Chat-botlar nafaqat mijozlar bilan onlayn-muloqot qilishda foydali — ular korporativ kommunikatsiyalar va yangi kelgan xodimlarning onbordingidan boshlab muzokara xonalarida haroratni to‘g‘irlashgacha bo‘lgan ichki jarayonlarga a’lo darajada integratsiya bo‘ladi. Barcha korporativ servislarni bitta maxsus messenjerga biriktiring, unda esa turli xil chat-botlarni yarating (yoki tayyorlarini sotib oling) – kundalik ishlari bilan ular shug‘ullansin. Natijada sizda xodimlarga ham ofisda, ham masofadan ishlashda yordam beradigan mikroservislarning keng taralgan tarmog‘i paydo bo‘ladi.
Kirish qo‘ng‘iroqlarini qayta ishlash
Ha, CRM-tizimlarning o‘zlari ham menejerlar orasida kirish qo‘ng‘iroqlarini taqsimlay oladi, lekin chat-botlar bu jarayonni yanada yaxshiroq optimallashtiradi. Bot darhol suhbat qilishni boshlashi va mijozni kuttirmasdan, hamda yo‘l-yo‘lakay bo‘sh menejerni suhbatga qo‘shgan holda, ilk asosiy savollarni berishi mumkin. CRM-tizim ichidagi ariza statusi o‘zgargan paytda, bot avtomatik ravishda mijozning kerakli menejer bilan suhbatini qayta tiklashi mumkin.
Arizani qayta ishlang va to‘lov haqidagi tasdiqnomani oling, mahsulotni mijozga yetkazib berish sanasi va manzilini kelishib olish qolganida esa, qaytadan chat-botni ulash mumkin. Robot buyurtmachidan mahsulotni qayerga va qachon olib kelishni aniqlab olsin, keyin esa bu ma’lumotlarni buyurtma kartochkasiga kiritsin.
Hisobotlarni shakllantirish
Tasavvur qilaylik, marketing bo‘limining rahbariga tezrok ravishda o‘tgan yilning ikkinchi choragida ijtimoiy tarmoqlarda reklama kampaniyalarining samaradorligi haqida hisobot kerak bo‘ldi. Qandaydir hisobotni tuzishga ish vaqtining bir necha soati ketishi mumkin. Matnli so‘rovlarni tushunadigan va hisobotlarni shakllantira oladigan chat-bot bu vaqtingizni tejaydi. Xodimlar o‘rniga ortiqcha ishlangan soatlar, reklama samaradorligi, ofis anjomlariga xarajatlar, DTS ga harajatlar va ko‘plab boshqasi borasida hisobot beruvchi botni yaratish mumkin.
Uchrashuvlar haqida eslatish
Chat-botni korporativ messenjerda kalendarga ulash natijasida u hech nimani unutmaydigan va muloyimlik bilan yaqin oradagi uchrashuvlar, muzokaralar va qo‘ng‘iroqlar haqida eslatib turadigan umumiy kotibga aylanib qoladi. Kalendardagi eslatma yo‘qolib qolishi mumkin, xabarni o‘tkazib yuborish esa bir oz qiyinroq. Bu sizni ertalablari budilnikning o‘rniga kimdir yoqimli ovozda ertalabki yugurish uchun uyg‘otishga qo‘ng‘iroq qilgandek gap.
Jamoani o‘rgatish
Chat-bot yordamida, xodimlarni ularning talabi bo‘yicha o‘qitadigan yoki yangi kelgan xodimlar uchun onbording o‘tkazadigan interaktiv bilimlar bazasini tashkil etish mumkin. U yangi xodimlarga arizalarni to‘g‘ri qayta ishlashni, ijtimoiy tarmoqlar uchun e’lonlar tuzishni va omborxona uchun yukxatlar to‘ldirishni o‘rgatadi. Agarda jamoangizda, timlidni har bitta savol bo‘yicha bezovta qilishni yoqtirmaydigan yangi ishlab chiquvchi paydo bo‘lgan bo‘lsa, u javoblarni tayyor bilimlar bazasidan olishi mumkin.
Qo‘llab-quvvatlash xizmatiga yordam
Qo‘llab-quvvatlash xizmatida chat-botdan foydalanishning eng ochiq-oydin maqsadi — bu shablon maslahatlar bilan hal qilinadigan eng oddiy so‘rovlarning qayta ishlanishini botga topshirgan holda, xodimlarning ishini yengillashtirish. Biroq, yanada chuqurlashib, botni qo‘llab-quvvatlash mutaxassislariga nafaqat oddiy, balki murakkab masalalarda yordam berish uchun sozlash mumkin.
Bot shuningdek, mijoz bilan suhbatlashishda qo‘llab-quvvatlash xizmati mutaxassisi qiyin holatga tushib qolib, bironta holatni qanday tarzda to‘g‘ri ishlab chiqishni bilmayotganida yordamga kelishi mumkin. Odatiy, ammo murakkab bo‘lgan savollarga javoblar bilan bilimlar bazasini yetarlicha yaxshi darajada ishlab chiqqan holda, sizning xodimlaringiz doimo mijoz bilan bevosita suhbatlashish vaqtida robotdan yordam olishlari mumkin. Huddi boshlovchi qulog‘idagi redaktorning ovoziga o‘xshab.
Hujjatlarni chop etish
Har bitta xodim, hujjatlarni shunchaki botga yuborgan holda, ularni printerga jo‘natishi uchun chat-botni hujjatlarni chop etish ofis serveri bilan do‘stlashtirish mumkin. Siz uyga ketayotib, tirbandlikka tushib qolgan paytda mijoz sizga shartnomani shaxsiy messenjerga yuborgan bo‘lsa, bu ishni nihoyatda qulaylashtiradi. Natijada hujjatni printerga ulangan kompyuterga yuborishingiz va hamkasbingizdan uni chop etishni so‘rashingizga to‘g‘ri kelmaydi.
Muzokara xonalarini bronlash
Botni istalgan kattalikdagi ofis markazidagi birdaniga barcha muzokara xonalarining qorovuliga aylantirish mumkin. Bunday xonalar ko‘p bo‘lsa bu ayniqsa qulay: har bitta xodim, shunchaki chat-botga yozgan holda, ularning istalganini kerakli vaqtga bron qilib qo‘yishi mumkin.
Ta’tillarni rejalashtirish
Yo‘q, tabiiyki bot ta’tilga arizangizga qo‘l qo‘yib bermaydi, bu borada baribir rahbaringiz bilan kelishishga to‘g‘ri keladi. Biroq bot ushbu arizani topshirishda va bo‘limingizdagi hamkasblarni qaysi kunlari sizni dengiz manzaralaridan chalg‘itmaslikni xabardor qilishda yordam berishi mumkin.
Ma’lumotnomalar olish va taqdim etish
Agarda sizga bank uchun JShDS ma’lumotnomasi yoki mehnat daftarchasining nushasi kerak bo‘lsa, unga chat-botning o‘zida so‘rov berish juda ajoyiyu bo‘lar edi, u hujjatlar tayyorligini xabar qilgan paytda esa shunchaki borib, ularni olib ketish qolar edi. Agarda siz kasal bo‘lgan bo‘lsangiz va ish beruvchiga elektron ko‘rinishda kasallik varaqasini taqdim etmoqchi bo‘lsangiz, uni shunchaki mana shu botga yuborish mumkin.
Yangi xodimlarni izlash
Kompaniyada kadrlar doimiy ravishda almashib tursa yoki shtat muntazam tarzda o‘sib borsa, HR-larning ishi juda xavfli va murakkabdir. Chat-bot o‘z zimmasiga nomzodlar bilan dastlabki intervyuni, test topshiriqlarini jo‘natish va qabul qilishni, hamda ularni HR mutaxassisiga yuborishni, intervyu vaqtini belgilashni va boshqalarni o‘z zimmasiga olishi mumkin.