Skip to main content

Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi 2025-yilda O‘zbekistondan Kanadaga doimiy aviaqatnovni ochishni rejalashtirgan.

Transport vazirligining xabar berishicha, Ar-Riyodda (Saudiya Arabistoni) bo‘lib o‘tgan ICAN 2023 xalqaro anjumanida Kanada va O‘zbekiston aviatsiya vakillari ikkala tomondagi aviakompaniyalar uchun “havo erkinligi”* bo‘yicha birinchi va ikkinchi darajani taqdim etishga doir kelishuvga erishdilar.

Uzbekistan Airways Kanadaga doimiy reyslarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda

Manba: mintrans.uz

Shuningdek, “havo erkinligi”ning uchinchi va to‘rtinchi darajasini qamrab oluvchi, ya’ni ikki mamlakat o‘rtasida doimiy aviaqatnovlarni amalga oshirish huquqini beruvchi aviaqatnov to‘g‘risidagi kelishuv loyihasini ishlab chiqish va imzolash jarayonini boshlash haqidagi bitim tuzildi.

Havo erkinligi” – havo makonida belgilangan yo‘nalish bo‘yicha yo‘lovchilar, yuklar va pochta tashilishini bildirib, havo makonida parvoz qilish belgilangan erkinlikni anglatadi. Parvoz uchun taqdim etilgan erkinlik ushbu parvoz huquqini belgilab beradi.