Flat Preloader Icon
"Biz logistika biznesida yetakchi o‘rinni egallashni istaymiz": Valeriy Rusin Orient Logistics’dagi faoliyati haqida"Biz logistika biznesida yetakchi o‘rinni egallashni istaymiz": Valeriy Rusin Orient Logistics’dagi faoliyati haqida
08 Yanvar 2024

«Biz logistika biznesida yetakchi o‘rinni egallashni istaymiz»: Valeriy Rusin Orient Logistics’dagi faoliyati haqida

Aniqlik, tajriba, mahorat – Orient Group logistika subxoldingi rahbari Valeriy Rusin bilan muloqotdan so‘ng birinchi bo‘lib shu uchta so‘z hayolga keladi. The Mag mutaxassis bilan avtomatlashtirilgan omborxonalar qurilishi, 3PL-logistika va O‘zbekistonning logistika sohasidagi istiqbollari haqida suhbatlashdi.

«Мы хотим занять лидирующую роль в логистическом бизнесе»: Валерий Русин о работе Orient Logistics

O‘zingiz haqingizda so‘zlab bersangiz. O‘zbekistonda jamoangiz bilan kelganmisiz?

Ha, men o‘zim bilan jamoaning bir qismini olib keldim: bular logistika bo‘yicha direktor, IT-texnologiyalar bo‘yicha direktor va ombor jarayonlari bilan ishlovchi menejer. Ularning barchasi bu sohada 15 yildan buyon faoliyat yuritib keladi.

O‘zim ko‘plab xalqaro (Mars, Lexel Electronics, Metro) va Rossiya (Smile, ALIDI) distribyutorlik kompaniyalarida ishlaganman. Oxirgi ish joyim (ALIDI) omborlar va transport bilan bog‘liq operatsiyalar bilan shug‘ullanuvchi yirik distribyutorlik kompaniyasi bo‘lgan. Biroq, O‘zbekistonda o‘z omborlarimizni qursak, u yerda RF bo‘yicha logistika xizmatlari va distributsiyani taqdim etadigan ijara maydolari mavjud edi. Shu bois tijorat va logistika sohasi menga juda yaxshi tanish.

Hozirda asosiy vazifangiz nimadan iborat?

Maydonchalar ishini tashkil qilish, omborlarni qurish va jarayonlarni yo‘lga qo‘yish. Bularning barchasi amalga oshirilganidan so‘ng mustaqil quvvatlarga olib chiqish, mahalliy kadrlar zaxirasi bilan ta’minlash vazifasi turadi, ana shunda butun faoliyatga keng ko‘lamli tus berish mumkin.

Aytilganlardan xulosa qilinsa, Siz boy tajribaga ega mutaxassissiz.

Bu osondek ko‘rinadi, ammo aslida bu o‘ta chuqur jarayon. Agar odam organizmi misolida qaraydigan bo‘lsak, miya – men va siz bir umr foydalanadigan tovarlarni o‘ylab topadigan ishlab chiqaruvchi. Yurak – mahsulotni katta hajmda ishlab chiqaruvchi zavod. Yana qon aylanish tizimi, ya’ni tovarlarni har bir hujayra – har bir odamgacha yetkazishi kerak bo‘lgan logistika ham bor.

«Мы хотим занять лидирующую роль в логистическом бизнесе»: Валерий Русин о работе Orient Logistics

Qiziq o‘xshatish. Orient Group logistika subxoldingining faoliyati haqida batafsilroq so‘zlab bersangiz.

Orient Logistics’ning asosiy faoliyati bojxona omborlari bilan bog‘liq. O‘zbekistonda qayta ishlov beriladigan jami yuklarning 50 foizigacha bo‘lgan hajmi, ular xoh xorijdan kelgan, xoh xorijga ketayotgan yuklar bo‘lishidan qat’iy nazar, Orient terminallari orqali o‘tadi. Hammasi bo‘lib bizda to‘rtta terminal mavjud: Chukursay Logistics Center, Universal Logistic Services (ULS), Orient Logistics Center (OLC) va Highway Logistics. Ularning uchtasiga yuklar temir yo‘l va avtomobil transporti orqali yetkaziladi, Highway terminaliga esa faqat avtomobil transportida keladi.

Yuklar yetkaziladi, bojxona tozalashidan o‘tadi, ular uchun bojxona to‘lanadi, biz esa ularga qayta ishlov berish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatamiz. Masalan, bizda taqsimlash kerak bo‘lgan bojxonadan chiqarilgan konteyner mavjud – biz bu ishlarni turli yetkazib beruvchilar uchun amalga oshiramiz. Xuddi shu holat vagonlar yoki avtomobil furalari bilan bajariladi. Mijozlar, mulkdorlar yoki xaridorlar terminalda o‘z mahsulotlarini uch yilgacha saqlashlari mumkin.

Siz o‘ta sodda qilib aytganda qanday xizmatlarni ko‘rsatasiz?

Yuklarni omborlarga joylashtirib, ularni sifatli, ehtiyotkor va but saqlash majburiyatini olamiz. Buyurtmachining talabnomasi asosida tovarni taqdim etamiz, hujjatlar to‘plamini rasmiylashtiramiz va mahsulot bizning hududni tark etadi. Hozirda Orient Logistics aynan shunday faoliyat yuritmoqda.

Biroq, yangi yo‘nalish sifatida bizda Nestle xalqaro korporatsiyasining tijorat ombori ham mavjud bo‘lib, unga mahsulotlarni saqlash xizmatlarini taqdim etamiz. Bunda, o‘ziga xos taqsimot markazi nazarda tutiladi. Yevropa va Rossiyada ishlab chiqariladigan tovar bizga yetib keladi, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tadi va saqlash omboriga jo‘natiladi. Bu yerda mahsulot uni distrbyutor, savdo tarmog‘i yoki ulgurji mijoz olib ketgunicha saqlanadi. Ya’ni, to‘liq tozalangan tovar bojxona omborlaridan tashqarida saqlanadi.

Barchasi mijozlarning talabidan kelib chiqib ma’lum yaroqlilik muddatiga ega qutilar va tovar partiyalariga to‘planadi hamda kerakli davrda buyurtmachiga jo‘natiladi. Katta supermarketlar alohida shartlar belgilaydi: zarur yaroqlilik muddatiga ega mahsulotlarga ko‘p miqdorda buyurtma beradi. Ular o‘z imidji uchun kurashadi. Biz bularning barchasini inobatga olamiz. Bizning vazifa – ishimizda hamkorlarimizning ehtiyojlari va topshiriqlarini hisobga olgan holda, ularni to‘laqonli hajmda a’lo sifat bilan bajarishdan iborat.

«Мы хотим занять лидирующую роль в логистическом бизнесе»: Валерий Русин о работе Orient Logistics

Bundan tashqari, ikki yarim oy avval biz tijorat omborlari qurilishini boshladik. Highway Logistics maydonchasida A toifasidagi 20 mingtalik ombor barpo etilmoqda: turli mahsulotlarni saqlash uchun mo‘ljallangan katta zamonaviy 14 metrli joylar. Bu loyiha butunlay avtomatlashtirilgan bo‘ladi. Bugungi kunda O‘zbekistonda avtomatlashtirishning bunday darajasida bir-ikkita kompaniya faoliyat yuritadi, biz esa mazkur yo‘nalishda yetakchi o‘rinni egallashni istaymiz.

Shu joydan batafsilroq aytib bersangiz.

Ombordagi avtomatlashtirilgan tizim yordamida ishlab chiqaruvchi va buyurtmachi bizda nima va qancha miqdorda saqlanayotgani haqida ma’lumot olish imkoniga ega bo‘ladi. Masalan, mijoz buyurtma beradi, biz esa tovarni tanlaymiz, shakllantiramiz va uning savdo nuqtasiga jo‘natamiz. Bunda, u yukning holati haqida istalgan vaqtda ma’lumot olishi mumkin: yuk yig‘ilmoqda, yo‘lda yoki allaqachon yetkazildi. Bu 3PL-operatsiyalar deb nomlanuvchi to‘laqonli jarayon.

Bugungi kungacha O‘zbekistonda hamma narsa B va C toifasidagi kichik omborlarda saqlangan, shuning uchun, masalan mashhur internet-platformalar, E-com kompaniyalar, yirik oziq-ovqat mahsulotlari, kundalik ehtiyoj tovarlari ta’minotchilari, katta assortimentli mahsulotlarga ega tarmoq kompaniyalari bu yerga kirmagan: hech kim ularga zarur darajadagi xizmatni ta’minlay olmagan.

Biz g‘ildirakni ixtiro etmaymiz, balki biryo‘la yuqori darajadagi servis bilan yaxshi ishlangan va sozlangan xizmatlarni taklif qilamiz. Biz faqat oziq-ovqat guruhlari bilan emas, balki yuksak moda tovarlari bilan ham hamkorlik qilishga tayyormiz. Bular, masalan, Zara, H&M, Bershka va Stradivarius kabi brendlar kiradigan Inditex milliy kompaniyalar guruhi, shuningdek ombor va transport logistikasidan manfaatdor bo‘lgan boshqa xoldinglar bo‘lishi mumkin.

«Мы хотим занять лидирующую роль в логистическом бизнесе»: Валерий Русин о работе Orient Logistics

Ya’ni, men biron tarmoq sifatida shartli ravishda Sizga o‘z buyumlarimni topshiraman, ular omborga keladi va ularni oxirgi xaridorlargacha jo‘natish bilan o‘zingiz shug‘ullanasiz, to‘g‘rimi?

Oxirgi xaridorlargacha emas, balki do‘konlargacha. Eng qimmatli narsa, bu – savdo maydonlari. Ijara haqi baland, tovarlarning katta zaxiralarini omborlarda saqlashni tashkil qilish qiyin: artikullar juda ko‘p, shuningdek tovarning saqlanishi va xavfsizligini ta’minlay oladigan mutaxassislar kerak. Bularning barchasini o‘z zimmamizga olamiz.

Aytaylik, sizning nomingizga Gollandiya, Fransiya, Xitoy yoki boshqa biron davlatdan ulkan assortimentga ega tovarlar solingan konteynerlar keladi. Biz ularni o‘z omborlarimizda qabul qilib, o‘chlamlar, brendlar, artikullar bo‘yicha saralaymiz. Buyurtmachilar esa omborimizdagi mahsulot qoldiqlariga doir kundalik axborotga ega bo‘lgan holda, kundalik buyurtmani shakllantirish va belgilangan vaqtga yetkazib berilishini kutishi kerak xalos. Ular “bizga shuncha miqdorda falon artikuldagi rubashkalar, boshqa artikuldagisi shuncha kerak” deb aytadilar. 24 soat ichida shu mahsulot qadoqlangan qutilar ularga yetkaziladi.

Agar qandaydir chalkashlik yuz bersa, boshqa nimadir buyurtma bergan bo‘lsalar – ular mazkur tovarni keyingi yetkazib berishda qaytarishlari mumkin. Biz uni yana kerakli joylarga saralab qo‘yamiz va keyingi safar buyurgan narsalarini oladilar. Xatosiz. Va bu mahsulotning mutlaqo barcha guruhlariga tegishli.

Siz bunday ish uslubi 3PL deb nomlanishini aytdingiz. Tushuntirib bersangiz.

Ha, bunda ikki variant mavjud – 2PL va 3PL. Birinchisi, bu – saqlash, ikkinchisi – ishlov berish, uchinchisi esa – yetkazish. Agar omborda tovarni faqat saqlasak va saralasak, bu 2PL hisoblanadi. Agar faqat saralasak va yetkazib bersak, bu ham 2PL bo‘ladi. Agar jami uch omil ishlaydigan jarayon bo‘lsa – 3PL (Third Party Logistics, “uchinchi avlod logistikasi”. – Mual. izohi) hosil bo‘ladi.

«Мы хотим занять лидирующую роль в логистическом бизнесе»: Валерий Русин о работе Orient Logistics

O‘zbekistonda ko‘pi bilan uchta kompaniya 3PL tizimi bo‘yicha ishlaydi, ularning nomini aytmayman. Bular o‘zlari xarid qilishi, saqlashi va tovarlarni savdo nuqtalariga yetkazishi mumkin bo‘lgan distribyutorlar. Bu hayratlanarli, axir mamlakat ulkan. Hozir biz O‘zbekistonda qurayotgan omborlar aholi soniga hisoblanganda Rossiyaga nisbatan taxminan ming martaga va Germaniyaga nisbatan esa 10 ming martaga kamroq.

Ammo, bir qarashda bu yerdagi iste’mol bozori juda sig‘imli ko‘rinadi.

Sig‘imli ekanligi rost. Biroq, bu yerda hozircha mazkur yo‘nalishda ishlash uchun vakolatlar, bilimlar, qobiliyatlar yo‘q. Biz yaqin bir-ikki yil ichida bu texnologiyani rivojlantirishdan tashqari, xodimlarni ham tayyorlashimiz kerakligini tushunamiz: bu yo‘nalishni O‘zbekistonda rivojlantirishni davom ettiradigan professionallar jamoasi paydo bo‘lishi kerak.

Yangi omborlar qachon ishga tushiriladi?

Birinchi yigirmamingtalik 2024-yilning fevralida ishga tushadi. Biz juda tez quramiz. Poydevordan to ombor to‘liq ishga tushirilgunicha bo‘lgan butun jarayon 7-8 oyni tashkil qiladi. Iyun oyi oxirida “qazishni” boshlagandik, hozir tom qoplamasi uchun stropila tizimlari o‘rnatilmoqda. Uni taxminan fevralning ikkinchi-uchinchi dekadasiga ishga tushiramiz.

Tovarlar, mahsulotlarni saqlash qandaydir alohida sharoitlarni talab qiladimi? Masalan, aniq harorat?

Albatta, alohida xususiyatlar haqida so‘zlab beraman. Birinchidan, omborlar mukammal toza bo‘lishi kerak. Buning uchun ular, tabiiyki, tezkor yuvilish, yog‘lardan xalos bo‘lish va dezinfeksiyalanish uchun texnologik jihatdan moslashgan bo‘lishi kerak. Shuning uchun biz alohida qurilish materiallaridan foydalanamiz. Ikkinchidan, ixtisoslashgan texnika ishlashi uchun mustahkam pollar talab etiladi. Masalan, marmar to‘g‘ri kelmaydi, chunki u yoriladi.

Shuningdek, omborning bor maydonidan maksimal darajada foydalanish uchun alohida kataklarga ajraladigan maxsus javon qurilmalari zarur. Hamma joyda matematika, hamma joyda tijorat, hamma joyda biz maksimal darajadagi maqbullikni izlaymiz.

Bundan tashqari, omborlarda harorat moslamalari qo‘llaniladi. O‘zbekistonda, albatta, havo issiq bo‘ladi, ammo sovuq haqida ham unutmaslik zarur. Omborlarda, ko‘chadagi harorat -20 yoki +45 bo‘lishidan qat’iy nazar, yil davomida maqbul harorat saqlanib turishi uchun ham shamollatish tizimi, ham isitish tizimini o‘rnatamiz. Qurilayotgan omborda o‘rnatiladigan iqlim tizimi sutkaning istalgan vaqtida haroratni 18 +/- uch daraja va 25 +/- uch daraja diapazonida saqlab turadi.

Shu bilan birga, keyingi yilda bu yerda, ya’ni OLS’da, oziq-ovqat omborlarini qura boshlaymiz. Bu yerda uchta haroratli saqlash zonasi bo‘ladi: +4, -4 va -25.

Shu o‘rinda, sutni do‘konga yetkazish hamda u sifatli va yangi holatda saqlanishini ta’minlash uchun ma’lum harorat rejimini quvvatlaydigan mashinalar ham muhim. Aks holda, mahsulotni hech kim sotib olmaydi. Meva-sabzavotlar bilan ham xuddi shunday.

Shuningdek, maxsus texnika va maxsus ombor boshqaruvi tizimidan foydalaniladi. Har bir amaliyot ma’lumotlarni to‘plash terminali orqali o‘tadi, shu bois xodimlar bironta ham tovar birligini qayergadir nazoratsiz qo‘yishi yoki unutishi mumkin emas: tizim mahsulot qayerdaligi va qaysi mijozga yetkazish kerakligini doim eslatib turadi.

Tizimga ma’lumotlar qanday kiritiladi?

Dastlab har bir tovar shtrix kodga ega, u terminal orqali skanerdan o‘tkaziladi va barcha ma’lumotlar, jumladan yaroqlilik muddati, tizimga tushadi. Keyinroq, omborda saralash vaqtida tizim tovarni qaysi kataklardan va qaysi yaroqlilik muddati bilan olishni o‘zi aytadi.

Hammasi oddiy va tushunarli!

Lekin buni texnologik jihatdan amalga oshirish juda qiyin. Asosiy urg‘u, albatta, IT-tizimlarga beriladi.

Siz bu tizimlarni sotib olasizmi?

Bir vaqtning o‘zida sotib olamiz va qayta ishlaymiz. Bazalar doim xarid qilinadi, tizim sozlanishlari esa har bir mijozning ehtiyojiga qarab moslashtiriladi. Masalan, ushbu yigirmamingtalik omborning yarmini Nestle egallashi mumkin. Ikkinchi yarmida esa qariyb yuzta hamkorning tovarlari joylashadi va ularning har biri tovar, uni saralash va yuklash bo‘yicha o‘z talablariga ega. Bu ma’lumotlarning barchasi tizimga kiritiladi. Mijoz doim nimani buyurtma qilayotganini, unga nima yuklanayotganini, yuk qayerda ekanligini va uni qachon olishini bilishi kerak.

Siz ham tashqi, ham o‘zbekistonlik hamkorlar bilan ishlaysizmi?

Biz o‘zbekistonlik hamkorlar tashqi sheriklarga nisbatan ko‘proq bo‘lishidan umidvormiz.

Hozir ombor xizmatlaridan foydalanadigan ichki o‘yinchilar kam, to‘g‘rimi?

Kam, juda kam. Va bu, birinchi navbatda, omborlar bo‘yicha takliflar yo‘qligi bilan bog‘liq. Ularning soni ko‘payadi degan umiddamiz.

Tabiiyki, hamma o‘z ishi bilan shug‘ullanishi kerak. Ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarishi, ombor kompaniyalari – o‘z xizmatlari majmuini to‘g‘ri taqdim etishi, sotuvchilar esa – sotishi zarur. Ana shunda hammasi maksimal darajada samarali va to‘g‘ri ishlaydi.

O‘zbekistonda umuman logistika bozori rivojlanganmi?

Aytganimdek, unchalik emas. Bu yerda yaxshi transport kompaniyalari yetishmaydi. Bu holat ustida bozor bilan birgalikda ishlashimizga to‘g‘ri keladi. Ombor logistikasi haqida ham aytgandim. Masalan, Qozonda (aholi soni bir milliondan sal ortiq) million metr kvadratdan iborat A toifali ombor joylari mavjud, bu yerda esa 2023-yil boshida butun O‘zbekiston bo‘yicha atigi 45 ming bo‘lgan. Shu 45 mingdan 25 ming metr kvadrati Orient’ga tegishli. Hozir bozor rivojlanishni, qaytadan tashkil topishni boshlamoqda va biz har yili hech bo‘lmaganda 200 ming metr kvadrat yangi ombor joylari paydo bo‘lishiga umid qilyapmiz.

Sizningcha, Rossiya qolgan dunyodan ajralib qolayotganini hisobga olib, O‘zbekistonda logistika yaqin besh yil ichida rivojlana olarmikan?

Qo‘rqinchli hech narsa yuz bermaydi, yangi logistika zanjirlari paydo bo‘ladi. Avval ikkita asosiy oqim bo‘lgan: Yevropa – iste’mol oqimi, Xitoy – ishlab chiqarish oqimi. Rossiya katta resurslar ta’minotchisi sifatida ishtirok etgan va Markaziy Osiyo bilan birgalikda logistika yo‘lagi sifatida foydalanilgan. Mavjud zanjir qisman buzildi, ammo boshqa yo‘nalishlar rivojlanmoqda.

«Мы хотим занять лидирующую роль в логистическом бизнесе»: Валерий Русин о работе Orient Logistics

Ulkan siljishlar yuz berdi, yangi sharq-g‘arb yo‘nalishlarini rivojlantirish, shimol-janub yo‘lagini yaratish, Xitoydan yetkazmalar sonini oshirish uchun yangi yo‘laklardan foydalanish zarur. Mazkur yangi yo‘nalishlar hozirda qo‘shni qardosh mamlakatlar orqali Kaspiy dengizi bo‘ylab barpo etilmoqda. O‘zbekiston har qanday vaziyatda ham shu o‘zgarishlarning yuragida qoladi, ammo ichki bozorni rivojlantirish va undan foydalanish ham juda muhim o‘rin tutadi.

O‘zbekiston juda tez, aytish mumkinmi katta qadamlar bilan rivojlanmoqda. Fikrimcha, aholining 80-90 foizi aynan ichki bozorda band bo‘ladi, ammo uni Yevropa darajasiga yetkazish uchun vaqt talab etiladi. Bu hammasini sifatli va to‘g‘ri qurish uchun zarur. Takrorlayman, O‘zbekistonda hozircha 45 ming metr kvadrat A toifasidagi ombor joylari mavjud. Taqqoslaydigan bo‘lsak, Rossiyadan qariyb 100 million metr kvadrat bor. O‘zbekistoning jadal rivojlanishini inobatga olgan holda, iqtisodiyot o‘sishini ta’minlash, aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va mamlakatdagi turmush darajasini oshirish uchun barcha tarmoqlar o‘zaro uyg‘unlikda ishlab, vaqt bilan mos qadam tashlashi kerak.[/vc_column_text][/vc_column]

Hamkorlik yangiliklari