Sentabr oyi oxirida Toshkentdagi Aviasozlar saroyida butun dunyodagi elektron musiqa havaskorlari va iste’dodli artistlarni birlashtirgan Sublimation uch kunlik festivali bo‘lib o‘tdi. Aytish joizki, xalq orasida har oy dunyo bo‘ylab jonli chiqishlarni o‘tkazadigan hamda Thom Yorke, Carl Cox, Erykah Badu, Jamie xx, Nina Kraviz kabi xedlaynerlari bilan nom qozongan Britaniyadagi musiqiy broadcast-platforma sharafiga nomlangan “Boiler Room kechasi” haqida eshitish mumkin.
Dunyoning ellikta mamlakati va yuzta shahrida bo‘lishga ulgurgan “boyler” mahalliy an’analarga hurmat bajo keltirgan holda, madaniy-musiqiy sinergiyani yaratish uchun ketma-ket ikkinchi yil O‘zbekistonda tashrif buyurmoqda.
Birinchi kun festival tashkilotchilari musiqiy biznesda muvaffaqiyatga erishish sirlarini oshkor qilish hamda shiddat bilan rivojlanib borayotgan sohada dolzarb strategiyalarni ilgari surishni o‘rtoqlashish maqsadida “IMPACT.T technology hub” devorlarida anjuman o‘tkazdilar.
Chamasi, festivalning bosh qahramoni sifatida 2010-yillarda musiqiy broadkasting olamidagi inqilobga sabab bo‘lgan SoundCloud platformasining musiqiy prodyuseri va hamasoschisi Matas Petrikasni qayd etish mumkin. Tanqidchilar ushbu o‘n yillik o‘rtalarini “SoundCloud davri”, mazkur maydoncha yordamida yutuqqa erishgan musiqachilarni esa – soundcloud-repchilar deya nomlaydilar. Ularning orasida — Lil Peep, Lil Pump, XXXTentacion, Smokepurpp, Juice WRLD, Lil Uzi Vert, Lil Yachty. 2017-yilda The New York Time nashri “o‘sib borayotgan narxlar” haqida bashoratomuz maqolani chop etgan bo‘lib, unda artistlar DIY (Do It Yourself — “o‘zing bajar”) janrining avlodi sifatida so‘zga olingan.
Matas Petrikas, SoundCloud hamasoschisi, musiqiy prodyuser:
Hozirgi vaqtda musiqangni dunyo bilan bo‘lishish va nazarda tushishning ko‘plab usullari mavjud. Hammasini sanab o‘tirmayman, ammo men uchun kontent qiziqarli – hamyonbop, mukammal, gollivudcha, aynan qiziqarli, o‘ziga xos bo‘lishi kerak.
Agar siz O‘zbekistondan bo‘lsangiz, hikoya qiladigan va ko‘rsatadigan ko‘p narsalarni topishingiz mumkin! Qayerdaligi ahamiyatsiz — Instagram, Youtube, Spotify… G‘arb tomoshabinlari uchun mahalliy madaniyat haqiqiy tortish nuqtasi sifatida xizmat qilishi mumkin. Shartli amerikalik uchun O‘zbekistondan chiqqan iqtidorli xonanda yoki guruhni ko‘rish — haqiqiy vau-ta’sir, aniq nazarga tushadigan va yodda qoladigan hodisadir. Buni xuddi dunyoning boshqa burchagiga sayohatga o‘xshatish mumkin.
Shu bois, artistning aynan hozir qanchalik muvaffaqiyatli ekanligi u qadar muhim emas, asosiysi — qiziqarli bo‘lish, yangi madaniyat va ma’nolarni yetkazishdir. Germaniya yoki boshqa g‘arbiy davlatlarda nimanidir amalga oshirish ancha qiyin: u yerda musiqiy sanoat odatiy va tushunarli, raqobat juda kuchli, u yerda hammasini ko‘rishga ulgurganmiz. Lekin, avval mavjud bo‘lmagan qandaydir yangi narsani yaratadigan bo‘lsangiz, odamlar siz tomonga intiladi, ijodingiz katta qiziqish va ta’sirga ega bo‘ladi. Bu jihatdan O‘zbekiston ulkan sarhadlarni ochib beradi. Biz aynan shu sababdan tashrif buyurdik.
Shuningdek, birinchi kun davomida modernizmga xos arxitekturani saqlab qolish masalalari muhokama qilinib, anjumanda mintaqadagi mashhur arxitektorlar so‘zga chiqdi. Samantha Togni va Bjarki tomonidan yosh iste’dodlar uchun eksklyuziv mahorat-maktablari va vorkshoplar o‘tkazildi, Refuge Worldwide esa global radio va efirga uzatish sohasidagi tendensiyalar va texnologiyalarga bag‘ishlangan zamonaviy mahorat maktabini tashkil qildi. Tadbirning ilk kuni tajriba musiqiy shousi bilan yakunlandi. Keyingi ikki kun boy musiqiy va teatr dasturi, shuningdek Aziza Qodiriyning art-installyatsiyasini qamrab oldi.
Aviasozlar saroyi ikki kechaga ohangdor baslar hamrohligidagi quvvat manbaiga aylandi. Bu yerdagi yorqin musiqiy obrazlar — g‘arb maktabi va o‘zbekona o‘ziga xoslik kontrastidan foydalanishga oid omadli urinish bo‘ldi. Ivan Dorn, Adana Twins, Bjarki, Basic Chanel, Matas Petrikas, Cass, Nazira, ZENGXRL kabi ko‘plab ijodkorlar, o‘zbekistonlik musiqachilar o‘z didjey-setlarini o‘tkazdi.
Bunday muhitda soatlar hisobini unutish oson: musiqa atrofdagi hamma narsani butkul qamrab oladi va o‘zidan keyin uzoq vaqtga yoqimli xotira qoldiradi. So‘ngra oyoqlarning o‘zi hayoldagi ohangda sizni ko‘cha bo‘ylab boshlab boradi.
Foto: Feruz Rustamov, Amir Melikov