Skip to main content

От пиццы в вёдрах до грузовых беспилотников: кратчайшая история доставки еды

Insonlar gadjetlarni va mazali ovqatlarni yaxshi ko‘rishadi. Gar bu ikkisi qo‘shilsa – taom yetkazib berish xizmati yuzaga keladi. Mana shunday eng qadimiy xizmatlar kompyuterlar hatto hayolda ham yo‘q davrlarda paydo bo‘lgan, hozir esa restorandan yegulikni robot yoki yelkalariga reaktiv sumkalar osgan inson yetkazib berishi mumkin. Bu qanday ishlashini ko‘rib chiqamiz.

Termopoliumlardan pitsagacha

Umuman olganda, oziq-ovqatlar har zamonda yetkazib berilgan. Ilgari katta amaldorlar va boshqa boylarga xizmatkorlar yaqin oradagi yegulikxonadan tansiq taomlar keltirib berishgan. Qadimgi Rimda qullar turli tamaddilar uchun kichik qahvaxonalarni (termopolium) sudrab yurishgan. Rusda bu ish bilan qishloqma-qishloq o‘z mollarini sotib yurgan ko‘tarmachilar shug‘ullanishgan. Lekin, ma’lum bir kulba oldida ular tez-tez paydo bo‘laverishmagan – har mavsumda bir-ikki marotaba. Aytishlaricha, yetkazib berish xizmatini markazlashtirish ilk bor Mumbayda va Hindistonning boshqa shaharlarida o‘ylab topishgan. XIX asrning oxirida u yerda dabbavala – issiq uy pitsasini piyoda yetkazuvchilar paydo bo‘ldi.

Uydan chiqmagan holda

Biroq, keyingi rivojlanishlarga baribir texnologiyalar yordam berdi. Aniq aytganda, televizor. Ikkinchi Jahon urishidan keyin aksariyat amerikalik harbiylar Janubiy Italiyaning go‘zal bekalari mahalliy qahvaxonalarda tayyorlagan ajoyib taomlar haqidagi xotiralar bilan uyga qaytishdi. Ular aynan pitsani eslashar edi. Agar o‘sha vaqtgacha uni faqat Nyu-Yorkdagi italiyan muhojirlar tanovvul qilishgan bo‘lsa, keyinchalik amerikaliklar ham qo‘shildi. Darvoqe, Italiyaning o‘zida uni faqat ovqatlanish muassasalarida sotishmagan. Pitsa tashuvchilar qo‘llarida o‘zlarining tayyor mahsulotlari joylangan asal chelaklar bilan shaharga otlanishar edi.

1950-yillarda pitsaning “portlashi” ortidan AQShda televideniya ham ommalasha boshladi. Birini ikkinchisi bilan birlashtirib, amerikaliklar o‘zlarining sevimli teleseriallarini yoki mashhur “Super Bowl”ni kechki praym-taymda qo‘llarida pitsa bilan ko‘rish ajoyib bo‘lishini anglab yetishdi. Va bu hozirgacha shunday. Mutaxassislarning hisobiga ko‘ra, “Super Bowl” kuni amerikaliklar taxminan 4 mln pitsa buyurtma berishadi, taxminan 50 mln o‘ram pivo xarid qilishadi va taxminan bir milliard tovuq oyoqchalarini iste’mol qilishadi.

Oziq-ovqat yetkazib berishning rivojlanishida pitsalar uchun karton qutilarning ixtiro qilinishi muhim voqea bo‘ldi. Afsonalarga ko‘ra ularni Michiganlik restorator va Domino’s Pizza asoschisi Tomas Managan o‘ylab topgan. Tez orada bunday qutilarni boshqa yeguliklarni yetkazib berishda ham ishlata boshlashdi. Ammo Managan “ishning ko‘zini bildi” va birinchi bo‘lib yegulikni bepul va atigi yarim soat ichida yetkazib bera boshladi. Bunday yo‘l yutuqli keldi. Bundan faqat tez-tez yo‘l avto-to‘qnashuvlariga yo‘liqa boshlagan tashuvchilar norozi edi.

Uydan chiqmagan holda

Ilk masofaviy buyurtmalar

Internet rivojlanishi bilan oziq-ovqat yetkazib berish sifat jihatidan yangi davr o‘tdi. Sevimli taomni saytlar orqali, keyinchalik esa mobil ilovalar orqali buyurtma qilish imkoni yaraldi. Bu jarayonni soddalashtirdi va jadallashtirdi. Taom buyurtma qilishdagi ilk masofaviy xizmat 1995-yilda Stenford universitetining ikki talabasi – Troy Xenged va Jeyms Kurlingxem tomonidan yaratilgan. Ular pitsa yeyishni istashgan, biroq, shu bilan birga, kompyuterdan turib ketishni hoxlashmagan. Shunday qilib PizzaNet xizmatiga asos solish g‘oyasi uyg‘ongan.

Uydan chiqmagan holda

Ushbu xizmat orqali foydalanuvchilar pitsaxona menyusidan taom tanlashi, manzilini ko‘rsatishi va buyurtma haqini masofadan to‘lay olishardi. Buyurtmalar to‘g‘ridan to‘g‘ri pitsaxonalarga qilinardi, u yerda pishirilib, so‘ng mijozlarga tarqatilardi. Uning izidan turli muassalardan takliflarni to‘plovchi va kerakli taom qidiruvini osonlashtiruvchi maxsus agregator xizmatlar paydo bo‘ldi. Ular tufayli oziq-ovqatlar buyurtmasi barcha uchun osonlashdi: buyurtmalarning minimal qiymati pasaydi, turli chegirmalar va xolislik dasturlar paydo bo‘ldi.

Yaqin kelajakda

Reaktiv sumkalar

Domino’s pitsaxonalar tarmog‘i Glastonberi festivalida xizmat ko‘rsatish uchun reaktiv kostyumlarning yirik ishlab chiqaruvchisi Gravity Industries bilan hamkorlik shartnomasini tuzdi. Yuz minglab funt sterling narxdagi kostyumlar maxsus pitsaxona uchun ixtiro qilindi. Bunday kostyumli tashuvchilarni shaharda qanchalik tez oradi ko‘rishimiz hali aniq emas, lekin buning endi imkoni borligi ravshan. Uchuvchi-tashuvchilar videosi tarmoqlarni junbushga keltirdi. Ushbu fonda xuddi shu Domino’s butun Qo‘shma Shtatlar bo‘ylab yangi xizmatni yo‘lga qo‘yayotgani haqidagi yangilikka shama qilinadi: endi xoh parkda, xoh plyajda, xoh beysbol maydonida bo‘lsin, pitsaga istalgan joyga buyurtma berish mumkin. Shunga o‘xshash g‘oyani “Yandeks” kompaniyasi ham o‘ylab topdi. “Yandeks Do‘kon” yegulik va mahsulotlarni Moskva shahri bog‘lari bo‘ylab yetkazishni ishga tushirdi.

Uydan chiqmagan holda

O‘ram

“Dodo Pitsa” tabiatni asrash uchun pitsalarni ko‘p martalik o‘ramlarda yetkazib berishni sinab ko‘rmoqda. Hozircha, buni hamma ham yoqlamayapti, lekin bunday yechimni yaxshi qabul qilayotganlar ham bor. Kompaniya o‘z saytida bir dona ko‘p martalik quti kamida 500 ta buyurtmaga xizmat qilishini ta’kidlamoqda. Gigiyena haqidagi savolga javoban “Dodo Pitsa” qutilar “kuchli idish yuvish mashinasi”da yuvilishini, pitsaning o‘zi esa pergament qog‘oz ustiga qo‘yilishini aytmoqda. “So‘zsiz, bu tajriba avvalo mijozlar uchun juda qulay va biznes uchun ham juda manfaatli bo‘ladi deyolmaymiz, ammo bu yo‘lni boshqacha bosib o‘tishning iloji yo‘q”, – Deydi kompaniya rahbari Fyodor Ovchinnikov.

Uydan chiqmagan holda

Robotlar

Bundan tashqari, “Yandeks” yana o‘zining roverlarini joriy etmoqda. Kompaniya ilk bor sinov prototiplarini 2019-yilning noyabr oyida ko‘rsatdi. Bular olti g‘ildirakli, yuk tashishga mo‘ljallangan bo‘lmalar va korpusiga yo‘nalish bo‘ylab mo‘ljal olishga yordam beruvchi turli datchiklari o‘rnatilgan katta bo‘lmagan robotlardir. Mutaxassislarning fikricha, robot-kuryerlar buyurtmalarni odatda bir necha shahar mavzelari bo‘ylab – giperlokal yetkazib berish uchun ideal hisoblanadi. Misol uchun, eng yaqin qahvaxona yoki do‘kondan uy xonadonigacha.

Uydan chiqmagan holda

Bu g‘oyaning samarasini Uber Eats ham his qildi. Kompaniya Serve Robotics’dan 2000 ta uchuvchisiz robot-tashuvchilarni sotib olmoqda. Utkazib berish xizmati agregatori bir yilcha oldin Los-Anjelesda robotlarni sinovdan o‘tkazishni boshlagan. Endilikda Uber Eats ularni San-Xose, Dallas va Vankuverda ham ishga tushirmoqchi. Robotlar yo‘laklar bo‘ylab harakatlanadi va uzoq vaqt inson aralashuvisiz ishlashi mumkin.

Uchuvchisiz qurilmalar

O‘n yildan keyin yetkazib berish xizmatlari qanday bo‘ladi? Balki, xuddi “Beshinchi element” filmi kabi oziq-ovqatlarni bizga to‘g‘ridan to‘g‘ri derazamizga yetkazib berishar? Bo‘lishi mumkin. Rossiyada yegulik va mahsulotlarni uchuvchisiz qurilmalar orqali yetkazib berish 2030-yillarga kelib paydo bo‘lishi mumkin. U yerda hozir Rosaviatsiya va transport vazirligi bilan hamkorlikda normativ aktlar ishlab chiqish ustida ishlashmoqchi. Boshqa mamlakatlarda uchuvchisiz qurilmalarning sinov tariqasida ishlashi muvaffaqiyat bilan kechmoqda. Ammo Yevropada ham, AQSh da ham xizmat ko‘rsatishning bunday ko‘rinishi qonunchilikdagi kamchiliklarga duch kelmoqda. Buning uchun avvalo bir nechta xujjatlarni rasmiylashtirishga to‘g‘ri keladi.

Uydan chiqmagan holda

Dunyodagi eng mashhur 5ta oziq-ovqat yetkazib berish xizmati

Uber Eats

Umumiy daromadi: $1,2 mlrd

Buyurtmalardan holi taksi haydovchilari yordamida oziq-ovqat yetkazib berish xizmati 2014-yilda ishga tushirilgan. U Santa Monikadagi kichik sinov maydonchasida xizmat qila boshladi va Beverli-Hillz va G‘arbiy Gollivudga yetib bordi. Hozirda Uber Eats jahon oziq-ovqat yetkazib berish bozorining 29 foizini nazorat qiladi.

Delivery Hero

Umumiy daromadi: $1,37 mlrd

Yevropaning oziq-ovqat yetkazib berish ilovasi Berlinda asos solingan. Delivery Hero barcha restoranlarning organik taomlardan tortib to vegan va Osiyo taomlarigacha istalgan taomni taklif qiladi. Hozir dunyoning 40 ta davlatida mavjud.

Just Eat

Umumiy daromadi: $2,5 mlrd

Just Eat – 24 mamlakatda mavjud bo‘lgan oziq-ovqat yetkazib berish gigantlaridan biri. Just Eat dastlab Daniyada 2001-yilda tashkil etilgan va 2019-yilda Takeaway.com bilan birlashgan. Yaqinda Just Eat Takeaway nomli yangi kompaniya AQSh bozoriga kirish uchun Amerika giganti Grubhubni 7,3 milliard dollarga sotib olganini e’lon qildi.

Amazon Food

Umumiy daromadi: $3,6 mlrd

Texnologik kompaniya tezda o‘z biznesining bir qismini AQShda yo‘lga qo‘ydi, so‘ngra Yevropada kengayishni davom ettirdi va yaqinda Hindistonning oziq-ovqat yetkazib berish bozorida Zomato va Swiggy kabi kompaniyalar bilan raqobat boshladi. Yangi loyihaga 6,5 milliard dollardan ziyod sarmoya kiritildi.

Meituan Waimai

Umumiy daromadi: $13,7 mlrd

Oziq-ovqat yetkazish bo‘yicha Xitoyning yetakchi kompaniyasi Meituan Waimai hisoblanadi. U 2010-yil Pekinda tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi vaqtda Xitoyning 2800 ta shaharlarini qamrab olgan. Oziq-ovqat mahsulotlaridan tashqari, foydalanuvchilar dori-darmon va supermarketlardan eng zarur narsalarni ham buyurtma qila oladilar. O‘tgan yilning avgust oyida kompaniyaning bozordagi qiymati $200 milliarddan oshdi.

Текст: