Skip to main content

Bugun hayotimizni Telegram ilovasisiz tasavvur qila olmaymiz. Biroq uning paydo bo‘lishiga tasodifiy (yoki tasodifiy bo‘lmagan) holatlar sabab bo‘lgan. Ayrim fikrlarga ko‘ra, VKdan ketish bilan bog‘liq epopeya yuz bermaganida, uning “otasi” Pavel Durov Telegram ilovasini yaratmagan bo‘lardi. To‘g‘rirog‘i, aka-uka Durovlarni birga tilga olish zarur.

Bunda mantiq bor, chunki aynan 2011-2013-yillardagi siyosat bilan bog‘liq hodisalar Peterburgdagi daholar juftligini onlaynda erkin muloqotni qat’iy himoya qilishga hamda dunyoga Taking back our right to privacy (“Shaxsiy hayot daxlsizligi huquqini qaytarib olamiz”) dongdor shiori ostida Telegram ilovasini taqdim etish uchun MTProto shifrlash protokolini yozishga undagan.

Tez orada messenjer funksional blogerlik hamjamiyatiga hamda shaxsiy va professional muloqot uchun tengsiz vositaga aylandi. Durovlar quvonib, qachonlardir muloqot uchun eng qulay ilova hisoblangan WhatsApp tomonga istehzo bilan ko‘z qisardilar. Bugungi kunda ularni, har holda yer sharining ayrim qismlarida, mutlaqo taqqoslab bo‘lmaydi.

Joriy yilda Telegram bir milliard foydalanuvchi ko‘rsatkichiga erishish va daromad olishga chiqishni rejalashtirmoqda. Pavel Durov bir necha marta ta’kidlaganidek, messenjer doim bepul bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi, ammo Durov uzoq vaqt davomida o‘z mablag‘lari hisobidan qoplab kelgan xarajatlar miqdori ortib borayotgani sababli, Telegram reklama beruvchilarni qabul qila boshladi, dastlabki altruizm biznes-yondashuvga o‘zgardi hamda ilova orqali pul topish imkoniyati yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekistonda Telegram ommalashuvi

Markaziy Osiyo davlatlarida Telegram eng ommabop messenjerlardan biri hisoblanadi, jumladan O‘zbekistonda 80 foizgacha foydalanuvchilar aynan shu tarmoqni tanlaydi. Platformada biznes tobora faolroq o‘zlashtirilayotgani mantiqan to‘g‘ri. ClickMe asoschisi Timur Bakiyevning fikriga ko‘ra, bugungi kunda Telegram saytlarga nisbatan ancha dolzarb xususiyatga ega, O‘zbekiston esa an’anaviy marketing bosqichidan biryo‘la Rossiya va Qozog‘iston atigi bir necha yil avval kirgan ijtimoiy tarmoqlarga o‘tishga ulgurdi.

Generation T: O‘zbekistonda Telegram Ads ilovasining ishidagi barcha to‘siqlar

Timur Bakiyev, ClickMe asoschisi:

Hozirda Telegram — shunchaki messenjerdan kattaroq narsa. Kanallar paydo bo‘lganida messenjer axborot manbaiga aylandi. O‘zi haqida ta’rif yozish imkoni joriy etilishi bilan u ijtimoiy tarmoqqa aylandi.

Bundan tashqari, mening fikrimcha, Telegram — allaqachon superappga aylangan. Umuman olganda oddiy ilovalar davri o‘tib bo‘ldi. O‘sha Instagram va YouTube bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Masalan, Telegram ilovasida siz mutlaqo xilma-xil kontentni iste’mol qilishingiz mumkin: yangiliklarni o‘qish, translyatsiyalarni tomosha qilish, do‘stlar bilan muloqot qilish, taomga buyurtma berish. Hamma narsa uchun bitta ilova!

Telegram Ads: ibtido

2021-yil oxirida Telegram Ads reklama platformasi paydo bo‘ldi. Avvaliga undan faqat reklamaga katta byudjet ajratuvchi yirik brendlar foydalanishi mumkin edi, endilikda esa u kichik biznes uchun ham ochilgan.

Telegram Ads orqali Telegram Premium obunachisi bo‘lmagan foydalanuvchilarga reklamani ko‘rsatish mumkin. E’lonlar 1000 dan ortiq obunachi bo‘lgan ochiq kanallarda namoyish etiladi.

Generation T: O‘zbekistonda Telegram Ads ilovasining ishidagi barcha to‘siqlar

E’lonlarni messenjerning mobil va desktop talqinida birdek ko‘rish mumkin. Ular postlar lentasi tagida joylashgan. E’lonlarning yagona mavjud shakli – tugmali matn. Tugmani bosish orqali foydalanuvchi, e’lon qanday sozlamalarga ega ekanligiga qarab, Telegram ilovasida kanalga, botga yoki postga o‘tadi.

Telegram Ads faol foydalanuvchilari orasida — banklar va moliya tashkilotlari, fudkortlar, universitetlar, quruvchilar, tibbiyot markazlari va boshqa ko‘plab tashkilotlar mavjud. Shuningdek, Telegram Ads platformani o‘z marketing strategiyalariga bajonidil joriy qilayotgan ekspertlar va blogerlar orasida ham ommalashgan.

Bir narsani tushunish muhim: Telegram ilovasida reklama bozori erkin yo‘nalishlarni egallash uchun ko‘plab imkoniyatlarni taqdim qilgan holda, endigina rivojlanishni boshlamoqda.

Generation T: O‘zbekistonda Telegram Ads ilovasining ishidagi barcha to‘siqlar

Telegram Ads afzalliklari

 

Qisqa muddat ichida platforma o‘zini juda yaxshi namoyon etdi va quyidagi omillar bunga tasdiq sifatida xizmat qilishi mumkin:

  • reklama kampaniyalari botlardan erkin toza auditoriyani olib keladi;
  • reklama beruvchi reklama ko‘rsatiladigan telegram-kanallarning ma’murlariga hech qanaqasiga bog‘liq emas;
  • reklama avtomat tarzda belgilanadi;
  • platforma reklamani raqobatchilar auditoriyasiga namoyish etish imkonini beradi;
  • reklama yaxshi ko‘lamlashtiriladi;
  • nazariyalarni sinash qulayligi.

Telegram Ads kamchiliklari

 

Shu o‘rinda, Telegram Ads platformasining ayrim kamchiliklarini ko‘rsatib o‘tish adolatdan bo‘ladi. Lekin, ular afzalliklarga qaraganda kamroq:

  • nisbatan baland kirish chegarasi;
  • moderatsiya bilan bog‘liq qiyinchiliklar;
  • Premium-obunachilar reklamani ko‘ra olmaydi.

TON muomalasi haqida

2024-yildan buyon Telegram Ads reklama platformasida o‘zbek tilidagi reklama kabinetlari ochildi va bu mahalliy reklama beruvchilar uchun yangi imkoniyatlarni taqdim qildi. 1-apreldan boshlab TON kripto-valyutasida yangi kabinet ochish imkoni yaratildi. Mumkin… ammo kerak emas!

TON nima degani? Toncoin — bu TON (The Open Network) blokcheyn-platformasining tabiiy kripto-valyutasi. U investitsiyalar uchun mo‘ljallangan nisbatan yangi valyuta hisoblanadi. TON — uchinchi avlod innovatsion blokcheyni bo‘lib, u dastlab Telegram jamoasi tomonidan uning asoschilari – aka-uka Durovlar rahbarligida ishlab chiqilgan. Biroq, tartibga soluvchilarning e’tirozlari sababli 2020-yilda Telegram o‘z loyihasidan voz kechishga majbur bo‘lib, TON kodini mustaqil ishlab chiqaruvchilar jamiyatiga topshirgan.

Generation T: O‘zbekistonda Telegram Ads ilovasining ishidagi barcha to‘siqlar

Blokcheyn yuqori ish unumdorligi va keng ko‘lamliligi bilan ajralib turadi: 2021-yilning sentabr oyida blokcheyn bir soniyada 55 000 ta tranzaksiyani qayta ishlash orqali jahon rekordini o‘rnatgan. Bunga asosiy zanjir (Masterchain) va ko‘plab ishchi zanjirlarni (Workchains) birlashtirib turuvchi noyob ko‘p bosqichli arxitektura yordamida erishildi.

Siz uni qulay, zamonaviy deb aytishingiz mumkin — va bu haqiqat. U holda nima uchun kerak emas?

Hammasi oddiy: bu noqonuniy.

Malumot

2024-yilning yanvar oyida O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga kripto-aktivlar aylanmasi va mayning bilan bog‘liq qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Ular ham jarimalarni, ham amaldagi muddatlarni nazarda tutadi. Xususan, kripto-aktivlarni noqonuniy ravishda sotib olish yoki almashtirish, provayderlarning litsenziyasiz faoliyat yuritishi kripto-aktivlar va sanab o‘tilgan qonunbuzarliklar sodir etilgan vositalar musodara qilingan holda, 15 sutkagacha ma’muriy hibsga olish yoki 20 BHMdan 30 BHMgacha jarima solinishiga sabab bo’ladi.

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida xizmatlar provayderlari tomonidan anonim kripto-aktivlar bilan bog‘liq amaliyotlar o‘tkazilgani mansabdor shaxslar 30 BHMdan 40 BHMgacha jarimaga tortilishiga sabab bo‘ladi. Jinoyat takroran sodir etilgan taqdirda — uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki mahrum qilish. Jumladan, xizmat vakolatidan foydalangan holda yoki uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan xuddi shu harakatlar uchun — yanada uzoqroq muddatlarga ozodlikdan mahrum qilish nazarda tutilgan.

Professionallarga murojaat qiling

Telegram Ads boshqa zamonaviy reklama platformalari qatorida e’lonlarning uslubi, imlosi va tinish belgilariga nisbatan jiddiy talablarni qo‘ygan. Kampaniyaning maksimal darajada samaradorligiga erishish uchun ish mexanikasini ham tushunish darkor.

O‘zi tushunib olishiga umid qilgan odam katta ehtimol bilan shunchaki mablag’laridan ayrilishi turgan gap. Bozorda direktolog, kontekstolog kabi yangi kasblar bejizga paydo bo‘layotgani yo‘q. Telegram xuddi shunday amaliy yondashuvni talab qiladi, shu bois reklamani Telegram Ads rasmiy vakillariga ishonib topshirgan ma’qul.

Generation T: O‘zbekistonda Telegram Ads ilovasining ishidagi barcha to‘siqlar

Dono Mirzayeva, Social Active Tijorat departamenti rahbari:

Reklamani O‘zbekiston qonunchiligi doirasida Telegram Ads orqali yo‘lga qo‘yish — uzoq muddatli muvaffaqiyatga intiluvchi brendlar uchun strategik to‘g‘ri tanlov. Rasmiy kanallar ajoyib va hayratlanarli natijalarga erishish imkonini bergan holda, aniq targeting va auditoriya bilan shaffof o’zaro hamkorlik uchun noyob imkoniyatlarni taqdim etadi.

Telegram Ads keng ko‘lamdagi targeting opsiyalarini, jumladan maqsadli auditoriya va uning qiziqishlari, shuningdek geografik joylashuvini tanlash imkonini taklif qiladi. Kam tekshirilgan o‘xshash platformalardan farqli ravishda, bu yondashuv xatarlarni minimal darajaga yetkazib, brendning bozordagi ishtirokini imkon qadar kuchaytiradi.

Telegram allaqachon oddiy messenjer bo‘lishdan to‘xtagan. Bu dastlab Rossiya va MDHda, so‘ngra esa butun dunyoda keng ommalashuvga erishgan eng mashhur muloqot kanali. Telegram orqali joylangan reklama qisqa muddatda yuqori natijani olib kelishi mumkin.

Generation T: O‘zbekistonda Telegram Ads ilovasining ishidagi barcha to‘siqlar

Reklama kampaniyangiz yuqori unumdorlikka erishishi uchun Telegram Ads rasmiy va eksklyuziv vakillarining xizmatlaridan foydalanishni tavsiya qilamiz. Bu reklama mablag‘larining samaradorligini kafolatlab, brendga qiziqishni, yuqori konversiyani hamda, eng ahamiyatlisi, respublikaning barcha amaldagi qonunlariga rioya etilishini ta’minlaydi.