Skip to main content

Hilton Tashkent City mehmonxonasida Yangi yilni qarshi olish chinakam sehrli tunni va’da qilmoqda. Sizni bu o‘ziga xos lahzaga doir unutilmas xotiralarni hosil qilish uchun ertak va sehr muhitidan zavqlanishga taklif qilamiz.

Bu yil mehmonxonamizda quyidagi tadbirlar o‘tkaziladi:

Rojdestvo dasturxoni, bolalar uchun bayramlar, Yangi yil korporativ kechalari va albatta, Ballroom marosimlar zali, City 21 va Tumbler Bar restoranlarida Yangi yil Gala ziyofati.

Tumbler Bar’da Rojdestvo dasturxoni – 24-dekabr

Hilton Tashkent City mehmonxonasida Yangi yil bayramlariВ предпоследнее

Ketayotgan yilning so‘nggi yakshanbalaridan birida Hilton Tashkent City mehmonxonasida jonli musiqa hamda “a-kapella” xori hamrohligida Rojdestvo munosabati bilan oilaviy dasturxon yoziladi. Sizni qarshi oluvchi ichimlik, 6 xil taomdan iborat nozikta’b menyu, Yangi yil muhitida sovrinlar o‘yini kutadi. Kechaning asosiy mehmoni – Santa Klaus har bir odamga e’tibor ko‘rsatib, kattalar va bolalarga birdek sovg‘alar ulashadi.

Rojdestvo dasturxoni – bayramni quvonchli, oddiy va xonadondagidek shinam muhitda o‘tkazishni istaganlar uchun ajoyib yechim. Tadbir ham yosh bolalik mehmonlar, ham katta jamoalar uchun mos keladi. Yangi 2024-yilni Hilton Tashkent City mehmonxonasida o‘tkazing! Sizda o‘tkazilgan kechadan go‘zal taassurotlardan tashqari, esdalik uchun yorqin fotosuratlar ham qoladi.

Kechani o‘tkazish vaqti: 18:30 – 22:30

Bron qilish uchun telefonlar: +998 94 940 40 01/+998 71 210 88 88

Ballroom marosimlar zalida “Qor Malikasi” ertagi asosida Yangi yil Gala ziyofati – 31-dekabr

Hilton Tashkent City mehmonxonasida Yangi yil bayramlari

Sizni “Qor Malikasi” uslubidagi eng sehrli Yangi yil kechasiga taklif qilamiz! Sizni ertaknamo shukuh va ulkan quvonch bilan yo‘g‘rilgan unutilmas bayram kutmoqda.

Ushbu Yangi yil kechasida siz har bir mehmon g‘aroyib sarguzasht ishtirokchisiga aylanadigan ajoyib sarguzashtning bir qismiga aylanasiz. Sizni shiddatli tanlovlar, sovrinlar o‘yini, yorqin shou-dasturlar, balet namoyishi, “Qor Malikasi” teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishi kutmoqda. Kecha davomida Akjol & Sabina guruhi siz uchun kuylaydi, raqs maydonchasida esa DJ Nara o‘z mahoratini namoyon etadi. Qor bobo va Qor qiz eng kichik mehmonlarni zeriktirmaydi. Shuningdek, animatorlar va o‘yin maydonchalari mavjud maxsus bolalar hududi tashkil etiladi.

Bundan tashqari, oshpazlarimiz siz uchun yetti xil taomdan iborat Yangi yil noz-ne’matlari, jumladan turli gazaklar, salatlar, issiq taomlar va mazzali shirinliklarni tayyorlab beradi.

Biz bilan birgalikda sehr va quvonch olamidan zavqlanish imkoniyatini boy bermang! “Qor Malikasi” ziyofatimizga marhamat! Yangi yilni takrorlanmas quvonch va baxt muhitida nishonlang! Sizni uzoq yillar davomida iliq xotiralar uyg‘otadigan unutilmas bayram kutmoqda!

Bron qilish uchun telefonlar: +998 33 909 11 77/ +998 99 080 01 18

Sehrli kechaning boshlanish vaqti: 20:00

Narxlar:

1-qator – 5,5 mln so‘m bir kishi uchun, jumladan 7 xil taomlik menyu va salqinlantiruvchi ichimliklar

2-qator – 5 mln so‘m bir kishi uchun, jumladan 7 xil taomlik menyu va salqinlantiruvchi ichimliklar

3-qator – 4,5 mln so‘m bir kishi uchun, jumladan 7 xil taomlik menyu va salqinlantiruvchi ichimliklar

21-qavatdagi City 21’da ertak qahramonlari orasida Yangi yil kechasi – 31-dekabr

Hilton Tashkent City mehmonxonasida Yangi yil bayramlari

31-dekabr kuni siz Yangi 2024-yilni qarshi olishdek sehrli lahza bilan bog‘liq unutilmas taassurotlarni qoldiradigan ajoyib Yangi yil ertagi ishtirokchisiga aylanasiz. Kirishda sizni ertak qahramonlarimiz qarshi oladilar. Ular sizni tantanli muvofiq stolingiz yoniga kuzatib qo‘yadilar.

Kechki taom mavsumiy qishki mahsulotlar va an’anaviy Yangi yil retseptlaridan tayyorlangan yetti xil mazali taomdan iborat bo‘ladi. Siz nafaqat mazali taomlar, balki zavqli Yangi yil dasturidan ham to‘liq zavqlana olasiz.

Sizni raqs namoyishlari, Qor bobo va Qor qiz, Rishat va DJ Abu guruhi kutmoqda. Musiqiy chiqishlar, qiziqarli shou-dastur va interaktiv o‘yinlar sizga ko‘plab ijobiy hissiyotlar va quvonch bag‘ishlaydi.

Biz City 21 restoranida Yangi yilni kutib olish siz uchun quvonch va haqiqiy baxt bilan to‘lgan unutilmas voqeaga aylanishini kafolatlaymiz.

Sehrli kechaning boshlanish vaqti: 20:00

Narxi: 5 mln so‘m bir kishi uchun, jumladan 7 xil taomlik menyu va salqinlantiruvchi ichimliklar

Bron qilish uchun telefonlar: +998 33 909 11 77/ +998 99 080 01 18/+998 71 210 88 88

Tumbler Lounge & Bar’da Yangi yil kechasi

Yangi yil – hursandchilik, do‘stlar bilan uchrashuvlar va unutilmas kechalar vaqti. Bayramni Old school 90s uslubida nishonlashdan yaxshiroq fikr bo‘lishi mumkin-mi?

Bayram kechasi Tumbler Bar yorqin neon chiroqlar, o‘sha davr musiqasi hamda sizni o‘tmishga chorlaydigan dekoratsiyalar bilan haqiqiy 90-yillar kinoteatriga aylanadi.

Sizni bosh oshpazimizdan Yangi yilga bag‘ishlangan yetti xil taomlik mualliflik menyusi, ko‘ngilochar shou-dastur, Fun Trip kaver guruhining chiqishlari, Qor bobo va Qor qizning Yangi yil dasturi kutmoqda, bu orada shoumen Azamat Aliyev va DJ Tim Kari barchani raqsga chorlaydi.

Bu kecha har bir mehmon 90-yillar muhitiga sho‘ng‘ishi va Yangi yil kechasini Old school uslubida nishonlashi mumkin bo‘lgan unutilmas va quvonchga to‘la voqeaga aylanadi.

Narxi: 2,5 mln so‘m bir kishi uchun, jumladan 7 xil taomlik menyu va salqinlantiruvchi ichimliklar

Bron qilish uchun telefonlar: +998 33 909 11 77/ +998 99 080 01 18/+998 71 210 88 88

Shosh restoranida 24-dekabr va 7-yanvarda bolalar uchun Yangi yil bayramlari

Hilton Tashkent City mehmonxonasida Yangi yil bayramlari

Bolalar uchun mo‘ljallangan bayramlar dasturi animatorlar ishtirokidagi quvnoq interaktiv shou, kimyo va yangi yil sehri darslari, pazandalik mahorat-maktablari, face-art, Qor bobo va Qor qiz hamda bayramona diskotekadan tashkil topgan.

Bolalar uchun ham tamaddi yeguliklari tashkil etiladi hamda Qor bobodan kichik sovg‘alar taqdim etiladi.

Bayramlarni o‘tkazish vaqti: 14:00 – 17:00

Bron qilish uchun telefonlar: +998 99 080 01 18/ +998 33 909 11 77

Sizni Yangi yil arafasi bayramlarida mehmonxonamizga taklif qilamiz. Ishonchimiz komilki, xotirangizda tantanadan olingan yorqin taassurotlar qolishi bilan birga, qalbingiz quvonch va shukuh bilan hislari bilan to‘ladi.

Reklama huquqlari asosida.