket kerakmi?

Mumli qog‘oz – 1827-yil

Fransuz Bareta “mumlangan” – mum bilan qoplangan arzon qadoqlash qog‘ozini ixtiro qildi. Umuman olganda, suv o‘tkazmaydigan qilib qo‘yish uchun pergament yoki qog‘ozga moy surtish amaliyoti O‘rta asrlarga borib taqaladi. Ammo asal mumi texnologiyani arzonlashtirishga imkon berdi. Bundan tashqari, endi bunday qog‘ozda hidli mahsulotlarni saqlash mumkin edi. Aslida, mumlangan – bu “mum bilan singdirilgan” degan ma’noni anglatadi.

Paket kerakmi?

Folgaga o‘ralgan “Ketberi” shokoladi – 1850-yil

Folga uzoq vaqtdan beri mavjud. Va birinchi folga tilla edi, u tilla barg deb ham ataladi, Rossiyada pravoslav cherkovlarining gumbazlari shunday tilla bilan qoplangan. Lekin bu qimmat. Shunday qilib, insoniyat alyuminiydan folga ixtiro qildi.Va bu shokolad uchun juda mos edi!  Chunki shokolad erigan bo‘lsa ham, folgaga yopishmaydi. Folga qog‘ozdan farqli o‘laroq, shokolad tarkibidagi yog‘larni so‘rib omaydi. Bundan tashqari, u begona hidlarni o‘tkazmaydi.

Paket kerakmi?

Qog‘oz paketlar – 1870-yillar

Avvaliga tovarlarni  qog‘ozga shunchaki o‘raganlar. Masalan, pishloq. Va keyinchalik, biz ismini hech qachon bilmaydigan kimdir qog‘ozni xaltaga aylantirish g‘oyasini o‘ylab topgan. Birinchi qog‘oz paketlar shu tarzda  paydo bo‘ldi. Ularda oziq-ovqat, hamda un saqlashgan.

Paket kerakmi?

Birinchi karton quti – 1879 yil

1856 yilda Angliyada janob Xil va Allenlar burma qilingan tasmalarni patentladilar, ular shaklini saqlab qolish uchun shlyapalarga joylashtirildi. Bir oz vaqt o‘tgach, tekis qatlamsiz burma qilingan karton paydo bo‘ldi, u shisha va flakonlarni himoya qilish uchun ishlatilgan. Keyin yorqinroq g‘oya vujudga keldi – bunday kartonni qadoqlash uchun ishlatish. Hammasi pochta qutilaridan boshlandi va keyin oziq-ovqat qadoqlariga o‘tdi. Bugungi kunda karton qutilarga, solinishi mumkin bo‘lgan hamma narsa – konfetlardan tortib krossovkalar va televizorlargacha solinadi.

Paket kerakmi?

Plastik – 1907-yil

Nemis olimi Frederik Kipping silikonni kashf etdi va shu tariqa plastmassa rivojlanishida yutuqqa erishdi. To‘g‘ri, bu texnologiya faqat yarim asrdan keyin keng tarqaldi. Hozirgi vaqtda plastmassa – saqlash uchun eng mashhur materialdir.

Paket kerakmi?

Sellofan – 1911-yil

1911 yilda Shveysariyalik kimyogar Jak Brandenberger sellofanni ixtiro qildi. 1927 yilda po‘lat mahsulotlarini saqlash uchun plyonka sifatida undan faol foydalanilgan.Plastik idishlarni joriy etish faqat Ikkinchi Jahon urushi bilan boshlangan. O‘sha paytda oziq-ovqat va dori-darmonlar uchun yangi materialdan tayyorlangan yengil shishalar va plastik qadoqlar paydo bo‘ldi. Aytgancha, noqulay sharoitlarda buzilmasligi uchun sigareta qutilariga plyonka o‘rash ham urush paytida qo‘shilgan.

Paket kerakmi?

SSSRda yog‘och qutilar – 1930-yil

SSSRda tuzilishi juda oddiy qutilar ko‘p edi. Birinchi marta “konteyner” taxtalari va qutilarning o‘zlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan tuzilma GULAG tizimida paydo bo‘ldi. Qutilarning tuzilishi soddaligiga qaramay, xalq xo‘jaligining barcha sohalarida ularga talab katta edi.

Paket kerakmi?

Bankali pivo – 1935-yil

Bankali pivo Kruegers Finest Beer va Cream Ale birinchi bo‘lib Virjiniya shtatining Richmond shahrida keng sotilgan. Biroq, Amerika konserva kompaniyasi 1909 yildan beri pivoni qutilarga qadoqlash g‘oyasi bilan tajriba o‘tkazgan. Ular konservalangan pivo pivo ishlab chiqarish zavodlariga ko‘p afzalliklarni berishini bilishardi. Axir, shishalar yetkazib berish paytida og‘irlik qo‘shadi va shuning uchun yetkazib berish qimmatroq bo‘ladi. Biroq, hamma banka ham pivo bosimiga bardosh bera olmasdi. Bu muammoni hal qilish uchun ixtirochilarga chorak asr kerak bo‘ldi. Shunda alyuminiydan ishlangan chidamli banka paydo bo‘ldi.

Paket kerakmi?

Polietilentereftalat (PET) – 1941-yil

PET 1941 yilda ingliz kimyogarlari Uinfild va Dikson tomonidan olingan. 1960-yillarning boshlarida bu polimer va uning asosidagi materiallar qadoqlash uchun ishlatila boshlandi. PETdan sumkalar va yumshoq idishlar uchun matolar, cho‘ziladigan va yopishtiriladigan tasmalar ishlab chiqarila boshlandi. 1970-yillarning oxirida ular PETdan “preformalar” yasashni va puflash orqali ulardan ichimlik idishlari yasashni o‘rgandilar.

Ushbu qadoqlash polietilendan qanday farq qiladi? Ularning orasidagi eng aniq farq shaffoflikdir. PET shishalari va idishlari shaffof, xira emas. PET tashqi ko‘rinishidan shishaga o‘xshaydi, lekin u chidamli, yengil va oson eziladi. Polietilen flakonlar aksincha, qattiq bo‘lib, sut rangida.

Paket kerakmi?

Tetra-Pak – 1952-yil

AB Tetra Pak – Akerlund & Rausing (Shvetsiya) kompaniyasining sho‘‘ba firmasi. Sut va sut mahsulotlarini qadoqlashda inqilob qilgan aynan shvedlar edi. Aslida, tetra-paket ko‘pchilik o‘ylaganidek karton emas, balki turli xil materiallarning bir nechta qatlamlaridan qilingan qadoqdir – qog‘oz, poliyetilen va alyuminiydan

Ko‘pchilik Tetra Pak yutug‘ini piramidal shakl bilan bog‘lashadi, ammo adolatli bo‘lish uchun u ideal bo‘lmagan: “Piramida” maxsus idishlarni talab qilardi, uni tashishda bo‘sh joyni iloji boricha tejab to‘ldirishning imkoni yo‘q  edi. 1963 yilda Tetra Brik paydo bo‘lganidan keyin qadoqlash ideal bo‘ldi – g‘isht shaklidagi parallelepiped. Aynan shu shakl xaridorlar, sotuvchilar va tashuvchilar uchun ideal bo‘lib qoldi.

Paket kerakmi?

Tutqichli paketlar – 1957-yil

1957 yilda Qo‘shma Shtatlarda yon tomondan chokli plastik paketlar ishlab chiqarila boshlandi, ular qog‘oz raqobatchilarni tezda siqib chiqara boshladi.

Ammo qadoqlashning ushbu segmentida 1970-yillarda paketlarga tutqichlar biriktirilishi bilan inqilob sodir bo‘ldi. 1982 yilda esa mashhur mayka-paketlar paydo bo‘ldi.

Paket kerakmi?

Streych-plyonka – 2001-yil

Streych – plyonka yaratish asoschisi kimyogar va yirik farmatsevtika kompaniyasi rahbari Garold Judson Osterxof hisoblanadi. Aynan u plyofilmni ixtiro qilgan – tabiiy kauchuk gidroxloridi turli miqdordagi plastifikatorlar bilan, shaffof va cho‘ziluvchan material, streych-plyonka sifatida keng tanilgan.

Savdoga materialni joriy etish bo‘yicha biz o‘g‘irlik bilan kurashishga rahmat aytishimiz kerak! Bir marta, Polymer s Enterprises firmasiga murojaat qilib, tashiladigan tovarlarni dastlabki qadoqlarga zarar bermasdan, katta bloklarga guruhlash mumkin bo‘lgan shunday material ishlab chiqarishni so‘rashdi. Polymer s Enterprises esa bir-biriga o‘zaro yopishib turadigan qatlamlari bo‘lgan shaffof, cho‘ziladigan plyonkani taqdim qildi. Endi o‘g‘irlik qilish uchun, butun tuzilmaning yaxlitligini buzish kerak bo‘ladi. Shuningdek,streych –plyonka avia sayyohlarga chamadonlarini xavfsiz va toza saqlashga yordam beradi.

Paket kerakmi?

Kelajakdagi qadoqlash

Raqamlashtirishning paydo bo‘lishi bilan qadoqlashga yondashuvlar ham o‘zgarmoqda. Bundan tashqari, Internetning rivojlanishi uni masofadan turib boshqarish imkoniyatini yaratdi. Aslida, aqlli qadoqlash endi nafaqat tarkibni saqlaydi, balki uni boshqaradi ham. Shuningdek, u atrof-muhit omillarining ta’siriga javob berib, haroratni tartibga solib turadi. Masalan, o‘rnatilgan mikrosxemalar tufayli qon, organlar va tibbiy dori-darmonlar aqlli qadoqlarda tashiladi.

Paket kerakmi?

 

Sovet ipli to‘r sumkasi qayerdan paydo bo‘ldi?

 To‘rli sumkaning tarixi 19-asrning oxirida Chexiyaning Zdar-nad-Sazavoy shaharchasida boshlangan. Mahalliy tadbirkor Vavrjin Krchil ayollar sochlari uchun to‘rlarni ishlab chiqarishga qaror qildi, biroq uning ishi natija bermadi. Krchil tom ma’noda inqiroz yoqasida bo‘lganida, unda shunday g‘oya paydo bo‘ldi – ya’ni, qoldiq materiallardan yangidan foydalanish: u to‘rga tutqichlarni tikdi va ularni sumka sifatida namoyish qila boshladi. Oxir-oqibat, u bankrot ham bo‘lmadi, lekin millioner ham bo‘lmadi. Sovet Ittifoqida esa 1930-yillardan boshlab ipli sumkalar hamma joyda tarqaldi.

Paket kerakmi?