Skip to main content

Aktyor o‘zining sobiq sevgilisini ta’qib qilish va do‘pposlashda ayblandi

Marvel rahbariyati sud hukmi chiqarilganidan so‘ng Jonatan Meyjorsni ishdan bo‘shatishga qaror qildi, deb xabar bermoqda Deadline.

Aktyor o‘zining sobiq sevgilisini ta’qib qilishda va unga nisbatan uchinchi darajali bosqinchilikda aybdor deb topildi. Jonatan Meyjors sobiq qiziga bosqinchilik qilishda aybdor sifatida e’tirof etildi. Yakuniy hukm 2024-yil 6-fevralda e’lon qilinadi. Taxminlarga ko‘ra, aktyor bir yil muddatga qamoqqa olinishi mumkin.

Marvel studiyasi “Kang” Jonatan Meyjorsni ishdan bo‘shatdi

2023-yilda Jonatan “Chumoli odam”, “Loki”, “Krid 3” kabi kinotasmalarda bir qancha muvaffaqiyatli rollarni ijro etgan. Sub tortishuvlari boshlanganidan so‘ng Disney va Marvel uning kinoborliqdagi ishtirokini qisqartira boshlagan.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, studiya Meyjors bosh rolni ijro etishi kerak bo‘lgan “Qasoskorlar: Kang sulolasi” bo‘lajak filmi nomini “Qasoskorlar 5” nomiga o‘zgartirgan.