CNBC telekanalining xabar berishicha, Nike keyingi uch yil mobaynida xarajatlarni taxminan 2 mlrd dollarga qisqartirish rejalari haqida e’lon qilib, sotuvlar prognozini pasaytirgan.
Kompaniya xarajatlarni qisqartirishga doir reja doirasida avtomatlashtirish darajasini oshirib, assortimentni osonlashtiradi hamda boshqaruv tuzilmasini maqbullashtiradi. Shuningdek, kompaniya joriy chorakda qayta tashkil etishga, jumladan xodimlarga ishdan bo‘shatish nafaqasini to‘lashga 400-500 mln. dollar yo‘naltirishni rejalashtirgan.
Avvalroq The Oregonian nashri Nike kompaniyasi bir necha hafta davomida oz-ozdan xodimlarini ishdan bo‘shatish orqali yirik qisqartirishlarni rejalashtirganini bildirayotgani haqida yozgan edi.