Skip to main content

Har bir o‘quvchimizga O‘zbekistondagi birinchi zamonaviy go‘zallik va uy-ro‘zg‘or buyumlari chakana savdo tarmog‘ining qulay, yorqin pushti rangdagi do‘konlari tanish bo‘lsa kerak. Mamlakatda ushbu bozorning global qayta qurulishi aynan M Cosmetic bilan boshlandi. Ammo eng muhimi – bunday tovarlarni xarid qilish uslubining o‘zgarishidir: endi barcha zarur narsalarni qulay narxlarda Toshkent, Toshkent viloyati, Samarqand, Farg‘ona, Namangan va mamlakatning boshqa hududlaridagi 100 dan ortiq nuqtada joylashgan qulay do‘konlardan topish mumkin.

Ikki yil ichida M Cosmetic tarmoqni jadal rivojlantirish uchun o‘nlab million dollar mablag‘ sarfladi. Biz kompaniyaning marketing bo‘yicha direktori Mariya Stroyeva bilan suhbatlashib, ushbu format o‘zida nimani aks ettirishi, bu yerda jahon marketing tendensiyalari qanday ishlayotgani, shuningdek, erkak va ayolning ishga yondashuvida farq bor-yo‘qligi va takomillashishdan to‘xtamaslik nima uchun eng muhimi ekanligini muhokama qildik.

M Cosmetic formati haqida gapirib bersangiz.

Klassik ma’noda olib qaraganda, biz drogeri do‘konlar tarmog‘imiz – bu uyga yaqin joylashgan do‘kon bo‘lib, unda odam o‘ziga hozir va shu yerda kerak bo‘lgan mahsulotlarni tezda topishi mumkin. Drogeri oziq-ovqat do‘koni bo‘lishi yoki faqat non-food (oziq-ovqat bo‘lmagan) tovarlarni taklif qilishi mumkin. Aytish mumkinki, bizning faoliyatimiz natijasida O‘zbekistonda ushbu format tanildi, garchi men M Cosmetic’ni klassik drogeri deb atamagan bo‘lardim. Turli mamlakatlarda bunday biznes-model o‘ziga xos tarzda shakllanadi va O‘zbekistonda bu, har holda, multiformat hisoblanadi. Bizning tarmog‘imiz ham aynan shu tarzda faoliyat yuritadi.

Bu bizda qanchalik talabga ega?

Biz xaridlar amalga oshirishning yangi madaniyatini shakllantiryapmiz. M Cosmetic bozorga chiqishidan oldin aholida uy yonidagi yoki mahalladagi do‘kondan foydalanish odati yo‘q edi. O‘zbekistonda odamlar dam olish kunlari bir hafta yoki bir oylik xaridlarni qilish uchun “bozorga” borishni yaxshi ko‘rishadi.

Shuning uchun mamlakat uchun bunday format yangilik hisoblanadi. Biz ko‘plab xaridorlarning stereotiplarini ko‘rdik: qulay do‘kon qimmat, assortimenti oz va ko‘p notanish brendlar bor degan fikrlar mavjud edi. Shu ikki yil davomida biz har kuni mijozlarimiz bilan muloqot qilib, M Cosmetic qanday ishlashini tushuntiryapmiz va aslida o‘z segmentimizda birinchi bo‘lib katta chakana savdo yo‘lini bosib o‘tdik. Ishonch bilan ayta olamanki, bu yerda M Cosmetic trend o‘rnatmoqda. Bir yildan so‘ng boshqa chakana sotuvchilar ham mahallalarda, kichik tumanlarda, uylarga yaqinroq joylasha boshlaganini payqadik. Uch yil oldin bu holat kuzatilmagan edi. Biz yetakchi sifatida butun sohaning kompleks rivojlanishidan manfaatdormiz: bizning nishada qanchalik ko‘p do‘kon bo‘lsa, bozorning barcha ishtirokchilari shunchalik yaxshi ishlaydi. Hozirgi paytda hamkasblarimiz bilan birgalikda vazifamiz – xarid qilish stereotipini o‘zgartirish. Garchi ayrim urinishlarni ko‘rayotgan bo‘lsak-da, raqobatli o‘yinlar haqida gapirish hali erta.

O‘zbekistonda drogeri marketing qanday rivojlanmoqda?

Mamlakatimizning o‘ziga xos madaniyati va sharqona qoidalari bor, ayni paytda barcha yangiliklarga ochiqmiz. Men o‘zbekistonlik bo‘lib, aytishim mumkinki, eng muhimi – siz yashayotgan va ishlaydigan mamlakat madaniyatini hurmat qilishdir. Yangi xalqaro brendni joriy qilganimizda, uni butunlay mahalliylashtirmaymiz. Boshqacha qilib aytganda, chet ellikka chopon va do‘ppi kiydirganimiz bilan u o‘zbek bo‘lib qolmaydi. Biz narsalarni o‘z nomi bilan ataymiz, biroq shu bilan birga an’analarimiz doirasida qolamiz.

Shu bilan birga, xaridorlar orasida ommalashgan narsalarga e’tibor qaratamiz. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda internet foydalanuvchilari 83 foizni tashkil etadi, ammo shunday yuqori ko‘rsatkichga qaramay, mamlakatdagi eng “samarali” media kanal hamon televideniyedir. Ijtimoiy tarmoqlar hamma uchun ham qulay emas, lekin televizorni aksariyat tomosha qiladi. Internetdan ikkinchi aloqa vositasi sifatida foydalanamiz – u yerda bizning ilg‘or, faol xaridorimiz bor, u yangilikni sinab ko‘rishni juda yoqtiradi va auditoriyamizda eng sodiq mijozdir. Shuningdek, deyarli barcha yosh guruhidagi (20-45+) ayollar Instagram’dan faol foydalanishini va turli do‘konlarning rasmiy sahifalarini kuzatib borishini aniqladik.

Ishimizning yana bir muhim yo‘nalishi – integratsiyalar, hamkorliklar va maxsus tadbirlar. Bu sohada ijodiy erkinligimiz cheksiz. Masalan, Toshkentning eng yirik mehmonxonasida o‘tkazilgan Bridal Fashion Show 2024 to‘y liboslari moda ko‘rgazmasiga biz ekspert go‘zallik hamkori sifatida qo‘shildik: sahna ortida bizning vizajist-elchilarimiz M Cosmetic do‘konlaridan olingan pardoz mahsulotlari yordamida podiumdagi nafis shou uchun ta’sirchan obrazlar yaratdilar.

M Cosmetic marketing bo‘yicha rahbari Mariya Stroyeva: eski trendlarga amal qilish yoki yangilarini joriy etish haqida

Kompaniya do‘konlar konsepsiyasini o‘zgartirish g‘oyasiga qanday qilib keldi?

Bu shunchaki tashqi ko‘rinishning o‘zgarishi emas. M Cosmetic tarmog‘i O‘zbekistonda ilk bor ochilganida, biz asosan formatni ishga tushirish ustida ko‘p mehnat qildik. Biroq vaqt o‘tishi bilan brend rivojlanib, kengayib bordi: u aholi orasida tanildi, ko‘plab yangi do‘konlar ochildi, mijozlarning fikr-mulohazalari o‘rganildi. Bir yil o‘tgach, xaridorlar bizni yaxshi tanib olganini va endi yangi bosqichda o‘zimizni namoyon qilish vaqti kelganini tushundik.

Har bir qadamimizning asosiy kuchi – tadqiqotlar. Yirik brend sifatida biz chuqur tahlillarsiz biror faoliyatga qo‘l urmaymiz. O‘zbekistondagi faoliyatimizning ikkinchi yili asosan nimalarni amalga oshira olganimiz va nimalarni eplay olmaganligimizni o‘rganishga bag‘ishlandi. Shu tarzda biz mijozlarimizning kimligini, ularga nima kerakligini yanada yaxshiroq anglab yetdik. Natijada, ayollarning ehtiyojlarini qondirish va mutaxassislikka asoslangan yangi vazifamiz shakllandi: ular nimani xohlashadi, nimani orzu qilishadi. Brendimiz ayollarga o‘z orzularini ro‘yobga chiqarishda yordam beradi. Aytgancha, nafaqat ayollarga. Kompaniyamiz do‘konlarimizga muntazam tashrif buyuruvchi erkak mijozlarga ham alohida e’tibor qaratadi.

Shundan so‘ng, biz brendni tasvirlash kerakligini angladik. Bu rebrending emas, balki uni kerakli doirada to‘g‘ri shakllantirishdir. Bugungi kunda M Cosmetic – go‘zallik, oila va uy sohasida sizning ishonchli mutaxassisingizdir. Bu bizning bosh shiorimiz, e’tiqodimiz va falsafamiz, shuningdek, keng ko‘lamli faoliyatimiz asosini tashkil etadi.

O‘zbekistonda pardoz vositalariga munosabat qanday?

Sharq ayollari ajralib turishni yaxshi ko‘radilar: ular go‘zalliklarini yorqin ifodalashdan zavq oladilar. Shu bois, dekorativ kosmetika mahsulotlar qatorida eng yuqori talabga ega. Bu yerda biz mahalliy xususiyatlarni inobatga olgan holda mijozlarimizga halol kosmetikani ham taqdim etdik.

Biroq, biz faqatgina kosmetika mahsulotlarini sotish bilan cheklanib qolmaymiz – mijozlarimizga ta’lim beramiz va mahsulotlardan foydalanish bo‘yicha o‘z tajribamizni ulashamiz. Kosmetikani qanday to‘g‘ri qo‘llash va tozalash, shuningdek terini qanday to‘g‘ri parvarish qilish haqida foydali video darslarni chop etamiz. Rejalarimizda zamonaviy go‘zallik maktabini ochish ham bor.

Maqsadli xaridoringiz obrazi qanday?

Asosan, bu har kuni do‘konlarimizga keladigan ayollardir. Ular turli xil. Birinchi guruh – o‘smir qizlar. Ular xilma-xil pardoz-andoz mahsulotlarini qiziqish bilan ko‘zdan kechiradilar, joyida sinab ko‘radilar va odatda faqat gigiyenik lab bo‘yog‘ini xarid qiladilar. Ammo ikki-uch yil ichida bu qizlar albatta bizning doimiy xaridorlarimizga aylanadi.

Keyingi guruh – yaqinda turmushga chiqqan ayollar. Bular uy-ro‘zg‘or va farzandlari bilan band bo‘lgan onalardir: ular bizga maishiy kimyo vositalari, tagliklar olish uchun kelishadi, lekin o‘zlari uchun ham biror narsa xarid qilishadi.

Yana biznes xonimlar ham bor – mas’uliyatli lavozimlarda ishlaydigan yosh ayollar, ularning soni bizda tobora ko‘payib bormoqda. Ularning o‘z iste’mol afzalliklari va go‘zallik sohasidagi tendensiyalarni tushunishlari mavjud. Katta yoshdagi turmush qurgan ayol-onalar esa uy va oila uchun barcha kerakli narsalarni sotib olishadi.

Intervyuga tayyorgarlik jarayonida M Cosmetic kompaniyasining o‘z Stellary va Beauty Bomb brendlari mavjud ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ular haqida gapirib bersangiz.

Stellary juda mashhur bo‘lib, taniqli xalqaro brendlar bilan teng raqobatlashmoqda. Bu haqiqatan ham yuqori sifatli, e’tiborga loyiq brend. Beauty Bomb esa dadil va yorqin yoshlar kosmetikasi hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, bizga keladigan barcha mahsulotlarni avval o‘zimiz sinab ko‘ramiz, va bu, aytgancha, ishning eng sevimli qismi. (Kuladi.) Keyinchalik vizajistlar orasida fokus-guruhlar o‘tkazamiz, so‘ngra auditoriya segmentlari bo‘yicha tekshiramiz va faqat barcha sinovlardan so‘nggina mahsulotni peshtaxtalarga qo‘yamiz.

Biz mijozlar bilan munosabatlarda halollik tarafdorimiz. Mana hozir yuzimda Stellary tushi, qalami va labbo‘yog‘i bilan qilingan pardoz. Shuning uchun men o‘z mahsulotimizni qat’iy ishonch bilan tavsiya qilayapman.

Shuningdek, o‘tgan yili M Cosmetic o‘zining paypoq brendini ham ishga tushirganini bilib oldik. Iltimos, bu haqda batafsilroq ma’lumot bering.

2023-yilning oxirida biz O‘zbekistonda o‘z savdo belgilarimizni (O‘SB) rivojlantirishda muhim qadam tashlab, Sportour paypoq brendini ishga tushirdik.

Bu loyiha biz uchun shunchaki navbatdagi biznes g‘oya emas, balki haqiqiy strategik qarorga aylandi. Bugungi kunga kelib, Sportour brendi butun oila uchun mo‘ljallangan 50 dan ortiq turdagi mahsulotlarni taqdim etdi. Ushbu mahsulotlar Qo‘qon shahrida ishlab chiqarilmoqda va tarmog‘imiz mijozlari orasida katta shuhrat qozonmoqda.

Qanday qilib marketing sizning kasbingizga aylandi?

Ma’lumotim bo‘yicha inqirozni boshqarish menejeriman. Shunday vaziyatlar bo‘ladiki, tezkor qaror qabul qilish va darhol harakat qilish kerak bo‘ladi. Bu marketingda, ayniqsa dinamik bozorda juda foydali. Hozirgi O‘zbekiston xuddi shunday bozor hisoblanadi.

Avvaliga tahlil bilan shug‘ullanardim: nimalar, qanday va nima uchun sotilishi meni qiziqtirardi. Shunday qilib, marketingga o‘tdim. Jamoa bilan mahsulot kimga mo‘ljallanganini, uni qanday to‘g‘ri taqdim etish va qadoqlash kerakligini, qaysi ehtiyojlarni qondirishini muhokama qilganimizda, keyin esa ishimiz natijasini ko‘rganimizda – mana shu narsa bizni eng ko‘p quvontiradi va ruhlantiradi! O‘zingni haqiqiy ko‘zga ko‘rinmas, ammo katta ahamiyatga ega shaxsdek his qilasan.

M Cosmetic marketing bo‘yicha rahbari Mariya Stroyeva: eski trendlarga amal qilish yoki yangilarini joriy etish haqida

Marketing juda ijodiy kasb deb hisoblanadi. Biroq, jamoa katta bo‘lgani sababli, o‘sish davrida muammolar yuzaga kelishi mumkin. Siz qat’iyatli rahbarmisiz?

Adolatli rahbarman. Marketing faqat ijodiy faoliyat degan fikr noto‘g‘ri tasavvurdir. Marketingda turli xil mutaxassislar ishtirok etadi: tahlilchilar, marketologlar, PR mutaxassislari, dizaynerlar. Agar har bir xodimga individual yondashuvni topa olmasangiz, ularni kasbiy jihatdan to‘g‘ri birlashtirishni o‘rganmasangiz, hech qanday natijaga erisha olmaysiz. Marketingni faqat ijodiy muhit deb o‘ylash xato. Bu avvalo tadqiqotlar va raqamlardir, kim uchun, qanday hajmda, qanday g‘oya bilan va hatto qanday ob-havoda bajarayotganini tushunishdir.

Rahbarlik qobiliyatini o‘zida rivojlantirish va tarbiyalash kerak. O‘n yil oldin o‘rgangan mayda topshiriqlar berish uslubini hozir ham qo‘llash mumkin, degan narsa yo‘q. Men ham ishdagi hamkasblarimga, ham farzandimga shunday deyman: “Doimo o‘zingizni ozgina bo‘lsa ham takomillashtirib boring. Bir joyda to‘xtab qolish sog‘liq uchun zararli”.

M Cosmetic’da rahbarlarning ko‘pchiligi erkaklar. Shu bilan birga, kompaniya mahsulotlari asosan ayollarga mo‘ljallangan. Bu ichki boshqaruvga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Menimcha, gap jinsiy mansublikda emas. Barcha yuqori lavozimdagi menejerlarimiz bu yerda nima uchun ekanligimizni va qanday maqsadni ko‘zlayotganimizni aniq tushunishadi. Erkak kishi o‘z tabiatiga ko‘ra, doimo ayolni himoya qiladi, asraydi, unga yoqadigan narsalarni taklif etadi. To‘g‘ri, bizning brendimiz ayollarga mo‘ljallangan, lekin tarmoqni rivojlantirish uchun qanchadan-qancha erkaklar mehnat qilmoqda! Buning o‘ziga xos jozibasi bor.

Erkak va ayol rahbar o‘rtasida farq bormi?

Ehtimol, bugungi kunda yo‘qdir. Balki, bizning kompaniyamizda bunday masalalar o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketgandir. Hozir eng muhimi – qadriyatlar. Agar barchamiz mehribonlik, samimiylik va qo‘llab-quvvatlash tarafdori bo‘lsak, rahbar erkakmi yoki ayolmi, buning nima ahamiyati bor? To‘g‘ri, hozir ham ba’zan: “Men erkakmан, aytganim aytgan” degan gaplarni eshitish mumkin. Ammo o‘z kompaniyamizda biz bunday yondashuvdan ish boshlaganmizdan beri voz kechganmiz. Biz munozara qilamiz, ba’zida hatto bahs-munozara qilamiz, va bu kimning qancha yoshda ekani, ayol yoki erkak ekanidan qat’i nazar. Shuning uchun men bu yerda ishlashdan juda mamnunman.

Siz maqsadga intiluvchan insonsiz, yangi narsalarni o‘rganishga, har qanday muammoni yechishga tayyorsiz. Boshqalarni bunga qanday yo‘naltirasiz?

Faqatgina o‘zimning ishga bo‘lgan munosabatim orqali. Agar: “Bilasizlarmi, bizda mana shunday bir mantiqsiz loyiha bor, men buning ma’nosini umuman tushunmayapman” desam, jamoam bunga qanday munosabat bildirishi mumkin? Shuning uchun men: “Do‘stlar, bu loyiha ajoyib natija beradi, men bunga ishonaman, keling, urinib ko‘raylik” deyman. Ko‘proq muloqot qilish va samimiy bo‘lish muhim – ham o‘zingiz bilan, ham atrofdagilar bilan. Agar o‘z ishingizni sevib qilsangiz, hammasini shubhasiz uddalaysiz.

 

Matn: Darya Morozova

Foto: Ruslan Mardanov

Reklama huquqlari asosida.