Skip to main content

Hilton mehmonxonasi Yangi yil va Rojestvoni kutib olishga tayyor.

1-dekabrda poytaxtimizdagi Hilton besh yulduzli mehmonxonasida bir necha yuzlab mehmonlar uchun joriy qishda birinchilardan bo‘lgan hamda Toshkentdagi boshqa barcha Yangi yil bayramlarini boshlab bergan dabdabali bayramona kecha bo‘lib o‘tdi. Tantanavor, ammo shinam muhitda har qanday oila uchun asosiy bayramlardan biri nishonlanishini aks ettiruvchi Archa ochildi.

Archa, archa, jon archa!

Tabiiyki, Yangi yil – birinchi navbatda oilaviy bayram. Biz, kattalar, qarindoshlar va yaqinlar bilan qayta birlashamiz, farzandlarimiz esa haqiqiy mo‘‘jizani kutadi: Qor bobo yoki Santa Klausning paydo bo‘lishini, barcha tilaklari ro‘yobga chiqishini va shunchaki yiliga bir marta bo‘ladigan hissiyotlarni.

Archa, archa, jon archa!

Mehmonlarni yorqin ranglarda bezatilgan maskanni bayramona qo‘shiqlar bilan to‘ldirib turgan sehrli xor qarshi oldi. Furshet bolalar va ularning ota-onalari kayfiyatini chog‘ladi. Ofitsiantlar ertaknamo to‘plamlardagi qo‘g‘irchoqlarni eslatardi. O‘z chiqishini kutib turgan olti metrli Archa esa tomoshabinlarni intiqlik hayajoniga chorladi. Bularning barchasi bosh qahramon Rojdestvo bayrami kunlarida The Plaza mehmonxonasiga borib qoladigan “Uyda yolg‘iz” filmidan parchani eslatib yubordi.

Archa, archa, jon archa!

Archaning chiroqlarini yoqish kerak edi va bu hamma intizorlik bilan kutayotgan Santa Klausning zimmasiga yuklangandi. Va oxir-oqibat u kichik yoshdagi mehmonlar orasida katta shov-shuv ko‘targan holda paydo bo‘ldi! Santa yolg‘iz emas, balki o‘z musiqasini chaladigan va unga sovg‘alarni topshirishda yordamlashgan elflari bilan birga keldi. Santa hech kimni unutmadi! U barcha bolalarni qabul qilib, har biriga esdalik uchun nimadir sovg‘a qildi. Bolalar bu kechani uzoq vaqtga eslab qoladilar!

Archa chiroqlarining yoqilishi esa kechaning kulminatsiya nuqtasiga aylandi. Santa bolalar bilan birgalikda “Archa, yonaqol!” deya hitob qildi.

Hilton faqatgina shu bilan cheklanib qolmasdan, dekabr oyida barchangiz tashrif buyurishingiz mumkin bo‘lgan qator bayramona tadbirlarni tashkillashtirmoqda. Masalan, 24-dekabr kuni Tumbler Bar & Lounge restoranida oilaviy Rojdestvo dasturxoni yoziladi: bosh oshpazdan eksklyuziv mualliflik menyusi, jonli musiqa hamda “a-kapella” ijrosi yorqin kayfiyat bag‘ishlaydi. 31-dekabr kuni esa, Yangi yil arafasida City21 Restaurant & Lounge restoranida mehmonlar Qor bobo va Qor qiz bilan uchrashib, ulardan va mehmonxona nomidan sovg‘alarga ega bo‘ladi. Ballroom marosimlar zalida “Qor Malikasi” ertagi asosida Yangi yil kechasi ham o‘tkaziladi. O‘zingiz va yaqinlaringizga bunday muhim kunda unutilmas hislar va xotiralarni sovg‘a qiling!

Bron qilish uchun telefon: +998 71 210-88-88

Hilton ― dunyoning 93 shahrida joylashgan 4200dan ziyod mehmonxona va dam olish maskanlaridan tashkil topgan hamda o‘zida o‘tmish an’analari va zamonaviylikni mujassam etgan eng yirik mehmonxona korporatsiyalaridan biridir.