O‘z orzulariga erishish uchun pul jamg‘arayotgan va uning qadrsizlanishiga yo‘l qo‘ymayotgan oddiy o‘zbekistonliklar hikoyalari
The Mag Business yaqin tarixida moliyaviy savodxonlik haqidagi bunday maxsus loyihalar hali bo‘lmagan edi. TBC Bank bilan hamkorlikda biz onlayn omonatlar yordamida ma’lum maqsadlar uchun pul jamg‘arayotgan real insonlarni qidirib topdik. Tadbirkor, biotexnolog, pedagog, dasturchi ayol va elektronika muhandisi bizga hozirgi hayotlari va kelajakda nimalarni orzu qilishayotgani haqida so‘zlab berishdi, shuningdek, barchamiz foydalanishimiz mumkin bo‘lgan pul jamg‘arish sirlari bilan ham o‘rtoqlashishdi.
Jahongir Samig‘jonov: “Jamg‘argan pulimning barchasini bolalarim va nevaralarimga sarflayman. Bu mening eng katta quvonchim”
Men tadbirkorman – katta oilalar o‘z hayotidan zavqlanib yashashi uchun xususiy uylar quraman va sotaman. Bizda ko‘pchilik xususiy sektorda yashashni ma’qul ko‘radi va men ularni juda yaxshi tushunaman – o‘zim ham hovlida turaman. Mening farzandlarim, har holda, shu hayot tarziga o‘rganib qolishgan: keng joy, o‘zingning yering, bolalar bilan vaqt o‘tkazishga albatta joy topiladi.
Mening ikki o‘g‘lim, bir qizim va uch nabiram bor. Qizim buxgalter, o‘g‘illarim men bilan birga qurilish bilan shug‘ullanishadi. Ularning ham, bolalarining ham kelajagi porloq bo‘lishini juda istayman. Shuning uchun hozircha kuchim bor ekan, ishlayman. Lekin dam ham olaman – har shanba kuni sobiq sinfdoshlarim bilan “Bunyodkor” zalida futbol o‘ynaymiz. Hech qachon o‘yinni qoldirmaymiz. Xoh u yangi yil kechasi bo‘lsin, xoh Hayit kechasi – baribir o‘ynab kelamiz!
TBC Bank bilan koronavirus paytida “tanishganman” va hozirgacha uning xizmatlaridan foydalanib kelaman. O‘shanda Qarshi shahrida ishlardim, u yerda yigitlar yaqinda ochilgan bankni maqtashardi. Toshkentga qaytgach, ko‘proq ma’lumot olishga qaror qildim va deyarli darhol ularning ilovasida omonat ochdim. Ular o‘shanda ham uzluksiz ishlashgan, hozir ham hammasi joyida. Omonat foizi ham ancha yuqori.
Shuning uchun asosiy pulimni TBC Bankdagi omonatimga o‘tkazaman. Shunday qilib, asta-sekin jamg‘araman. Ko‘pgina tanishlarim, qarindoshlarim ushbu bankda turli omonatlar ochishgan, uy-joy, avtomobil sotib olish uchun kreditlar olishgan. Hamma shunday qiladi: har bir oila uchun uy kerak, hozir mashinasiz ishingiz ham tez bitmaydi. Odamlarimiz jamg‘arishni yaxshi ko‘rishadi, lekin biz mablag‘ni aylantira ham olamiz – bu esa yaxshi sifatdir.
Biz dunyoga bir marta kelamiz, shuning uchun hayotdan rohatlanib yashashimiz kerak deb o‘ylayman. Shunday ekan, nafaqat jamg‘arish, balki uni sarflash ham kerak. Har yili butun oilamiz bilan qaysidir chet elga chiqib kelamiz. Mana, yaqinda yana safarga jo‘naymiz, Turkiyaga uchamiz. Jamg‘argan pulimning deyarli hammasini farzandlarim va nabiralarimga sarflayman. Va bu mening eng katta quvonchim. Sizga ham TBC Bank bilan jamg‘arishni boshlashni maslahat beraman.
TBC har doim ishonchli ishlaydi. Shuning uchun asosiy pullarimni shu bankdagi hisobimda saqlayman.
Zebiniso Xamrokulova: “Agar pulni qo‘lda saqlasangiz, u qadrsizlanadi”
Men Samarqandda tug‘ilganman, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida ta’lim olganman, hozir esa Samarqand davlat universitetining doktoranturasida o‘qishni davom ettiryapman. Biologiya fanlari doktori bo‘lishni va maktab o‘quvchilari uchun eng yaxshi biologiya darsliklarini tayyorlashni maqsad qilganman.
Moliyaviy mustaqil bo‘lishni menga ota-onam o‘rgatishgan. Men ular bilan juda faxrlanaman. Ular hayotimdagi eng kuchli ruhlantiruvchanlar, dunyodagi eng jasur, eng halol va mehribon insonlardir. Doimo ularga uzoq umr va sihat-salomatlik tilayman!
Men oilaliman, turmush o‘rtog‘im ham biolog. Bizning uch qizimiz bor. Katta qizimiz Shabnam sakkiz yoshda, o‘rtancha qizimiz Sabina besh yoshda, kenjatoyimiz Xadichabegim esa o‘n bir oylik bo‘lib, hozirda o‘zim unga qarab, g‘amxo‘rlik qilyapman.
Bo‘sh vaqtimni o‘z bilimlarimni oshirishga sarflayman, biologiya sohasidagi ilmiy izlanishlarimni davom ettiraman, imkon qadar tezroq to‘liq ishga qaytishni rejalashtirganman. Dam olishni xohlasam – kitob o‘qiyman yoki tinglayman, psixologiyani o‘rganaman va albatta, jismoniy holatimni yaxshilashni unutmayman: suzish va raqs bilan shug‘ullanaman.
Ilk bor pul yig‘ishni to‘rt yoshlarimda boshlaganman – otam menga kattaroq narsalarni sotib olish uchun bergan pullarni jamg‘arardim. Keyin, taxminan yettinchi sinfdan boshlab, hovlimizdagi tut mevalarini sotib qo‘shimcha darslar uchun pul yig‘ardim. Katta bo‘lganimda esa aynan TBCdagi onlayn-depozitda pul jamg‘arishni boshladim.
Bir safar boshqa bankda omonat ochmoqchi bo‘ldim, navbatda uzoq kutdim va oxir-oqibat hech narsa ocholmay qaytib keldim. Keyin opam bilan unga plastik karta ochish uchun TBC bankga bordik. Xodimlar kartani uyga yetkazib berish mumkinligini aytishdi. O‘sha yerda menga qulay TBC ilovasini ko‘rsatishdi, omonatlarning afzalliklari haqida so‘zlab berishdi. Natijada men haqiqatan ham uyga karta buyurtma qildim, keyin esa uydan chiqmasdan turib onlayn omonat ochdim. TBC depozitlaridagi foizlar boshqa banklarga qaraganda yuqori, haftalik yoki oylik jamg‘armalarni o‘z xohishingizga ko‘ra olishingiz mumkin.
Menimcha, pulni ham so‘mda, ham dollarda, daromadning yoki maoshning taxminan 10 foizini ajratib qo‘yish, yani jamg‘arish kerak. Albatta, omonat ochishda ishonchli bankni tanlash muhim. Agar pulni qo‘lingizda saqlasangiz, u qadrsizlanadi. Hozirda o‘z omonatimdagi mablag‘ni avtomobil sotib olish hamda doimo orzu qilgan sayohatlarim uchun yig‘yapman.
“Omonatimni avtomobil hamda, doimo orzu qilgan sayohatlarim uchun yig‘yapman”
Muzaffar Mo‘minov: “Kelajak uchun sarmoya tikayotganimning haqidagi fikrning o‘zi menga yoqadi”
Men biotexnologiya sohasida ilmiy tadqiqotchi bo‘lib, COVID-19 qo‘zg‘atuvchisi SARS-CoV-2 — virusiga qarshi oqsil vaksinamiz haqida doktorlik dissertatsiyasini yozmoqdaman. Uni yaratishda ishtirok etganimdan faxrlanaman.
Ish xonamda laboratoriyada talabalar bilan birgalikda turli tajribalar o‘tkazaman, ularga bevosita joyida o‘rgataman. Bundan tashqari, har yili ular uchun biotexnologiyalar bo‘yicha yozgi maktab tashkil etaman. Yaqinda hamkasblarim bilan xalqaro olimpiadalarning bo‘lajak ishtirokchilari uchun bir yarim oylik intensiv kurs o‘tkazdik. Bundan tashqari, @biology_uz telegram kanalimda biotexnologiyalar haqidagi bilimlarni ommalashtirishga harakat qilaman.
Turmush o‘rtog‘im bilan universitetda tanishganmiz, o‘qishni bitirgach turmush qurganmiz. U ham ilm-fan bilan shug‘ullanadi, antibiotiklar o‘rnini bosa oladigan antimikrob oqsillarni tadqiq qiladi. Ikkita farzandimiz bor. Qizimiz yetti yoshda, o‘g‘limiz to‘rt yoshda.
Yoshligimdan bolalarimni har qanday kasbiy intilishlarida qo‘llab-quvvatlayman deb o‘zimga so‘zberganman. Albatta, ular ham ilmni tanlab, yirik olim bo‘lishlarini istayman. Lekin eng muhimi, ular o‘zlari tanlagan kasbda o‘zlarini baxtli his qilishlari kerak.
Menda to‘g‘ri jamg‘arish formulasi yo‘q. Ba’zida oy boshida ehtimoliy xarajatlarni hisoblab chiqaman, qolganini omonatga qo‘yaman. Ba’zan oy oxirida ortiqcha pulni o‘tkazishim mumkin. Jamg‘arishimning aniq maqsadi ham hozircha yo‘q. Kelajakka sarmoya kiritayotganim va pullarimni ko‘paytirib, jamg‘armalarimdan qo‘shimcha foyda olayotganim haqidagi fikrning o‘zi meni xursand qiladi. Hatto bu juda oz bo‘lsa ham. Misol uchun, boshlang‘ich omonat bir paytlar uy sotib olishimizda bizga juda yordam bergan.
Men pullarimni 2017 yilda jamg‘arishni boshlaganman; menimcha, o‘sha paytda onlayn depozitlar hali mavjud emas edi. Pulni omonatga qo‘yish uchun bankka borib, navbatda turish kerak edi. Foizlarni olish uchun ham oyiga bir marta shaxsan borishga to‘g‘ri kelardi. O‘shandan beri banklarda vaqtimni ketkazishni yoqtirmayman; hamma narsani onlayn boshqarishni afzal ko‘raman. Shuning uchun TBC bilan menga juda qulay. Men ularning ilovasidan foydalanaman, u yerda barcha xizmatlar onlayn. Hozir bu bankda bir necha omonatlarim bor.
“Har oy jamg‘armalarimdan qo‘shimcha foyda olib, pulimni ko‘paytiraman”
Sadoqat Xamdamova: “Umrimda birinchi marta kvartirani sotib olishga qaror qilganimda pul jamg‘arishni boshlaganman”
Men mobil dasturchi bo‘lib ishlayman. Hozircha kelajakdagi asosiy rejalarim o‘z sohamda rivojlanish va yangi bilimlarni faol o‘zlashtirishdir. Hali turmush qurmadim, farzandlarim ham yo‘q. Shu sababli ota-onam bilan yashayman.
Bo‘sh vaqtimda sport bilan shug‘ullanaman. Yugurishni yaxshi ko‘raman: haftada kamida ikki marta ishdan keyin yugurishga chiqaman, bu miyamga dam berishda menga juda yordam beradi. Qolgan kunlari sport zalida mashq qilaman. Yakshanba kunlari sayrga chiqishga harakat qilaman. Ayniqsa tog‘ cho‘qqilariga chiqish meni o‘ziga rom etadi.
Ilgari hech qachon pul jamg‘armasdim, umuman biror narsaga pul yig‘ish kerak bo‘lmagan edi. Umrimda birinchi marta kvartira sotib olishga qaror qilganimda pul yig‘ishni boshladim.
Imkoniyat tug‘ilganda pul jamg‘araman. Asosan, ish haqini olgandan so‘ng. Maoshning ma’lum qismini ajratish kerak, degan qat’iy qoida yo‘q. Shunchaki bu oyda yashash uchun qancha kerak bo‘lishini taxminan hisoblayman-da, qolganini jamg‘araman.
Aslini olganda menga pulni aynan omonatga qo‘yish orqali jamg‘arishni maslahat berishdi. Keyin barcha banklardagi shartlarni o‘rganib chiqdim va TBCda hamma narsa juda qulay ekan degan xulosaga keldim. Hatto ilova interfeysi ham sodda va qulay ekan. Dasturchi sifatida bu men uchun juda muhim.
Orzuimdagi kvartirani sotib olib, alohida yashamoqchiman. Ota-onam umr bo‘yi mashina, farzandlarining to‘yi, uy-joy uchun pul yig‘ishgan. Ular hamma narsaga erishdilar, shuning uchun ular menga yaxshi o‘rnak bo‘lishadi. Ishonchim komilki, men ham buni uddalay olaman.
“Ota-onam mashina, farzandlarining to‘yi, uy-joy uchun pul jamg‘arganlar. Ishonchim komil, men ham buning uddasidan chiqaman”
Sherzod Nigmanov: “Biz farzandlarimizning porloq kelajagini istaymiz va buning uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz”
Men elektronika muhandisiman, elektron qurilmalarni ta’mirlash va modernizatsiya qilish sohasida ishlayman.
Oilam uncha katta emas. Biz besh kishimiz: onam, men, turmush o‘rtog‘im va ikki o‘g‘lim. Onam nafaqada, turmush o‘rtog‘im maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi. Katta o‘g‘lim o‘n ikki yoshda, kichigi olti yoshda, u hali bog‘chaga boradi. Barcha ota-onalar kabi biz ham farzandlarimizning kelajagi porloq bo‘lishini istaymiz va buning uchun bor kuchimizni ishga solamiz. O‘g‘illarimiz ulg‘ayganda, ularning qiziqishlariga qarab, imkon qadar orzularini ro‘yobga chiqarishlariga ko‘maklashamiz.
Ko‘plab sevimli mashg‘ulotlarim bor: do‘stlarim bilan voleybol o‘ynashni yaxshi ko‘raman, suzish bilan shug‘ullanaman va bo‘sh vaqtlarimda kompyuterlarni takomillashtiraman.
Esimda, ilk bor maktab davrida pul yig‘ishni boshlaganman. Sinfdoshlarim o‘yin zaliga borishardi, u yerda o‘yin pristavkasi bor edi. O‘shanga pul yig‘ishga ahd qilganman. Hozir qancha jamg‘arganimni eslay olmayman, lekin ota-onam ham qanchadir miqdorda pul qo‘shishgan va men o‘sha pristavkani sotib olishga erishganman.
Pul shunchaki chang bosib yotmasligi kerak – u ishlashi lozim. Daromad keltirishi shart. Pul yig‘ish qiyin emas, buning uchun o‘zini idora qila bilish va biroz tejamkorlik kerak, xolos. Men jami daromadimning taxminan to‘rtdan bir qismini omonatga qo‘yaman, chunki katta maqsadlarim bor. Hozirda kvartira sotib olish uchun birinchi to‘lovga pul yig‘yapman.
Men TBC bankning ko‘p yillik mijoziman, bank menga hech qachon pandbermagan – hammasi aniq. Shunday ekan ular bilan o‘z maqsadim sari ilgarilab borishna davom etaman.
“Pul shunchaki chang bosib yotmasligi kerak – u ishlashi va daromad keltirishi lozim”