Skip to main content

Dunyoni rostakamiga dunyoviylashtirgan yuk konteynerining paydo bo‘lish tarixi haqida so‘z yuritamiz

2020-yilning mart oyida COVID-19 pandemiyasi e’lon qilingan ondan boshlab, turli davlatlarda istiqomat qiluvchi odamlar globallashuv nima ekanligini o‘zlarida to‘liq his etdilar. Gap koronavirusning sanoqli oylar ichida butun mintaqa bo‘ylab tarqalganida ham emas, balki iste’mol bozorlarining  bir-biriga qanchalik chambarchas bog‘liqligidadir. O‘z-o‘zini yakkalash millionlab odamlarni xaridlarni tarmoqlarda amalga oshirishga ra‘batlantirdi, ko‘pgina tijoriy kompaniyalar esa pandemiya bilan kurash cheklovlari ortidan xalqaro yuk tashish zanjirida uzilish ro‘y bergani bilan to‘qnash keldilar. Yakunda esa – dunyo tovarlarni uzoq Xitoydan Yevropaga, yoki, aytaylik, Amerikaga yetkazish muammoli bo‘lgan davrlarga qaytdi.

Biroq, globallashuv voqelikda uzoq mamlakatdagi yaqin do‘kondan meva yoki boshqa qit’adan krossovka xarid qilish imkonini yaratgan holda, har bir odamga qanday ta’sir o‘tkazdi? Ko‘p omillarning bunda o‘rni bor, biroq yuk tashishning universal vositasi – konteynerning paydo bo‘lishi bilan tovarlarni tashishni muvofiqlashtirish asosiy rol o‘ynadi.

Yuk yetkazildi

Global yuk tashishning bugungi kundagi asosiy komponenti – “intermodal” konteynerdir. U transportning turli ko‘rinishlari uchun mos keladi – dengizdan tortib temiryo‘l transportiga qadar – yuklarni ochilib ketmasdan yetkazish imkonini beradi. Konteynerning standart hajmlari yukni tez ortish, ularni tekis qilib taxlash va tushirishni ta’minlaydi, bu esa uzoqqa cho‘ziladigan safarni arzon va qulaylashtirishga xizmat qiladi. Quruq yuk uchun mo‘ljallangan konteynerlarning kengligi va balandligi 2,3 metr, uzunligi esa 5,9 yoki 12,03 metrni tashkil etadi

Bu hozir qanday amalga oshirilmoqda

BMT o‘zining har yillik “Dengiz transporti” nomli bayonotida hisoblab chiqishicha, 2022-yilda dengizda yuk tashishlar umumiy xalqaro savdoning 80 foizan ortig‘ini tashkil etgan. O‘z navbatida, dengizda tashiladigan yuklarning kamida 52 foizi (yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlar) quruq yuk tashiydigan kemalarda tashiladi. Bu – 400ga 60 metr gabaritga ega bo‘lgan ummon bo‘ylab minglab kilometr yo‘l bosadigan va maqsadi bitta – quruq yukli metall konteynerlarni tashish hisoblanuvchi azim kemalardir. Bunday kemaning palubasiga qatorasiga ustma-ust 10 qavat qilib taxlangan 20ta konteyner, tryumda esa 8 qavat taxlagan yuk  sig‘adi.

Yuk yetkazildi

Dunyodagi eng katta quruq yuk tashuvchi kema – Ever Alot kemasi hisoblanadi. 2022-yilda qurilgan va Panama bayrog‘i ostida harakatlanadi. Uning umumiy uzunligi – 399,99 m, kengligi – 61,54 m, 24 mingta 20 fut og‘irlikdagi yukni sig‘dira oladi

Portga yetib kelishda darhol yuklarni tushirish uchun konteyner tashuvchi kema arqonini bog‘laydi (bunaqalari zamonaviy yirik portlarda yuzlab topiladi). Yuk tushirishni masshtabi kemaga mos po‘lat kranlar amalga oshiradi: ularning balandligi 60 metrgacha, og‘irligi esa ming tonnagacha boradi. Ular konteynerlarni ko‘tarib, tushirish uchun kema borti yoqalab harakatlanadi. Quruq yukning butun kengligi bo‘ylab cho‘ziladigan kran o‘qi bo‘ylab konteynerlarni mahkamlash uchun konstruksiya – spreder osilgan arava tinmay harakatlanib turadi. Arava operator tomonidan boshqariladi, uni paluba ostida kerakli holatga yo‘naltirilgan o‘q bo‘ylab harakatlanadi va unga yukni ko‘tarish va prichal tomon olib borish uchun konteynerni mahkamlash sprederini tushiradi. Prichalda konteyner trasportyorga tushiriladi, keyin esa u omborga olib ketiladi.

Jarayon taxminan 90 soniya vaqt oladi va avvalgi sikl yakunlanishi bilan yangisi boshlanadi. Shu tariqa, bir soat ichida har bir kran kemadan quruqlikka 40ta konteynerni tushiradi, shu bilan birga, kemada joy bo‘shagani zahoti, bir vaqtning o‘zida yuk ortish boshlanadi. Operatorlarning ishtirokiga qaramasdan, bu jarayonlar sezilarli hisobda yuqori tezlik va insonning xatoga yo‘l qo‘yishi ehtimoli ortidan avtomatlashtirilgan. Kompyuterlar kema muvozanatini buzmagan holda  yuk tushirishni maksimal tezlashtirish uchun jarayonning izchilligini hisoblab boradi. Hatto kran kabinasida o‘tiradigan operator ham kompyuter tomonidan yaratilgan yo‘riqnomaga asosan ish olib boradi. Jiddiy qilib aytganda, u kranni portdan bir nech ming kilometr narida joylashgan holda masofadan turib ham boshqarishi mumkin edi.

Yuk yetkazildi

Konteynerlar bilan to‘la bitta kema brend kiyimlar va oyoq kiyimlari, yuqori texnologiyaga ega elektronika va zamonaviy odamni xursand qiluvchi shu kabi boshqa tovarlardan iborat  taxminan 200 ming tonna tovarni tashiy oladi. Pirovardida, janubi-sharqiy Osiyodagi shartli ishlab chiqaruvchi o‘z tovarini G‘arbiy Yevropaga barcha tarixiy o‘lchovlar bo‘yicha rekord muddat – taxminan uch hafta ichida yetkazib berishi mumkin.

Ilgari qanday bo‘lgan

To‘g‘ri burchakli metall konteynerlar xalqaro yuk tashishning “oltin standart”iga aylanishidan avval tovarlarni tashish qo‘l mehnatiga nihoyatda bog‘liq edi. Masalan, dengizda yuk tashish uchun tovarlarni ishlab chiqarish joyidan transport vositasiga qo‘lda yuklashgan va port omborxonasiga eltib berishgan va navbatdagi yukni bu safar kemaga ortish uchun  tag‘in yuk tushirishgan.  Biroq bu shunchaki yuk yo‘lining boshlanishi edi xolos, vaholanki, kemalar turli shahar va mamlakatlarda to‘xtab o‘tgan holda ko‘zlangan manzilga yetib olishlari uchun bir necha oy ketadi. Yuk tashishning bunday usuli mehnattalab, qimmat va tovarni yo‘qotish xavfi sabab ishonchsiz edi.

Yuk yetkazildi

Foydali yuk tashishning yana bir namunasi: relslar bo‘ylab ot bilan tortiladigan tirkama yog‘och furgonlar

Ming yillik tartib-qoidalar XVIII asrdagi ingliz sanoat inqilobi boshlanishi bilan o‘zgara boshladi, an’anaviy qishloq xo‘jalik turmush tarziga nuqta qo‘ygan hamda katta hajmdagi yuklarni ilgarigi tasavvur qilib bo‘lmaydigan masofada joylashtirishni talab qilgan. 1766-yilda ingliz muhandisi Jeyms Brindli ko‘p kilometrli o‘zi qurgan suvli kanallarga ko‘mir tashish uchun o‘nlab ochiq yog‘och konteynerli Starvationer kemasi loyihasini ishlab chiqdi. Oradan deyarli 30 yil o‘tgach, ingliz ixtirochisi Benjamin Autram ko‘mir konlaridan  barjalarga ko‘mirni yuklash va tashishga xizmat qiladigan ot kuchi bilan tortiladigan konteyner shaklidagi g‘ildirakli furgonni loyihaladi.

Yuk yetkazildi

Ko‘mirni suzuvchi konteynerlarda tashish

1830-yilga kelib ko‘mirli “oddiy to‘g‘ri burchakli yog‘och qutilar” Birlahsgan Qirollik uchun oddiy hodisaga aylandi va temiryo‘l tarmoqlari o‘sib borayotgan mamlakatlarga tashib borilgan. Yana o‘n yil o‘tib qutilar temirga aylandi. Ularning qo‘llanilish sohasi kengaydi: XIX asr oxiriga kelib fransuzlar va inglizlar unda, masalan, mebel tashishgan. 1900-yilga kelib esa turli transport vositalaridan foydalangan holda yuk tashishni yengillashtirishgan unga qopqoq o‘rnatishgan.

Birinchi Jahon urushidan so‘ng yuk avtomobillarining keng tarqalishi konteynerli yuk tashish g‘oyasini siaftli yangi bosqichga olib chiqdi. Eski dunyoning ko‘p mamlakatlarida o‘sha paytlarda yuk avtomobillarida an’anaviy poyezdlarga xavf tug‘dirishini payqashgan va avtomobilda yuk tashishni temiryo‘l uchun yagona ishlab chiqilgan konteyner tizimini ishlab takomillashtirish yo‘li bilan cheklashga urinishgan. AQSHda yangi transportda taraqqiyot uchun imkoniyatni ko‘rishgan. Cincinatti Motor Terminals kran yordamida ham temiryo‘l eshelonlari, ham yuk avtomobillariga yukni joylash mumkin bo‘lgan “standartlashtirilgan modul-konteyneri” tushunchasini taqdim etdi. Bu g‘oyani 1920-yilda Nyu-Yorkning Markaziy temiryo‘li hayotga tatbiq etdi, biroq transportda yuk tashishdagi inqilob amalga oshmadi: yuk tashishning yangi ko‘rinishi eshelonlarga yuk ortishning surunkasiga kamayib ketganligi sabab xarajatlarni qoplay olmadi.

Yuk yetkazildi

XX asr boshida Cincinatti Motor Terminals ham yuk tashuvchilar avtomobillar, ham vagonlar uchun mos keluvchi standart konteyner ishlab chiqdi

Maklin va uning konteyneri

Bizga ma’lum o‘sha konteynerning otasini amerikalik tadbirkor Malkolm Maklin deb atashardi. Omma orasida tarqalgan afsonaga ko‘ra, konteynerlardan foydalanish g‘oyasi kichik transport kompaniyasi egasining xayoliga 1937-yilda, pirsdagi ishchilarning paxta ortilgan qoplarni avtomobildan barjaga imillab, bitta-bitta tashiyotganliklarini ko‘rgan mahali kelgan. U qoplarning barini birga tezroq va osonroq, yanayam yaxshisi – avtomobil orqali tashish mumkin, degan fikrga kelgan.

Yuk yetkazildi

Shunga qaramay, Maklin o‘z g‘oyasini 20 yildan o‘tib sinab ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi. Bu avqt davomida Jahon urushi dunyoni zir titratdi, shu bilan birga transportda yuk tashish tarixida ham iz qoldirdi. Uchinchi reyxda, masala, katta masofalar uchun 25 tonnalik yuklarni tashish uchun po‘lat qutilar – “bexelter” tushunchasini ilgari surishdi. AQSH armiyasi askarlarning mayda-chuyda narsalarini solish uchun Conex kichik po‘lat konteynerlaridan foydalanadigan bo‘ldi. 1950-yilda Daniyaning United Shipping Company si oziq-ovqat ortilgan konteynerlarni tashishga mo‘ljallangan kemalarini xorijga chiqara boshladi.

Maklinning hisob-kitoblari shuni ko‘rsatdiki, dengizda tashish uchun konteynerlardan foydalanish yuk tashish narxini – hatto konteyner qiymatini hisobga olganda ham, favqulodda hayratlanarli tarzda 94 foizga pasaytirdi. IDEAL X 58ta konteyner ortilgan birinchi reysini 1956-yilda Nyuarkdan Xyustonga tomon amalga oshirdi. Kema ko‘zlangan manzilga yetib kelguniga qadar, uddaburon tadbirkor mijozlarga 25 foiz chegirma hamda bekitilgan konteynerlar tovarlarni o‘g‘irlash xavfini  bartaraf qilishiga kafolat bergan holda, kemaning ortga qaytishida uning to‘liq yuklanishini ta’minladi.

Yuk yetkazildi

Malkolm Maklin sotib olgan va dunyodagi birinchi quruq yuk tashuvchi aylantirgan IDEAL X tankeri. 1956-yilda u bortida 58 ta konteyneri bilan birinchi reys bilan jo‘nagan

Maklin tajribasi hayratomuz muvaffaqiyat bilan yakunlandi va konteyner orqali yuk tashishning  rivojlanishiga turtki berdi. Uning yondashuvining innovatsionligi shunda ediki, u o‘z biznesining markaziga konteyner va tankerlarni emas, balki manfaatli yuk tashishni qo‘ygan. Keyinroq, Vyetnam urushi davrida yukka umumiy standart belgilagan va konteynerlarning hamma yerda tarqalishini ta’minlagan holda, yuqorida aytib o‘tilgan 5,9 va 12,03 m uzunlikdagi konteynerlarni patentladi. Konteyner portlari mavjud bo‘lgan mamlakatlar ulushi 1966-yildan 1983-yilga qadar 1 foizdan 90 foizga o‘sdi.

80% –barcha xalqaro savdo-sotiqlar dengizda yuk tashish orqali amalga oshiriladi

Bitta kran portga quruq yuk tashuvchi kemadan soatiga 40ta konteyner tushirishi mumkin

Текст: