Eramizdan 3 ming yil oldin
Qadimgi Mesopotamiyaliklar pul muomalalarini anglatuvchi hech qanday qiymatga ega bo‘lmagan buyumlardan foydalanishgan. Ular Xarapp sivilizatsiyasi (hozirgi Hindiston hududlarida joylashgan) bilan savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish uchun sayqallangan taxtachalarni ishlatishgan. Taxtachalar ikki tomonlama muhrlardan iborat bo‘lgan va bitimdan keyin to‘lov qilinishiga o‘ziga xos kafolat sifatida xizmat qilgan. Katta va qo‘pol bo‘lishiga qaramay bunday sayqallangan taxtachani olib yurish tonnalab mis tangalarni ko‘tarib yurishdan qulayroq bo‘lgan.
XVIII asr
Ilgari to‘lov turining naqd to‘lovsiz usullari Buyuk Britaniyada tarqalgan edi. Maxsus banklararo tashkilotlar – hisob-kitob markazlari o‘zaro da’volarni hisobga olish asosida veksellar va cheklarni qabul qilishgan: bir tomonning majburiyatlari ikkinchisining qarshi majburiyati bilan “o‘chirilgan”.
1888-yil
Adabiyotda birinchi marta debet kartalari Edvard Bellamining “Yuz yil keyin” (Looking Backward) utopik romanida tasvirlangan. Qahramonlar 21 yoshdan 45 yoshgacha ishlashi majbur edi, oziq-ovqat va yashash joy kabi kerakli ehtiyojlar davlat krediti hisobidan amalga oshirilgan. 45 yoshda barcha fuqarolar nafaqaga chiqishgan va har qanday jamoat oshxonalaridan taomlanish imkoniyatiga ega bo‘lishgan.
1891-yil
American Express bank kartalarining ajdodi bo‘lmish sayohat cheklarini ishlab chiqarishdi. Amerika mehmonxonalari va do‘konlari mijozning hisobini kuzatish, xaridlari hisobini yuritish, va masalan, doimiy mijozlar uchun nasiya to‘lov taqdim qilish uchun ulardan foydalangan.
XIX asrning oxiri
Qo‘shma Shtatlarningg univermaglari va mehmonxonalarida to‘lov plastinalari yo‘lga qo‘yildi. Ko‘pincha tanga shaklidagi individual raqamga ega tselluloid yoki metallning kichik bo‘laklari mijozlarga xaridlarini kredit orqali to‘lovlarni amalga oshirishlari uchun berilgan. Hisob-kitob vaqtida, sotuvchi ushbu plastinadan iz olib o‘zida nusxa qoldirgan va shu bilan kim qancha qarzdor ekanligini doim bilib turgan. Eng keng tarqalgan to‘lov plastinalari Amerikaning Charga-Plate kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va 1960-yillarga qadar foydalanilgan.
XX asr boshlari
Qog‘oz cheklar to‘lov vositasi sifatida tarqala boshladi. Kishi yonida katta miqdordagi naqd pullar bo‘lmagan paytda ular orqali to‘lovni amalga oshirish imkoni yaratilgan. Chek egasi bankka kelib, chekni naqd pulga aylantirishi yoki undagi mablag‘ni o‘z hisob raqamiga o‘tkazishi mumkin bo‘lgan.
1950-yil
Diners Club kartalari ilk umumlashgan to‘lov kartasiga aylandi. Uni tadbirkor Frenk Maknamara o‘ylab topgan. U do‘stlari va mijozlari bilan kechki taom tadbiriga hamyonini boshqa bir kostyumida unutib qoldirganini to‘satdan anglaydi. Shunda kichik karton kartochkani imzolab, qaytishi va kechki taom uchun to‘lov qilishi majburiyatini oladi. Avvaliga Nyu-Yorkning faqat 14 restoranidagina bunday to‘lov qilish kiritildi, keyinchalik esa bu g‘oya butun mamlakat bo‘ylab aksariyat muassasalarini qamrab oldi. Diners Club mijozi o‘z nomi kiritilgan karton kartochkani klub bilan shartnoma tuzgan barcha yerda to‘lovni amalga oshira olardi. Sotuvchilar kartadan iz olib, Diners Club ga to‘lov haqida ma’lumotlarni jo‘natar edi, va o‘z navbatida mijozdan to‘lov undirilardi.
1958-yil
American Express sayohatlar va ko‘ngilochar programmalar uchun karta ishlab chiqardi. Amerika banki esa Kaliforniyaga 60 mingta BankAmericard (kelajakdagi Visa kartalari) kartalarini jo‘natdi. Ilk bunday kartalar asosan turli davlatlarda safarlarda bo‘luvchi kommivoyajyorlarga mo‘ljallangan edi. Ular Diners Club kartalari prinsipiga ko‘ra ishlardi, ammo bank oldidagi qarzni Diners Club qoidalariga ko‘ra darhol emas, balki sekin-asta to‘lash mumkin edi. 1960-yilga kelib kompaniya kredit kartalarini tejash usuli sifatida ommaviy reklama qilishga kirishdi.
1960-yillar boshi
Kartalar o‘sha vaqtlarda qimmat material hisoblangan plastiklardan qilina boshlandi. 60-yillarning oxiriga kelib, IBM kompaniyasi AQSh hukumati buyurtmasiga ko‘ra kredit kartalarda magnitli chiziq kritdi. Bu kartadagi ma’lumotni elektron ko‘rinishda saqlashga imkon yaratdi, pul o‘tkazmalari esa jadalroq va xavfsizroq bo‘ldi.
1970-yillar
Banklararo pul o‘tkazmalarini elektron ko‘rinishda amalga oshirish imkonini bergan EFT (elektron kapital harakati) tizimi ixtiro qilindi. Bu internet-banking va to‘g‘ri depozitga yo‘l ochdi va naqd mablag‘ ehtiyojini kamaytirdi.
1980-yillar
Debet kartalari paydo bo‘ldi. Ular foydalanuvchilarga bank filialiga bormasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisob raqamidan o‘zlarining (bank emas) pullariga kirishning qulay usulini taqdim etdi. Debet kartalari tezda mashhurlikka erishdi va savdoda keng qo‘llanila boshlandi.
85% xaridlar Mastersard ma’lumotiga ko‘ra dunyoda hanuzgacha naqd pullar yordamida amalga oshiriladi. Biroq, ba’zi mamlakatlarda naqd pullarning hissasi noltga tenglashtirildi. Misol uchun, Shvetsiyada. 2018-yilda mamlakatda “2023-yilgacha naqd pullarsiz to‘lov” pilot programmasi yo‘lga qo‘yildi, uning maqsadi – dunyodagi ilk naqd pulsiz jamiyatga aylanish. 2022-yilga kelib naqd pulning hissasi 8% ga tushib ketdi, undan asosan qariyalar foydalanishda davom etmoqda. Deyarli barcha Swish naqd pulsiz to‘lov ilovasidan foydalanadi, aksariyat qahvaxona va do‘konlarda “Faqat karta” va “Faqat naqd pulsiz to‘lov” yozuvlarini uchratish mumkin. Norvegiya, Daniya va Islandiyada ham xuddi shunday voqea.
Naqd to‘lovsiz hayot tarzi qanday o‘zgarmoqda
Naqd pulsiz to‘lovlar hayotning turli sohalarida inqiloblar qilmoqda. Misol uchun, transportlarda. Aksariyat shaharlarning jamoat transportlarida kontaktsiz to‘lov variantlari yo‘lga qo‘yilgan: yo‘lovchi shunchaki hisoblovchi terminalga kartasi yoki smartfonini tekkizadi. Xayriya tashkilotlariga xayriya jamg‘armalarini amalga oshirish osonroq bo‘ldi. Ko‘pgina notijorat tashkilotlar endilikda onlayn-xayriya variantlarini taklif qilishmoqda yoki mobil ilovalar orqali to‘lovlarni qabul qilishmoqda. Chakana savdo do‘konlari esa hozirda sotuvchilar mustaqil smartfon yordamida mahsulotlarni skanerlashi va to‘lov qilishi uchun o‘z-o‘ziga xizmat qilishni yo‘lga qo‘yishgan. Natijada kassa ishchisiga ehtiyoj kamaydi. Naqd pulsiz to‘lov hatto ko‘ngilochar sohalarda ham tarqaldi. Ba’zi konsert maydonlari va festivallarda endilikda maxsus bilaguzuk yoki RFID-karta beriladi, uning hisobiga pul o‘tqazish va u orqali taomlar va turli buyumlar sotiluvchi peshtaxtalardan xaridlarni amalga oshirish mumkin.
Jismoniy valyutaning qisqarishi
Naqd pulsiz to‘lovlar jismoniy valyutalarning qisqarishiga olib keldi. Aksariyat davlatlarda banknotlar va tangalarga talab sezilarli kamaydi, bu esa ularning bosib chiqarilishi va zarb qilinishini qisqartirdi. 2020-yilda Britaniyada naqd pullar hajmi besh yil ichida 30% ga kamayishini taxmin qilishgan edi. Oʻzbekistonda, Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, 2022-yil yakuniga koʻra pul massasidagi naqd pul hajmi 25 foizni tashkil etgan va uzoq muddatda bu ulush kamayadi.
XXI asr boshlari
Asta-sekin kontaktsiz chip kartalar ishlatila boshlandi: Mastercard 2002-yilda PayPass asosidagi birinchi kredit kartasini sinab ko‘rdi. 2000-yillardagi smartfonlar va aloqa texnologiyalarining rivojlanishi bilan mobil to‘lov tizimlari paydo bo‘ldi. PayPal, Google Wallet va Apple Pay kompaniyalari foydalanuvchilarga shaxsiy mobil qurilmalari orqali to‘lovni amalga oshiruvchi raqamlashgan hamyonlar yaratishdi.
2010-yillar
NFC (yaqindagi kontaktsiz aloqa) va RFID (radiochastotali identifikatsiya) kabi kontaktsiz to‘lov qilish turlari keng tarqaldi. Bu texnologiyalar foydalanuvchilarga karta yoki mobil qurilmani savdo nuqtasidagi terminalga tekkizish bilan to‘lov qilish imkonini berdi.
To‘lov uchun NFC-chiplarni nafaqat mobil qurilmaga, balki kundalik ishlatiladigan har qanday buyumga, misol uchun, uzuk, bilaguzuk, smartfon g‘iloflari, stiker yoki breloklar, smart-soatlar va fitnes-trekerlarga o‘rnatish mumkin bo‘ldi. 2016-yil London metrosi dizayn konkursida tirnoq qoplamasiga o‘rnatilgan RFID-mikrochip transport kartasini namoyish qilishdi.
2016-yil
Yaponiyada FingoPay barmoq izi yordamida biometrik to‘lov qilish sinov tariqasida ishga tushdi. Sayyyohlar mamlakatning aholisi ko‘p hududlarida mehmonxonalarda barmoq izlarini qayd qilishlari va do‘konlar, metro va boshqa muassasalarda barmoq tekkizish orqali to‘lov qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. AQSh da esa Mastercard selfi orqali to‘lov qilish usulini ishlab chiqdi.
300 € – 2014-yildan buyon fransuzlar har qanday davlat korxonalarida naqd to‘lov qilishi mumkin bo‘lgan maksimal mablag‘; bundan yuqori mablag‘ faqatgina naqd to‘lovsiz amalga oshirilishi kerak.
30% – Buyuk Britaniya aholisi kupyuralardan foydalanishni to‘xtatishdi – ularning yarmini yoshlar tashkil qiladi. Keksa avlod vakillari naqd pulsiz to‘lovlarning bor-yo‘g‘i chorak qismini tashkil qiladi.
5,5 trillion $ – Xitoydagi smartfon orqali qilinuvchi to‘lovlar aylanishi, bu AQSh dan 50 marta ko‘p degani. Bundan tashqari, Xitoyning asosiy to‘lov tizimi QR-kodlar orqalidir.