Islom Karimov – O’zbekiston birinchi prezidenti xalq yuragida, kuchli, mustaqil va qatiyatli odam bo’lib qoladi. Bizning birinchi rahbarimiz qanday edi – u bilan shaxsan ko’rishgan odamlar xotirasini o’qing.


Ushbu material Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi ko’magida tayyorlandi.

Mustaqil, Kuchli, Qat’iyatli

Davlat boshlig’ining shaxsiy fazilatlari ko’p jihatdan mamlakatning kelajakdagi taqdirini belgilaydi. Islom Karimov ajoyib siyosatchi sifatida, voqealar mohiyatini ko’rish imkoniyatiga ega edi, shaxsiy jasorat, kuchli irodasi, va har bir vatandoshi uchun maxsus javobgarlik hissi bilan ajralib turar edi.

U mohir siyosatchi uzoqni ko’radigan va pragmatik davlat rahbari edi, va birinchi navbatda o’z xalqining manfaatlari yo’lida boshqarib, va uning rivojlanishi va farovonligi uchun harakat qilar edi.

O’zbekiston, jiddiy iqtisodiy va ijtimoiy inqiroz yoqasida, hamda fuqarolik va etnik urushdan bir qadamda edi, tarixiy voqea va qonuniylik sifatining irodasiga ko’ra, davlat rahbarligi ostida  aynan shu odam turdi-ki rivojlanish salohiyatini nafaqat yo’qotibgina qolmay, balki ammo asta-sekin ishonchli ravishda zamonaviy, mustaqil, progressiv mamlakatga aylana boshladi.

Aynan  Islom Karimovning ajoyib davlat faoliyati va noyob shaxsiy fazilatlari tufayli, O’zbekiston bugun o’z yo’lida qat’iy yurmoqda.


U qanday edi: odamlar xotirasi

Karimov Parfyumi

маргарита меркулова Ислам Каримов - каким был Первый Президент воспоминания людей

 

Margarita Merkulova, Vatan urush faxriysi, Berlin shahrini qo’lga kiritishda ishtirok etgan, «Nuroniy» Respublika hayriya jamg’armasi raisi.

Men u bilan bir necha bor uchrashganman. Yodimda, u har bir faxriyaning ismi va otasining ismi bilan murojaat qilgan. U katta hurmat bilan gapirgan va har doim sog’lilig’iga qiziqardi.

Uchrashuvning birinchi taassurotlari: mukammal kiyingan, ko’k kostyum, opoq ko’ylak va … o’ziga xos atir – uning kuchi va xarizmasiga urg’u beradigan nozik hid. Men hali ham bu hidni eslayman. Uni «Karimov atiri» deb atayman.


Hayotni o’zgartirgan nutq

Азиза Умерова Ислам Каримов - каким был Первый Президент воспоминания людей

 

Aziza Umarova, Evrosiyo konsalting byurosi ijrochi direktori, SmartGov konsalting

Ajablanarli darajada, mamlakatning birinchi prezidenti bilan mening hayotimda va kelajakdagi taqdirimdagi burilish nuqtasi bog’liq. Men shifokor bo’lish qatiy niyatida edim, ammo Prezidentning iqtidorli yoshlar guruhi bilan suhbatining translatsiyasini tomosha qilganimdan keyin fikrimni o’zgartirdim.

Islom Abdug’anievich o’sha davrdagi AQShda nufuzli «Umid» dasturida ta’lim olgan yoshlar bilan muloqot qilar edi. Karimov yoshlarga bo’lgan ishonchini va barcha yo’llarni ochishga tayyorligini bildirdi.

Азиза Умерова Ислам Каримов - каким был Первый Президент воспоминания людей
Azizaning shaxsiy arxividan fotosurat

O’sha kuni yana bir bor ishonch kom qildimki, bilim va qat’iyat ila mamlakatimizda ulkan yutuqlar va yangi yuksaklikka erishish mumkinligini. Bu iste’dodli yoshlar eng oddiy oilalardan, ularning so’zlari va prezident bilan suhbatning butun atmosferasi menni shu darajaga intilishga chorladi.

Bu voqea meni shunchalar ilhomlantirdi-ki, yarim yildan so’ng Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga o’qishga kirib, «Kamolot» yoshlar harakati shahar Kengashining a’zosi bo’ldim va bir kuni men u bilan shaxsan uchrashish va salomlashish imkoniga ega bo’ldim.


Estalikka va yuragga bo’lgan qimmatli sovg’a

Ислам Каримов - каким был Первый Президент: воспоминания людей

 

Bahodir Ayupov, OTBning «Samarali davlat boshqaruvi uchun elektron hukumat» loyihasi boshqaruvchisi.

Men 2002 yilda Buyuk Britaniyadagi nufuzli universitetda o’qish uchun stipendiya olish uchun baxtli bo’lganlardan biri edim. O’sha payt bu men uchun yangi va kashf bo’lmagan narsa edi, bu bizni ilhomlantirib, buyuk narsalar bizni kutib turganligiga ishonch hosil qilar edi.

O’qishga ketishdan oldin, barcha stependiyachilarni tantanali uchrashuvga to’plashdi, va har birimizga Prezidentning imzosi bilan soatni topshirishdi. Men, yosh talaba uchun, bu taqdirning buyuk in’omi va buyuk belgisi – ishonch va kuchli motivatsiya ramzi edi. Vatanimning rivojlanishiga hissa qo’shish va uning yaxshi ishi uchun bu imkoniyatdan maksimal darajada foydalanish istagi paydo bo’ldi.

Bu aynan shu kungacha qilayotgan narsa. Ko’p yillar o’tib, men yoshlarni qo’llab-quvvatlash va ishonch hissi bilan ta’minlash, ularni rag’batlantirish naqadar muhimligini tushunyapman. Va ishoning, bu ….  soat kabi ishlaydi!


Birinchi prezidentning tarjimoni

Зульфия Тухтаходжаева Ислам Каримов - каким был Первый Президент воспоминания людей

Zulfiya To’xtaxodjayeva, O’zDJTU-da Ingliz tili leksikologiya kafedrasi dotsenti, O’zbekistondagi birinchi tarjimonlardan biri. O’zbekistonning xalqaro tashkilotlarida loyiha koordinatori bo’lib ishlagan. Birinchi prezidentning tarjimoni bo’lgan

Birinchi marta 1991 yil iyun oyida Islom Abdug’aniyevichning O’zbekistondagi birinchi Xalqaro Biznes Forumida nutqini tarjima qilishdan  muvafaq bo’lganman. Bu kun xotiramda abadiy qoladi.

O’shanda men qanchalik xayajonlanayotganimni eslayman, chunki tarjima hamohang bo’lgan edi. Biroq, uning haqiqiy davlat rahbarining ishonchli va qatiq ovozi, aniq va qisqa nutq, o’z mamlakati uchun faxri va o’z xalqiga samimiy hurmat va shonli tarixini boshdan kechirgani, boshimdagi barcha boshqa his-tuyg’ularni o’chirdi.

Зульфия Тухтаходжаева Ислам Каримов - каким был Первый Президент воспоминания людей
Zulfiyaning shaxsiy arxividan surat

Keyingi yillarda men xalqaro delegatsiyalar bilan uchrashuvlarda va muzokaralarda uning tarjimon bo’lib ishlashga muvofaq bo’lganimda, u har doim mamlakatimizning yorug ‘kelajagiga aql bovar qilmaydigan ishonchni chiqazar edi va bu ishonch bilan barcha kishilarga ham tarqatar edi. Islom Karimov suhbatdoshlariga ochiq va ishonchli qarashlari, har qanday sohada turli mavzularda suhbatlar o’tkazish qobiliyati bilan hurmat ko’rsatardi.

U ishtirok etgan barcha muzokaralarda, savollarga maslahatchilarining yordamiga murojaat qilmasdan javob berardi. Ko’plab xorijiy delegatsiyalar vakillari tomonidan uning mehr-muruvvati va salohiyati haqida bizning birinchi prezidentimiz haqida hayratlanarli so’zlarni ko’p marotaba eshitardim.

O’zgacha issiqlik bilan eslayman, yig’ilishlar tugagandan so’ng har safar mehmonlar bilan qo’llarini siqib, keyin biz tarjimonlar oldiga kelib va shaxsan menga: «Zulfiyaxonning ajoyib ish uchun tashakkur» derdi.

Maqola muallifi:
Uslubchi:
Foydalanilgan materiallar:
Manba:
← Bizni Facebook’da o‘qish uchun «Нравится» tugmasini bosing
Bizni Telegram’da kuzatib boring
Dolzarb yangiliklarni kanalning o‘zidayoq ko‘ring
Kunlik dayjest
Eng sara maqolalarni pochtangizda qabul qiling

Izohlar