Skip to main content

Elektr samokatlar istiqbolli biznes sifatida: tarixi va turli mamlakatlarda rivojlanishi

Samokatlarning dastlabki modellari o‘tgan yuz yillikda paydo bo‘lib, shu davr ichida ular ayollar mustaqilligi ramzi, pochtachilar, politsiyachilar va hattoki jinoyatchilarning transportiga aylanishga ulgurdi. Bugun esa ular minglab odamlarga shahar bo‘ylab tez harakatlanishga yordam bermoqda hamda yanada jozibali biznesga aylanmoqda. Hammasi nimadan boshlangani va elektr samokatlar bugun qanday foydalanilishi haqida hikoya qilamiz.

1916-yilda Amerikaning Puck nomli jurnalida antiqa ikki g‘ildirakli transport ustida turgan qiz surati tushirilgan g‘alati reklama paydo bo‘lgan. Unda quyidagi shior yozilgandi: “Avtopeddagi qizdan ehtiyot bo‘ling”. Reklama yangi ixtiro uchun patent olgan Autoped kompaniyasining marketingga doir hiylalaridan biri edi.

Quvvatlanishga saflaning

Sufrajist Florens Norman xonim yoqilg‘ida yuradigan ilk samokatlardan birining ustida. London, 1916

Aynan avtopedlar zamonaviy elektr samokatlarning o‘tmishdoshlari sifatida tilga olinishi mumkin. Avtoped konstruksiyasi ichki yonish dvigateliga ega bo‘lgan, bir gallon (3,7 litr) benzinda qariyb 200 kilometr masofa bosib o‘tish mumkin edi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, avtopedlar soatiga 50 kilometrdan ortiq tezlikka chiqa olgan, ammo bu ham ko‘proq reklama hiylasini eslatadi. Modellar soatiga 30 kilometrdan keyin turg‘unlikni yo‘qotgan.

Quvvatlanishga saflaning

Amerikalik pochtachilar ma’lum vaqt matbuotni samokatlarda yetkazgan. 1910

Yana bir reklama kampaniyasi “Avtopedlar – millionlarning harakatlanish vositasi”, deya jar solardi, ammo bunday bo‘lmagan. Yangi qurilma salmoqli qiymatga ega bo‘lgan – 100 dollar (bugungi ekvivalentda 2000 dollardan ortiq). Bu orada, yangi Ford Model T modelining narxi o‘shanda 440 dollarga teng bo‘lgan. Avtopedlar yoqilg‘ini avtomobilga nisbatan tejamliroq sarflagan, lekin o‘rindiqsiz ikki g‘ildirakli transportning qulayligi shubhalanishga sabab bo‘lgan.

Quvvatlanishga saflaning

Yaratuvchilar ixtironi hashamat va mustaqillik ramzig aylantirishga uringanlar: sufrajist xonim Ledi Norman va mashhur uchuvchi Ameliya Erxart avtopedda yurgan. Yangi texnika sotuvlariga davlat va korporativ buyurtmalar ham yordam bergan. Avtopedlarni Nyu-York pochta xizmati sotib olgan, politsiyachilar esa samokatlardan ko‘chalarda patrullik qilish uchun foydalanganlar. Shu o‘rinda, transportning qulayligiga jinoyatchilar ham yuqori baho bera boshlagan: avtopedlarda shahar bo‘ylab harakatlanish oson bo‘lib, hattoki olomon orasida yo‘qolish ham mumkin edi. Samokatlarni bosqinchi va gangsterlar xarid qilardi, Nyu-Yorkning ayrim tumanlari esa avtoped mingan yoshlarning terroristik guruhlari hujumiga to‘qnash kelgan. Biroq, na mashhur yulduzlar, na jinoyatchilar ishlab chiqarish rentabelligini oshira olmagan va 1922-yilda avtopedlar sotuvi to‘xtatilgan.

Quvvatlanishga saflaning

60-yillargacha konstruksiyani takomillashtirish bo‘yicha ayrim urinishlar bo‘lgan, ammo bugun shaharda biz ko‘rib turgan qulay transport ko‘rinishiga ega bo‘lish uchun energiya yetishmasdi. Amerikaning sovuq urush davrida raketa dvigatellari bilan faol shug‘ullangan Union Carbide kimyoviy kompaniyasi mutaxassislari tomonidan yaratilgan ishqorli yoqilg‘i muammoni hal qilgan. Yangi yoqilg‘i elementi turli modellar bilan tajriba o‘tkazish imkonini bergan. Lekin samokatlarning haqiqiy ommalashuvi bir mashhur startap faoliyati sababli bizning yuz yilligimizda sodir bo‘ldi.

Elektr transport: asosiy ixtirolar

1895-yil. Amerikalik Ogden Bolton-kichkina elektr dvigatel uchun patent oladi. Biroq, u o‘z modelini yaratgan yoki yaratmagani noma’lum.

Quvvatlanishga saflaning

 

1916-yil. Zamonaviy samokatga o‘xshagan model paydo bo‘ladi. Unda ulanish (ssepleniye) va tormoz rul yordamida harakatga keltiriladi: buning uchun rulni o‘ziga qarab tortish yoki, aksincha, oldinga itarish kerak. Ixtiro uchun patentni Nyu-Yorkning Autoped kompaniyasi oladi.

1941-yil. Samokatni ommalashtirishga qaratilgan yangi urinish. Istilo vaqtida benzin sarfini me’yorlashtirishga doir muammoni hal qilish uchun nemis qo‘mondonligi Belgiyaning Socovel kompaniyasiga samokatlar ishlab chiqarilishi bo‘yicha buyurtma beradi. 400ta model sotiladi, ammo xarid norentabel deb hisoblanadi.

 

Quvvatlanishga saflaning

1960-yil. Ixtirochilar Lyuis Urri, Karl Kordesh va Pol Marshal ishqorli element konstruksiyasiga patent oladilar.

Quvvatlanishga saflaning

1974-yil. Auranthic Corp. tomonidan Charger elektr skuteri chiqariladi. Model quvvatlanadigan batareyada ishlaydi.

1985-yil. Muxandis Stiv Patmont Go-ped’ni taqdim etadi. Go-ped’ni seriyali ishlab chiqarish Patmont Motor Works tomonidan amalga oshiriladi. Amalda model ayrim tuzilmaviy xususiyatlarni inobatga olmagan holda, bizning tushunchamizdagi odatiy elektr samokatga aylandi.

Quvvatlanishga saflaning

1995-yil. Go-ped motorlari ekologik toza Komatsu Zenoah G23 motorlariga alishtiriladi.

1996-yil. Shaharda yuruvchi nikel-kadmiyli batareyali tezkor (soatiga 25 mil, soatiga taxminan 40 km) Peugeot Sccot’Elec samokati paydo bo‘ladi.

Quvvatlanishga saflaning

Kikshering dunyoni zabt eta boshlagani haqida

Elektr samokatlar ommalashuvining o‘sib borishi ko‘p jihatdan Uber ilovasini rivojlantirish bo‘yicha sobiq prezident Trevis Vanderzanden tomonidan yaratilgan Bird kaliforniya startapi bilan bog‘liq. 2017-yilda kompaniya Santa-Monikada elektr samokatlar ijarasi bo‘yicha nisbatan hamyonbop xizmatni yo‘lga qo‘ygan. Loyiha ekologik tusdagi shiorga ega bo‘ldi: “Tirbandliklarni aylanib o‘ting va CO2 chiqarilishini kamaytiring”.

Bunday transportning haqiqatda ekologikligi yuzasidan uzoq bahslashish mumkin. Masalan, MIT Technology Review mualliflari hisoblashlariga ko‘ra, elektr samokatlardan chiqadigan karbonat angidrid gazining ulushi chindan ham kamroq, ammo ekologik jihat faqat shu natijaga borib taqalmaydi. Bundan tashqari, qurilmani utilizatsiya qilish va qo‘shimcha quvvatlash imkoniyati ham ta’sir ko‘rsatadi va aynan shu xususiyatlar bo‘yicha elektr samokatlar, aytaylik, jamoat transportidan ancha ortda qoladi.

Quvvatlanishga saflaning

Shunga qaramay, Bird startapi bir yil ichida 1 mlrd dollardan ortiq qiymatda baholana boshladi hamda bir necha yil mobaynida Shimoliy Amerika va Yevropaning ko‘plab mamlakatlarida filiallarini ochishga erishdi. Tabiiyki, muqobil xizmatlarni taklif etuvchi ko‘p sonli raqobatchilarga ham ega bo‘ldi. Elektr samokatlar sheringi tez orada Ford Motor Company’ga tegishli Spin hamda avvallari velosipedlarni ijaraga taqdim etgan Lime kompaniyalarida ham paydo bo‘ldi.

Barcha xizmatlar deyarli bir xil tamoyil asosida ishlaydi: ilovani yuklab olasan va samokatni blokdan yechish uchun undagi QR-kodni skanerlaysan. To‘lov safar boshida (birinchi to‘lovdan voz kechgan kompaniyalar ham bor), so‘ngra foydalanishning har bir daqiqasi uchun yechib olinadi. Samokatni maxsus to‘xtash joyida, ayrim mamlakat va shaharlarda esa – istalgan joyda qoldirish mumkin.

Turli davlatlarda samokat haydovchilarining harakati qanday tartibga solinishi haqida

Jamoatchilikning elektr samokatlarga bo‘lgan munosabati o‘sha avtopedlar davridanoq ikki yoqlama bo‘lgan. U paytda samokatlar “shayton aravalari” deb nomlangan va hozir ham bu holat ko‘pam o‘zgarmagan.

Ko‘pincha elektr samokatlarni yo‘l harakati qoidalariga oson kiritishning iloji bo‘lmaydi. Ularni avtomobil vositalari qatoriga kiritish mumkin emas, piyodalar uchun esa samokat haydovchilari xavf tug‘diradi. Biroq, samokat egalarini faqat velosipel yo‘lakchalaridan yurishga majburlash ham qiyin masala: kamdan-kam shahar rivojlangan yo‘l infratuzilmasi bilan maqtanishi mumkin.

Xususan, Singapurda elektr samokatlar deyarli taqiqlangan. Ularda faqat mamlakatda juda kam bo‘lgan velosiped yo‘laklarida yurish taklif etiladi. Buyuk Britaniyada shaxsiy elektr samokatlardan faqat xususiy hududda foydalanish mumkin: yo‘llarda harakatlanish uchun maxsus stansiyalardagi modellarni ijaraga olish kerak bo‘ladi, ammo ularni topish juda qiyin.

Ayrim mamlakatlarda samokat uchun haydovchilik guvohnomasi yoki maxsus imtihon talab etiladi. Boshqalarida esa – samokatda yurishga 18 yoshdan oshgan shaxslarga ruxsat beriladi. Daniya, Ispaniya va Norvegiyada shlem (dubulg‘a) kiyish hamda minimal xavfsizlik standartlariga rioya etilishi talab qilinadi.

Quvvatlanishga saflaning

1916-yil The Sun gazetasida chop etilgan “shahardagi hayotni yanada dahshatga aylantirishi mumkin bo‘lgan iblis aravalari” haqidagi maqola

Bu orada Germaniyada kikshering rag‘batlantiriladi: haydovchilar uchun E-Scooter frei maxsus taxtachasi ham bor, ya’ni samokat egalari uchun qoidalar, aytaylik, velosipedchilarnikiga qaraganda ancha osonroq. Lekin, qat’iy shartlar ham mavjud: aynan Germaniyada hattoki velosipel yo‘lagidan borayotgan bo‘lsangiz ham, mast holda haydaganlik uchun jarimaga torilasiz.

Eng keng tarqalgan tezlik cheklovi – soatiga 20-25 km. Biroq, haydovchilik qoidalari shtatdan shtatga o‘zgarib boradigan AQShda eng qiziq vaziyat hukmron. Ayrim shtatlarda belgilangan tezlik soatiga 30 milga (soatiga taxminan 48 km) yetishi mumkin.

Turli davlatlarda elektr samokatlar ijarasi

Majburiy yosh

10 yoshdan – Polshada samokatchiga aylanish mumkin, ammo maxsus imtihondan o‘tish kerak

12 yoshdan – Fransiyada

14-15 yoshdan – Germaniya, Shvetsiya, Daniyada

18 yoshdan – ijara samokatlari Finlyandiya va Belgiyada beriladi

Maksimal tezlik

6-8 km/s – Fransiya va Italiyaning ayrim piyodalar hududlarida

20 km/s – Germaniya, Shvetsiya, Fransiyada

25 km/s – Avstriya, Shveysariya, Ispaniya, Belgiya, Rossiya, Buyuk Britaniyada

48 km/s – Floridada

Taqiqlar ehtimoli

Jakarta, Singapur, Shanxay – faqat velosiped yo‘laklari bo‘ylab harakatlanish mumkin

Braziliya – trotuar yo‘lkalaridan yurish mumkin emas, ammo 40 km/s cheklangan tezlik bilan qatnov yo‘lidan yurish mumkin (bunda samokat uchun maksimal tezlik – 20 km/s)

Kerak bo‘lishi mumkin

Yaponiyada – haydovchilik guvohnomasi va samokatning politsiyada ro‘yxatga olinganligi

Isroilda – haydovchilik guvohnomasi surati yoki kikshering uchun YHQ bilimi bo‘yicha maxsus ikki kunlik kurs

Italiyada – yoritish moslamalari hamda kechki va tungi vaqtda yorug‘likni aks ettiruvchi nimcha

Elektr samokatlar kelajakda

Xavfsiz

Rossiyaning “Yurent” kikshering servisi avtopilotli elektr samokatlarni sinovdan o‘tkazdi. Modellarda kamera va kompyuter ko‘rish texnologiyasi mavjud bo‘lib, amalda ular to‘siqlarni oldindan bilishi kerak. Bunday texnologiya xavfli haydashdan ogohlantiradi va kelajakda, ehtimol, ko‘rish qobiliyati zaif odamlarga samokatni boshqarish imkonini beradi.

Inklyuziv

Kikshering bo‘yicha uchta xalqaro servis – TIER, Lime va Dott butun dunyo bo‘ylab elektr samokatlar uchun yagona signalni yaratish ustida bosh qotirmoqda. Umumiy tovush yordamida piyodalar yaqinlashayotgan samokatni xatosiz aniqlay oladilar. Signal yo‘l harakati ishtirokchilarini ogohlantirishga yordam beradi. Bu ayniqsa ko‘zi ojiz odamlar uchun o‘ta muhim.

O‘zi harakatlanadigan

Elektr samokatlar, masalan, metrodagi safardan keyin “oxirgi milya” transporti hisoblanadi. Transportni masofadan boshqarish mumkin bo‘lganida, bu g‘oyaga teng keladigani bo‘lmasdi. Biroq, buning o‘rniga to‘xtash joyini izlashga va samokatlar qolganligiga umid qilishga to‘g‘ri keladi. Ko‘plab servislar avvaldan kerakli manzilga chaqirish mumkin bo‘lgan o‘zi harakatlanuvchi modellarni ishlab chiqarish haqida e’lon qilgan. 2020-yilda Tortoise startapi ishlanmani AQShda sinab ko‘rdi. Texnologiyaning tarqalishi kikshering ommalashuvining yangi cho‘qqisiga aylanadi.

Текст: