Dmitriy Bova O‘zbekistondagi eng yirik oziq-ovqat mahsulotlari tarmoqlaridan birining faoliyati, rivojlanishi va istiqbollariga doir dolzarb savollarga javob berdi
Birinchi intervyudan yarim yil o‘tgach The Mag tahririyati O‘zbekistondagi eng yirik oziq-ovqat tarmoqlaridan birining rahbari bilan yana uchrashdi. Bu vaqt ichida biz kompaniyaning tashqi rivojlanishini kuzatish bilan bir qatorda, asosiy va eng injiq hakamlar – xaridorlarning brendga munosabatidagi o‘zgarishlarni o‘rgandik. Ijtimoiy tarmoqlardagi sharhlarni tahlili va iste’molchilar bilan muloqot yordamida hamma eng o‘tkir, ba’zan adolatli bo‘lmagan, ammo dolzarb savollarni to‘plab, ehtiyotkorlik bilan Dmitriy Bovaga yetkazdik.
- Siz bilan fevral oyida suhbatlashgandik. O‘shanda Siz endigina ish boshlagandingiz va xaridorlarni asta-sekin bozorlardan zamonaviy supermarketlarga jalb qilish orqali tarmoqqa yetakchilikni qaytarish rejalari haqida so‘zlagandingiz. Biroq, o‘tgan oylar davomida 30ta do‘kon yopildi.
Siz Makro yopilish arafasidami, deb so‘ramoqchimisiz?
- Ha, shunday mish-mishlar bor.
Bizni hech kim sotib olmadi va yopilish niyatimiz ham yo‘q. Biz kelgusida rivojlanish uchun kuch to‘playapmiz. Bu shunchaki mish-mishlar, ammo tashqaridan hammasi shunday ko‘rinsa kerak. Korzinka va Havas so‘nggi bir yarim yil ichida deyarli 50tadan do‘kon, Baraka – 20dan ortiq do‘kon ochdi, biz esa, aksincha, yil boshidan buyon 30ta nuqtani yopdik. Biroq, shu davr ichida bizda kuzatuv kengashi paydo bo‘ldi, boshqaruvchilar jamoasi almashdi va ular qatoriga chakana kompaniyalarning mutaxassislari kiritildi. Bizning yil oxirigacha belgilagan asosiy vazifamiz – kompaniya keng ko‘lamda tarqala oladigan shaklga kirishi uchun qoidalar, do‘konlar, narx shakllanishini standartga keltirishdan iborat. Tushuning, bugungi kunda butun mamlakatni egallab olish niyatimiz yo‘q, asosiysi – oxirgi uy yil davomida “balandda parvoz qilmagan” kompaniyani davolash hamda iste’molchiga normal xizmat ko‘rsatishdir. Biz rentabellikka ega bo‘lmagan nuqtalarni yopdik, bu qolgan do‘konlarga e’tibor qaratishimiz uchun manba va imkoniyatni berdi.
- Xaridor bozordan Modern Retail’ga ketishga tayyorligiga ishonchingiz komilmi?
Mutlaqo! 2022-yilda zamonaviy shaklga ega do‘konlarning soni 600-700tani tashkil etardi, ammo 2023-yilda ular mamlakat bo‘ylab mingdan oshdi. Bunga sabab – aholi turmush tarzining oshishi. Iste’molchilar do‘konlarga sifatli mahsulot, kengroq assortiment sababli keladi. Bozorlarda bu narsani to‘laqonli topish mumkin emas.
Bizgacha O‘zbekistonda hech kim qilmagan ishni qildik: kassadagi har ikki yuzimni odam xaridlarni bepul olishi mumkin edi
- Ya’ni, bozorlar baribir yo‘qolib ketadimi?
Yo‘q, o‘zbek bozori boshqa davlatlardagi bozorlar yo‘lidan boradi. Ular o‘lmaydi, ammo qisqaradi. Ularning o‘rniga trafik, tanlov, ko‘ngilochar joylar ko‘proq bo‘lgan savdo markazlari keladi. Buni Ozarbayjon, Qozog‘iston va Turkiya misolida ko‘rish mumkin: bu mamlakatlarda riteyl ommaviyligining o‘sishiga qaramay, an’anaviy shakldagi do‘konlar va bozorlar ham katta ahamiyat kasb etadi.
Shunga qaramay, zamonaviy chakana tarmoq ko‘proq imkoniyatlarga ega: oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, tovarlarni oqilona saqlash, saralanganlik, assortiment. Bizda logistika bazasi, sifatli logistika mavjud. Bu biznesning mutlaqo boshqa darajasi.
- Narxlarchi? Makro haqidagi mish-mishlardan boshlagan ekanmiz, shuni ham muhokama qilaylik. Aytishlaricha, tarmoqda mahsulotlarning narxi bozornikidan balandroq ekan.
Bunday emas. Bizda kundalik narzlar monitoringi uchun majburiy oziq-ovqatlar ro‘yxati mavjud. U kundalik iste’molda foydalaniladigan 500ta tovardan iborat. Ishonch bilan ayta olmanki, biz bozor narxlarini belgilaymiz. Ularni oshirishdan bizga ham foyda yo‘q. Bozor – narx shakllanishi har kuni o‘zgaradigan tajovuzkor muhit, shuning uchun qaysidir lahzada, hozir va shu yerda pomidorlarni Korzinka, Havas va Makro’dajuda yaxshi narxda topish mumkin, ammo oylik kesimda qaraydigan bo‘lsangiz, narxlarda aslida hamma yerda bir xil. Bunda, faqat tovarlarning sifati va assortimenti farq qilishi mumkin.
- Aytgandek, assortiment borasida. Suhbatimizdan oldin men bir necha marta Makro do‘konlariga bordim va tanlov haqiqatdan ham kengayganini qayd etmoqchiman. Shu bilan birga, ta’minotchilar uzoq vaqt mobaynida pul to‘lanmagani uchun Makro bilan ishlashdan bosh tortishardi.
Bunday narsa bo‘lgan, yashirib nima qildim. So‘nggi ikki yil ichida Makro ko‘p sonli o‘yinchilarga qarzdor bo‘lib qoldi, kompaniyada assortiment, to‘lovlar va hamkorlar bilan o‘zaro munosabatlar sohasida qiyinchilik bo‘lgan. Bir nechta kompaniya Makro’ni tashlab ketdi, bu fakt. Biroq, biz bu holatni yengdik. Kompaniya qarzlarini yopib, hamkorlarimiz ishonchini qaytardik. Bugun biz eng yirik ta’minotchilar bilan ishlaymiz, bizdan ketganlar yana qaytib kelishdi. Shu bois, siz aytganingizdek, assortiment sezilarli ravishda kengaydi. Makro – ham xaridorlar, ham ta’minotchilarning sadoqatini zabt eta olgan barqaror kompaniya.
“Jahonning 25dan ortiq mamlakatiga eksport qiluvchi hamda ko‘p sonli hamkorlar bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lgan kompaniya sifatida qayd etishimiz mumkinki, bozorda yetakchi tarmoqni qamrov geografiyasi va xaridor uchun hamyonboplik, xilma-xil assortiment, rivojlangan logistika va AT-infratuzilmasi, yuqori service level, ishlab chiqaruvchi bilan ochiq muloqot, mahsulotni ilgari surishga oqilona yondashuv ajratib turadi. Makro tarmog‘i bilan hamkorlikda biz assortimentni kengaytirish hamda sifatli, mazali va xilma-xil assortimentga e’tibor berish istagini ko‘rishimiz mumkin. Shu o‘rinda, ish sifati standartlarini yaxshilash, yondashuvni o‘zgartirish va hamkorlikda rivojlanish bo‘yicha ochiq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot yuritish istagini alohida ta’kidlab o‘tish zarur”. – Olga Psareva, “Miratorg” APX vitse-prezidenti
- Makro muddati o‘tgan mahsulotlarni sotadi – yana bir mish-mishmi yoki hal qilish kerak bo‘lgan muammomi?
Bu borada bizda hammasi jiddiy: peshtaxtalardagi barcha tovarlar sifatli bo‘lishi ustida naqd ikkita jamoa ish olib boradi. Birinchi jamoa ularni tarmoqqa kirish vaqtida tekshiradi, ya’ni omborimizga tushishdan avval partiya sinchkovlik bilan ko‘zdan kechiriladi. Agar tovar sifatsiz bo‘lsa, u shunchaki o‘tkazilmaydi. Ikkinchi jamoa do‘konlar ichidagi tovarlarni monitoring qiladi. O‘rtacha olganda kuniga ikki marta har bir do‘konni ko‘zda kechiramiz: muddati o‘tgan, qadog‘i shikastlangan tovarlarni – xullas, peshtaxtada bo‘lishi nazarda tutilmagan hamma narsani chiqarib tashlaymiz. Xali joylardagi xodimlar haqida gapirmadim, ular ham, o‘z navbatida, sifatni nazorat qiladilar. Shu bois, xaridorlar do‘konda yurganida turli kiyimdagi xodimlarni ko‘rishlari mumkin: ularning ayrimlari do‘kon xodimlari, boshqalari esa – sifat bo‘limining xodimlaridir.
- Muddati o‘tgan tovarlarni nima qilasiz?
Rasman yo‘q qilamiz (utilizatsiyaga topshiramiz). Biz naqd pul ishlamaydigan, qonun va talablarni buzmaydigan mutlaqo oq kompaniyamiz. Oldimizda “har qanday yo‘l bilan biznes” vazifasi belgilanmagan.
Dastlab – do‘konlarni oson ko‘lamlashtirishga yordam beradigan standartlar, ishning shaffofligi, qoidalar tizimi. Plastilinni ko‘lamlashtirish juda qiyin, chunki u shaklsiz va to‘g‘ri shakldagi (kvadart yoki uchburchak) narsalarni ko‘lamlashtirish juda oson. Hozir biz algoritmlar, jarayonlarni sozlash jarayonidamiz va tizim shakllanib bo‘lganidan keyin ko‘lamlashtirishni boshlaymiz. Ishning nihoyasiga deyarli yetib keldik.
- Foydalanuvchilar Makro’ni sayti yo‘qligi uchun urishadilar.
To‘g‘ri, bu yerda intiladigan joy bor. Lekin, bizda online bo‘lish niyati yo‘q. Online – katta o‘yinchi, ayniqsa elektronika, maishiy texnika, gadjetlar, devayslar va kiyimlar sohasida, biroq oziq-ovqat mahsulotlari bunga kirmaydi. Sen oshxonang yoki vannaxonang uchun qiladigan xaridlarning 99 foizi do‘konlarda jismoniy tarzda amalga oshiriladi. Hattoki chakana savdo bozori barqaror mamlakatlarda ham onlayn-xaridlar ulushi 5 foizdan oshmaydi. Shu bois, hozir bu biz uchun ustuvor masala emas, ammo yaqin kelajakda albatta bunga yetib borishimizga ishonaman.
Shunga qaramay, Makro xaridorning asosiy ehtiyojlarini qondira oladigan ilovaga ega: xaridlar uchun ballarni to‘plash yoki chegirma va aksiyalar haqida ma’lumot olish. Bu ilova yordamida xaridorlardan qayta aloqa olayotganimiz ham juda muhim holat. Tan olaman, O‘zbekistondagidek sifatli to‘ldirilgan so‘rovnomalarni hech qayerda ko‘rmaganman.
- Polizingizga yana bir tosh – narxlar bilan bog‘liq tartibsizlik: peshtaxtalar va kassadagi narxlar farq qiladi.
Narxlar tartibsiziligi xodimlar sifati bilan bog‘liq muammo. Bundan qochish uchun xodimlarni o‘qitish zarur va biz buning ustida ishlayapmiz, jamoaning kasbiy darajasini oshirishga urinyapmiz. Biz qoidalar, standartlarni joriy qildik va ularga qat’iy rioya etilishini talab qilamiz. Aprel oyida jarimalar va rag‘batlantirishlar tizimini joriy qildik.
Obro‘ yillar davomida barpo etiladi va bir onda yo‘qotiladi. Biz o‘z nufuzimiz va mijozlar bilan ishonchli munosabatlarni qayta qurish jarayonidamiz
Xodimlarni rivojlantirishga qancha ko‘p mablag‘ kiritsang, xatoning oldini olish ehtimoli shuncha ortishiga ishonaman. Xatolar baribir bo‘ladi, bu inson omili va uni hech qayerga yo‘qota olmaysan. Lekin, ularni qisqartirish bizga bog‘liq. Biz har kuni takomillashamiz. Kecha yuzta xato bo‘lsa, bugun ellikta, ertaga esa o‘nta, bir haftadan so‘ng umuman bitta xato bo‘ladi. Bunda men o‘z vazifamni ko‘raman – mutaxassislar takomillashishda davom etishini kuzatib borishda.
- Yana og‘riqli savollarni eshitishga tayyormisiz? Ularni o‘ylab topmadik, ijtimoiy tarmoqlardagi sharhlardan to‘pladik. Aytishlaricha, do‘konlarda yoritish yaxshi emas va ta’mir holati eskirgan.
Biz o‘zgartirishlarni joriy qilyapmiz, tabiiyki, ishni ustuvorliklardan, ya’ni eng zaruridan boshlayapmiz. Muzlatgichlarda freonni alshmatirdik, xonalarga muntazam sanitar ishlov beramiz, xaridorlar va mahsulotlar xavfsizligini ta’minlash uchun zarur narsalarga mablag‘ yo‘naltiramiz. Muvofiq ravishda, qaysidir holatlar tushib qolmoqda: qayerdadir devorlarni oqlash, qayerdadir chiroqni almashtirish kerak. Biz albatta bularning hammasiga yetib boramiz, barchasini tartibga keltiramiz va marketlardagi yoritish holatini standartga moslashtiramiz. 2023-yilda dastlabki yettita Makro do‘konida mukammal ta’mirlash ishlarini amalga oshiryapmiz, beshta do‘kon to‘liq qayta shakllantirishni kutmoqda. Bu masala nazorat ostida.
- Xodimlarga qaytsak. Kassa xodimlari qaysi tillarda so‘zlashadi?
Biz xodimlar ikki tilda – o‘zbek va rus tillarida so‘zlasha olishiga intilamiz. Biroq, iste’molchilarimizning 60 foizi o‘zbek tilida so‘zlashuvchilar bo‘lgani uchun, davlat tilini bilish majburiy talab. Uni bilmaslik mumkin emas.
Shuningdek, xodimlarni universal askarga aylantiryapmiz. Ya’ni, avval alohida kassirlar, alohila saralovchilar bo‘lsa, hozir do‘kon xodimlari kassada ishlashga o‘qitilgan va bu eng tig‘iz paytlarda navbatlarni kamaytirish imkonini beradi.
- Iste’molchi aksiya va bonuslarni yaxshi ko‘radi, ammo uzoq vaqtdan beri Makro’dagi aksiyalar haqida hech qanday xabar bo‘lmadi?
Bizda yarim yil sukunat kuzatildi, biz hech qanday aksiyalarni o‘tkazmadik. Birinchisini faqat 15-iyunda yo‘lga qo‘ydik. Nimaga bunday deysizmi? Kompaniyada merchandayzing va brendlashga oid standartlar bo‘lmagan. Biz iste’molchiga to‘g‘ri va kerakli taklifni berishni uzoq vaqt o‘rgandik. Avgust oyidan bunday aksiyalar har haftada o‘tkazila boshladi. Bizgacha O‘zbekistonda hech kim qilmagan ishni qildik: kassadagi har ikki yuzimni odam xaridlarni bepul olishi mumkin edi. Odamlarning hayratini ko‘rsangiz edi! Bu ajoyib fikr va odamlar tomonidan yaxshi qarshi olindi.
Yana bir misol: bolalarga rasmlar uchun Makro’da muzqaymoq sovg‘a qilina boshlandi. Yetti yuzta pozitsiyaning narxi bo‘yicha katalogni tashkil qildik. Endi mijozlarni qanday hayratga solishni bilamiz, asta-sekin o‘yinga qaytyapmiz, xarid qilish yanada qiziqarli bo‘lishi uchun muntazam ravishda aksiyalar o‘tkazamiz. Bizning sodiqlik bazamizga kiritilgan mehmonlar uchun esa alohida takliflar bo‘ladi. Bazadan joy olish uchun ilovani yuklab olish va ro‘yxatdan o‘tish kerak.
“Biz uchun Makro – O‘zbekiston bozoridagi eng qiziq va ustuvor hamkorlardan biri. Yangi tarkib va top-menejmentning qarorlari nafaqat bozorda mavjud bo‘lish, balki eng yaxshi o‘yinchiga aylanish istagini namoyon etmoqda. Innovatsion yechimlarga ega jasur jamoa. Biz bu hamkorlik istiqbolini ko‘ra olamiz va Makro do‘konlari peshtaxtalarida ko‘proq mahsulotlarimizni taqdim etish uchun sura’talarni oshiryapmiz”. – Nikolay Kuragin, VYATICH AJ bosh direktori
- Siz ko‘p yillar mobaynida chakana savdo sohasida ishlagansiz. U biznesning boshqa turlaridan nimasi bilan farq qiladi?
Chakana savdo sohasida doim ishlash kerak bo‘lgan narsa bor, ya’ni bu yerda jarayonlar ko‘tarilish va qulashlardan iborat bo‘lmaydi. To‘g‘ri, mavsumlar bo‘ladi, ammo jarayonlar soni juda ko‘pligi uchun ishing rasamadli o‘tadi. Hammasi bosqichma-bosqich yuz beradi.
Shu yerda va hozir sen qabul qiladigan qarorlar kompaniyaga faqat uch oydan keyin ta’sir ko‘rsatadi. Ya’ni, bugun nimanidir hal qilsam, natijani bir oy – bir chorakdan keyin ko‘raman. Inertlik juda katta.
Hozirda mening ishim joylardagi xodimlarga vertikal ravishda yetib boradigan va ular uni amalga oshiradigan tizimni yo‘lga qo‘yishdan iborat. Agar men boshlang‘ich bosqichda xato qilsam, o‘ylanmagan qarorga kelsam, mendan keyin ishimni bajaradigan yana 2000ta odamning xato qilishi ehtimoli mavjud. Shuning uchun barcha jarayonlar ohistalik bilan bosqichma-bosqich quriladi. Shoshqaloqlikka o‘rin yo‘q, aks holda natijani ko‘rmasliging mumkin.
- Avvalgi suhbatimizda Orient Group kuzatuv kengashini tashkil qilishni rejalashtirgani haqida aytgandingiz.
Ha, hozir kuzatuv kengashimiz besh kishidan iborat, ulardan uchtasi Orient Group rahbariyati tarkibidan. Kuzatuv kengashimizning raimi – tashqaridan kelgan odam, Pyotr Demchenkov. U X5 Retail kompaniyalar guruhi kuzatuv kengashida ham raislik qiladi, juda salobatli odam. May oyida uning va boshqa davlatlardan kelgan xalqaro ekspertlar ishtirokida o‘tkazilgan start-sessiyada Makro’ning eng kuchli va zaif tomonlarini aniqlab, tarmoqni kelgusi to‘rt yilda rivojlantirish rejasini qabul qildik.
- Kompaniyangizning eng kuchli tomonini ayta olasizmi?
Tabiiyki, bu yangi jamoa. Biz uchun bozor talablariga moslashish osonroq, chunki biz endigina Makro’ning yangi tizimini shakllantira boshladik. O‘zgarishlarga moslashish tezligi ham shu yerdan kelib chiqadi, biz raqobatchilarimizdan tezroq harakatlanamiz.
- Hozir Siz faqat Toshkentga e’tibor qaratgansiz va bilishimcha, Farg‘ona vodiysini qamrab olishni rejalashtirgansiz. Nima uchun yangi nuqtalarni aynan u yerda ochmoqchisiz?
Chunki Toshkent va Vodiy – zamonaviy Retail’dan to‘laqonli foydalanish imkoni bo‘lmagan 22 million odam degani. U yerda bitta do‘konga 25 000 odam to‘g‘ri keladi. Taqqoslaydigan bo‘lsak, Rossiya va Ukrainada do‘konlar zichligi o‘n karra ko‘proq. Vodiy ulkan salohiyatga ega, shu bois aynan shu yo‘nalishda harakat qilamiz. Strategiyamiz muvaffaqiyatli bo‘lib chiqsa, G‘arb tomon yurishda davom etamiz, ammo bu 2024-yilda bo‘lmasligi aniq, ehtimol 2025-yilga rejalashtirarmiz. Shoshadigan joyimiz yo‘q. Obro‘ yillar davomida barpo etiladi va bir onda yo‘qotiladi. Biz o‘z nufuzimiz va mijozlar bilan ishonchli munosabatlarni qayta qurish jarayonidamiz. Bu yana qanchadir vaqtni oladi, ammo biz jarayondamiz.