Skip to main content

Siberian Wellness: Biz kelgusida ham O‘zbekiston aholisining salomatligiga hissa qo‘shishda davom etishni rejalashtirganmiz

Markaziy Osiyoda o‘zining go‘zallik, salomatlik va sport borasidagi innovatsion yechimlarini faol ilgari surishdan tashqari, O‘zbekistonda ozuqa mahsulotlari ishlab chiqarilishiga sarmoya kiritib kelayotgan Siberian Wellness xalqaro kompaniyasi ketma-ket ikkinchi yil “Yil brendi” mukofotiga loyiq topildi. Bu safar kompaniya ikkita mukofotni qo‘lga kiritdi – tafsilotlar bilan tanishtiramiz.


O‘zbekistonda Siberian Wellness kompaniyasi biryo‘la ikki nominatsiyada “Yil brendiga” aylandi

Shu yilning 18 va 19-may kunlari Humo Arena muz saroyida Makon Marketing Forum xalqaro biznes tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu Markaziy Osiyodagi eng yirik maydonlardan biri sotuvlar va marketing sohasi ekspertlari va tadbirkorlarini birlashtiradi. Forum to‘rtinchi marta O‘zbekiston Marketing uyushmasi tomonidan O‘zbekiston Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ko‘magida o‘tkazilmoqda.

Voqealarga boy bo‘lgan ikki kun davomida ishtirokchilari tajriba va ilg‘or biznes-g‘oyalarni o‘rtoqlashishi, o‘z yutuqlarini namoyon etishi, strategiya va trendlarni muhokama qilishi mumkin. Bundan tashqari, tadbirda “Yil brendi” mukofotini topshirish marosimi o‘tkaziladi. 25 nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar ekspert hakamlar hay’ati tomonidan aniqlanadi. Joriy yilda hakamlar qatoridan O‘zbekiston Marketing uyushmasining qariyb 200 nafar taklif qilingan hamkori o‘rin oldi. Ularning baholariga deyarli 350 ming odam ishtirok etgan umumxalq ovoz berish natijalari ham qo‘shiladi.

CHO‘L MARKAZIDAGI BOG‘LAR

Siberian Wellness kompaniyasi “2023-yilda O‘zbekistonda innovatsion biologik faol qo‘shimchalarning eng yirik tanlanmasini taqdim etish sohasidagi yutuqlari uchun” sovriniga sazovor bo‘ldi, hakamlar esa kompaniyaning BFQ bozorini rivojlantirishga qo‘shgan hissasini qayd etgan holda, “Biologik faol qo‘shimchalar” nominatsiyasiga g‘alabani taqdim qildi. Ta’kidlash joizki, o‘tgan yil ham Siberian Wellness ikkita mukofotni qo‘lga kiritgan: Vitamama qatori “Bolalar ozuqasi. Biologik faol qo‘shimchalar” nominatsiyasida birinchi o‘rinni egallagan, kompaniyaning o‘zi esa Respublikani rivojlantirishga qo‘shgan investitsiyaviy va wellness hissasi uchun e’tirof etilgan.

Umuman olganda, kompaniya mamlakatda obro‘siga doir resursni 2010-yildan buyon to‘plab keladi – o‘shanda Toshkentda ilk Siberian Wellness mijozlarga xizmat ko‘rsatish markazining eshiklari ochilgan. To‘rt yil avval esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining buyrug‘i bilan kompaniyaga Farg‘ona vodiysidagi erkin iqtisodiy zonada 1000 Ga yer ajratib berilgan.

O‘zbekistonda Siberian Wellness kompaniyasi biryo‘la ikki nominatsiyada “Yil brendiga” aylandi

Bugungi kunda Namangan viloyatida ishlab turgan mevalardan konsentratsiyalangan sharbatlarni tayyorlash bo‘yicha maydonchadan tashqari, Siberian Wellness tomonidan biologik faol qo‘shimchalar tanlanmasining xitlari yaratiladigan dastlabki liniya ham yo‘lga qo‘yilgan. Eng asosiysi – besh yuz gektar yarim cho‘l hududi madaniylashtirilgan bo‘lib, ushba maydonda yetishtirilgan bog‘da 8 xildagi daraxt meva hosilini beradi.

Siberian Wellness bir vaqtning o‘zida dunyoning turli nuqtalarida biznesni rivojlantirishga sarmoya kiritadi. So‘nggi o‘n yillik ichida kompaniya Belgradda Dahlia va San-Marinoda AquaViva zavodlarini xarid qilishga doir bitimlarni yakunladi, shuningdek Sibirdagi 37 000 kv metr maydondan iborat yangi ishlab chiqarish-logiktiska markazini jihozladi. Samaradorligi Novosibirskda sinovdan o‘tkazilgan yechimlar endilikda Namangandagi ishlab chiqarish majmuasida ham joriy etilmoqda.

YUKSAK TEXNOLOGIYALAR VA MUKAMMAL IQLIM

Aytish joizki, Siberian Wellness o‘zining qishloq xo‘jaligi klasterini faqat bizning mamlakatimizda yaratdi. Kompaniyaning yetuk xalqaro jamoasi mevalarni yetishirish uchun har tomonlama mos keladigan noyob ekotizimni baholadi, zero havo, tuproq va maksimal darajadagi quyosh nurlari o‘zbek qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini foyda va ta’m uyg‘unligiga intiluvchilar uchun ajoyib yechimga aylantiradi.

Siberian Wellness bog‘larining dizayni o‘zbekistonlik mutaxassislar tomonidan Yevropa Ittifoqi konsultantlari ko‘magida ishlab chiqildi. Yetakchi ishlab chiqaruvchilardan tomchilab sug‘orish va daraxtlarni oziqlantirish texnologiyasi xarid qilindi, zamonaviy dasturiy ta’minot esa har bir daraxt ehtiyojlarini mukammal aniqlikda hisoblashga va ta’minlashga yordam beradi.

O‘zbekistonda Siberian Wellness kompaniyasi biryo‘la ikki nominatsiyada “Yil brendiga” aylandi

Shu tariqa, kompaniyaning O‘zbekiston bozoridagi hissasi biznes-jamiyat tomonidan e’tirof etilgani hayratlanarli holat emas, zero yirik ishlab chiqaruvchilarning mahalliylashishi – faqatgina mamlakat iqtisodiyotiga hissa bilan cheklanib qolmaydi. Natijalar ilmiy va ijtimoiy sohalarda ham ko‘rinmoqda – texnologiyalar rivojlanib, zamonaviy ilmiy uslublar joriy qilinmoqda; yangi o‘rinlari yaratilib, yetakchi mutaxassislardan jahon tajribasini orttirayotgan xodimlarning malakasi oshmoqda.

O‘zbekistondagi kompaniya 160 nafar doimiy xodimga ega, jumladan 70ta odam bog‘larda va 90ta odam ishlab chiqarishda band. Tindirilgan konsentratsiyalangan olma sharbati uch smenada ishlab chiqariladi: korxona 24/7 rejimida faoliyat yuritadi. Mahalliy aholi mavsumiy ishlarga ham jalb qilinadi hamda ko‘z o‘ngimizda ularning tayyorgarlik darajasi va turmush sifati o‘zgarib bormoqda. Kechagi qishloq odamlari ulkan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqda – kompaniya buning uchun imkon qadar qulay muhitni yaratishga intilmoqda.

EKOLOGIK XAVFSIZLIKKA SARMOYALAR

Dunyoning istalgan nuqtasida mas’uliyatli ishlab chiqaruvchining paydo bo‘lishi kompaniya mahsulotlarini iste’mol qiluvchilardan tashqari, yaqin-atrofda yashovchi odamlarga ham ta’sir qiladi. Siberian Wellness mahalliy fermerlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydi hamda xomashyosini sotuvchi xo‘jaliklarga ko‘maklashadi.

Masalan, Namangan viloyatining Chust tumanida Siberian Wellness ikki yil ichida keng ko‘lamli ishlab chiqarish klasterini barpo qilib, kommunikatsiyalarni o‘tkazdi, kon qazib, suvni tozalash bo‘yicha maxsus tizimni o‘rnatdi – bu tabiiy resurslarni tejash imkonini beradi.

O‘zbekistonda Siberian Wellness kompaniyasi biryo‘la ikki nominatsiyada “Yil brendiga” aylandi

Kompaniya aslida tabiat muhofazasiga salmoqli mablag‘larni investitsiya qiladi. Bog‘ning har bir ishchisi, jumladan Siberian Wellness yuksak ekostandartlariga muvofiq harakat qilish yuzasidan o‘qitiladi. Kompaniya eng jiddiy standartlarning talablariga rioya qilgan holda faoliyat yuritadi, tabiat muhofazasi faoliyatiga sarmoya kiritadi, demak butun mintaqada ekologik xavfsizlik oshadi.

MAKON MARKETING FORUM’DAGI ISHTIROK

2024-yilda Makon Marketing Forum tadbiridagi ishtiroki davomida Siberian Wellness ayollar salomatligi, go‘zalligi va o‘zining parfyumeriya to‘plamiga alohida e’tibor qaratdi. Kompaniya jamoasi stend bezagiga ijodiy yondashdi: ko‘rgazmaning birinchi kuni mehmonlar wellness-ruletka o‘ynab, salomatlikni qo‘llash bo‘yicha “arzimagan” maslahat olish hamda sovg‘aga yetarlicha jiddiy innovatsion mahsulotni qo‘lga kiritish imkoniga ega bo‘ldilar.

Ikkinchi kuni esa “O‘z atirgulingni tanla” o‘yini forum mehmonlarini Siberian Wellness stendi yonida jamladi. Ular qiziqarli shaklda atirgulning qaysi navi o‘zlariga ko‘proq mos tushishini bilib oldilar, eng omadlilar esa Siberian Wellness kompaniyasining yangi Rose Edition qatoriga mansub eksklyuziv parfyumni qo‘lga kiritdilar.

O‘zbekistonda Siberian Wellness kompaniyasi biryo‘la ikki nominatsiyada “Yil brendiga” aylandi

Shuningdek, ikki kunlik ko‘rgazma davomida amal qilgan degustatsiya hududida foydali marmelad, batonchalar va kollagenni tatib ko‘rish, assortiment va kutilayotgan yangiliklar bo‘yicha ma’lumot olish mumkin bo‘ldi.

“Kompaniya bir joyda turib qolmasdan, muntazam ravishda rivojlanib keladi. 2023-yilda O‘zbekistonda Siberian Wellness assortimenti BFQ va ozuqa mahsulotlari bo‘yicha 37ta yangi pozitsiyaga boyidi. Ularning orasida – ayollar salomatligini qo‘llash uchun mashhur Women’s Health qatori mavjud.

 Klinik mutaxassislar kuzatuvi ostida yaratilgan noyob formulalarda barcha yoshdagi ayollarning ehtiyojlari hisobga olinadi hamda ilmiy innovatsiyalar va zamonaviy jahon tendensiyalariga asoslangan samarali yechimlar taklif qilinadi. Biz kelgusida ham O‘zbekiston aholisining salomatligiga hissa qo‘shishda davom etishni rejalashtirganmiz”, – deya qayd etdi Olesya Koloskova, Siberian Wellness kompaniyasi TIFni rivojlantirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari.

Makon Marketing Forum tadbiri Siberian Wellness kompaniyasiga yangi muxlislar qalbidan o‘rin olish hamda O‘zbekiston aholisini innovatsion mahsulotlarning keng  tanlovi, wellness-jamiyatining qadriyatlari va biznes yuritishga mas’uliyatli yondashuv bilan tanishtirish imkonini berdi.

Mamlakatimizda Siberian Wellness biznesi kengayishda davom etishiga, shuningdek xalqaro tadbirlarda yutuqlarning e’tirof etilishi kompaniya jamoasini O‘zbekistonda yanada ko‘proq imkoniyatlarni izlashga undashiga niyat qilib qolamiz. Shuningdek, boshqa yirik xalqaro biznes vakillarining mamlakatimizga bo‘lgan qiziqishi ortishiga umid bildiramiz.

Reklama huquqli asosida