Skip to main content

Toshkentda joriy bahorda rahbarlar uchun mo‘ljallangan shu nomli dastur boshlandi. biz dasturning birinchi kursida bo‘lib, ishtirokchilardan ularning taassurotlari haqida so‘radik

O‘zbekistonda biznes boshqaruvi sohasida bilimlarni to‘plash va vakolatlarni shakllantirish jarayoni faol davom etmoqda. Tadbirkorlar, direktorlar va top-menejerlar kompaniyalarining samaradorligini oshirish hamda Ipak yo‘li hududida ochilayotgan yangi imkoniyatlardan foydalanish uchun o‘zlariga pul tikmoqda.

Samarali CEO

So‘nggi bir necha yil ichida mamlakatda turli, jumladan korporativ boshqaruv yoki direktorlar kengashi faoliyati bo‘yicha dasturlar paydo bo‘ldi. Bu mavzular ham davlat, ham xususiy kompaniyalarning rahbarlari tomonidan o‘zlashtirilmoqda.

2023-yilning bahorida Toshkentda aynan bosh direktorlar va o‘z biznesi egalari uchun mo‘ljallangan “Samarali CEO” yangi dasturi boshlandi. Uning tashkilotchilari sifatida Mustaqil direktorlar uyushmasi hamda O‘zbekistondagi birinchi tadbirkorlik oliy o‘quv yurti – TEAM University ishtirok etdi.

Samarali CEO

Birinchi start 25 nafar odamni to‘pladi. Ushbu kursda o‘qish uchun O‘zbekistondagi ishtirokchilardan tashqari, Tojikiston, Rossiya va Belorussiyadagi xususiy kompaniyalarning birinchi rahbarlari uchib keldi. Biz dasturning negizini nima tashkil qilishi va ishtirokchilar mashg‘ulotlarda nimalarni o‘rganganini bilish uchun tashkilotchilar va bitiruvchilar bilan suhbatlashdik.

Samarali CEO

Igor Rozanov, “Samarali CEO” dasturining akademik direktori

“Bir tomondan O‘zbekistonda xususiy biznes faol rivojlanmoqda. Boshqa tomondan, Markaziy Osiyo mintaqasida kuchli integratsiya jarayonlari kuzatilmoqda. Biz aksariyat kompaniyalar ma’lum darajaga yetib, hozir biznesni Ipak yo‘lining boshqa davlatlarida qanday rivojlantirish yoki yanada uzoqroqqa chiqish haqida o‘ylanayotganini sezdik. Biznesning yangi ko‘lami jiddiy tashkiliy o‘zgarishlarni nazarda tutadi hamda avvalo bosh direktorga nisbatan talablarni oshiradi.

Kursni o‘tkazish uchun biz Buyuk Britaniya, Isroil, BAA, Rossiyadan ekspertlarni Toshkentga taklif qildik. Ekspertlarning har biri bosh direktor sifatida biznesni boshqarishda sezilarli tajribaga ega. Kursning asosiy vazifalaridan biri – haqiqiy tajribadagi eng yaxshi misollar asosida bosh direktorning turli vaziyatlardagi roli, vazifalari va harakatlari haqida ishtirokchilar tushunchasini kengaytirishdan iborat”.

Samarali CEO

Mark Zingerman, First Development Group hammuassisi va bosh direktori (O‘zbekiston va Qozog‘iston), dastur bitiruvchisi

“Bugun chindan ham da’vatlar ko‘p. Raqobat o‘smoqda, bozorning rivojlanish tezligi oshmoqda. Hozir biz uchun asosiy vazifa – oilaviy-feodal shakldagi kompaniyadan aniq qoidalar, reglamentlar va tartib-taomillar kompaniyasiga ketish, yanada tizimli bo‘lishdir.

Mening doim amal qiladigan juda oddiy layfxakim bor: “O‘zing o‘qi va jamoangni o‘qit, jahon menejmenti tajribasini o‘rgan”. Shu sababdan ham bu dasturga keldim. Men uchun oldimizda turgan vazifalarni yechishning qanday usullari borligini bilish muhim edi va men to‘g‘ri yo‘ldan ketayotganimizga ishonch hosil qildim”.

Samarali CEO

Rano Adilova, Tashkent International Medical Center direktori (O‘zbekiston), dastur bitiruvchisi

“Aksariyatimiz – ko‘p yillik ish stajiga ega rahbarlarmiz, ammo hozir barqaror o‘sishga faqat o‘z tajribang chegarasidan tashqariga chiqish orqali erishish mumkin. Turli kompaniyalarning misollarini o‘rganish, muammolarga boshqa burchak ostida qarash, murakkab masalalarni ekspertlar bilan muhokama qilish zarur. Bularning barchasi ijobiy quvvat bag‘ishlab, yangi g‘oyalar paydo bo‘lishiga yordam beradi.

Harakatni qo‘llab-quvvatlash dula muhim. Yaxshilanishlar – uzluksiz jarayon. Rivojlanishda to‘xtash yuz bersa, stagnatsiya boshlanadi, so‘ngra biznes o‘ladi.

Xalqaro tajribaga ega odamlarni, turli davlatlardan kelgan biznes egalari va top-menejerlarni tinglar ekanman, bosh direktorning vazifalari kompaniya ustuvorliklari va rivojlanish bosqichiga, uning strategiyasi va korporativ madaniyatiga qattiq bog‘langanligini tushundim”.

Samarali CEO

Andrey Kolgomarov, tadbikor, “Sushi market” restoranlari tarmog‘i egasi (Rossiya), dastur bitiruvchisi

“Bugun bozor katta tezlikda o‘zgarmoqda. Hozirda tizimli raqamli transformatsiyaga ehtiyoj mavjud. Jamoalarni boshqarish sohasida yangi da’vatlar yuzaga kelmoqda. Shaxsan men, masalan, yangi texnologiyalarga moslashish hamda innovatsiyalar va barqarorlik o‘rtasida muvozanatni saqlash zaruratiga to‘qnash kelmoqdaman.

Bosh direktor uzoq muddatli istiqbolni ko‘ra bilishi, ustuvorliklarni farqlashi va xodimlarni umumiy maqsadlarga erishish jarayoniga jalb qilishi zarur. U bir qadam oldinga bo‘lishi – o‘zi faol rivojlanishi, ammo jamoaning fikrini inobatga olishi va o‘zgarishlarga moslashishi kerak.

Kursdagi eng muhim kashfiyotlardan biri strategik yechimlarni qabul qilish usullari va samarali ish taqsimoti tamoyillarini o‘rganishdan iborat bo‘ldi. Bu boshqaruv jarayonlarini yaxshilash va jamoa samaradorligini oshirish uchun haqiqatda zarur bo‘lgan narsa”.

Samarali CEO

Bekzod Samikjonov, Safia qahvaxonalari tarmog‘i hammuassisi (O‘zbekiston), dastur bitiruvchisi

“Bosh direktor oldida har qanday vaziyatda jiddiy da’vatlar turadi. Bular ko‘p vazifalilik, vakolatlarni taqsimlash zarurati va taym-menejmentni to‘g‘ri tashkil qilish. Shaxsan men vaqt yetishmasligi, ishni yaxshiroq tizimlashtirish zaruratiga to‘qnash kelaman. Bu vazifalarsiz kompaniyani yanada yuqori va sifatli darajaga olib chiqish mumkin emas.

Rejalashtirish, bu – kalit. Maqsadi kelajakdagi voqealar va muammolarni oldindan ko‘ra bilish bo‘lgan uchrashuvlarni belgilash va o‘tkazish zarur. Bunda top-menejmentga quloq tutish, ular qanday tahdidlar va yechimlar ehtimolini ko‘rayotganini so‘rash kerak.

Shuningdek, jamoa bilan barcha uchrashuvlarni bayonnomaga tushirish o‘ta muhim. Albatta hujjatlashtirish, muddatlar, mas’ul shaxslarni, shuningdek har qanday majlis davomida muhokama qilingan vazifalarning muddatlarini ko‘rsatish zarur. Bu ishning samaradorligini hamda vaqt tejalishini oshiradi.

Yana men bosh direktorlarning turli arxetiplari mavjudligi haqida bilib oldim: ularning har biri o‘z vazifasiga ega va kompaniya rivojlanishining turli bosqichlarida u yoki bu arxetipni ishga tushirish kerak. Kurs menga CEO qanday sifatlarga ega bo‘lishi, oldiga qanday vazifalarni belgilashi, strategik va taktik qarorlarga qancha vaqt sarflashi kerakligi yuzasidan yanada kengroq tasavvurlarni berdi. Zero, bosh direktorning vazifasi – kompaniyani kelajak tomon muvaffaqiyatli olib borishdan iborat. Bularning bariga ajoyib odamlar – kurs ekspertlari, turli kompaniyalarning direktorlari va muassislari bilan muloqot imkon yaratdi. Biz o‘z hikoyalarimiz va tajribamiz bilan o‘rtoqlashdik”.

Samarali CEO

Xikmat Abduraxmanov, TEAM University hammuassisi, dastur hamtashkilotchisi

“O‘zbekistonda professional top-menejerlarning birinchi avlodi yuzaga kelmoqda. Bizning vazifamiz ularni o‘zaro tanishtirish, tajriba almashish uchun maydon yaratishdan iborat. Biz korporativ madaniyatni, shuningdek mulkdorlar va boshqaruvchilar o‘rtasidagi munosabatlar madaniyatini yangi darajaga olib chiqadigan o‘sib boruvchi CEO hamjamiyatini ko‘rishni istardik.

Avvallari raqobat sezilmasdi va faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun biron-bir ko‘pincha bozorga aloqador bo‘lmagan omillardan iborat ko‘mak bo‘lishining o‘zi yetarli edi. Hozirda raqobat nimanidir raqobatchilarnikidan yaxshiroq qilishga undamoqda. Eng asosiysi esa – bu o‘z javonida raqobatchilarida bo‘lmagan vositalar to‘plamiga ega bo‘lgan tajribali CEO. Biz ham ta’lim dasturi doirasida aynan shuni bajarishga urinyapmiz: hozircha boshqalarda bo‘lmagan vositani berishga”.

Samarali CEO