Skip to main content

G‘alati va foydasiz ko‘rinadigan, ammo tengsiz aksessuarga aylanishi mumkin bo‘lgan sakkizta yangi gadjet

Bozor o‘syapti, u bilan birga smart-tizimlar xilma-xil predmetlarni o‘z ichiga qamrab olmoqda, vaholanki ularning ba’zilari elektronikaga mutlaqo aloqador emas. Bir g‘oyaga talab kamayib, unutilsa, boshqalariga ertagayoq kundalik hayotning yangi ajralmas qismiga aylanishi mumkin.

Aqlli kamar

So‘nggi  o‘n besh yil mobaynida smartfon, aqlli kolonkalar, fitnes-trekerlar va boshqa ko‘plab qurilmalar kundalik hayotdagi odatiy va yaxshi tanish bo‘lgan tomoniga aylandi. Smart-tizimlar hozirgi kunda ham kundalik hayotimizda zarur bo‘lgan predmetlarga joriy etilib, ularni avvalboshda o‘ylanganidan ham aqlliroq qilish orqali barchani qoldirishdan charchamayapti.

Tez orada meynstrimga aylanadigan sakkizta startap

Masalan, aytaylik, kengaytirilgan funksiyalarga ega to‘qali Belty aqlli kamarlari. Bu qurilmalarning birinchi avlodida foydalanuvchi tanasiga o‘tkaziladigan bosimni hisobga olgan holda o‘tkazish zichligini sozlash imkoni mavjud edi. Shunga qaramay, “o‘z-o‘zidan tortiluvchi” kamar g‘oyasi tijoriy muvaffaqiyatga erishmadi (umumiy ko‘rinishi, beso‘naqay tuzilishi, va ishlab chiqarish bilan muammolar sabab).

Shu sababli qurilamning ikkinchi avlodida kompaniya to‘qaga o‘rnatilgan bejirim shaklga ega akkumulyator bilan cheklandi. Albatta, 2000 mA/soatga sig‘imli baatreya qandaydir zamonaviy smartfonni to‘liq quvvatlantirishga yetmaydi, biroq eng noqulay vaziyatda “telefonsiz” qolmaslik uchun yetarlidir. Mana shunday ko‘zga tashlanmaydigan poverbank shundoqqina belbog‘ingizda osig‘liq.

Smart-vilka

Aqlli idishga nima deysiz? Aslida ovqatlanish tartibini ilg‘or monitoring qilish g‘oyasi sira yangilik emas. Oshxona buyumlari foydlamnishga qulay va xilma-xil elektronikaga joylashtirish uchun yaroqli bo‘lgan ancha keng korpuslarga ega. Hoynahoy, taom tanovul qilish tezligini nazorat qilish uchun yaratilgan smart-vilka – HapiFork bu yo‘nalishning yorqin namoyandasiga aylandi. Qurilma undan foydalanuvchi ovqatni tez yeya boshlagan vaqtni aniqlab, qisqa vibrosignal uzatardi va ko‘p ovqat yeb qo‘yishning oldi olgan va ovqatni kam-kamdan yeyish sifatini yaxshilagan.

Tez orada meynstrimga aylanadigan sakkizta startap

Omilkor g‘oyaga qaramay, HapiFork birinchi navbatda sinxronlashning noqulayligi va Bluetooth-ulanishning barqarorligi bilan bog‘liq muammolari tufayli reytingi past mahsulotlar ro‘yxatida qolishga mahkum bo‘ldi. Bugungi kunda “oshxona gadjetlari” sanoati ko‘pchilik yirik ishlab chiqaruvchilar uchun ilgarigidek “terra-incognita” (noma’lum, o‘rganilmagan soha) ligicha qolmoqda. Shunga qaramay, yangi, unumli va quvvat samaradorligiga ega smart-tizimlar tufayli bu holat yaqin fursatlarda  o‘zgarishi va ovqatlanishimizni diqqat bilan kuzatib boradigan pichoq va vilkalarda ko‘p sonli sensorlarni ishlab chiqilishi mumkin.

Devaysli toj

Hatto yuzaki bozor tahlili ham shuni ko‘rsatmoqdaki, aksariyat smart-tizimlar salomatlik ko‘rsatkichlarini monitoring qilishga mo‘ljallanganligicha qolmoqda. Yengil o‘rnatiladigan va samarali datchiklar organizmning asosiy ko ‘rsatkichlarini nazorat qilib boradi (masalan, yurak ritmi chastotasi yoki bir kunda yurilgan qadamlar), so‘ngra to‘plangan ma’lumotlarni ulangan Bluetooth-smartfon bilan almashadi.

Tez orada meynstrimga aylanadigan sakkizta startap

Qoidaga binoan, bunday ishlash tamoyili smart-soat va fitness-bilaguzuklarga xos, ba’zan istisno holatlar ham uchrab turadi, masalan, kundalik faoliyatga diqqatning qaratilganligini kuzatish imkonini beruvchi Mendi qurilmasi. Tojga shaklidagi ushbu devays foydalanuvchining peshonasiga o‘rnatiladi va yuqori nuqtali datchiklar yordamida bosh miya prefrontal po‘stlog‘ida qon aylanishi haqida axborot to‘playdi. Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, uzoq muddatli istiqbolda Mendi jadallikni oshirish, xususan, o‘z mahsuldorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan holda e’tiborni jalb qilishga qodir.

Shuni tushunib olish muhimki, qurilmada foydalanuvchi organizmiga hech qanday qarshi ta’sir ko‘rsatmaydi, shunchaki axborotlarni jamlaydi va ularni yaqqol ko ‘rsatib beradi, ishga layoqat va mahsuldorlikning yaxshilanishini aks ettiruvchi natijaga esa Mendi ning yordamisiz ham zaruriy motivatsiya va sabot orqali erishish mumkin.

Monitoribg kapsulasi

Qorin bo‘shlig‘ining pastki qismiga mahkamlanadiganva nafas olish chastotasi va yurak ritmini monitoring qilishga mo‘ljallangan “ko‘chmas nafas tizimi” deb nomlanuvchi Oxa Life kapsulasi o‘zining yuqori omilkorligi bilan maqtana oladi. Ushbu ma’lumotlar uyqu sifatini yaxshilash, stressni kamaytirish va yurak ritmini me’yorlashtirishga qaratilgan noyob nafas olish trenirovkalarida qo‘llaniladi.

Tez orada meynstrimga aylanadigan sakkizta startap

Klassik fitness-treker yoki aqlli soatlar bilan taqqoslaganda, Oxa Life hisoblangan ko‘rsatkichlarni smartfonga amalda uzilishlarsiz yuboradi, buning ustiga uning o‘zi trenirovka dasturlari va meditatsiyaning samaradorligini oshiradi. Shunisi e’tiborga loyiqki, qurilmani faqat komplekt bilan jihozlangan maxsus kiyimga to‘g‘ri o‘rnatish mumkin: buyurtmani rasmiylashtirayotganda xaridorlarga sport siynabandi, futbolka yoki minimalistik belbog‘lardan birini tanlash taklif etiladi.

Hamroh robot

Uyquni intellektual nazorat qilish uchun yaratilgan robot-hamroh Somnox 2 yanada “tinchlantiruvchi amplua” ga ega.qurilma uyqu yoki meditatsiya vaqtida bemalol quchoqlash imkoniga ega katta tuxum shakliga ega. Foydalanuvchi tanasiga yaqinroq joylashgan holda, Somnox 2 uning nafas olishini nazorat qiladi va vibratsiya va tinchlantiruvchi tovushlar yordamida uxlash va uyg‘onishga yordam beradi, shu bilan birga yarim tunda uyg‘onib ketish holatlarini kamaytiradi. Shuningdek, robot uyqu jarayonining takrorlanmas namunalarini ishlab chiqqan holda, foydalanuvchining individual odatlariga moslashish imkoniga ham ega. Vanihoyat qurilma korpusi xotira effektiga ega yumshoq ko‘pikdan iborat, shuning uchun Somnox 2 uyqu mobaynida har qanday holat uchun mos keladi.

Tez orada meynstrimga aylanadigan sakkizta startap

Shaxsiy konditsioner

Smart-tizimlar hatto iqlim jihozlariga qadar yetib bordi. Bu jihatdan bo‘yinga taqiladigan personal va mutlaqo avtonom sovutkich qurilma iSwift Metaura Pro ancha qiziqarli. Qurilma havoni qulay haroratga moslab sovutib yoki isitib beradigan bir qancha termoelektrik o‘zgartirgichlarga ega, quvvatli turboventilyator esa kiruvchi havo oqimini bir nechta yo‘nalishlarga bir tekisda taqsimlab beradi.

Tez orada meynstrimga aylanadigan sakkizta startap

Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, iSwift Metaura Pro atrof-muhit haroratiga avtomatik ravishda moslasha oladi va shu bilan bir qatorda foydalanuvchi yon-atrofidagi maksimal qulay iqlimni ta’minlab beradi. Qurilma bir marta quvvatlanganida havo aylantirib turishi rejimida sakkiz soatgacha, iqlimni bir xilda saqlash va qizdirish rejimida esa sakkiz yarim soatgacha ishlashi mumkin.

Nafas olish uchun niqob

Agar siz nafas olayotgan havoning sifatidan tashvishlanayotgan bo‘lsangiz, odatiy niqoblar ishonchni qolamayotgan bo‘lsa, Dyson kompaniyasi muqobil variant taklif etishga tayyor – havo tozalagichlar o‘rnatilgan quloqchinlar.Durustgina shovqin chiqaruvchi Dyson Zone allaqachon quloq sohasidagi havoni so‘rib olib, uni foydalanuvchining nafas olish a’zolariga bevosita uzatuvchi  filtrlar va mikrokompressorlarning maxsus tizimidan foydalanmoqda. Albatta, yechiladigan himoya niqobi unchalik jozibali ko‘rinmaydi, biroq, ishlab chiqaruvchilarning ma’lum qilishlaricha, bunday tizim sog‘lik uchun zararli bo‘lgan gaz va zarrachalarni filtrlash xususiyatiga egaTez orada meynstrimga aylanadigan sakkizta startap

Dyson Zone’ning birinchi avlodi ancha qo‘pol va beso‘naqay ishlangan edi, biroq yaqin kelajakda bunday gibrid qurilmalar sezilarli darajada ixchamlashtirilishi, foydalanishga oson va qulayroq holatga keltirilishi mumkin. Birinchi navbatda bu aynan Dyson Zone’ga yetishmaydigan modullashganlik sifati hisobiga amalga oshirilishi mumkin: yechiladigan niqobga qaramasdan – “quloqlar” ichida joylashgan og‘ir filtrlar va motorlar yechilmaydigan qilib ishlangan va butun quloqchinlarni besh yuz grammdan ko‘proqqa og‘irlashtiradi.

Shaxsiy tovush izolyatsiyasi

Ba’zi niqoblar o‘pkani himoya qilsa, boshqalari bizning shaxsiy maydonimizni himoya qilishga harakat qiladi. Ushbu g‘oya nishonalari ostida – eng noqulay joylarda ham qo‘ng‘iroqlarni amalga oshiradigan va ovozni yozib olish imkoniyatiga ega bo‘lgan qurilma loyihasi bo‘lmish Hushme dunyo yuzini ko‘rdi. Niqobning tovush yutuvchi “qovurg‘alari” nafaqat shaxsiy ma’lumotning maxfiyligini saqlaydi, balki tashqaridan yot ovozlarni ham suhbatga aralashishiga yo‘l qo‘ymaydi, ham bir vaqtning o‘zida o‘rnatilgan mikrofon sifatida ovozni sifatli va tabiiy yetkazishni ta’minlaydi.

Восемь стартапов, которые вскоре могут стать мейнстримом

Kompaniya qurilmalarining yaqinda ommaga namoyish qilingan ikkinchi avlodi bo‘lmish Hushme Air, tovush izolyatsiyasining ilg‘or tizimidan tashqari, qurilmaning klassik versiyasining funksionalligini yanada kengaytirgan holda, zararli modda va changlardan himoyalovchi havo filtri bilan jihozlangan.

Текст: