Skip to main content

Apple 2024-yilda shovqin bartaraf etilgan AirPods 4 moslamasini yangi dizaynda taqdim etadi.

Bloomberg xabariga ko‘ra, Apple 2024-yilda to‘rtinchi avlod AirPods moslamasini ikki versiyada taqdim etadi: quloqchinlar yangi dizaynga ega bo‘ladi (AirPods 3 va AirPods Pro o‘rtasida) hamda quloqqa o‘rnashishi yaxshilanadi. Hozircha ambushyurlar bo‘lish yoki bo‘lmasligi noma’lum.

Apple: AirPods 4 ikkita versiyada taqdim etiladi

Apple Air Pod Pro quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi:

Birinchi arzon versiya AirPods 2 va 3 o‘rnini bosadi. Ikkinchi, nisbatan qimmatroq versiyada esa, shovqinni bartaraf etish texnologiyasi bo‘ladi. Shu sababli, foydalanuvchilarda shovqin bostirilishiga ega bo‘lish uchun ortiqcha pul to‘lash zarurati yuzaga kelmaydi.

Quloqchinlarning ikkala versiyasiga USB-C va Lokatordan ovozli xabarlar uchun dinamikka ega quvvatlash keysi taqdim etiladi.

Taxminlarga ko‘ra, to‘rtinchi avlod AirPods moslamasi sentabr oyida yangi iPhone bilan birga e’lon qilinadi. Ehtimol yangilangan quloqchinlar qatorida yangi ranglar paydo bo‘lishi mumkin.