Zamonaviy onlayn chakana savdo “portlashi” 1995 yilda Jeff Bezos amazon.com saytini ishga tushirganida boshlandi. To‘rt yil o‘tgach esa, Xitoyda Alibaba Group kompaniyasiga asos solindi. 2015-yilda esa butunjahon elektron tijoratning hajmi allaqachon 1,5 trillion dollarni tashkil etgan bo‘lsa-da, yillik o‘sish 5 % ga zo‘rg‘a yetgan edi. Onlayn savdoni oshirish vazifasi texnologik xizmatlar evolyutsiyasida sezilarli inqilobga olib keldi. 2020-yilda yuz bergan pandemiya esa raqamlashtirish jarayonini yanada tezlashtirdi. Natijada, elektron tijoratning o‘sishi keskin oshdi va ba’zi mahsulot toifalarida 200% ga etdi. 2022-yil oxiriga kelib, AQSh va Yevropadagi jami onlayn savdolar ularning iqtisodining 26 % tashkil qildi. O‘zbekistonda yaqin kelajakda elektron tijoratning 40 % o‘sishi kutilmoqda.
Kengaytirilgan reallik marketing vositasi sifatida
Onlayn xarid qilish tajribasining o‘ziga xos xususiyatlaridan, ya’ni iste’molchining xarid jarayonidagi ishtirokidan kelib chiqib, mahsulotlarni turli toifalarga bo‘lish mumkin. Misol uchun, Internet qamrovi 95% ni tashkil etadigan Qo‘shma Shtatlarda 2017-yildan 2023-yilgacha onlayn chakana mebel xaridlari atigi 4% ga o‘sdi, maishiy texnika bo‘yicha esa 2024-yilga kelib bu ko‘rsatkich deyarli 40% ni tashkil qiladi. Statistik ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, iste’molchilar mahsulotni sotib olishdan oldin uni o‘rganishlari kerak. Divan sotib olish jarayoni, havo sovutkich sotib olishda har doim ham kerak bo‘lmaydigan mahsulot bilan vizual va taktil “tanishish” ni talab qiladi.
Umumiy xulq-atvor namunalarini hisobga olish ham muhimdir. O‘rtacha hisobda onlayn-do‘konga tashrif buyuruvchilarning atigi 2 % xarid qilishga tayyor, qolganlari esa saytga birinchi tashrifida to‘qqiz soniya ichida assortimentni zo‘rg‘a skanerlashadi. Shunga qaramay, bugungi kunda dunyoda 24 millionga yaqin onlayn-do‘konlar mavjud bo‘lib, ularning hajmi 2026-yilga kelib 7 trillion dollarni tashkil etishi prognoz qilinmoqdi. Bularning barchasi xizmat ko‘rsatish sohasidagi innovatsiyalar, shu jumladan kengaytirilgan reallik (Extended Reality) funksionalligi tufayli. Bu foydalanuvchini do‘konga tashrif buyurish va mahsulotni “tegish” orqali baholashning odatiy tajribasiga imkon qadar yaqinlashtiradi.
2025-yilga kelib dunyo aholisining 75 % kengaytirilgan reallik funksiyasidan foydalanishni boshlaydi, har o‘n kishidan olti nafari undan faqat xarid uchun foydalanadi. AQShda esa iste’molchilarning 79 % allaqachon veb-saytdagi mahsulot tavsifining bir qismi sifatida ushbu xizmatni birlashtirgan brendlarni maqul ko‘rishmoqda. AQSh Interfaol reklama byurosi (IAB) har chorakda ma’lum bir kishi xarid qilishdan oldin mahsulot bilan tanishish uchun qo‘shimcha reallikdan foydalansa, 1000 dollar ko‘proq sarflashi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi. Sanoat rivojlanishining muhimligini tushungan holda, ko‘plab jahon brendlari unga faol sarmoya kiritmoqda va texnologiyani qo‘llamoqda, bu bozor hajmini 2021-yildagi 16,2 milliard dollardan 2028-yilga qadar 105,7 milliard dollargacha oshirishi kutilmoqda.
24 million onlayn-do‘kon bugungi kunda dunyo bo‘ylab mavjud
Kengaytirilgan reallik (ER) ikkita komponentni – virtual reallik (Virtual Reality) va to‘ldirilgan reallik (Augmented Reality) o‘z ichiga oladi. Virtual reallik insonni grafik simulyatsiya qilingan dunyoga qisman yoki to‘liq olib kiradi. To‘ldirilgan reallik esa faqat maxsus qurilma (oyna, smartfon kamerasi, televizor ekrani) orqali tashqi simulyatsiya qilingan ba’zi ob’ektlarni ko‘rsatadi. To‘ldirilgan reallik (AR) sotuvchilar orasida ko‘proq ommalashmoqda, chunki uni ishlab chiqish va ishlatish osonroq va u kamroq xarajat talab qiladi. Biroq, reklama maqsadiga qarab, turli xil funktsional toifalar mavjud.
Filtrlar orqali virtual “kiyib ko‘rish”
Snapchat to‘ldirilgan reallik funksiyasiga ega filtrlar ishlab chiqarishni ommaviy ravishda moslashtirgan birinchi ijtimoiy tarmoq bo‘ldi, bu esa texnologiyaning tarmoq ekotizimidan tashqariga tarqalishini tezlashtirdi. Brendlar bilan hamkorlik formati ma’lum mahsulotlar bilan imkon qadar ko‘proq rezonanslashadigan to‘ldirilgan reallik filtrini ishlab chiqish bilan birgalikda tijorat kataloglarini o‘z ichiga oladi. Misol uchun, eng qimmat hamkorlik Dior brendi uchun buyurtma qilingan bo‘lib, unda foydalanuvchi 2021-yil kuz-qish kolleksiyasini deyarli “kiyib ko‘rish” imkoniyatiga ega bo‘ladi.
O‘zbekistonda elektron tijoratning kirib kelishi 1–3 foizni tashkil qiladi
Mashhur Dior krossovkalarini kiyish filtri o‘sha paytda eng katta shov-shuvga ega bo‘ldi. Buning uchun telefonning orqa kamerasini oyoqlaringizga yo‘naltirsangiz bo‘ldi, krossovkalar displeyda deyarli “kiyib ko‘riladi”. Bunday “kiyib ko‘rish” videoga yozilishi yoki fotosuratga olinishi hamda do‘stlarga yuborilishi mumkin. Ushbu reklama hamkorligi natijalarini tahlil qilar ekan, Snapchat marketing jamoasi Dior ijtimoiy tarmoqda 2,3 million profil ko‘rilishiga erishganini va reklaman kelgan daromadini (ROAS) boshqa turdagi reklama xaridlariga nisbatan 3,8 baravar oshirganini tasdiqladi.
Mobil ilovalar orqali virtual “kiyib ko‘rish”
Bir necha yil ichida Snapchat filtrlari shu qadar mashhur bo‘ldiki, brendlar shunga o‘xshash funksiyani o‘z veb-saytlari, ilovalari va marketplayslariga kiritdilar. Misol uchun, Nike, Adidas, Gucci va American Eagle allaqachon o‘zlarining mobil ilovalarini ishga tushirishgan, ularda foydalanuvchilar telefon kamerasi orqali mahsulotlarni sinab ko‘rishlari mumkin. Ilovalarning o‘zi, albatta, bepul. Tez orada Nike AR joriy etilganidan keyin ilova orqali sotuvlar hajmi 12 % oshgani haqida xabar berdi va yil davomida bunday savdolar kompaniyaning barcha onlayn savdolarining 30 % ni tashkil etdi. Gucci jamoasi ham hashamatli mahsulot maqomiga ega bo‘lishiga qaramay, AR ilovasi tufayli o‘rtacha tushumlarni 20 foizga oshirishga muvaffaq bo‘lganini tasdiqladi, bu odatda mijozlar mahsulotni shaxsan sinab ko‘rishga odatlanganligini anglatadi.
Mahsulotni onlayn-do‘konda vizualizatsiya qilish
To‘ldirilgan reallik bozorida kashshof sifatida quyoshdan saqlaydigan ko‘zoynaklar brendi Ray Ban hisoblanishi mumkin, u 2019-yilda alohida ilova emas, balki saytning mobil versiyasida virtual “kiyib ko‘rish”ni birlashtirgan. Foydalanuvchi o‘zi ko‘zoynaklar liniyasini taqib ko‘rishi, shuningdek, telefon kamerasi orqali yuz shakli va soch turmagini 3D skanerdan o‘tkazishi mumkin – va tizim avtomatik ravishda mos keluvchi ko‘zoynak gardishini tanlaydi. O‘rnatilgan funksionallik tufayli Ray Ban saytda foydalanuvchini ushlab turish vaqtini to‘rt daqiqagacha oshirishga muvaffaq bo‘ldi, bu o‘rtacha ko‘rsatkichdan sezilarli darajada yuqori va 2023-yilda onlayn savdoning yillik o‘sishi 11% ni tashkil qiladi.
Marketplays va yirik chakana hamkorlar ham shu kabi innovatsion takliflarni ishlab chiqmoqda. 2019-yilda Amazon L’Oreal kosmetik brendi bilan birgalikda lab bo‘yog‘i ranglarini virtual tanlash loyihasini ishga tushirdi, bu esa oflayn savdolar 27% ga tushib ketgan 2020–2021 yillardagi pandemiya davrida nafaqat lab bo‘yog‘i, balki ko‘z bo‘yoqlarini ham 40 % ga oshirishga yordam berdi. Amazonning navbatdagi yirik ishlanmasi “virtual xona dekoratori” edi. Virtual yordamchi tugmasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri mahsulot sahifasida joylashgan: iste’molchi faqat devor, pol, shift va xonadagi narsalarni telefon kamerasi orqali skanerlashi kerak, yordamchi esa sotib olinuvchi buyumning interyerdagi tayyor rasmini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, mebelning balandligi va kengligini qo‘lda o‘lchashning hojati yo‘q: kamera avtomatik ravishda xonadagi sirt nisbatlarini skanerdan o‘tkazadi.
Dunyodagi 10dan har 6 kishi 2025-yilga kelib xarid qilishda to‘ldirilgan reallikdan foydalanadi
YipitData agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, mebel haridi 2021-yilda qariyb 1 milliard dollar aylanmasi bilan sotuvlar bo‘yicha ikkinchi toifaga aylandi: “virtual dekorator” ishga tushirilgandan so‘ng, sotuvlar yil davomida 18 % ga o‘sdi. Qo‘shma Shtatlardagi standart onlayn-do‘konlarda mebel sotuvining nisbatan sekin o‘sishi va shu bilan birga Amazondagi o‘sish deltasining keskin o‘zgarishini hisobga olsak, AR ishlanmasi yuqori ishtiyoqni talab qiluvchi mahsulot toifalarida ancha samaraliroq deb taxmin qilish mumkin.
Immersiv integratsiya
To‘ldirilgan reallik vositalari jismoniy do‘konlarda ham qo‘llaniladi. 2023-yilda ommaviy bozor kiyim brendi Tommy Hilfiger London, Berlin va Milandagi butiklarda yangi AR loyihasini ishga tushirdi. Do‘konlar to‘ldirilgan reallik funksiyasiga ega oynalar bilan jihozlangan bo‘lib, bu ma’lum bir do‘konda mavjud bo‘lmagan, lekin uyga yetkazib berish uchun onlayn buyurtma berish mumkin bo‘lgan kiyimlarni ham deyarli “kiyib ko‘rish” imkonini beradi. Oyna mavjud ranglardagi modellarni taqdim etadi, shuningdek, tana hajmlarini 3D skanerlash tufayli odamning to‘g‘ri o‘lchamini tanlaydi.
Savol-javobda qatnashganlarning 69 foiz virtual “kiyib ko‘rish” imkoniyatiga ega bo‘lgan holda, onlayn xarid qilishga ko‘proq moyil bo‘lishlarini aytishgan
AR funksiyasi, shuningdek, buyum dizayni uchun keng qo‘llaniladigan NFT (non-fungable token) raqamli texnologiyasi bilan yaxshi mos keladi. Masalan, Beyond ijodiy studiyasi Snapchat’dagi avval aytib o‘tilgan filtrlar orqali virtual tarzda “kiyib ko‘rish” mumkin bo‘lgan Phygital Fashion Capsule’ning birinchi hudi-kofta kapsula liniyasini ishga tushirdi, so‘ngra foydalanuvchi uchun alohida foydalanishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha filtr funksiyalari orqali moslashtiriladi. Har bir noyob dizayndagi hudi-kofta tikiladi va mijozga yetkazib beriladi va logotipda buyum dizaynining eksklyuzivligi va o‘ziga xosligini tasdiqlovchi NFT chip havolasi mavjud bo‘ladi.
Banner reklama kampaniyalari
Ba’zan to‘ldirilgan reallik boshqa reklama kanallarining samaradorligini kuzatishga yordam beradi. 2023-yil aprel oyida Tiffany zargarlik brendi Milandagi ko‘chalardan birida, o‘z do‘koni yaqinida art-instalyatsiya o‘rnatdi. O‘tayotgan odamlar va do‘konga tashrif buyuruvchilar o‘zlarining telefon kamerasi orqali unda yashiringan QR kodni avtomatik ravishda skanerlashadi va telefonlarida bu yil chiqarilgan yangi bilaguzuk rasmi “jonlanadi”. 2022 yilda Nyu-Yorkda, Brodveyda xuddi shunday “hikoya” metro bilbordlarining samaradorligini kuzatishga va bannerlarni ko‘rgan, kodni skanerlagan va chipta sotib olgan odamlar sonini hisoblashga harakat qilgan teatrlar tomonidan ishga tushirildi. Metro afishalari va ko‘cha bilbordlariga joylashtirilgan kodlarni skanerlash orqali odamlar Brodvey shoulari bilan o‘ralgan qor bilan qoplangan Tayms-skverga “borib qoladi”, va Patti LuPone, Endryu Lloyd Webber kabi Brodvey mashhurlarining video tabriklarini tomosha qilishadi, undan keyin esa chipta sotib olish uchun elektron oyna paydo bo‘ladi.
Kengaytirilgan reallik funksiyalarini ishlab chiqish xarajatlari qoplanishi uchun 7 oy kerak bo‘ladi
Emodo Institute tadqiqot guruhining statistik ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab allaqachon 3,5 milliard qurilma to‘ldirilgan reallik funksiyasini texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlay oladi va iste’molchilarning 74 % AR reklama bannerlari diqqatni jalb qilishda yaxshiroq deb hisoblaydi. Brodvey teatri reklamasi samaradorligini baholashda marketologlar reklama bilan shug‘ullanish darajasi sanoatdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 7,5 baravar yuqori ekanligini ta’kidladilar: reklama qilingan kontentni jami 750 soat tomosha qilingani aniqlandi. 2030-yilga kelib standart reklama toʻliq AR funksiyasiga eʼtibor qaratishi kutilmoqda va hatto kichik biznes egalari va kichik chakana sotuvchilar uchun ham qulay boʻladi.
Xo‘sh, keyinchi?
Magna’s Media Trials xalqaro tadqiqot agentligi iste’molchilar uchun virtual va toʻldirilgan reallik qanchalik muhimligini tushunish uchun AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya va Saudiya Arabistonidan sakkiz ming kishi oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazdi. Natijalarga ko‘ra, 69 % so‘rovnomada qatnashganlar virtual kirish funksiyasidan foydalansa, xaridni amalga oshirishga ishonchi ko‘proq bo‘lishini aytgan, 64 % esa internet orqali sotib olingan mahsulotni birinchi marta to‘ldirilgan reallik orqali ko‘rsa, uni qaytarib bermasligiga ishonchi komil. Snapchat xabar qilishicha, ularning 250 milliondan ortiq foydalanuvchilari kamida bir marta brend homiyligidagi to‘ldirilgan reallik filtrlaridan foydalangan va mahsulot sotib olish havolasiga o‘tgan. Brendlar va marketplayslar tomonidan mijozlarga xizmat ko‘rsatishni texnologik yaxshilashga sarflanayotgan sarmoyalar yetti oydan kamroq vaqt ichida o‘zini oqlaydi, bu esa to‘ldirilgan reallik sohasidagi innovatsiyalar qiymatini foydali qiladi. Ishonch bilan taxmin qilishimiz mumkinki, keyingi 5-7 yil ichida bir qator mamlakatlar standart banner Internet reklamasidan voz kechishi mumkin, tashqi bannerlar ham to‘ldirilgan reallik komponentlarini o‘z ichiga oladi va odatiy onlayn xaridlar do‘konlarga sayohatlar o‘rnini bosuvchi qiziqarli o‘yinga aylanadi.