Skip to main content

O‘zbekistonda ob-havoning keskin sovushi sababli gaz quyish shaxobchalarining ish vaqti sutkasiga 6 soatgacha cheklandi.

“Hududgaztaminot”AJ matbuot-xizmatining xabar qilishicha, ob-havo sovushi munosabati bilan O‘zbekistonning barcha hududlaridagi avtomobilga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalarining ish vaqti olti soatgacha cheklab bo‘lingan.

Mazkur vaqtincha cheklovlar o‘tgan haftada joriy etila boshlangan. 8-dekabrdan barcha gaz quyish shahobchalari soat 6.00dan 15.00gacha rejimida ishlay boshlagan.

“Bugungi kundan gaz quyish shaxobchalarining ish vaqtiga o‘zgartirishlar kiritildi – soat 6.00dan 12.00gacha. Bu choralar vaqtincha xususiyatga ega bo‘lib, havo harorati keskin pasayib ketganida qo‘llaniladi” – deyiladi kompaniyaning Telegram-kanalda joylashtirilgan xabarida.