Skip to main content

Pulingiz va vaqtingizni tejovchi 6ta trenddagi mobil ishlanma

Mobil ilovalar yaratuvchi kompaniyalar hech bo‘lmaganda kelgusi yil uchun dolzarb bo‘luvchi texnologiyalar va jarayonlarni bilishi muhimdir. Sizga sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish va byudjetni behuda sarf qilmaslikka nima yordam berishini aytamiz.

Platformalararo ishlanma

Global retsessiyani hisobga olsak, barcha kompaniyalar, albatta, pulni tejashga harakat qilishadi. Agar korxona mahsulotni arzonlashtira olsa, nima uchun biznesga ko‘p pul sarflashi kerak? Platformalararo ishlanma aynan shunday usulga kiradi. Bu nafaqat xarajatlarni kamaytiradi, balki bir qator qo‘shimcha imtiyozlarni ham beradi:

  • kommunikatsiyadagi “yo‘qotishlar”ni qisqartiradi – bitta ishlab chiqish guruhiga vazifani tushuntirish uchtasiga tushuntirishdan ko‘ra osonroq;
  • QA-mutaxassislarining yuklamasini qisqartiradi – turli plarformalar uchun uchta tekshiruvni olib borishdan ko‘ra bitta ilova sinovini tashkillashtirish osonroq va tezroq.

Bularning barchasi ishlanmalar sonini kamaytiradi va qo‘shimcha xarajatlarni o‘rtacha 30-50% ga qisqartiradi.

Agar mashxur freym-vorklar haqida gapiradigan bo‘lsak, ularga Kotlin Multiplatform, Flutter va React Native kiradi. Ularning yordamida Airbnb, Instagram, Facebook ilovalari va ayrim Google Ads xizmatlari ishlab chiqilgan. Hatto global korporatsiyalar ham platformalararo ishlanma texnologiyalaridan foydalanar ekan, demak, bu aniq trend.

Ortiqcha to‘lovga ne hojat

Facebook va Google kabi yirik kompaniyalar oʻz ilovalarini ishlab chiqishda vaqt va pulni tejash uchun React Native va Flutter freymvorklaridan foydalanadilar

Progressiv veb-ilovalar

Progressive Web Apps (PWA) – bu veb-saytni vizual va funksional ravishda mobil ilovaga aylantiradigan texnologiya. Bu ham bundan oldingi trend singari, pul va vaqtni sezilarli darajada tejashga yordam beradi. Bundan tashqari, PWA mobil foydalanuvchi konversiyasini o‘rtacha 36% ga oshiradi va qo‘shimcha daromad keltiradi.

Bu dasturni yozish uchun alohida mutaxassis talab etilmaydi. Mobil qurilmalarga o‘rnatiluvchi mahsulotni to‘g‘ri “o‘raydigan” fronted-ishlab chiquvchisi orqali amalga oshirish mumkin.

Mahsulot sinovlari sonini ko‘paytirish

Ushbu trend – ishlab chiqish jarayonlarini rivojlantirishning muhim qismi. Texnologiyalarning rivojlanishi mahsulotlar yaratilish tezligini va yangilanishlar chiqarilishi tezligini oshiradi. Agar ilgari mutaxassislar ilovalarni mexanik tarzda amalga oshirishgan bo‘lishsa, endilikda tekshiruvlar uchun kamroq vaqt sarflanishi va yaxshi natijalar berishi uchun jarayonlarni avtomatlashtirishmoqda.

Ortiqcha to‘lovga ne hojat

Shunday qilib, sinov trendlari yanada ilg‘or avtomatlashtirish vositalarini yaratish va ularni mahsulot yaratishning barcha bosqichlariga integratsiya qilish bilan bog‘liq. Ammo bu hammasi emas: topilgan xatolarni aniqlash va yo‘q qilish tezligi QA rivojlanishida katta rol o‘ynaydi. Bu yerda ko‘p narsa nafaqat texnik vositalarning rivojlanishiga, balki odamlar xulq-atvor namunalarini tushunishga ham bog‘liq.

Foydalanuvchining muammolar haqida sizga xabar berishini osonlashtirish muhim — bu Google Play yoki AppStore-da salbiy sharh qoldirgandan ko‘ra osonroq.

Xulq-atvor namunalariga asoslangan yechimlardan birini vc.ru veb-saytining mobil ilovasida topish mumkin. Ko‘p odamlar smartfoni qota boshlasa va buyruqlarga yomon javob bersa, uni silkitishni boshlaydi. Ishlab chiquvchilar bu harakatni amalga oshirishdi va unga bildirishnomani “o‘rnatishdi”: endi siz VC ilovasini ochsangiz va smartfoningizni silkitsangiz, ekranda xato haqida xabar berishingizni so‘rovchi oyna paydo bo‘ladi.

Sun’iy intellekt

Barcha tinmay muhokama qilayotgan va endi-endi hayotimizga kirib kelayotgan yangilik. Sun’iy intellekt olamining ta’sir etish darajasini elektr bilan taqqoslash mumkin. U har qanday elektron qurilmada paydo bo‘lishi kutilmoqda, u  ma’lumot to‘playdi, tahlil qiladi, sharhlaydi va foydalanuvchi tajribasini rivojlantirish bo‘yicha xulosalar chiqaradi.

Sun’iy intellektning ta’sirini kuzatish imkoni allaqachon mavjud. Masalan, bizga tegishli reklamalarni ko‘rsatadigan yoki filmlar, musiqalar va xaridlarni tavsiya qiladigan “aqlli” algoritmlarga ega tizimlarda. Bu tendentsiyalar kelajakda yanada kuchayishi mumkin. SI progressiv tahlil, foydalanuvchi harakati ketma-ketligini modellashtirish va shu kabi ko‘pgina funksiyalarni o‘z zimmasiga oladi.

Ortiqcha to‘lovga ne hojat

Agar biz SIni korporativ ilovalar uchun vosita deb hisoblasak, u kamida ikkita jarayonda yordam berishi mumkin:

  • barcha korporativ chatlar bo‘yicha ma’lumotni oxirigacha izlash;
  • operatsion faoliyatni avtomatlashtirish.

Ikkalasi ham biznes uchun juda foydali. Shuning uchun sun’iy intellekt allaqachon bir qator xorijiy xizmatlarda yordamchi vosita sifatida paydo bo‘lgan. Masalan, Slack va Miro ChatGPT-dan foydalanadi. Bunday integratsiya MDH mamlakatlaridagi kompaniyalarda endigina paydo bo‘la boshladi.

Buning bir qancha sabablari bor, ulardan bir nechtasini keltiramiz. Birinchidan, o‘zgarish sekin bo‘lmoqda, chunki kompaniyalarning yangi texnologiyalarga o‘tish narxi juda yuqori. Yana bir sabab, yangi texnologiyalarni joriy etish qimmatga tushganligi sababli, bu ishni yirik korporatsiyalar amalga oshiradi. Qoida tariqasida, ular konservativdir va jarayonning o‘zi ko‘p vaqtni talab qiladi. Biz misol qilib keltirgan Slack va Miro ilg‘or mutaxassislar yoki “early adopters” (ilk izdoshlar) uchun mahsulotlardir, shuning uchun konservatizm SI ning integratsiyasiga xalaqit bermaydi.

Geymifikatsiya

Ilovadan foydalanishning barqaror davrini tezlashtirish yoki uni takrorlash chastotasini oshirish zarur bo‘lganda kerak bo‘ladi. Agar davr bo‘lmasa, ko‘plab ishlab chiquvchilar uni yaratish uchun geymifikatsiyalardan foydalanadilar.

Geymifikatsiya foydalanuvchini mahsulotga qaytarish uchun ham ishlatilishi mumkin. Misol uchun, “Alfa Bank” mini-o‘yinlari mijozlarga bir necha daqiqa vaqt sarflash va sovrin yutish uchun ilovani ochishga undaydi. Ilovadan foydalanish chastotasi o‘sib bormoqda va operatsiyalar diversifikatsiya qilinmoqda. Ilova foydalanuvchining qo‘shimcha e’tiborini tortadi va odamlar diqqatini tortgan brendlardan mahsulotlarni tanlash ehtimoli ko‘proq.

Ortiqcha to‘lovga ne hojat

“Mamlakat va valyutani tutashtiring” — bu Rossiya “Alfa Bank”ining mini-o‘yinidan misol. Foydalanuvchilar viktorina savollariga javob berishlari va pul mukofoti uchun kurashishlari mumkin edi

Agar buni kengroq ko‘rib chiqsak, geymifikatsiya tendentsiyasi media kontenti trendining bir qismidir. Multimedia uzoq vaqtdan beri mijozlar xizmatlariga integratsiyalashgan va korporativ ilovalarga o‘rnatiladi. Ikkala holatda ham auditoriya odamlardir. Odamlar esa o‘ynashni yaxshi ko‘radilar.

Kompaniyalar iste’molchilar e’tiborini tortish uchun raqobatlashadi – bu asosiy resursga aylanmoqda. Multimedia va o‘yin mexanikasi tendensiyasi e’tiborni jalb qilishning bir usuli hisoblanadi. Shuning uchun e’tiborning tejamkorligi mahsulot sifati kabi muhim ahamiyat kasb etadi.

Low-Code va No-Code

Bunday xizmatlar tufayli ilovalarni ishlab chiqish yanada kengroq auditoriyaga taqdim etiladi. Low-Code va No-Code platformalar sizga tayyor shablonlardan mahsulotlarni yig‘ish imkonini beradi va buni tez, arzon va minimal xatolar bilan amalga oshiradi.

Low-Code platformasida dastur ishlab chiqishda sizga asosiy dasturlash bilimlari kerak bo‘ladi. No-Code bilan dasturlashning hojati yo‘q – mahsulot tayyor bloklardan yig‘iladi.

Sun’iy intellekt bilan birgalikda ushbu trend bozorni inqilob qilishi mumkin. Tezlik endi mahsulot ishlab chiqarishda muhim rol o‘ynamaydi – hatto IT bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan kompaniyalar ham mahsulot yaratishi mumkin bo‘ladi. G‘oyani o‘ylab topgan va uni amalga oshirgan kishi g‘olib bo‘lmaydi. G‘olib foydalanuvchilarga eng yaxshi tajribani taklif qilgan va ularning e’tiborini qozonishga muvaffaq bo‘lgan kishi bo‘ladi. Ya’ni, mahsulotni bozorga chiqarishda urg‘u yanada ko‘proq marketingga beriladi.

Ortiqcha to‘lovga ne hojat

Xulosa oʻrnida

Bozor harakatini kuzatib boring, istiqbolli sohalarni qidiring va ularni oʻrganing. Misol uchun, endi texnologiyalarni oʻrganish va sun’iy intellektda bilim olish mantiqiydir. Bu koʻp yillar davomida xizmat qiluvchi trend hisoblanadi.

Fikrlash qobiliyatingizni rivojlantiring. Oʻzgarishlar doimiy ravishda sodir boʻladi. Ularni muvaffaqiyatli oʻzlashtirish uchun siz aniq fikr yuritishingiz, oqilona qarorlar qabul qilishingiz va moslashuvchan boʻlishingiz kerak.