VOTUM RATING agentligi o‘z faoliyati davomida chiqargan ikkita katalogning natijasini olamshumuldan boshqa so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi. Tahririyatning kelgusi rejalari haqida hikoya qilamiz.
Joriy yilning bahorida The Mag Business o‘quvchilari Saber Publisher axborot ustunlarida yangi “qahramon” – Toshkentdagi Top-100 ta restoran katalogini ko‘rishga muvaffaq bo‘ldilar. Har holda muqovasi tufayli uni sezmaslikning iloji yo‘q: limondek sariq jilo, ko‘zga tashlanuvchi shrift, markazda esa – palov solingan laminatsiyalangan likopcha. Muqova ostida – Toshkentdagi eng yaxshi restoranlar, kafe, qahvaxonalar, fastfudlar va tungi muassasalar, shuningdek qiziqarli ko‘p parchali materiallardan iborat 128 sahifa joylashgan. VOTUM RATING axborot-reyting agentligining ilk loyihasi poytaxtimiz aholisiga aynan shunday ko‘rinishda taqdim etildi.
Nashrning dolzarbligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Keyingi yillarda poytaxt o‘zining noyob pazandalik an’analarini saqlab qolish bilan birga, ularni boyitishga ham erishdi – endilikda bu yerda butun dunyo oshxonalari taqdim etilgan. Bu xoh mahalliy aholi, xoh chet ellik odam, mehmon yoki sayohatchi bo‘lsin – Toshkent deyarli har kuni qiziqarli va unutilmas narsalarni taklif qiladi. VOTUM RATING xilma-xil muassasalarni tasniflashtirib, katalogni imkon qadar ko‘proq ma’lumot axboroti bilan to‘ldirdi. Katalog paydo bo‘lishi bilan qalbga yaqin tanlovni amalga oshirish yanada osonlashdi.
Luiza Kayumova, VOTUM RATING ijrochi direktori:
“Jamoamiz katta ishni amalga oshirdi. Albatta, biz qiziqish va turli fikrlarni taxmin qilgandik, ammo natija biz kutganimizdan a’lo bo‘ldi. Birinchidan, jurnal juda tez tarqalib ketdi. Ikkinchidan, biz hamma yerdan, xususan faqat ijobiy qayta aloqani, shuningdek turli tashkilotlardan, boring-ki diplomatik vakolatxonalardan ham hamkorlik yuzasidan qiziqishlarni qabul qildik. Va albatta, biz keyingi katalogda 2025-yil uchun dolzarb topni taqdim etish uchun yangi muassasa egalari bilan doim aloqadamiz va restoran sohasidagi yangiliklardan boxabar bo‘lib turamiz”.
VOTUM UNIVERSITIES: TANLOVDA ADASHMA
Ilk nashr ustida ishlash jarayonidayoq VOTUM RATING tahririyati yana bir keng ko‘lamli loyiha – O‘zbekistondagi universitetlar birinchi katalogini tayyorlashga kirishdi. Mamlakat tarixida hali bunaqasi bo‘lmagan: respublikadagi jami 212 ta oliy ta’lim muassasasi haqida ma’lumotlarni deyarli noldan boshlab to‘plash, ularni tizimlashtirish hamda mavjud ma’lumotlarni tanishish uchun qulay shaklda aks ettirish zarur edi. Katalogni tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi agentlikka yaqindan yordam ko‘rsatdi.
Nazokat Abdukunduzova, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot-kotibi:
“Afsuski, bizda shu vaqtgacha barcha, jumladan nodavlat oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha batafsil ma’lumot to‘plangan yagona platforma yoki katalog bo‘lmagan. VOTUM RATING katalogi respublikadagi barcha oliygohlar haqidagi yagona, to‘liq, tasdiqlangan va dolzarb ma’lumotnoma bo‘ladi”.
Xususan, nashrning ishlab chiqilgan konsepsiyasida har bir oliygohning “profayli” markaziy o‘rinni egallagan bo‘lib, unda deyarli barchasini bilib olish mumkin: ta’lim bosqichlari, fakultet va yo‘nalishlar, o‘qish tillari, budjet va shartnoma o‘rinlari uchun kvotalar, kirish imtihonlari ro‘yxati, talabalar soni (jumladan, grant asosidagi), minimal o‘tish balli, professor-o‘qituvchilar tarkibi va boshqa ko‘plab ma’lumotlar.
Katalogda shuningdek oliy o‘quv yurtlarining ochiqligi reytingi taqdim etilib, qiziqarli longridlar joylashtirilgan. Tahririyat tomonidan amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar natijasida 400 sahifadan iborat katalog avgust oyida tayyor bo‘ldi va Toshkent maktablarida tarqatila boshladi. Qayd etish kerakki, nashr ikki, ya’ni o‘zbek va rus tillarida chop etilgan bo‘lib, ikkita “teskari ko‘riladigan” muqovali kreativ talqinda ishlab chiqilgan.
Bugungi kunda ko‘pchilik uchun elektron talqin qulayroq, ammo loyihaning ijodiy jamoasi yaxshiroq variantni o‘ylab topdi: may oyida O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollej va litseylari bo‘yicha amaldagi tanlanma joylashtirilgan VOTUM Universities telegram-boti taqdim etildi. Virtual yordamchi O‘zbekistondagi 212 ta oliygoh va 793 ta kollej va texnikumlarga doir ma’lumotni qamrab olgan bo‘lib, istalgan parametrlar bo‘yicha oliygohni tanlash imkonini beradi.
Luiza Kayumova, VOTUM RATING ijrochi direktori:
“Oliy ta’lim muassasalari katalogini yaratishda bizga O‘zbekistonda bunga o‘xshash narsa avval bo‘lmaganligi holati ilhom berdi – VOTUM RATING respublikada o‘ziga xos “janr” kashfiyotchisiga aylandi. Har birimiz qachonlardir abituriyent bo‘lganmiz hamda o‘z oliygohini topish naqadar mas’uliyatli va murakkab vazifa ekanligini bilamiz. Atrofdagilarning maslahatlarini tinglash va internetda izlash, albatta, yaxshi, ammo qo‘lingda barcha oliy o‘quv yurtlari haqidagi to‘liq ma’lumotga ega jurnal bo‘lsa – bu mutlaqo boshqa vaziyat. Ishonchim komilki, katalog va telegram-bot shunchaki oddiy yordamchi emas, balki orzu sari yo‘lko‘rsatkichga aylanadi”.
YANGI MAQSADLAR
VOTUM RATING erishilgan natijalarda to‘xtab qolmasdan, hozir yangi kataloglar ustida ish olib bormoqda. Eng yaqin nashr bank sohasiga bag‘ishlangan bo‘ladi, kelgusida esa “avtomobillar” katalogi va HoReCa (mehmonxonalar, restoranlar, kafe va keytering) segmentidagi top muassasalar rejalashtirilgan. Hamkasblarimiz jamoasi xuddi avvalgidek faqat sifatli, xolisona va qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etadi. VOTUM RATING yangiliklarini shu nomdagi telegram-kanal orqali kuzatib borishni tavsiya qilamiz.