Korporativ treninglar nima sababdan biznes-ko‘rsatkichlarga bevosita ta’sir ko ‘rsatadi va xodimlar bilimini qanday qilib daromadga aylantirish to‘g‘risida
Humans korporativ akademiyasi har yili butun O‘zbeksiton bo‘ylab kompaniya ofislari va savdo nuqtalarida faoliyat yurituvchi 3000 dan ortiq mutaxassislarni tayyorlaydi. O‘qitish amaliy keyslardan o‘tadi, bo‘lajak menejerlarga hamdardlik hissi va mentorlik malakalarini oshirishga yordam beriladi. Humans Academy allaqachon ta’lim litsenziyasiga ega va hozirda biznesga korporativ o‘qitishning yangi madaniyatini joriy etishga ko‘maklashmoqda. Ish o ‘rinlaridan avtoritarizm, bozorda tizimli yondashuvning mavjud emasligi va ta’limda SI (sun’iy intellekt) istiqbollari haqida Humans Academy rahbari, biznes-trener, sertifikatga ega kouch, kompetensiyani baholash bo‘yicha mutaxassis Liliya Axatova so‘z yuritdi.
- Humans akadamiyasi – bo‘lajak xodimlarni tayyorlash ta’lim markazi asosida paydo bo‘lgan spin-off mahsulot. Mahalliy bozorga inhouse-metodologiyani olib kirish vaqti kelganini qaysi vaqtda tushunib yetdingiz?
Humans akadamiyasi uch yil mobaynida, ustiga-ustak, izchillik bilan o‘sib, rivojlandi: biz ta’lim dasturlarini yozdik, ularni karyera zinapoyalari bilan yaxlitlashtirdik, har bir kurs samaradorligini baholash tizimini ishlab chiqdik. Pandemiya davrida esa hozirda butun dunyo bo‘ylab yuzlab mutaxassislarimiz foydalanayotgan onlayn masofaviy ta’lim uchun onlayn-platforma ishlab chiqdik. Shu bilan birgalikda o‘sib borayotgan talab tufayli keyinchalik to‘plangan tajribani boshqalar bilan bo‘lishish istagi uyg‘ondi. Ilgarilari mahalliy kompaniyalar korporativ ta’limni qo‘shimcha variant sifatida qabul qilishgan, keyin esa asta-sekinlik bilan muntazam treninglar biznes-ko‘rsatkichlarga ta’sir ko‘rsatishi ayon bo‘lib bordi.
- Bu ta’sirni har doim o‘lchab borishning imkoni bormi?
Ko‘p hollarda kompaniyalar quyidagi sabablarga ko‘ra treninglarga investitsiya kiritishga ro‘yxushlik beravermaydi: ularni baholashning aniq mezonlari mavjud emas. Xodimlar kursni o‘tab, sertifikatga ega bo‘ladilar, biroq ish natijasida bu narsa hech qanaqasiga aks etmaydi.
Humans da biz har qanday dastur samarasi nafaqat dinamik jihatdan, balki miqdor jihatdan ham o‘lchanishi kerak, degan qarorga keldik. Agar bu savdo bo‘yicha trening bo‘lsa, biz sales-bo‘limining kursdan bir hafta avval, kursdan keyingi bir hafta va bir oy mobaynidagi ko‘rsatkichlarini solishtiramiz. Ba’zi holatlarda kadrlarning o‘qitish davomida va undan keyingi qo‘nimsizligini baholaymiz: odatda xodimning ishlash muddati dasturdan keyin oshadi. O‘sish sur’atini kuzatib borishda bizga treningdan keyingi qo‘shimcha tahlillar yordam beradi: biz biznesdan teskari aloqala natijalarini jamlaymiz, keyslarni tahlil qilamiz.
Agar korporativ akademiya kurslarini sotsa-yu, impact postfactum (bajarilgan ish ko‘rsatgan ta’sir) ni baholamasa – bu xavotirli belgi. Shuning uchun ham Humans akademiyasi ta’lim xizmatlariga litsenziyasiga ega bo‘ldi. Biz yirik hajmdagi hujjatlar paketi, shu jumladan, har bir trenerning malaka sertifikati isbotlarini jamladik, ta’lim dasturini batafsil tasvirladik va natijada O‘zbekistonda tadbirkorlik bilan qonuniy, sifatli va vijdonan shug‘ullanish huquqini qo‘lga kiritdik.
- Hozirda Humans akademiyasi qaysi sohalarda faoliyat yuritmoqda? E’tibor aynan nimalarga qaratilgan?
Boshlanishiga biz Rahbarlik maktabi va Biznes-trener maktablarini, shuningdek, istalgan biznes maqsadlariga muvofiqlashtiriluvchi masofaviy kurslarni yaratishni yo‘lga qo‘ydik. Yaqin orada Sotuv, servis va muzokaralar maktabini ochish arafasidamiz. Ayni vaqtda b2b-ta’lim mahsulotlarini ham tavsiya etamiz: so‘rov asosida trenign dasturlari hamda masofaviy kurslar ishlab chiqarishimiz, shu bilan birga korporativ o‘qitish markazini noldan barpo etishimiz mumkin.
Biz kompaniyalarga nafaqat ishchilar malakasini oshirishga, balki muntazam ravishda ular ko‘rsatgan natijalari tahlillarini apgreyd qilish, ularning bilimini hatto masofadan turib ham baholashga yordam beramiz. Agar kompaniyaning butun mamlakat bo‘ylab yuzlab nuqtalari bo‘lsa, markazlashgan holda xodimlarni onlayn tayyorlash hamda ularning malakasini ham masofadan turib doimiy tarzda oshirib boorish mumkin.
- Fikringizcha, O‘zbekistonda korporativ treninglarga nima yetishmaydi?
Asosiy muammo – tizimli yondashuvning yo‘qligida. Kompaniya yilda bir marta korporativ trening paketlarini sotib olib, uzoq muddatli natijalarga umid bog‘laydi. O‘qitish HR-mutaxassislar zimmasiga yuklatiladi, bu esa ularni boshqa vazifalaridan chalg‘itadi. Oqibatda HR holdan toyadi, xodimlar esa kerakli tayyorgarlikni o‘tay olmaydilar – ana shuning ortidan hamma yutqazadi.
O‘zbekistonda malakali biznes-treenrlar va o‘quv markazlari soni ortmoqda. Biroq faqatgina yirik banklar va xalqaro kompaniyalarninggina o‘z korporativ universitet hamda o‘quv markazlarini yo‘lga qo‘yishga qurbi yetadi. Qolgan vaziyatlarda kadrlarni mutlaqo uyushmagan holda tayyorlashlariga guvoh bo‘lishimiz mumkin.
Boshqa muammo esa korporativ ta’limga past baho berilishidir. Bozorda sifati shubha ostida bo‘lgan ta’lim mahsulotlari tobora ko‘paymoqda, internetda esa yuzlab bepul work-shop larni topish mumkin. Biroq xizmatni taqdim etuvchilardan hech qaysisi sifatni kafolatlamaydi, ishonch darajasi pasayadi. Tajribamizdan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, ko‘p sonli sertifikat va diplomlar haqiqatda zaruriy tajriba va malaka haqida so‘zlamaydi.
Ba’zilarga esa ta’lim shuncahlik yoqadiki, ulargao ‘quv jarayonining o‘zi qiziq. Biznes-treningni ko‘pincha ko‘ngil ochish, o‘yin, yangi sharoitda o‘zaro muloqot uchun yangi imkoniyat sifatida qabul qilishadi. Bunday yondashuvda mutaxassis vaqti va kuchini sarflashga tayyor bo‘lmaydi – u uni zavqlantirishlari va ilhomlantirishlarini istaydi. Biz dastlabki yili sotuv menejerlarini tayyorlaganimizda bu holatga to‘qnash kelganmiz. Sotuvchilarning ko‘zlarida ishtiyoq yonib turardi, biroq ish muhitida paydo bo‘lganlari zahot ulardagi motivatsiya tushib ketardi. O‘quv markazida ular o‘zlarini qulay va shod his etishgan bo‘lsa, “front sharoitlari” da esa qiyin va tushunarsiz ahvolga tushib qolishardi. Oxir-oqibat biz yangi bitiruvchilarga haqiqiy ish sharoitiga moslashishlariga yordam beradigan murabbiylar komandasini shakllantirdik.
- Uch yildan ortiq vaqt mobaynida Siz har xil darajadagi menejerlar, biznes-trenerlar va rahbarlar bilan muloqot qilib kelmoqdasiz. Bu vaqt ichida Siz qanday jihatlarni kashf qildingiz?
Ha, men anchadan beri rahbarlar uchun treninglar olib bormoqdaman va haqiqiatdan ham bir qancha jihatlarni payqadim. Xo‘sh, O ‘zbekistonda boshqaruv ikki xil turi mavjud – qo‘llab-quvvatlovchi va avtoritar. Yoki rahbar xodimlar bilan shaxsiy munosabat qurishga umid bog‘laydi – bu holatda hamma narsa iltimos, kelishuv, o‘zaro hurmat ustiga quriladi. Yoki qat’iy iyerarxiya va mutlaq nazorat o‘rnatiladi – xodim boshlig‘ining oldida zir titraydi va xató qilib qo‘yishdan cho‘chiydi.
Oxir-oqibat rahbarning ishi ikkita funsiyaga olib keladi – vazifa belgilash va uning bajarilishi nazorat qilish. Tahlil qilish, strategiya ishlab chiqish, fidbek menejment berishni esa istamaydi va yoqtirmaydi. Biznes o‘saveradi, ko‘rsatkichlar yaxshilanaveradi, rahbarlar esa muammoni payqamaydilar: boshqaruv o‘zgacha tarzda olib borilganida natijalar bundan bir necha marotaba yaxshiroq bo‘lishi mumkin edi.
Menejerga qadar o‘sib keluvchi asosiy xodimlarga ham ko‘pincha bilim yetishmaydi. Sen endigina yigirmadan oshding va sendan yoshi katta hamkasblar ham bo‘lgan komandani boshqaryapsan. Ko‘p narsa jamoadagi umumiy ahvol, mentalitet, an’analarga bog‘liq. Shuning uchun ham biz treninglarda darsliklarda keltirilgan mavhum misollarga emas, xodimlarning real keyslariga tayanamiz.
- Sizning nazaringizda, sifatli korporativ ta’lim nimadan shakllanadi?
Ko‘p holatlarda biznes o‘quv markazlariga juda katta mas’uliyat yuklaydi, ta’lim vazifalarini butkul tashqi manbalar zimmasiga ortadi. Bunday yondashuv natija olib kelmaydi. Men sizning komandangiz bilan taxminiy misollarni to‘xtovsiz muhokama qilishim mumkin, biroq, agar jarayonga menejment ham qo‘shiladigan bo‘lsa, samaradorlik bir necha martaga o‘sadi. Shu sababdan biz treninglarni biznesga bog‘lagan holda olib boramiz.
- Boshqacha vaziyat – o‘sha-o‘sha umidlar. Ba’zida mijoz o‘taketgan mavhum maqsadlar qo‘yadi. Masalan, “Komanda uchun motivatsiya beruvchi timbilding o‘tkazing, biz biroz holdan toydik.” Bu yerda kengroq kontekst talab etiladi: qanday loyiha ustida ishladingiz, nima sizni motivatsiyangizni so‘nishiga olib keldi, qanday kompetensiya yetishmadi? Bizning vazifamiz sizni vaqtinchalik quvvatlantirish emas, balki asosiy ko‘rsatkichlarning o‘sishiga sabab bo‘luvchi harakatlar algoritmini ishlab chiqish sanaladi.
Shu bilan birga, menejerlar skill (mahorat)larini chiniqtirish va shu yerning o‘zida yangi bilimlarini amalda sinab ko‘rishni nazarda tutadigan namuna ko‘rsatish orqali ham o‘qitish samara beradi. Bunda sizning faqat axborotni uzatib, qabul qilish emas, balki nimani “targ‘ib qilayotganingiz”dan xabardor bo‘lishingiz lozim.
- Kompaniyangiz Humans for Humans tamoyiliga amal qiladi – har qanday mahsulot “insonlar tomonidan insonlar uchun” yaratiladi. Korporativ ta’limdan kelib chiqqan holda bu nimani anglatadi?
Mazkur falsafa biznesga har qanday holatda ham insoniylik qiyofasini saqab qolishga hamda insonlar hayotini yaxshi tomonga o‘zgartiardigan mahsulot yaratishga imkon beradi. Agar unga rioya qilinsa, biznes kafolatli tarzda daromad keltiradi, chunki siz talabgir mahsulot yaratasiz, komanda esa holdan toymaydi va motivatsiyani yo‘qotmaydi.
O‘qitishning birinchi kunidanoq biz qadriyatlarimizga yangilarni ham, rahbarlarni ham aralashtiramiz. Yondashuvimiz rekrutingga ham ta’sir qiladi: biz avvalboshdan komandaga eshita oladigan va tinglash qobiliyatiga ega insofli va mas’uliyatli odamlarni izlaymiz – bu yo‘nalish bo‘yicha hatto alohida dasturni ishga tushirishni ham rejalashtiramiz. Biz aniq soft-skills bo‘yicha da’vogarlarni qanday baholashni va bu malakalarni kurslarda qanday rivojlantirishni bilamiz.
- Bugungi kunda ko‘plab kompaniyalar sun’iy intellekt bilan tajriba olib bormoqda. Siz ham xodimlarni tayyorlashdan shunday texnologiyalardan foydalanasizmi?
Humans ga interaktiv onlayn-trenajorlar va simulyatorlarni qo‘llashni allaqachon yo ‘lga qo‘yganmiz, mashina ta’limi texnologiyalari bilan ish olib bormoqdamiz. Kurslarimiz videolarini yozib boruvchi o‘z studiyamizni yaratishni hamda virtual trenajorlar uchun DT (dasturiy ta’minot) ishlab chiqishni rejalashtiryapmiz. Bir nechta korporativ universitetlar skriptlar yaratib beradigan VR-garniturlardan foydalangan holda mashg‘ulotlarni virtual reallikda olib bormoqda. Bu xuddi qimmatga tushadigan ortiqcha dabdabadek bo‘lib ko‘rinsa-da, bunday treninglar haqiqatdan ham samara beradi – ayniqsa yosh mutaxassislar uchun. Bizning darslik dasturlarimiz ham takomillashadi: biz yetarlicha tajriba va ekspertizalarni jamladik – bilimlarimizni raqamlashtirish hamda amaliyotlarimizning bir qismini virtual reallikka o‘tkazish qoldi, xolos.
- Akademiyaning missiyasi nimadan iborat?
Akademiya missiyasi Humans Group missiyalariga mos keladi. Bizning uzoq muddatli maqsadimiz – bu insonlar hayotini mavjud inklyuziv raqamli xizmatlar hisobiga yaxshi tomonga o‘zgartirish. Biz O‘zbekistonda har bir inson uning afzalliklaridan foydalana olishi uchun digital-iqtisodiyotni rivojlantirmoqdamiz. Humans akademiyasi shu singari masalalarni hal etadi: biznes-treninglar yordamida biz mutaxassislarning hayot sifatini yaxshilash tarafdorimiz, bu esa biznes rivoji uchun maqbul shart-sharoitlarni yaratadi. Xizmatlar sifatining yaxshilanishi iqtisodning gullashi hamda butun bir mamlakatning o‘zida ham, undagi alohida shaharlarda ham farovonlik darajasini ko‘tarishga zamin yaratadi. Bu biz izchillik bilan erishishni maqsad qilgan ustuvor vazifadir.
Humans Academy da biz mutaxassislarga iste’dodlarini yashirmaslikka, balki uni ochiqchasiga namoyon etishlariga yordam beramiz. Bizning o‘quv dasturlarimiz bilimlarni o‘lchanadigan bzines-natijalarga ayirboshlashga yordam beradi. Biznes-treninglar – xo‘jako‘rsinga qilinadigan korporativ ko‘ngilocharlik emas, balki ishonchni oqlashi lozim bo‘lgan ta’lim mahsuloti ekanligini isbotlash muhim. Axir, biz bugun kimni o‘qitadigan bo‘lsak, kelajakda raqamli iqtisodiyotni o‘sha inson quradi.