2024-yilda startaplar va IT-mutaxassislar uchun eng yaxshi xalqaro ko‘rgazmalar hamda oliy bo‘g‘im rahbarlari uun biznes-anjumanlar
Ekspertlar biznesni yangi darajaga ko‘tarish uchun birlashadigan zamonaviy dunyoda oxirgi trendlarning eng oldida turish, shuningdek o‘z yo‘nalishi bo‘yicha foydali, jumladan xorijiy tanishlarni orttirish muhim. Quyida joriy yildagi turli tarmoqlar bo‘yicha eng qiziqarli anjumanlarni sanab o‘tamiz.
Global startaplar anjumani
23–24-aprel, Kremniy vodiysi, Kaliforniya, AQSh
SGGC – faunderlar orasida keng ommalashgan tadbirlardan biridir. Anjuman to‘rt milliondan ortiq startapdan iborat xalqaro hamjamiyat tomonidan tashkil qilinadi. Startup Grind – IT sohasidagi ekspertlar bilan muloqot qilish, o‘z startapi taqdimotini o‘tkazish hamda imkon qadar ko‘proq investorlar e’tiborini tortish mumkin bo‘lgan ajoyib maskan. Anjumanda yirik IT-kompaniyalardan kelgan spikerlar nutq so‘zlaydi, bu orada hamkorlar ro‘yxatidan DELL, American Express, Google Cloud, Samsung va Microsoft kabi kompaniyalar o‘rin olgan. Avvalgi anjumanlarda turli texgigantlarning xodimlari, masalan Lorreyn Tuxill (Google), Yan Kum (WhatsApp), Sem Altman (Open AI), Erik Yuan (Zoom), Duglas Leone (Sequoia), Dilan Fild (Figma), Emili Chang (Bloomberg) ishtirok etgan.
Tadbir dasturida an’anaviy tarzda hamma o‘z startaplari haqida so‘zlab beradigan Startup Exhibition startaprlar ko‘rgazmasi mavjud. Shuningdek, akseleratorda ishtirok etish uchun talabnoma berish mumkin: u investorlar bilan uchrashish hamda bosh sahnada startaplar tanlovida ishtirok etish imkonini beradi. Dastlab chiptaning narxi $249 bo‘ladi, ammo tadbir sanasi yaqinlashgani sayin bu qiymat oshib boradi. Startup Exhibition dasturida ishtirok etish narxi – $2499.
Tech.eu sammiti
16–17-may, London, Buyuk Britaniya
Tech.eu – Yevropaning eng ilg‘or IT mutaxassislari jamlanadigan ikki kunlik sammit. Tadbirda texnologiya olamiga ta’sir ko‘rsatuvchi barcha yig‘iladi: tadbirkorlar, investorlar, siyosatchilar, olimlar, jurnalistlar, sanoat yetakchilari va shunchaki ixlosmandlar. Asosiy hamkorlar orasida – Yevropa innovatsiya kengashi, Google, Nasdaq, Isomer Capital va Colendi. 2024-yildagi mehmonlar ro‘yxati hali e’lon qilinmagan, ammo o‘tgan yilgi spikerlar quyidagilar: Aleksandr De Kro (Belgiya bosh vaziri), Ali Niknam (bunq), Bao-I van Kong (Target Global), Kris Ueyd (Isomer capital), Den Xayns (Atomico), Devid Xaynemayer Xensson (Basecamp & HEY).
Butun axborot 20 daqiqalik ma’ruza ko‘rinishidagi qulay shaklda taqdim etiladi va bu vaqt mavzuga yetarlicha chuqur kirishish imkonini beradi, ammo tinglovchilarni uxlatib qo‘ymaydi. Oxirgi sammitda fintex, sog‘liqni saqlash, SaaS (ing. Software as a Service – dasturiy ta’minot xizmat sifatida) va mobillik mavzulari yoritilgan edi. Chiptalarning boshlang‘ich narxi – $380, vaqt o‘tgach bu raqam – $600dan oshadi.
Digital Enterprise anjumani
11–13–iyun, Malaga, Ispaniya
Digital Enterprise Show – har yili Ispaniyada o‘tkaziladigan yana bir mashhur IT-anjuman. DES hamkorlari orasida Globant, IBM, Intel, Oracle va Telefónica kompaniyalari mavjud. DES birinchi navbatda oxirgi rivojlanish bosqichida bo‘lgan loyihalar – bozorda mustahkam pozitsiyani egallagan barqaror kompaniyalarga ixtisoslashgan.
2023-yilda tadbir 17 000dan ortiq yuqori bo‘g‘im rahbarlarini bir yerga to‘pladi. Bundan tashqari, dasturning markaziy qismi hisoblangan Digital Business World Congress har yili ko‘plab afsonaviy ismlarni birlashtiradi. Bu yerda deyarli har bir sohadan bilim olish mumkin, muhokama qilinadigan mavzular ko‘lami esa quyidagilardan iborat: no-code yechimlar, generativ SO, bulutli texnologiyalar, kvantga oid hisoblar, web 3.0, sanoa avtomatizatsiyasi. Tadbirkor uchun ko‘rgazma hududi, Tech Series, España Pyme Digital va raqamli demoga kirishga ruxsat beruvchi chipta narxi $98. VIP-ruxsatnoma uch kunga $740 va bir kunga $440 turadi.
We Make Future ko‘rgazmasi
13–15-iyun, Rimini, Italiya
We Make Future (WMF) – xalqaro texnologiyalar va raqamli innovatsiyalar festivali. O‘tgan yil o‘nta pavilonda 670dan ortiq ko‘rgazma joylashishga muvaffaq bo‘lgan. Yetakchi ekspertlar sun’iy ong, deep tech, aerofazoviy sanoat, kriptovalyutalar, katta ma’lumotlar, VR va AR, robototexnika, kiberxavfsizlik rivojlanishi va boshqa ko‘plab yo‘nalishlar haqida so‘zlab bergan. 2023-yil bu yerda 60 000ta ishtirokchi, 2 000tv startap va investor, 1 000tv spiker va 670ta homiy jamlandi.
WMF doirasida startaplarni Startup District – startaplar, kichik va o‘rtacha innovatsion korxonalar uchun mo‘ljallangan ko‘rgazma hududida venchur jamg‘armalarga, biznes-farishtalarga va inkubatorlarga namoyish etish mumkin. 22 yoshgacha bo‘lgan talabalar esa ko‘zga tushish uchun ko‘proq imkoniyatga ega: har yili WMF doirasida yoshlar orasida tadbirkorlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan tanlov – Startup Competition Young tashkil etiladi. Oddiy ishtirokchi uchun standart chipta – $108, keyin narx yanada ko‘proq opsiyalar qo‘shilgan holda o‘sib boradi.
BARCHA TARMOQLAR BO‘YICHA YANA 10 XIL BIZNES-ANJUMAN
Kreativlik va innovatsiyalar
TED 2024
15–19–aprel, Vankuver, Kanada
Barcha sohalardagi faollar, hayolparastlar, yetakchilar va kashshoflar uchun mo‘ljallangan besh kunlik anjuman 80dan ortiq chiqish va intervyulardan iborat. Anjumanning har ikkinchi ishtirokchisi, odatda, yuqori bo‘g‘im rahbari hisoblanadi. Bosh mavzu: 40-son TED yubileyi insoniyat uchun yo‘l ochish bilan band bo‘lgan odamlar yoki kompaniyalar – yo‘loboshlovchilarga bag‘ishlanadi.
Startaplar va texnologiyalar
Viva Technology anjumani
22–25-may, Parij, Fransiya
Siz o‘yinni yaxshilash uchun mos dasturiy ta’minot yoki biznesda hamkorni izlayotganingizdan qat’iy nazar, Viva Technology – shu kabi maqsadlarga erishish uchun yaxshi joy. Qariyb 3000 ishtirokchi. Bosh mavzular: innovatsiyalarni tezlashtirish, sun’iy ong va metaborliq sohasidagi eng yangi ishlanmalar hamda ularning kashfiyotchilari bilan tanishuv.
Mashinali o‘qitish
Mashinali o‘qitish texnologiyalari bo‘yicha 9-xalqaro anjuman
24–26 maya, Oslo, Norvegiya
Olimlar, muxandislar, sanoatchilar va stipendiatlar mashinali o‘qitish sohasida o‘z g‘oyalarini o‘rtoqlashishi, kimdandir nimanidir o‘rganishi yoki hamkorlik haqida kelishuvga erishish mumkin bo‘lgan tadbir. Bosh mavzu (har doimgidek) – so‘nggi tadqiqotlar natijalari va ushbu sohada taraqqiyotni tezlashtirishdan iborat.
Media va muxbirlik
Butunjahon yangiliklar OAV 2024 kongressi
27-29-may, Kopengagen, Daniya
1948-yildan boshlab har yili o‘tkazib kelinadigan tadbir bosh direktorlar, muharrirlar, muhbirlar va OAV sohasida qarorlar qabul qiluvchi shaxslarning muhim uchrashuv doirasi hisoblanadi. Taxminan 80 foiz ishtirokchilar rahbarlik lavozimida faoliyat yuritadi. Bosh mavzular: daromadlar diversifikatsiyasi hamda bugungi kunda raqamli media olamiga ta’sir qiluvchi muhim muammolar.
Texnologiyalar va sun’iy ong
Dublin texnologik sammiti
29–30-may, Dublin, Irlandiya
Hozirda Yevropadagi eng jadal o‘sib borayotgan texnologik sammit hisoblangan Dublin Tech Summit har yili 8000dan ortiq tashrif buyuruvchilar va 200dan ziyod xalqaro spikerlarni jalb qilib kelmoqda. Joriy yilda ularning orasida, masalan, Microsoft’dan Kiran Makkorri, Oculus hammuassisi Djek Makkoli hamda Ikea chakana sotuvlar bo‘yicha menjeri Tolga Onchu bo‘ladi. Bosh mavzular: sun’iy ong, raqamli transformatsiya, keyingi avlod hisoblashlari, shuningdek kvantga oid hisoblar va chuqur texnologiyalar sohasida so‘nggi yutuqlar.
Risk-menejment va kiberxavfsizlik
Gartner 2024 Xavfsizlik va tavakkallar boshqaruvi bo‘yicha sammiti
3-5-iyun, Neshnl-Xarbor, AQSh
Biznesini kutilmagan vaziyatlardan himoyalash istagidan bo‘lgan yuqori bo‘g‘im rahbarlari uchun eng yangi ma’lumotlar. Bosh mavzular: tavakkallar boshqaruvi, bulutli xavfsizlik, aqlli biznes-echimlar.
Barqaror rivojlanish
Barqaror rivojlanish va ESG bo‘yicha butunjahon sammiti
18-19-iyun, Amsterdam, Niderlandiya
Bu boshqaruv ilmida biron yangilikdan xabardor bo‘lishni istagan korxonalar, tashkilotlar va hattoki hukumatlar top-menejerlari uchun eng maqbul joy (ESG qisqartmasi ekologiya, ijtimoiy siyosat va korporativ boshqaruvni bildiradi). Bosh mavzular: ma’lumotlar va hisobdorlikning kelajagi, ESG tizimida sun’iy ong roli va normativ-huquqiy baza.
Marketing va tadbirlar
The Event Planner Expo 2024
15–17-oktabr, Nyu-York, AQSh
Event Planner Expo rahbarlar, biznes egalari, marketing bo‘yicha ekspertlar va tadbirlarni tashkil qilish sohasi mutaxassislari uchun mo‘ljallangan: korporativ uchrashuvlarni rejalashtirishdan tortib mahsulot taqdimoti yoki jamoat tadbirlarigacha. Bosh mavzular: sotuvlar va marketing strategiyalari siri, tadbirlarni tashkil qilishda eng keng tarqalgan muammolar.
Eng yangi texnologiyalar va venchur kapital
Eng yangi texnologiyalar bo‘yicha veb-sammit
11–14-noyabr, Lissabon, Portugaliya
Har yili ushbu tadbir jadal o‘sayotgan startaplar asoschilaridan tortib investorlargacha – 70 000dan ortiq ishtirokchilarni jalb qiladi. Sammit Google va Microsoft kabi texnologik gigantlar hamda Fortune 500 ro‘yxatidagi kompaniyalar bilan faol hamkorlik olib boradi. Bosh mavzuni alohida ko‘rsatish imkonsiz, bu yerda har sohaga taalluqli tadbirlar o‘tkaziladi.
Biznes-yetakchilik
Butunjahon biznes-forumi
13–14-noyabr, Sidney, Avstraliya
Butunjahon biznes-forumi yigirma yildan ortiq muddat ichida rahbarlardan iborat jahon hamjamiyati bir yerga jamlanuvchi tadbir sifatida nom qozongan. Bosh mavzular: bu yerda har qanday sanoat va zamonaviy biznesdagi dolzarb masalalarni qamrab oladigan ko‘p sonli tadbirlar o‘tkaziladi.