Skip to main content

Las-Vegasdagi Xalqaro iste’mol elektronikasi ko‘rgazmasining eng qiziqarli yangiliklari

CES-2024 kun tartibidan odatda turli yo‘nalishdagi elektronikaning takomillashtirilgan avvalgi avlodlari joy oladi. Joriy yilda – neyrotarmoqlar va sun’iy ong ulushi bilan qaysidir texno-yangilanishlar o‘tmishda ko‘zga chalingan bo‘lsa-da, CES doirasida ular mukammal shakl va ommaviy iste’molga yaroqli darajaga erishadi.


AQLLI UY

Uy texnikasi sohasidagi yangiliklardan joriy yilda Samsung va LG kompaniyalarining shaffof televizorlari yorqin ajralib turdi. Bunday g‘oyalar bozorda kamida to‘rt yil muqaddam paydo bo‘lganiga qaramay, uy elektronikasi bo‘yicha Janubiy Koreya gigantlari o‘zlarining bir-biridan yaxshigina farq qiluvchi texnologiyalarini taqdim etdi.

LG Signature T shaffof televizori

LG kompaniyasining Signature T nomli versiyasi – OLED-ekran, shaffof displeyni oddiy televizorga aylantirish uchun tushirish mumkin bo‘lgan shaffof bo‘lmagan plyonkali shtativ hamda mebel garniturasidan iborat jamlanma. To‘liq kompozitsiyada shaffof televizorlar uchun maqbullashtirilgan WEBOS firma qoplamasi shaffoflik rejimi yordamida ayrim vaziyatlarda hattoki frontal tasvirni fondan aniq ajratgan holda hajmli suratni shakllantirish hamda to‘liq chuqurlik hissini taqdim etish imkoniga ega.

Shaffoflikka yo‘nalish

Samsung Trasparent MicroLed shaffof televizori

O‘z navbatida, Samsung kompaniyasi MicroLED foydasiga an’anaviy shaffof OLED ekranlarini qo‘llashdan chetlashib, bu qarorni tasvir yorqinligi va aniqligi darajasining yanada balandligi bilan izohlamoqda. Xususan, shaffof televizorlar doim shu masalada aziyat chekkan. Biroq, raqiblaridan farqli ravishda, Transparent MicroLED displeyi romga ega emas, uning qalinligi esa taxminan 1 sm.

Shaffoflikka yo‘nalish

The Premier 8K proyektori

Samsung shaffof televizordan tashqari yana bir ko‘zirga ega – maksimal 120’ diagonalli The Premier ultraqisqafokusli 8K proyektori. Proyekt yuqori yechimidan tashqari, simsiz adapteri mavjudligi bilan ajralib turadi: unga atrofidagi maydonni ortiqcha simlar bilan egallamagan holda videosignal manbaini ulash mumkin.

Shaffoflikka yo‘nalish

Samsung Ballie elektron tarbiyalanuvchi

Biroq Samsung shu bilan to‘xtab qolmadi va o‘zining Ballie “elektron tarbiyalashuvchisini” qayta o‘ylab chiqdi. Aqlli uy uchun mo‘ljallangan assistentli statsionar kolonkalardan farqli o‘laroq, bu robot xo‘jayini ortidan borishi, o‘rnatilgan proyektor orqali tasvirlar, video va hattoki qo‘ng‘iroqlarni istalgan yuzada aks etirishi, bunda kuzatuvchining tana va boshi holatiga e’tibor berishi mumkin.

Shaffoflikka yo‘nalish


AQLLI SHAHAR

Aqlli uydan aqlli shaharga o‘tish mumkin. CES-2024 tadbirida bir nechta avtomobil brendlari avtomobil boshqaruvi tizimida sun’iy ongdan foydalanishga doir texnologik ishlanmalari va tasavvurlarini namoyish etdilar. Xususan, Mercedes-Benz sun’iy ong joriy etilgan MB OS multimediyali tizimini taqdim etdi; u Unity dvijogi asosida ishlangan bo‘lib, foydalanuvchining kayfiyatini tushuna oladigan ovozli yordamchiga ega.

Hyundai Mobion

Hyundai esa avtomobil harakatlanishining g‘ayrioddiy usulini namoyish etdi: 90 darajaga buriladigan g‘ildiraklar tufayli Hyundai Mobion doimiy rulni burish zaruratisiz yonlamasiga harakatlanish qobiliyatiga ega. Ushbu texnologiya bilan parallel to‘xtatish qo‘rquvi butkul yo‘qoladi. Shu o‘rinda, texnologiya kompaniya muxandislarini ilhomlantirgan mavjudot singari “qisqichbaqacha yurish” deb nomlanadi.

Shaffoflikka yo‘nalish

Honda va Sony’dan geymerlar uchun avtomobil

Yaponiyaliklar har doimgidek vaqt bilan hamnafas harakat qilmoqda. Sony va Honda haqiqatdan noyob mahsulotni yaratgan: ular avtomobilga shunchaki monitorni o‘rnatibgina qolmay, uni sun’iy ongga asoslangan avtopilot va Microsoft yordamchisiga ega Playstation’ga aylantirgan. Ushbu “aralashma”ning nomi Sony Afeela. Unda bevosita avto ichida Gran Turismo 7 kabi sevimli o‘yinlarni yoqish imkonini beradigan immersiv ko‘ngilochar muhit mavjud yoki, aksincha, Sony DualSense nazorat moslamasi yordamida avtomobilni masofadan turib boshqarish mumkin.

Shaffoflikka yo‘nalish

AeroHT uchar avtomobillari

Xitoyning AeroHT mutaxassislari ham ortda qolayotgani yo‘q. Ular ikkita o‘ziga xos mahsulotni namoyish etdilar: vertikal ko‘tarilishi va qo‘nish uchun oldinga chiqadigan parraklarga ega bo‘lgan eVTOL elektromobil va vertolyot gibridi hamda to‘liq privodli olti g‘ildirakli avtomobilda ikki kishilik havo moduli yashirilgan Land Aircraft Carrier modulli varianti. Istiqbolda hamda tegishli xavfsizlik darajasi bilan ushbu modul tabiatga sayohatlar uchun ajoyib variantga aylanadi.

Shaffoflikka yo‘nalish


SHAXSIY DEVAYSLAR

Biroq shaxsiy devayslar yanada kattaroq qiziqish uyg‘otmoqda: g‘ayrioddiy dizaynli egiluvchan ekranlarni shuncha miqdorda faqat CES-2024 kabi ko‘rgazmalarda uchratish mumkin.

Asus ZenBook Duo

CES doirasida kreativ noutbuklar sohasida raqobatlashuvchi Asus va Lenovo kompaniyalari yaqqol ajralib turdi. Birinchi kompaniya ikkitalik ekranga ega ZenBook Duo noutbuklarining yangi avlodini taqdim etdi: endi noutbuk yangilanish takroriyligi 120 Gts va Asus Pen 2.0 stilusi quvvatlanuvchi ikkita bir xil 14 dyuymli 3K sensor ekrandan iborat. Bunda ajratiladigan va simsiz tachpadli klaviatura ekranlar bilan ishlashning bir nechta rejimini quvvatlaydi. Mashinaning umumiy vazni klaviatura bilan birga atigi 1,35 kg.

Shaffoflikka yo‘nalish

Asus AirVision M1 aqlli ko‘zoynagi

Noutbuklardan tashqari, Asus tasvirlarni type-C orqali simli uzatish imkoniyatiga ega AirVision M1 smart-ko‘zoynagini ham taqdim etdi. Ularning yordamida ish joyini qo‘shimcha monitorlar bilan to‘ldirmasdan, bir nechta virtual ish stollarini yaratish hamda bir vaqtning o‘zida bir nechat vazifani bajarish mumkin.

Shaffoflikka yo‘nalish

Rabbit R1 sun’iy ongli yordamchi

Mohiyatiga ko‘ra bu devays aniq foydalanuvchiga moslashadigan o‘zi o‘rganuvchi neyrotarmoq yordamida oddiy smartfon g‘oyasidan chetlashishga urinish hisoblanadi. Hozirda “quyoncha” axborotni izlash, musiqani boshqarish va boshqa tillarga (jumladan, ruschaga) tarjima qilish qobiliyatiga ega, kelajakda esa u ovozli buyruqlarni qayta ishlashi hamda smartfondagi ilovalarni boshqarishi mumkin: mehmonxonlarga bron qo‘yish, chiptalar sotib olish, qo‘ng‘iroq qilish va boshqalar. Qurilmaning o‘zi ixcham korpusga joylangan bo‘lib, 2,88 dyuymli sensorli ekranga va atigi ikkita jismoniy manipulyatorga ega: ovozli buyruqlarni terish tugmasi va operatsion tizim bo‘yicha navigatsiya uchun aylantirish g‘ildiragi.

Shaffoflikka yo‘nalish

Infinix simsiz quvvatlagichi

Infinix brendi mobil sanoatda haqiqiy inqilobni amalga oshirishga qaratilgan texnologiyalarga doir konsepsiyalarni ko‘rsatdi. Birinchisi, AirCharge – 60 daraja burchak ostida 20 santimetrgacha masofaga simsiz quvvatlagich. Yangi usul ish makonini tashkil qilishning muqobil imkoniyatlarini ochib, qurilmalarni hattoki o‘yin jarayonida yoki video ko‘rish vaqtida quvvatlantirish imkonini beradi.

Ikkinchi devays – Extreme-Temp batareyasi favqulodda sovuq sharoitda qurilmalar ishdan chiqishi muammosini hal qiladi. Buning uchun biomimetik elektrolit va elektrodlarda qattiq holatni birlashtirish texnologiyasi qo‘llanilgan bo‘lib, bu batareyaning hattoki -40°C gacha bo‘lgan haroratlarda ishlashini ta’minlab beradi


GEYMING

Bu orada, geymerlar ham e’tibordan chetda qolmadi: yangiliklar orasida ham mobil yechimlar, ham uyda foydalaniladigan qurilmalar ajralib turdi.

Asus Rog 8 Pro Edition o‘yin smartfoni

Asus kompaniyasining 8-avlod o‘yin smartfonlari nihoyat telefotoob’ektivli hamda IP-68 standarti bo‘yicha namlik va changdan himoyalangan 50 MP asosiy kamera bilan jihozlandi. Eng yuqori konfiguratsiyada iste’molchini LPDDR5x standartiga mansub mislsiz 24 GB operativ xotira va UFS 4.0 standartidagi 1 TB omborxona kutmoqda. Eng qaynoq janglar uchun esa tizim haroratini 26 darajagacha pasaytirib beradigan tashqi kulerni ulash mumkin.

Shaffoflikka yo‘nalish

MSI Claw portativ konsoli

MSI kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan “Tirnoq” Steam Deck negizida yaratilgan portativ raqobatchilaridan AMD emas, balki Intel negizidagi o‘yin protsessori hamda ARC grafikasi va Intel Ultra seriyasidagi neyronli tezlashtirgich bilan farq qiladi. Qolgan holatda bu 7 dyuymli 120 Gts OLED ekran va ikkita kulerli sovutish tizimiga ega ajoyib portativ konsol.

Shaffoflikka yo‘nalish

Nvidia RTX uchun Super modifikatsiyasi

Nvidia kompaniyasi shaxsiy kompyuter ishqibozlari uchun Super indeksi ostida 4-avlod RTX videokartalari qatorini e’lon qildi. Ular ko‘p sonli CUDA grafik yadrolari va takt chastotasiga ega bo‘lib, bu eng zamonaviy taytllardagi kadrlar ketma-ketligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, RTX 4080 Super videokartasi esa umumiy unumdorligi bo‘yicha o‘tgan yilgi RTX 3090 flagmaniga taqqoslanishi mumkin.

Shaffoflikka yo‘nalish

Текст: