Skip to main content

Edjayl va skram nimaligi sizga shubhasiz tanish bo‘lsa kerak. Agar tadbirkor bo‘lsangiz, bilishingiz kerak bo‘lgan bir qancha terminlarni e’tiboringizga havola etamiz

Agentlilik

Qisqa qilib aytadigan bo‘lsak, bu subyektning (ijtimoiy guruhga mansub odam, hatto sun’iy intellekt) mustaqil harakat qilish va tashabbus ko‘rsata qobiliyati. Termin biznesga moslab, muayyan xodim yoki butun bir bo‘limga xos xususiyat  haqida gapirganda qo‘llaniladi: u mustaqil fikrlash, rahbariyat ko‘rsatmasiga ergashmasdan, tashabbus ko‘rsatish qobiliyatiga egami (yoki rahbariyatning fikricha, ega bo‘lishi shartmi).


Data Leyk (Ma’lumotlar ko‘li)

Turli manbalardan ma’lumotlarni yig‘ish va saqlash uchun foydalaniladigan axborot ombori. Ma’lumotlar ko‘li ulkan ma’lumotlar to‘plamlarini tashkil qilish va boshqarish, shuningdek ularni tahlil va vizualizatsiya qilish uchun foydalidir.  Umuman olganda, biron bir yirik texnologik kompaniya (hatto kichigi ham) bunday ko‘llardan chetlab o‘ta olmaydi: keyinchalik ishda qo‘l keladigan barcha ma’lumotlar ulardan olinadi. Hech bo‘lmaganda u yoki bu foydalanuvchiga uning qidiruv so‘rovlari tarixi asosida ilovada qanday reklama ko‘rsatish kerakligini tushunish uchun.


O‘lim vodiysi

Startap hayotining mahsulot ishlab chiqarishga dastlabki investitsiya sarflagan, biroq hali bozorda o‘zining farovonlik bosqichiga erishmagan yoki kelajakda taraqqiy etish uchun yetarli mablag‘ jalb qilmagan davri. Bu davrda startap odatda jiddiy moliyaviy hamda opertasion qiyinchiliklar bilan to‘qnash keladi, shunday ekan hech kimga buni o‘zida “his qilishini” ravo ko‘rmaymiz.


Kommitment

Talaffuzi unchalik oson bo‘lmagan termin ortida mutlaqo tushunarli narsa yotadi: bu – nimanidir albatta amalga oshirish. Biznes kontekstida – ma’lum ish hajmi yoki muayyan maqsadlarga erishish. Kommintmentlar odatda yozma shaklda qayd etiladi, masalan, shartnomada.


Meylstoun

Oraliq maqsad yoki nisbatan kattaroq maqsadlarga erishishning muhim davri. Meylstounlar odatda loyiha yoki dasturning borishini kuzatish uchun kerak. Shuningdek, ular reja yoki grafikka o‘zgartirish kiritish zaruriyati yuzaga kelganda qo‘llanilishi mumkin. Umuman olganda, meylstounga erishish vaqtida soatni to‘g‘irlash va jamoa uchun keyingi maqsadlarni belgilab olish maqsadida ish yuzasidan uchrashuv tashkillashtirishning ayni vaqti.


Neobank

Virtual muhitda faoliyat yurituvchi moliyaviy muassasa, ya’ni jismoniy bo‘limlarsiz bank xizmatlarini ko‘rsatadi. Mijozlarga xizmat ko ‘rsatishning barcha jarayonlari onlayn tarzda amalga oshiriladi. Bir tomondan, bu juda qulay, har qanday xizmatni o‘rindiqdan turmay qabul qilsa bo‘ladi, boshqa tomondan – sizni xavotirga solishi ham mumkin: axir qandaydir uzilishlar yoki xatolik uchun bo‘lim xodim bilan janjallashgani oldiga borib o‘tirmaysiz.


Prompt

Mashina ta’limi modeli tomonidan yaratiladigan matn uchun turtki sifatida zarur bo‘ladigan boshlang‘ich gap yoki ibora. Promptlar – u yoki bu neyrotarmoq orqali turli xil kontentlarni – matndan tortib rasmgacha – yaratish uchun foydalanilishi mumkin. Aytmoqchi, hozir hatto promptlar yozishga aloqador alohida mutaxassislikalr ham yuzaga kelmoqda: masalan, prompt-menejer bo‘sh ish o‘rni ko‘p sonli kompaniyalarda ochilmoqda.


Payplayn

Maqsad yoki natijaga erishish uchun bajariladigan bosqich yoki qadamlarning aniq belgilangan ketma-ketligi. U hujjatda matn ko‘rinishida qayd etilishi yoki vizual tarzda taqdim etilishi mumkin (masalan, yetkazib berish zanjiri misolida). Biznes jarayonlarini, masalan, muayyan mahsulot sotilgan paytdan boshlab mijoz tomonidan qabul qilinishigacha bo‘lgan barcha bosqichlarni tavsiflash uchun foydali narsa.


Teletibbiyot

Garchand eshitilishidan shubhali tuyulsa-da (tan oling, telekinez bilan qandaydir aloqasi borga o‘xshaydi-ku), uni bilib qo‘yishingizga arziydi. U – tibbiy xizmatlarni telekommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda ko‘rsatish haqida gap ketganda qo‘llaniladi. Bugungi kunda teletibbiyot ko‘pchilik davlatlarning sog‘liqni saqlash tizimida o‘z o‘rniga ega – bu jarayonning jada tus olishiga koronavirus pandemiyasi kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Darhaqiqat, har qanday muammo ham “jismoniy” tarzda shifokorga ko‘rinishni talab etavermaydi. Ba’zan shunchaki bir videoqo‘ng‘iroqning o‘zi kifoya qiladi.


Femtex

Mazkur termin ayollar salomatligini yaxshilashga yo ‘naltirilgan texnologiyalarni birlashtiradi. Femtex-mahsulotlar va xizmatlar o ‘z ichiga menstrual siklni kuzatib borish uchun ilovalar, kasalliklarni aniqlash qurilamalari va ginekologik kasalliklar va h.k.


Fomo

Hozir ro‘y berayotgan qandaydir muhim yoki qiziq ma’lumotni o‘tkazib yuborishdan qo‘rqish ushbu termin bilan izohlanadi (masalan, qandaydir yangi so‘zning ma’nosini bilmaslik!). “Fomo” ko‘proq ijtimoiy tarmoqlar kontekstida qo‘llaniladi, bunda odamlar – rang-barang zamonaviy hayot taqdim etadigan qiziqarli lahzalar, voqea yoki imkoniyatni qo‘ldan boy berishdan xavotirga tushishadi.


Fulfilment

Mijoz buyurtmasini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar majmuasi (buyurtma qabul qilish, unga ishlov berish, qadoqlash, yetkazib berish va h.k.) Unumdor fulfilment-jarayon kompaniyalarga mijozlarning qanoatlanish darajasini oshirish va moliyaviy chiqimlarni kamaytirishga yordam berishi mumkin.


Xolakratiya

O‘z-o‘zini boshqarish va desentralizatsiya (markazsizlashtirish) tamoyillariga asoslanuvchi boshqaruv shakli. Xolakratik tashkilotlarda xodimlar katta muxtoriyatga ega bo‘ladi va o‘z ishiga o‘zi javobgar bo ‘ladi. Ya’ni, agentlilikka ega bo‘ladi (boshiga qayting!).

Текст: