Flat Preloader Icon
Avlodlar raqobatiAvlodlar raqobati

Avlodlar raqobati

Mazkur tavsifda biz ikki avtomobilni, aniqrog‘i Chevrolet’ning ikki avlodini ko‘rib chiqamiz. Bular Lacetti (biz uni yana Gentra ham deyishga odatlanganmiz) va Onix. Ularning misolida o‘zbek sanoati tarixini kuzatish va avtomobillarimizning odatlari va talablari qanday o‘zgarganini ko‘rish mumkin. Uzabzor avtoblogeri Muhammadjon @uzabzor_official YouTube-kanalini yuritadi, va u milliondan ortiq obunachilarga ega. Bizning iltimosimizga binoan u barchamizga ma’lum ikkita modelni solishtirib berdi.


Muhammadjon Uzabzor — Instagram endigina paydo bo‘lgan paytlarda roliklar ola boshlagan o‘zbek videoblogingining ilk kashshoflaridan biri.   odin iz pervoproxodsev uzbekskogo videobloginga, kotorыy nachal snimat roliki, kogda tolko poyavilsya Instagram. Shuningdek, u Sirg‘ali avtomobil bozorida roliklar suratga olgan birinchi odam edi.  

2016-yilda yarmarkaga chiqarilgan avtomobillarning narxini bilishning imkoni bo‘lmaganini ko‘pchilik eslay olmasa kerak. Buning uchun Telegram’da maxsus guruhlar ochilgan edi. Muhammadjon avtomobillarni yarmarkaning o‘zida tavsiflab, ularning xususiyatlarini va eng muhimi, narxini ko‘rsatib o‘ta boshlagan.

Uning blogi o‘zbek tilidagi blogingning birinchilaridan edi. U birato‘la o‘zbek tilida roliklarni suratga olardi va shu tufayli tezda mashxur bo‘ldi. 2018-yilda to‘rt oy davomida unga 100 mingta obunachi obuna bo‘ldi, 2021-yilda esa uning blogi million obunachiga yetdi.  

Bu safar u biz bilan birgalikda Chevrolet Lacetti ni yodga oldi va yangi avtogigant Chevrolet Onix ni ko‘rib chiqdi.

Avlodlar raqobati


HAQIQIY AFSONA

Shunday qilib, Lacetti 2003-yilda ishlab chiqarila boshlandi – va hattoki hozir, 2024-yilda ham o‘z qatorining yetakchilaridan biri bo‘lib qolmoqda. Kimlar uchundir bu o‘z egasining haytidagi muhim o‘zgarishlarni guvohiga aylangan ilk mashina bo‘ldi!

Lacetti yigirma yil davomida faqatgina ijobiy sharhlarga erishgan haqiqiy afsona desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu sizni aslo qiyin vaziyatlarda uyaltirib qo‘ymaydigan haqiqiy “mehnatkash tulpor”, shuningdek, shahar bo‘ylab yoki tog‘larga safar vaqtida ham ajoyib va oilaviy hisoblanuvchi avtomobildir. Siz doim unga ishonsangiz bo‘ladi, bu esa e’tiborga loyiq.

Eng avval Lacetti 1,6 litr hajmdagi dvigatel bilan jihozlangan. 2007-yildan boshlab avtomobilga 1,8 litr dvigatel o‘rnatilgan. 2014-yil sentabr oyidan boshlab hozirgi vaqtgacha hammamizga ma’lum takomillashgan 1,5 litrli motot bilan jihozlanib keldi.

Xo‘sh, salonida nimalarga e’tibor qaratamiz? Albatta, keng o‘rindiqlarga. Orqa o‘rindiqlarda bemalol uch kishi joylasha oladi va o‘zini qulay his qiladi. Bunga sabab avtomobil orqa o‘rindiqlari yetarlicha kattaligi va suyanchiqlari avtomobil kuzovidan ichkarida joylashganligidir va muvofiq ravishda avtomobilning yukxona bo‘lmasida joy qisqargan. Biroq, yo‘lovchilar uzoq safarlarda charchoq his qilishmaydi. Lacetti’ning barchaga ma’lum bo‘lgan yana bir o‘ziga xosligi shundaki, old va orqa o‘rindiqlar orasidagi masofaning sezilarli darajada keng, va shu sababli salon ichi juda qulaydir. Ha aytgancha, 2020-yildan beri avtomobilning old o‘rindiqlarida isitish tizimi o‘rnatilmoqda!

Avlodlar raqobati

Avtomobil salonidagi deyarli barcha jihozlar plastikdan. Ruli juda yengil va to‘rt bosqisda boshqariladi. Unda audiotizimni boshqaruvchi tugmalar o‘rnatilgan. Olti bosqichli avtomat uzatish qutisi.

Kamchilik tomonini aytadigan bo‘lsak, biz yuqorida qayd etgan yukxona maydonining qisqarganidir. Lekin shunda ham uning hajmi 405 litrni tashkil qiladi, va buni oz deya olmaymiz. Ayrim avto ixlosmandlar yukxonadagi zahira g‘ildiragi o‘rniga 50-litrli propan ballon yoki 100-litrli metan ballon o‘rnatishadi. Yana metan ballon o‘rniga 90-litrli uzunchoq propan ballon o‘rnatayotganlar ham bor.

Ammo vaqt o‘tyapti, biz shiddat bilan oldinlab bormoqdamiz, qulaylikka bo‘lgan talablarimiz ham o‘zgarmoqda. Agar siz vaqt bin yonma-yon qadam tashlashni istasangiz, yanada qulaylik hissini beruvchi boshqa Chevrolet avtomobillariga o‘tish vaqti keldi. Onix modeli juda a’lo tanlov bo‘la oladi.

YANGI YULDUZ

Onix tashqi ko‘rinishining o‘ziyoq bu yangi davr mashinasi ekanligini anglatadi. Onix O‘zbekistonga birinchi marta Braziliyadan olib kelingan. Bugungi kunda yurtimizda qora rang deysizmi, yoki oqmi, jami olti xil rangda mavjud.

Umuman olganda, bugun bu avtomobil jamiki qulayliklar va foydali funksiyalarga ega. Misol uchun, orqani ko‘rish uchun 9-dyuymli monitor. Yoki Apple Car Play va Android Auto tizimlari – telefon qurilmasini avtomobilga ulash imkoniyatini beruvchi yangi audio tizimlar. Qurilmangizdagi barcha fayllar, musiqa, sozlama va xarita belgilari avtomobil xotirasiga o‘tkaziladi. Mashinangiz sizning boshqa qurilmalaringiz bilan uyg‘unlashuvchi haqiqiy gadjetga aylanadi.

Sport ko‘rinishidagi o‘rindiqlarda siz o‘zingizni go‘yo lyuks sinfidagi avtomobilda o‘tirgandek his qilasiz. Multiruldagi audio tizim boshqaruv tugmalari safaringizni ancha qulaylashtiradi. Xuddi shu kabi telefonni simsiz quvvatlagich ham.

Ammo bular bizning xavfsizligimizga javobgar tizimlar oldida hech narsa emas. Aytaylik, kruiz-nazorat – uzoq safarlarda o‘zingizni qulay his qilishingizga yordam beradigan foydali funksiya. Iqlim nazorati funksiyasi esa kerakli haroratni o‘rnatib, saqlab tura oladi.

Avtomobilni hatto avto rejimda ham boshqarish mumkin. Asboblar paneli haqida gapirsak, u eng so‘ngisi bo‘lib, markazida suyuq kristalli monitor, o‘ng tomonida spidometr va chap tomonida taxometr bilan jihozlangan.

Avlodlar raqobati

Yana bir e’tiborga molik afzalliklaridan biri, 2024-yildan beri ishlab chiqarilayotgan turbo-motorli va turbinasiz motorli barcha Onix avtomobillariga 91-oktan va undan yuqori yonilg‘i quyish mumkin. Bundan tashqari, metan yoki propan qurilmalariga (agar uni rasmiy xizmat ko‘rsatish markazida o‘rnatsangiz) ishlab chiqaruvchi tomonidan uch yil, yoki 100 ming km masofa kafolati beriladi.

Mazkur avtomobil O‘zbekistonda uzoq yillar davomida ishlab chiqarishi kutilmoqda: u o‘zini juda yaxshi ko‘rsatmoqda, va unga bo‘lgan talab faqat o‘smoqda. Xuddi bir paytlar bizning Lacetti kabi.

Boshqa avtomobillardan Onix o‘zining kengligi, orqa o‘rindiqlarning balandligi, charm saloni, ichki yoritkichlari, chiroyli sport uslubidagi o‘rindiqlari va funksional tirsakqo‘ygichlari, suv idishi uchun maxsus joy, orqa o‘rindiqlarni isitish tizimi, telefon, planshet va noutbukni simsiz zaryadlash qurilmasi bilan farq qiladi. Old va orqa parktroniklari, tungi yoritkichlari, yangilangan salon va quvvatli dvigateli unga darhaqiqat zamonaviy avto maqomini beradi.

O‘ylashimcha, Onix o‘z egasiga kamida 10-15 yil, hatto 20-30 yil ham xizmat qiladi. Avtomobilning qulaylik darajasi zamonaviy talablarga to‘liq javob beradi. Bizning mintaqamizda shubhasiz muhim bo‘lgan jihati – bu to‘lovdan so‘ng darhol mashinani olib ketish imkoniyati borligi.

Men shaxsan o‘zim bu mashinani tanlayman va sizlarga ham tavsiya qilaman!

Avlodlar raqobati

Suratga olish ishlarida yordam qo‘lini cho‘zgan Central Asian Expo (CAEx Uzbekistan) ko‘rgazma maydonining rahbariyatiga minnatdorchilik bildiramiz.

Hamkorlik yangiliklari