Skip to main content

The Mag tahririyati TBC Bank 30 yildan ortiq faoliyati davomida nimalarga erishgani hamda O‘zbekistonda qanday ish yuritayotganini bilish uchun Gruziyadagi TBC Bank bosh ofisiga tashrif buyurdi.

TBC banki Gruziyada qariyb o‘ttiz yil muqaddam ochilgan bo‘lib, bu yerda anchadan buyon shunchaki va oddiy bank emas, balki ko‘chmas mulkdan tortib ta’limgacha bo‘lgan deyarli barcha sohalarda turmushni osonlashtiradigan xizmatlar tizimiga aylangan. Uch yil avval TBC aholi soni Gruziyaga nisbatan qariyb o‘n baravarga ko‘proq bo‘lgan O‘zbekistonda ham o‘z faoliyatini boshladi. Biz TBC vatanida qanday rivojlanayotganini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rishga qaror qildik hamda mazkur model o‘zbek biznesiga qanday qo‘lanilayotgani haqida so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ldik.

TBC Bank – O‘zbekistondagi OAV uchun eng ochiq va shaffof banklardan biri. Bank rahbarlari o‘z yutuqlari va rejalari haqida so‘zlab beradigan muxbirlar bilan uchrashuvlar odat tusiga aylanmoqda. Taqdimotlar va muhokamalar chog‘ida ko‘pincha Gruziyaga havola qilish kuzatiladi. Bu mamlakatda orttirilgan 30 yillik tajriba inobatga olinsa, bu albatta tabiiy holat. Sentabr oyida raqamli bank (aniqrog‘i, respublikadagi birinchi raqamli bank) o‘zi haqida yanada ko‘proq so‘zlab berishga qaror qildi va bizni TBC bankining ulkan, keng tarqalgan xizmatlar va servislar tarmog‘i Gruziya fuqarolarining kundalik hayotidan qanday o‘rin egallaganini ko‘rishga taklif qildi.

Ikki davlatning o‘zaro o‘xshash va farq qiluvchi jihatlari mavjud. Umumiy jihatlardan biri – raqamli bankka nisbatan ehtiyotkor munosabatdir. Gruziyada bu ehtiyotkorlik muvaffaqiyatli ravishda yengilmoqda va bu kabi eskicha qarashlarni “o‘chirishning” eng samarali usullardan biri – nafaqat omonat va kreditlar, balki san’at, sport, ta’lim kabi inson hayotining boshqa sohalari bilan shug‘ullanishdan iborat. Gruziyadagi TBC haqiqandan ham ko‘p sonli xilma-xil loyihalar yordamida iqtisodiyot, madaniyat va biznes-hamjamiyatini qo‘llash bilan shug‘ullanib keladi. Biz ham bankning Gruziya poytaxtining Mardjanishvili ko‘chasidagi 7-uyda joylashgan bosh ofisi vakillari bilan aynan shu loyihalar haqida suhbatlashdik.

Barcha uchun ochiq ofis

Aslida, bank ma’muriyati joylashgan biznes-markaz – Tbilisidagi TBC Bank bosh ofisiga mutlaqo o‘xshamaydi. Bir tomonda manzarali oynalardan ko‘rgazma o‘tayotgan badiiy galereya ko‘rinib turadi, boshqa tomonda – kovorking, uchinchi tomonda esa – kafe. Bu ko‘proq zamonaviy muzeyni eslatadi.

Марьям Тавберидзе, руководитель отдела маркетинга TBC Group

Maryam Tavberidze, TBC Group marketing bo‘limi rahbari

Bu binoning yoshi yuzdan oshgan, u me’morchilik yodgorligi maqomiga ega. Dastlab bu yerda 1913-yilda o‘z ishini boshlagan Kavkaz ofitserlik iqtisodiy jamiyati joylashgan. So‘ngra u bir necha marta egalarini o‘zgartirgan va 1934-yilda bu devorlarda Tbilisi markaziy do‘koni ochilgan.

TBC binoni 2002-yilda egallab, keng ko‘lamli qayta qurish ishlarini amalga oshirgan. Ma’lum vaqt o‘tgach, binoda faqat bank bo‘lishini istamasligimizni tushundik. Tbilisi aholisi o‘nlab yillar davomida zarur narsa olish uchun shu yerga kelgan, bu yerda shahar aholisi uchrashgan va biz ana shu an’anani davom ettirishga qaror qildik.

2018-yilda reteyl-dizayn sohasida katta tajribaga ega bo‘lgan hamda Sony, Loreal, Louis Vuitton kabi ko‘plab gigantlar bilan ishlagan Sheridan&Co xalqaro dizayn-agentligiga murojaat qildik. Biz bino tarixini o‘rganib chiqib, bu odamlar uchun g‘oyalarini almashish, yangi nimanidir bilish, yosh avlodga tajriba o‘rgatishga qulay joy bo‘lishi kerakligini angladik. Biz bu yerda turli yosh va qarashlarga ega mehmonlarni ko‘rishni istardik. Bu maqsadga faqatgina makonni multifunksional qilish orqali erishish mumkin edi.

Bu yerda umumiy makon va alohida xonalardan iborat kovorking mavjud bo‘lib, unda bizning xodimlar va qulaylikni topgan har qanday odamlar ishlaydilar. Ichki zali va ochiq ayvoniga ega shinam kafeda ovqatlanish mumkin. Uchta katta zalidan birida tanaffus qilib, zamonaviy san’at ko‘rgazmasidan bahra olish mumkin bo‘lgan galereya mavjud. Biz XX asrdagi mashhur gruzin rassomlarining asarlarini izlaymiz va ekspozitsiyalar tashkil qilish orqali ularning xotirasini yodda saqlashga urinamiz. Shuningdek, turli mavzulardagi eng zamonaviy kitoblar jamlangan kutubxona ham bor. Barchaga kerakli narsalarni (shoper, futbolka va h.k.) xarid qilish mumkin bo‘lgan do‘koncha: ularni eksklyuziv bezash uchun mahalliy dizaynerlar va rassomlarni taklif qilamiz. Haftasiga uch-to‘rt marta ana shu barcha makonlarda turli madaniy tadbirlarni o‘tkazamiz. Tabiiyki, bankomatlar o‘rnatilgan xona ham mavjud.

Bizning asosiy g‘oyamiz milliy madaniy merosimizni juda qadrlashimizdan iborat. Gruziya uchun tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan binoni egallagan ekanmiz, demak bu merosni saqlashda va keyingi avlodlarga uzatishda davom etishimiz kerak. Binoning umumiy maydoni (barcha qavatlar) – 2400 m.kv. Bizning xodimlar uning faqat 20 foizida joylashgan, qolgan maydonlar tashrif buyuruvchilar uchun ochiq madaniy makonlar uchun taqdim etilgan.

Головной офис TBC Bank в Тбилиси представляет собой открытые для посещения пространства с библиотекой, арт-галереей, коворкингом и кафе.

TBC Bank’ning Tbilisidagi bosh ofisi tashrif buyuruvchilar uchun kutubxona, art-galereya, kovorking va kafedan iborat ochiq makonlardan tashkil topgan

Biz Gruziyada raqamli xizmatlarni rivojlantirib kelamiz va bunda ancha muvaffaqiyatga erishganmiz. Biroq, bir vaqtning o‘zida odamlar bizga ko‘proq ishonishlari uchun boshqa tomonlarimizni ham ko‘rsatishni istaymiz. Bizning bosh ofisimiz – bunga yaqqol dalildir: bu yerda istagan odam ishlashi, kutubxonadan foydalanishi, ko‘rgazmalarga kelishi, o‘z uchrashuvlarini tashkil qilishi mumkin.

Bu yerdagi 30 yillik faoliyatimiz davomida TBC – hozirdanoq Gruziya iqtisodiyotiga katta hissa qo‘shayotgan uzoq muddatli maqsadlarga ega barqaror kompaniya ekanligini isbotlay oldik. Mamlakat aholisi bizni yaxshi biladi, biz shuncha yildan beri ishlaymiz, shu bois ular bizga ishonishadi.

Bank – faqatgina bank bo‘lmaganida

Gruziyadagi TBC Bank amal qilib kelgan strategiya “ekotizimli rivojlanish” deb nomlanadi. Asosiy vazifa – mijoz ertalabdan kechgacha bir tizimda ko‘plab turli xizmatlardan foydalana olishi imkonini yaratishdan iborat. 1992-yilda barchasi bank g‘oyasidan boshlangan, keyinchalik esa asta-sekin qo‘shimcha funksiyalar qo‘shilgan. Natijada xilma-xil loyihalarning hayratomuz darajada keng tarmog‘i yuzaga kelgan.

Ника Курдиани, председатель Наблюдательного совета TBC Bank Uzbekistan и Payme.

Nika Kurdiani, TBC Bank Uzbekistan va Payme Kuzatuv kengashi raisi

Gruziyadagi bankka aloqador bo‘lmagan yo‘nalishlardan biri Travel&Hospitality bo‘lib, unda biz bugun O‘zbekistondagi iticket.uz tizimiga o‘xshash xizmatlarni rivojlantirganmiz. Tibbiyot sohasida katta platformamiz yo‘lga qo‘yilgan: bu yerda, jumladan onlayn-maslahatlar uchun shifokorni topish mumkin. Bu platforma boshqa davlatlarda ham ishlaydi: shifokor bilan muloqot ko‘pincha shaxsiy tusga ega va xorijda gruzincha so‘zlasha oladigan shifokorni topish kerak bo‘lgan holatlar kuzatiladi.

Biz uchun juda muhim yo‘nalishlardan biri, bu – ta’lim. Bizda o‘zini tahlil, dasturlash sohalarida sinab ko‘rishni istaganlar uchun IT-akademiya mavjud. Tadbirkorlar uchun alohida platforma mavjud: 2011-yildan buyon 25 mingdan ortiq odam bizda yangi bilimlarga ega bo‘ldi. Bu o‘ndan ortiq bo‘lgan eng asosiy yo‘nalishlarimiz, xolos.

Mendan ko‘pincha yaqin orada bu yo‘nalishlarning barchasini O‘zbekistonda ham ochib, rivojlantirishimiz haqida so‘rashadi. Javobim – yo‘q. Yoki hozircha yo‘q. Gruziyada bunday tizimni yaratish uchun bizda o‘ttiz yil ketgan. Shu bois, biz shoshilmaymiz va bor narsalar yaxshi ishlashi uchun asta-sekin rivojlanamiz.

Александр Макашвили, руководитель по стратегическим проектам TBC Bank

Aleksandr Makashvili, TBC Bank strategik loyihalari bo‘yicha rahbari

Bank biron-bir xizmatlarni taqdim etish bilan bog‘liq bo‘lmagan ko‘plab yo‘nalishlarga ega. Ushbu ijtimoiy tarkibiy qism doirasida mamlakat taraqqiyoti uchun muhim biron narsa qilishimiz mumkin. Birinchidan, bu – xalqimizning madaniy merosini saqlab qolish va yoshlar orasida ilgari surish. Biz gruzin milliy liboslari va autentik naqshlarni ommalashtiramiz – O‘zbekiston uchun ham bu dolzarbligini bilaman. Gruziya Milliy muzeyini qo‘llab-quvvatlaymiz hamda mamlakat o‘tmishi to‘g‘risida tom ma’noda zamonaviy ko‘rgazmalarni yaratishga yordam beramiz. Alifbomiz doirasida “Gruzinchada yoz” loyihasini ishga tushirdik.

81 1

Aytgandek, dunyoda atigi 14ta noyob alifbo bo‘lib, ulardan biri gruzin tili alifbosidir. Biz undan dijitalda foydalanish imkonini yanada soddalashtirishni niyat qilganmiz (chunki bugun nimadir dijitalda bo‘lmasa, u umuman mavjud emas). Bu loyihada dizaynerlar gruzincha harflar uchun yangi qulay shriftlarni ishlab chiqmoqda.

Shuningdek, biz gruzin tilini qo‘llab-quvvatlash uchun “Saba” adabiyot mukofotini ta’sis etdik. Bugungi kunda nom qozongan aksariyat gruziyalik yozuvchilar faoliyati boshida bu mukofotni olishga muvaffaq bo‘lgan (Gruziya kabi “bezovta” mamlakatda bunday loyihaning yigirma yil davom etishi – haqiqatdan ham uzoq vaqt). Bunga qo‘shimcha sifatida obuna bo‘yicha elektron kitoblarni gruzin tilida o‘qish xizmatini yaratdik: 6000ta kitobdan foydalanish uchun taxminan 10 lari to‘lash kerak.

83

Biz tasviriy san’atga ham e’tibor qaratamiz. Har yili bitta mashhur gruziyalik rassomni tanlab, uning asarlari kolleksiyasini to‘playmiz (ko‘pincha ular turli davlatlarda bo‘ladi) va bosh ofisimizdagi galereyada ko‘rgazmaga qo‘yamiz. Masalan, hozir bizda Vera Pagavaning asarlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

Ikkinchidan, bu kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash hamda startap-madaniyatni rag‘batlashtirish bilan bog‘liq. Umuman olganda, biz 1990-yillar yarmidan, ya’ni bu hali hech kimning hayoliga ham kelmagan vaqtda, boshlayotgan tadbirkorlarni qo‘llaganmiz. Har yili tadbirkorlar uchun mukofotlar, shuningdek ma’ruzalar, trening va tajriba almashuvidan tashkil topgan mamlakatdagi eng katta biznes-tadbirni o‘tkazamiz.

TBC Bank в Грузии курирует множество социальных проектов. Сверху: проект, в котором фотографии талантливых детей размещают на уличных билбордах. Снизу: IT-академия, где любой может постигнуть азы программирования.

Gruziyadagi TBC Bank ko‘plab ijtimoiy loyihalarga rahbarlik qiladi. Yuqorida: iqtidorli bolalarning suratlari ko‘chadagi bilbordlarga joylashtiriladigan loyiha. Pastda: xohlagan odam dasturlar asosini o‘rganishi mumkin bo‘lgan IT-akademiya

Albatta, butun mamlakatda iqtisodiyotni rivojlantirish haqida o‘ylaydigan bo‘lsang, bo‘lajak mutaxassislar – bolalarga ham alohida e’tibor qaratish kerak. TBC texnologiyalar sohasida birinchi ta’limga ega bo‘lishni istagan 10-11-sinflar o‘quvchilari uchun IT-dastur mavjud. Dastur yoshlar orasida juda ommalashgan.

Yana bir yoshlarbop loyiha uchun biz istalgan sohada o‘zini namoyon etishga ulgurgan 200 nafar bolani tanlab olamiz: kimdir xalqaro olimpiadada g‘olib bo‘lgan, kimdir sportda g‘alab qozongan. Biz ana shu bolalar ishtirokida ijtimoiy reklamalarni suratga olib, nimalarga intilish mumkinligini ko‘rsatamiz. Bu yo‘nalishda qiziq holatlar bo‘lib turadi: masalan, ayrim ota-onalar farzandlari aks etgan bilbordni o‘zlari yashaydigan uy qarshisiga osishni so‘raydilar.

Va nihoyat, 2005-yildan buyon biz Gruziyaning regbi bo‘yicha terma jamoasini qo‘llab kelamiz – bu sport turi bizda keng ommalashgan bo‘lib, o‘yinchilarimiz munosib o‘rinlarni egallaydilar. Joriy yilda birgalikda go‘yoki bo‘lajak musobaqalarga tayyorlanayotgan terma jamoa kapitani va o‘nlab muxlislar ishtirokida rolik suratga oldik. “Birgalikda g‘alabaga erishamiz” shiorimiz ham shunga mos: butun mamlakat bilan birgalikda tayyorlanamiz va g‘olib bo‘lamiz.

TBC Bank’ning O‘zbekistonga kirishi

Nika Kurdiani: Gruziyada atigi 3,5 million odam yashaydi, biz qayergadir o‘sishimiz kerakligini tushunardik. Va 2018-yilda O‘zbekistonda katta o‘zgarishlar boshlanayotganidan xabar topgach, biz butun jamoa bo‘lib Toshkentga tashrif buyurdik, mamlakatdagi muhim institutlarning vakillari bilan uchrashdik hamda biznes va umuman iqtisodiyotni rivojlantirish uchun katta sa’yi-harakatlar amalga oshirilishi yuzasidan tasdiqqa ega bo‘ldik. Biz buning ajoyib imkoniyat ekanligini tushundik. O‘zbekiston bizga madaniy jihatdan yaqin mamlakat va aholisini inobatga olgan holda o‘sish uchun Markaziy Osiyodagi eng katta maydon.

So‘ngra biz O‘zbekistonda Humo va UzCard allaqachon ishlayotganini ko‘rdik. Bu bank sektoriga tranzaksiyalarni amalga oshirish va buning natijasi o‘laroq mamlakatda moliyaviy-texnik xizmatlarni yaratish imkonini beradi. Aslida O‘zbekistonda Open Banking tizimi 2013-yildan buyon ishlab keladi. Bu bilan faxrlansa arziydi, chunki Yevropada Open Banking endigina asta-sekin yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu o‘zi nima? Bu bir bank kartasini boshqa bank ilovasi yoki xizmatiga bog‘lay olish hamda shu yerda mablag‘laringiz harakatiga doir ma’lumotlarni to‘plash imkonidir. Yevropada hozircha turli banklar va tizimlarning o‘zaro aloqasi yaxshi emas, O‘zbekistonda esa hammasi joyida.

86 185

Avvaliga bozorda ishlab turgan bironta bankni xarid qilish haqida o‘ylagandik. Biroq, keyin bu juda ko‘p bosh og‘rig‘iga sabab bo‘ladi degan xulosaga keldik. Kompaniya madaniyatini o‘zgartirish kerak bo‘ladi, sobiq xodimlar shunchaki kompaniyalari boshqa kompaniya tomonidan sotib olingani uchun ham ishdan bo‘shab ketishlari mumkin… Hattoki mijozlar bazasi ham: masalan, kreditlarni berish jarayonini nazorat qilmagan holatda keyinchalik to‘qnash keladigan ko‘plab muammolarni “meros” qilib olish mumkin.

Biz 2020-yilning may oyida Markaziy bank litsenziyasiga ega bo‘ldik. Bu biz O‘zbekistondagi birinchi raqamli bank ekanligimizni aytish huquqini beradi – aslida, raqamli bank uchun alohida litsenziya mavjud emas. O‘tgan uch yil ichida uch milliondan ortiq mijozni to‘plashga erishdik.

Payme haqida gapiradigan bo‘lsak, 2019-yilda kompaniya ulushiga ega bo‘ldik, joriy yil may oyida esa uni butunlay sotib oldik. Payme jadal sur’atlarda o‘sib bormoqda: bugun 10 milliondan ortiq ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchimiz bor. Shuningdek, O‘zbekiston uchinchi kompaniyamzi ham bor, u “TVS Bo‘lib to‘lash” deb nomlanadi va unda faqat bitta xizmat bo‘lishiga qaramay, mijozlar soni 300 mingdan oshishga ulgurdi. Demak, O‘zbekiston aholisining qariyb uchdan bir qismi – bizning mijozlarimiz.

Biroq, meni hammasidan ko‘proq quvontiradigan narsa, bu – TBC bozordagi atigi ikki yillik faoliyatidan so‘ng biron marta ham asosiy strategiyadan og‘ishmagan holda, zarasizlik nuqtasiga chiqib olgani. Biz avval ham, masalan, korporativ kredit bilan shug‘ulanish orqali bu nuqtaga chiqishimiz mumkin edi.

Lekin biz faqat bitta vazifaga diqqatni qaratib ishladik. Qarang: bugun naqd puldagi o‘rtacha kredit summasi – $750. Bizda yuzminglab mijozlar kredit oladi. Bu mexanizm aniq ishlashi uchun unga jiddiy e’tibor qaratish lozim. Hozir jamoamizga Oleg Tinkov bilan birgalikda “Tinkoff bank”ni tashkil qilgan Oliver Xyuz qo‘shildi. Xyuz biz nafaqat mijozlarni to‘play olgan (buni bajarish unchalik qiyin emas), balki tezkor ravishda foyda keltira boshlagan dijital bankning noyob misoli bo‘lganimiz uchun ham bunga qo‘l urdi.

Bugun kredit va depozit portfellari ko‘rsatkichlari bo‘yicha O‘zbekiston banklari yigirmataligiga kiramiz. Biroq, bozorga nisbatan tezro o‘sib boryapmiz, ya’ni boshqa o‘yinchilarning ulushlarini faol qo‘lga kirityapmiz. Fikrimcha, kelgusi yil oxirida mamlakatdagi banklar top 10taligiga kiramiz.

O‘zbekistondagi TBC va Payme ijtimoiy loyihalari

Bank mahalliy yosh kreatorlar, rassomlar va dizaynerlarni qo‘llab-quvvatlaydi, elektron musiqa festivallariga ko‘maklashadi, marafonlarni tashkil etish va ularda faol qatnashish orqali sog‘lom turmush tarzi g‘oyasini ommalashtiradi. Moliyaviy savodxonlik va ekologiya sohalaridagi ekspertlikka ko‘p e’tibor qaratadi. O‘zbekiston madaniy merosini ilgari suruvchi hamda milliy naqshlarning to‘laqonli ochiq raqamli katalogini yaratishga qaratilgan “Naqshlar” loyihasi xalqaro marketing va reklama festivallarida ko‘plab mukofotlarni qo‘lga kiritib, 2023-yilda Kann reklama festivalida ham taqdim etildi.

Korporativ ijtimoiy faollik Payme faoliyatida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Yirik loyihalar qatoridan joy olgan – Payme Mahalla doirasida bir necha ming foydalanuvchilar muntazam ravishda kompyuterlar, sport va maktab anjomlarini xarid qilish kabi turli aksiyalarda ishtirok etadilar. Kompaniya, shuningdek, ta’lim, ayollar tadbirkorligi va yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlaydi hamda moliyaviy savodxonlik bo‘yicha mahorat maktablarini o‘tkazadi va WECOSMOS musiqa festivalining hamkorlaridan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, Payme tarixiy mozaikalarda reklamani suratga olish hamda bozorlardagi eski bannerlarni yanada jozibalilariga almashtirish orqali shahar qiyofasini yaxshilamoqda.


Payme O‘zbekistonda

  • 10 mln ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchi
  • Oyiga 2,9 mln noyob foydalanuvchi
  • Kuniga 1 mln noyob foydalanuvchi
  • O‘zbekistondagi 41 foiz aholi “Qaysi to‘lov tizimini bilasiz?” savoliga darhol Payme deb javob qaytaradi. Yana 42 foiz aholi ikkinchi urinishda Payme haqida eslaydi
  • 15 foiz – Payme’ning O‘zbekiston bozoridagi ulushi; bunga korporativ, chakana to‘lovlar va o‘tkazmalar kiradi

TBC Bank O‘zbekistonda

  • 3 mln ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchi
  • $207 mln – kredit portfeli
  • $174 mln – omonatlar portfeli

2023-yil iyun oyi ma’lumotlari

Текст:
Фото: