Skip to main content

“Yanglish tushunchalar anatomiyasi” kitobidagi eng keng tarqalgan afsonalar va kognitiv yanglishliklar

25-kadr allaqachon taqiqlangan, ammo bir vaqtlar muvaffaqiyat bilan amalga oshirilgan edi

Ehtimol, ko‘p odamlar ishonadigan eng mashhur afsonalardan biri bu 25-kadr haqida bo‘lib, uning yordamida odamni hamma narsaga “ishontirish” mumkin. Aslini olib qaraganda, 25-kadrni hech kim taqiqlamagan, chunki uning o‘zi hech qachon bo‘lmagan. Zero, mantiqan, agar bo‘lganida psixologlar ham o‘z ishlarida undan foydalanishlari mumkin edi. Buning sababi shundaki, ushbu “metodika” muallifi Jeyms Vikari ismli tadbirkor edi. Uning aytishicha,1957 yilda u kinoteatrdagi film tomoshasi vaqtida “Ochmisiz? Popkorn yeng!” matnli kadrni efirga uzatgani sababli popkorn sotuvini ko‘paytirishga muvaffaq bo‘lgan.

Yong‘oq nahangdan xavfliroq

1962-yildayoq 25-kadr bilan tajribalar fantastika ekanligi ma’lum bo‘ldi, ammo bu texnologiya haqidagi afsona hanuzgacha davom etmoqda

Bir necha yil o‘tgach esa, Vikarini fosh qilishdi va u tan oldi: bularning barchasi uning marketolog sifatida obro‘sini oshirishi kerak bo‘lgan g‘oya edi (va u muvaffaqiyatga erishgan, hatto texnologiyasi uchun patentlar ham olgan edi). Aslida, bizning miyamiz sekundiga 24 kadrni emas, balki ko‘proq narsani idrok etishga qodir. Video ketma-ketligiga oddiygina kiritilgan “qo‘shimcha” kadr, qoida tariqasida, undan oldingi va keyingilaridan keskin farq qiladi va shuning uchun biz darhol unga e’tibor beramiz.

Biz miyamizning faqatgina 10% ishlatamiz

Darvoqe, miyaning ishlashi haqida gapirsak. Siz, ehtimol eshtgandirsiz, biz miyamizni bor yo‘g‘i 10% ishlatamiz, agarda uning barcha imkoniyatlaridan foydalanganimizda edi, nihoyatda samarali bo‘lar edik. Bu ham haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Biz hatto uxlaganimizda ham, bosh miya qobig‘ining katta qismi ishlashda davom etadi. Biroq, gap foizlarda ham emas.

Bizning miyamiz bir nechta qismdan iborat murakkab tuzilma bo‘lib, har bir qismning o‘z vazifasi bor. Har bir ma’lum daqiqa uchun aynan kerakli bo‘lgan neyronlar ishlaydi. Misol uchun, o‘tirgan vaqtimizda, oyoqlarning harakatlanishiga javobgar neyronlar faol bo‘lmasligi kerak. Ya’ni, bizdagi barcha  86 mlrd neyronlar bir vaqtning o‘zida signallar jo‘natadi, biz oyoqlarimizni boshqarishdan to‘xtaymiz, yana shu onning o‘zida tasavvur qilish mumkin bo‘lgan barcha narsalar haqida ham o‘ylaymiz. Shu sababli, tabiat miyamizning jami imkoniyatlarini ishlatishimizga yo‘l qo‘ymay to‘g‘ri qiladi, aks holda biz “portlab” ketgan bo‘lar edik.

Tanqidiy fikrlash bizga aldanib qolmasligimiz uchun kerak

Aslini olganda, tanqidiy fikrlash ishonchsizlikni anglatmaydi, aksincha bu fikrlarimizning moslashuvchanligi va o‘sishiga xizmat qiladi. Shuning uchun, u bizning kelajakdagi o‘rnimiz bilan uzviy bog‘liq. Davosdagi Butun Jahon iqtisodiy forum kelajakda talabgor bo‘luvchi top-10 ta ko‘nikma va qobiliyatlarni aniqlaydi. 2020-yilda tanqidiy fikrlash ro‘yhatda ikkinchi o‘rinda, kreativlik esa uchinchi o‘rinda edi. 2023-yilga kelib, ushbu ikki qobiliyat bir qancha o‘zgardi: endilikda birinchi o‘rinda tahliliy fikrlash, ikkinchi o‘rinda – ijodkorlik. Ha aytganday, sifat nazorati eng so‘ngi o‘rindan joy olgan.

Bularning barchasi raqamlashtirish bilan bog‘liq: kompyuterlar endilikda aksariyat masalalarni o‘zi hal qila oladi va allaqachon mahsulotlarning sifatini ham nazorat qilmoqda. Biroq shunga qaramay, ular o‘rnatilgan algoritmlardan chetga chiqib avtonom fikrlay olishmaydi. Bu esa miyamizni yangiliklarga moslashuvchan qiluvchi tahliliy, ijodiy, tanqidiy fikrlash deganidir.

Katta tajriba = yaxshi rivojlangan tanqidiy fikrlash

Afsuski, aynan hayotiy tajriba biz bilan qaltis hazillar qiladi. Bir nechta kognitiv yanglishliklar bor (shu jumladan, tanqidiy fikrlash ular bilan kurashishga qaratilgan), va ular bizni noto‘g‘ri qaror qabul qilishimizga undaydi, chunki bizga bu juda ham oson va biz qachonlardir boshdan kechirgan masaladek tuyuladi. Misol uchun, “mavjudlik evristikasi” – shaxsning dalillar misollarini topish qulayligi asosida narsalarni hukm qilishga moyilligi. Nima xavfliroq – kokos yong‘og‘imi yoki nahang?  Statistikaga ko‘ra, nahanglar hamlasi bilan solishtirganda, ushbu yong‘oqning boshga tushishi oqibatida ko‘proq odamlar hayotdan ko‘z yumadi. Lekin nahanglar haqida biz doim nimalardir eshtib turamiz, va bizda nahang xavfliroq degan versiyaga go‘yoki “dalil” bor.

Yoki “haqiqat illyuziyasi ta’siri”: biz ma’lum bir narsa haqida ko‘proq eshtsak, bu ma’lumot bizga haqiqat bo‘lib tuyuladi. Yoki ko‘pincha insonlarni sarosimaga solib qo‘yuvchi — konfabulyatsiya. Bu biz voqealarni qanday bo‘lgan bo‘lsa, xuddi shunday eslamaymiz degani, va yana bunday “telbaliklar” aksariyat hollarda ommaviy ham bo‘ladi. Masalan, Nelson Mandela qachon vafot etgan – 1987-yildami yoki 2013? Yer yuzidagi deyarli aksariyat odamlar birinchi variantni tanlaydilar va adashadilar. Birinchi iPhone 16 (!) yil oldin paydo bo‘lganini eslasak, bizdagi shok holati taxminan xuddi shunga asoslanadi.

Bonus. Har narsada tanqidiy fikr uchun joy bor

Yakunida, hatto birinchi qarashda tushuntirishni talab qilmaydigan narsalarda ham har qanday ma’lumotni tanqidiy idrok etish mumkinligini (va zarur) ko‘rsatuvchi juda achinarli bir misol keltiramiz. Bu gal iPhone asoschisi haqida. 2011-yil sizu bizning olamimizni bir muncha o‘zgartirgan inson – Stiv Jobs vafot etdi. U saraton kasalligidan ko‘z yumdi, va biz bunday xabarlarga qandaydir ojizlik va ko‘nikishlik hissi bilan qarashga o‘rganib qolganmiz.

Lekin hozirgacha kamdan-kam inson Jobsda 98% holatlarda jarrohliklik yo‘li bilan muvaffaqiyatli kechuvchi kasallik (orolcha hujayralarining neyroendokrin o‘smasi) turi bo‘lganidan xabardor. Shunga qaramay u ruhoniy ustozi bilan birgalikda vegeteriancha diyeta va akupunktura (igna muolajasi) yordamida davolanishga qaror qildi. Bu unga yordam bermadi: mutaxassislar bu kabi “oddiy” tashxis bilan inson nisbatan ko‘proq yashay olishini ta’kidlashmoqda. Bu yerda qanday xulosaga kelishimi mumkin? Hatto millionlab insonlar uchun so‘zsiz avtoritet bo‘la olganlar ham irratsional harakatlar qilishi mumkin (xuddi avval aytib o‘tganimizdek).  Biz uchun asosiysi jarangdor nomlar yoki ommaning ta’siriga tushib qolmaslik, balki har qanday ma’lumotni chuqurroq o‘rganishga harakat qilishdir.

Yong‘oq nahangdan xavfliroq

Nikita Nepryaxin “Yanglish tushunchalar anatomiyasi. Tanqidiy fikrlash bo‘yicha katta kitob”. Alpina Pablisher. 2020-yil

Текст: