2022-yilda 7Media ixtiyorida atigi 28 dona LED-ekran bor edi. Bugun ularning soni uch martaga oshdi. Kompaniya o‘zining rivojlanish yo‘li haqida The Mag Business tahririyati bilan o‘rtoqlashdi
RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI VA QAYTA TASHKIL QILISH
Kompaniyadagi iyerarxiya tuzilmasini qayta shakllantirish ilk qadam bo‘ldi. Bosh direktor Dmitriy Lazarev va uning jamoasi kompaniya maqsadlari, missiyasi va qadriyatlarini belgilagan holda, 2023 va 2024-yillar uchun katta strategiyani taqdim etdi. Bu ichki algoritmlarni takomillashtirish bilan birga, faoliyatning umumiy samaradorligini sezilarli darajada oshirish imkonini berdi.
Shu bilan birga, 7Media jamoasi tomonidan hujjatlar aylanmasining to‘liq yo‘lga qo‘yilgani aksariyat masalalarni kelishishga sarflanadigan vaqtni yaxshigina qisqartirdi. CRM-tizimning joriy etilishi esa mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni sezilarli darajada maqbullashtirdi. Ushbu tizim tufayli kontragentlarga doir barcha ma’lumotlarning bir joyda qayd etilishi ishga shaffof va qulay tus berdi.
Bo‘limlar orasida axborot almashinuvini yaxshilash maqsadida xodimlarning majburiyatlari tartibga solinib, ichki qoidalar shakllantirildi. Shu sababli jamoaning barcha a’zolari o‘z vazifalari va javobgarlik hududi yuzasidan aniq tushunchaga ega bo‘lib, unumdorlik va xizmatlar sifatining yanada o‘sishi qayd etildi. Bundan tashqari, LED-ekranlarni o‘rnatish bo‘yicha standart va normativlar ishlab chiqildi. Barcha sa’yi-harakatlar ichki operatsiyalarni sinxronlashtirishga hamda ishni soat mexanizmi aniqligida tashkil qilishga yordam berdi.
2024-yilda 7Media jamoasi 14 kishigacha kengayib, ishlash va samarali hamkorlik uchun qulay sharoitli ofis ochildi. Natijada kompaniya o‘z imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirib, kelgusida o‘sish va rivojlanish tomon jiddiy qadam tashladi.
MIJOZLAR BILAN ISHLASH VA MARKETING
Sotuvlar bo‘limi xodimlari mijozlar va boshqa agentliklar bilan o‘zaro munosabatlarni yaxshilash uchun katta ishni amalga oshirdilar. Xususan, moslashuvchan chegirmalar tizimining joriy etilishi faol mijozlar bazasini ko‘paytirish va har bir buyurtmachining sodiqligini oshirishga yordam berdi.
Shu vaqtning o‘zida kompaniyaning ijtimoiy sahifalari va sayti ishga tushirildi. Kompaniyaning asosiy qadriyatlari, jumladan yuqori darajali ijtimoiy mas’uliyatiga urg‘u berish maqsadida blogerlar bilan hamkorlik o‘rnatildi. Kompaniya turli tadbirlarda ishtirok etib, o‘z imiji va taniqlilik darajasini oshira boshladi.
Bunga parallel ravishda qo‘llanilayotgan ekranlar soni va sifatini oshirish ustida ishlab olib borildi. 7Media dunyodagi yetakchi LED-ekranlar ishlab chiqaruvchisi hisoblangan Absen kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. 7Media mutaxassislari ekranlarni o‘rnatish uchun yangi lokatsiyalarni tanlash yuzasidan yaxlit strategiyani ishlab chiqdilar. Unga ko‘ra yangi joylar shunchaki gavjum emas, balki haydovchilar va piyodalar uchun xavfsiz ham bo‘lishi kerak. Shu tariqa, LED-ekranlar sonini 28tadan 86 donagacha yetkazishga erishildi.
KELAJAKKA REJALAR
7Media kompaniyasi jadal sur’atlarda rivojlanishda davom etib, oldiga buyuk maqsadlarni belgilamoqda. Istiqbolda – miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini yanada oshirish, shuningdek LED-ekranlarni nafaqat mijozlar, balki oddiy shahar aholisi uchun ham foydali vositaga aylantirish ko‘zlangan. Kompaniya oqilona va foydali axborotni taqdim etish orqali shahar muhitini barcha uchun yanada qulay qilish vazifasini o‘z zimmasiga olgan.
Bundan tashqari, 7Media mamlakatimizda birinchilardan bo‘lib DOOH-reklama haqida fikr yuritmoqda. Kompaniya LED-ekranlardagi reklama kampaniyalarining samaradorligini o‘lchash hamda mijozlarga ularning marketing faolligi kuzatish uchun barcha zarur ma’lumotlarni taqdim etish imkonini beradigan tizimni yaratish ustida ish olib bormoqda.